XXI ASR GLOBAL IQTISODIYOTI: IQTISODIY PANDEMIYA VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
Raqamli iqtisodiyot sharoitida inson kapitalini boshqarish omillari.
So'nggi yillarda texnologik taraqqiyot jadallik bilan rivojlandi. Internet va raqamli texnologiyalarning rivojlanishi rivojlanish tendentsiyalarida o'zgarishlarni ta'minlamoqda: Moddiy aktivlarga asoslangan iqtisodiyotdan bilimlar iqtisodiyotiga, kompaniyalar esa mahsulotga emas, balki bilim va xizmatlarga yo'naltirilgan yangi iqtisodiyot sari odimlamoqda. Yangi iqtisodiyotda ishlab chiqarish quvvatiga emas, balki yuqori va barqaror intellektual kapitalga ega bo'lgan korxonalar yanada muvaffaqiyatli bo'ladi. Bugungi kunda aksariyat bozorlar rivojlanish bosqichida ekanligi, raqobat yuqori bo'lgan davrda iste'molchi talabining pasayishi, agressiv marketing strategiyalari kabi holatlar ham ta`sir ko’rsatmaydigan, xizmat ko'rsatish va iste'molchiga individual yondashish dolzarb bo'lib qolmoqda. Korxonalar erkin raqobat sharoitida raqobatchilaridan ustun kelishlari uchun albatta ulardan ko’proq axborotlarga ega bo’lishlari talab etiladi. Demak hozirgi kunda axborotga bo’lgan talab juda kuchli deb hisoblasak, ushbu axborotlarni tashuvchilari bu hozirgi kunda keng tarqalgan texnologiya yutuqlari hisoblanadi. Albatta har qanday axborot texnologiyalarga o’zidan-o’zi tarqalmaydi yoki shu texnologiyalar ham inson kapitali (intelektual kapital) orqali yaratiladi. Nomoddiy aktivlarning bir nechta turlari qabul qilingan. "Intellektual kapital" asosan menejerlar tomonidan xodimlarni boshqarish, kompaniyaning ijobiy imidjini yaratish, investitsiyalarni jalb qilish uchun ishlatiladi. "Intellektual mulk" tushunchasi yuristlar tomonidan, "nomoddiy aktivlar" esa buxgalteriya tomonidan biznesni yoki uning sotilishini baholashda qo'llaniladi.
Kompaniya aktivlarining joriy tarkibi tez o'zgarib bormoqda va bugungi kunda biznes qiymatining muhim qismi nomoddiy aktivlarga jamlangan. Xalqaro amaliyotga murojaat qilsak, tashkilot qiymatidagi nomoddiy aktivlarning ulushi 70% gacha yetishi mumkin. Hozirgi kunda dunyoning rivojlangan mamlakatlarining yalpi ichki mahsulotining 70 % ga yaqin qismi xizmat ko’rsatish yo’nalishiga to’g’ri kelishini ko’rishimiz mumkin. Jahon banki va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kunda sayyorada to'plangan moddiy boylik umumiy mulkning atigi 16 foizini, tabiiy boylik 20 foizni, inson kapitali esa 64 foizni tashkil etadi.
Bugungi kunda kompaniyalarning raqobatbardoshligi ko'p jihatdan bozor ma'lumotlarini (mijozlarning yangi ehtiyojlari, raqobatbardoshlik strategiyalari, mahsulotni takomillashtirish texnologik imkoniyatlari to'g'risida) qayta ishlash va tahlil qilish tezligiga, shuningdek kompaniya tomonidan yaratilgan yangi afzalliklarni istemolchilarga raqobatchilaridan oldinroq taqdim etish va ko’proq daromad olishga bog’liqdir.
Shunday qilib, odatdagi ishlab turgan kadrlar sifatiga yangi talablar paydo bo'ladi, korxonalar tomonidan turli xil manbalardan ma'lumot olish va tahlil qilish qobiliyati qadrlanadi, xodimlarning moslashuvchan va ijodiy tafakkuri, ularning tadbirkorlik qobiliyati va ishtiroki, jamoalarda ishlash va loyiha faoliyatini rivojlantirish qobiliyati rag'batlantiriladi. Bu esa o’z navbatida inson kapitalini rivojlantirishga sarmoya kiritishga sabab bo’ladi.
Inson kapitalini rivojlantirishga investitsiyalar to'g'ridan-to'g'ri va bilvosita bo'lishi mumkin.
To'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar quyidagilarni o'z ichiga oladi:
xodimlarni o'qitish va rivojlantirishda;
ilmiy-tadqiqot va ijodiy vazifalarda;
bilimlarni uzatishda;
maxsus adabiyotlar, axborot va ixtisoslashtirilgan nashrlarda;
Bilvosita investitsiyalar quyidagilarni o'z ichiga oladi:
axborot va dasturiy ta'minot sohasida;
intellektual kapitalning o'sishi ko'rinishida bo'lgan uskunalar va moddiy boyliklar;
tibbiy yordamda.
Albatta korxonalarning bunday inson kapitaliga qilinadigan xarajatlari inson kapitalining qimmatlashishiga olib keladi. Xodimni o’qitish uchun qilinadigan xarajatlar, ish haqi tarzidagi xarajatlar, xodimlarni qulay ish sharoiti bilan ta`minlash va xodimni ushbu korxonada ushlab turish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar kiradi.
Korxonalar uchun inson kapitali qimmatga tushsa albatta undan samarali foydalanishga intiladi. Inson resurslaridan foydalanish samaradorligining asosiy ko'rsatkichlari quyidagilardir:
mehnat unumdorligi,
boshqaruv apparati ishchilariga to'g'ri keladigan tezkor ishchilar soni,
umumiy xarajatlardagi mehnat xarajatlarining ulushi,
mehnat unumdorligi va o'rtacha ish haqining o'zgarishi sur'ati,
majburiy mehnatdan voz kechish natijasida yo'qotishlar va boshqalar.
Zamonaviy ishlab chiqarish ishchilarni tayyorlash darajasiga tobora ortib borayotgan talablarni keltirib chiqarmoqda. Bizning davrimizning malakali ishchisini tavsiflovchi inson kapitalining asosiy sifat ko'rsatkichlari quyidagilar: