Al-Buxoriy Universiteti
Maxsus sirtqi Tarix Fakulteti
1-6-guruh talabasi
Radjabova Xosiyat Salayevnaning
Sharqshunoslik Fanidan
Tayyorlagan Mustaqil ishi
XX asrning 50-80-yillarida
O‘zbekiston sharqshunosligi.
Reja:
1.Sharqshunoslik o’zi nima?
2.XX asrning 50-70 yillarda O`zbekiston.
3.O’zbekistonda ilm-fan tarraqqiyoti.
Sharqshunoslik o’zi nima?
Sharqshunoslik — Sharq (Osiyo va Shimoliy Afrikadagi davlatlar) tarixi, iqtisodi, tili, adabiyoti, etnografiyasi, sanʼati, dini, falsafasi, moddiy va maʼnaviy madaniyatini kompleks oʻrganuvchi fan. shahrining misrshunoslik, assiriologiya (ossuriyashunoslik), semitologiya, arabshunoslik, eronshunoslik, turkshunoslik, xitoyshunoslik, mongolshunoslik, hindshunoslik, yaponshunoslik kabi sohalari mavjud. Fanning rivojlanishi bilan shahrining yana yangi regional shoxobchalari (shumerologiya, urartologiya, kumranistika, koreistika va boshqalar) paydo boʻla boshladi. Afrikashunoslik shahridan ajralib chiqdi. shahrining kompleks fan sifatida rivojlanishi davom etmoqda. Sharq mamlakatlari va ularning tarixi mahalliy olimlar tomonidan qadimdan oʻrganila boshlangan. Qadimiy va oʻrta asr Sharq olimlari yaratgan asarlar Sh. uchun qimmatli manbalardir.
Yevropada Sharq toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar yunon mualliflari asarlarida uchraydi. Yunonlar dastlab Eronni, keyinchalik oʻz yurtlaridan sharqsa boʻlgan hududlarni Sharq deb hisoblaganlar. Yevropada Osiyo va Shim. Afrika bilan savdo hamda siyosiy aloqalar oʻrnatila boshlanishi bilan Sharqqa boʻlgan qiziqish quchaydi. 12-asrdan boshlab, Veniamin Tudelskiy (12-asr) va Marko Polo (13-asr) kabi yevropalik savdogar va diplomatlarning Yaqin va Oʻrta Sharqqa qilgan sayohatlari haqidagi esdaliklar koʻpaya boshladi. Xalqaro aloqalarning kengayishi shahrining rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatdi. 15—16-asrlarda Yaqin Sharq davlatlari va Xitoy tarixiga oid asarlar paydo boʻldi. Parij, Oksford untlarining Sharq tillari kafedralarida qadimiy yahudiy va arab tillari oʻqitila boshladi.
15-asrda Rossiyada Afanasiy Nikitinning Hindiston toʻgʻrisida, 17-asrda M. Petlin, rus elchilari F.I. Baykov va N.G.Siafariyning Xitoyga oid safarnomalari chop etildi.
17-asrdan Yevropada Sharq tillaridan fors, turk, xitoy tillari oʻrganila boshladi. Ayrim Sharq tillarining lugʻatlari, Sharq mualliflari (asosan, Saʼdiy) asarlarining matn va tarjimalari nashr etildi. 17-asr oxirida Leyden, Parij, Oksford untlarining kutubxonalarida Sharq qoʻlyozmalari toʻplandi. 1667-yil Parijda d’Erbeloning „Sharq kutubxonasi“ nomli toʻplami nashr etildi. Rossiyada 18-asr boshlarida (Pyotr I ning 1700 va 1702-yillardagi farmonlariga koʻra) Sharq tillarini oʻqitish joriy qilindi.
18-asrning 2-yarmidan shahrini ilmiy asosda oʻrganish boshlandi. Mustamlakaga aylantirilgan Sharq mamlakatlaridan Gʻarbga katta moddiy boyliklar bilan bir qatorda koʻplab yozma yodgorliklar ham olib ketildi, Yevropaning Leyden, London, Parij, keyinchalik Peterburg kabi shaharlarida boy qoʻlyozma fondlari tashkil etildi. Ularda tarix, fan va madaniyat tarixi, dinshunoslik, huquq, falsafa, til va adabiyotga oid qoʻlyozma asarlar yigʻilgan boʻlib, ularni tarjima va tadqiq etish ilmiy shahrining shakllanishiga zamin boʻldi. Koʻp vaqggacha ilmiy shahrining asosiy va yagona sohasi Sharq filologiyasi edi. Yozma manbalarni ilmiy tavsiflash, kataloglashtirish, ularni tanqidiy matnlarini tuzish, manbaning kelib chiqishini aniqlash, garjima qilish va ilmiy izohlash shu sohaning asosiy vazifalari hisoblangan. Keyinchalik qoʻlyozma manbalar yoniga epigrafik materiallar (qabr toshlari, metall idishlar va boshqalar buyumlardagi bitiklar) qoʻshilishi natijasida sharq epigrafikasi rivojlana boshladi.
Sharq filologiyasining oʻziga xos xususiyati — uning kompleksliligidir. Zero unda tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarix, falsafa, din tarixi elementlari mujassamlashgan boʻlib, yozma manbalar ustida ishlash oʻrganilayotgan mamlakat tili, tarixi va madaniyatini bilish barobarida shu manba mansub boʻlgan soha boʻyicha ham maxsus bilimlarni talab etadi. Fargʻoniy, Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulugʻbek kabi allomalarning aniq va tabiiy fanlarga oid boʻlgan asarlarining rus va oʻzbek tiliga izohli tarjimalari bunga yorqin misoldir. Shu maʼnoda sharq filologiyasi hozirgi kungacha oʻz ahamiyatini saqlab kelmoqda, chunki hali oʻrganilmagan yozma manbalar juda koʻp va ularni tadqiq etish kompleks bilimlarni talab qiladi.
Qad. fors tilidan „Avesto“ fransuz tiliga tarjima qilindi (1771). Mix xatlar, Misr iyerogliflarini oʻqishga muvaffaq boʻlindi. Kalkutta (1784), Parij (1822), London (1823), Leypsig (1845) shahrilarida bir necha Osiyo jamiyatlari, Sharq tillarini oʻrganuvchi maxsus oliy oʻquv yurtlari — Venada Sharq tillari akademiyasi (1754), Parijda Jonli sharq tillari maktabi (1795) ochildi. Sharq tarixi va uning madaniyati (asosan, qadimiy va oʻrta asr tarixiga oid)ga bagʻishlangan yirik tadqiqotlar paydo boʻldi.
Rossiyada G.S. Lebedev Yevropada birinchi boʻlib sanskrit grammatikasini tuzdi (1801). 19-asr sharqshunoslaridan eng mashhuri N.Ya. Bichurin boʻlgan. Untlarda Sharq tillari oʻqitishni M.V.Lomonosov taklif qilgan edi. 1807-yildan Qozon unti, 1819-yildan Peterburg untida sharqshunoslar tayyorlana boshladi. 1818-yil Peterburgda Osiyo muzeyi ochildi.
19-asrning 2-yarmida Yevropadagi yirik kutubxonalarda saklanayotgan Sharq qoʻlyozmalari va kitoblarining kataloglari, Sharq tillari lugʻatlari tuzildi. „Islom ensiklopediyasi“ (4 tilda) nashr etildi. 1873-yildan har 3 — 4 yilda sharqshunoslarning xalqaro kongresslari chaqiriladigan boʻldi. 19-asr oxiri — 20-asr boshida Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Turkiya va boshqalar Sharq davlatlarida yirik tarixchi va filologlar yetishib chiqdi. Ular manbalarni tanqidiy qoʻllanmalar asosida tadqiq qilishga kirishdilar.
Rus sharqshunoslari shahrining yangi shoxobchalari, xususan, turkshunoslik, kavkazshunoslik va boshqalar boʻyicha qimmatli asarlar yozdilar. Turkshunoslik boʻyicha I. N. Berezin, M.K. Kozimbek, V.V. Radlov va boshqalar turkiy xalqlar tili, folklori va adabiyotiga oid yirik asarlar yaratdilar. Moʻgʻul, eron, kurd, osetin tillariga oid ilmiy asarlar nashr etildi. O.I. Senkovskiy, X.D. Fren, V.R. Rozen, G.S. Sablukov, A.V. Boldirev Oʻrta Osiyo, Sibir, Mongoliya, Xitoyning moddiy va diniy madaniyatiga oid manba va yodgorliklarni tadqiq qilib, nashr ettirishdi. Sharqiy Turkiston (Kuchon, Turfon)da topilgan budda, xristian va moniy adabiyotlari juda koʻp maʼlumotlarga ega. V.V. Velyaminov-Zernov, N.V. Xanikov, V.V. Grigoryev, N.I. Veselovskiy, V.V. Bartold va boshqalar tadqiqotchilar Oʻrta Osiyo tarixi va geogr. siga oid asarlar yaratdilar. B.A. Turayev qadimiy Sharq tarixi boʻyicha rus maktabining asoschisidir. Qozon, Peterburg va Moskva untlari, Moskvadagi Lazarev Sharq tillari instituti, Odessadagi Rishelye litseyi, Vladivostokdagi Sharq instituti va boshqalar bir necha oʻquv yurtlarida sharqshunoslar tayyorlandi. Sharqshunoslarning tadqiqotlari, asarlari „Aziatskiy vestnik“ (1825—27), „Zapiski Vostochnogo otdeleniya Russkogo arxeologicheskogo obshestva“ (1887— 1921), „Mir islama“ (1912—13) jur. larida chop etilgan.
20-asr boshlarida yirik rus sharqshunoslari yangi ochilgan Sh. markazlarida ish olib bordilar. N.Ya. Marr, S.F. Oldenburg , F.I. Sherbatskoy, B.Ya. Vladimirsov, V. V. Bartold, I. Yu. Krachkovskiy, V.V. Struve va boshqalar qimmatli asarlar yaratdilar. 1930-yil Osiyo muzeyi va boshqalar Sh. tashkilotlari asosida SSSR FA Sharqshunoslik instituti tuzildi. SSSR FA va respublikalar FA lari tizimlarida Sh. muammolarini oʻrganuvchi yangi markazlar (SSSR FA Tinch Okeani instituti, OʻzSSR FA, OzSSR FA, GruzSSR FA, TojSSR FA Sharqshunoslik ilmiy tekshirish institutlari, respublika FAlarning tarix, adabiyot va til intlari, shuningdek, boshqa respublikalar akademiyalari Sh. boʻlimlari) tuzildi.
Leningrad, Toshkent, Dushanba, Boku, Yerevan, Tbilisi, Qozon va boshqalar shaharlarda Sharq qoʻlyozmalarining boy fondlari toʻplandi. 20-asrning 40-yillarida Moskva unti Tarix va filologiya ftida Sharq boʻlimi, Leningrad, Oʻrta Osiyo (Toshkent), Ozarbayjon (Boku) va Tbilisi untlarida Sharq ftlari ochildi.
1957-yil Moskvada „Sharq adabiyoti“ (1964-yildan „Nauka“) nashriyoti tuzildi. „Sovetskoye vostokovedeniye“ (1955; 1959—61 yillarda) „Problemn vostokovedeniya“, 1961-yildan „Narodi Azii i Afriki“ va „Sovremennga Vostok“ (1957; 1961-yildan „Aziya — Afrika segodnya“) jur.lariga asos solindi. 1957-yil Toshkentda Butunittifoq sharqshunoslarining 1-konferensiyasi boʻlib oʻtdi. 50—60-yillarda koʻp jildli „Vsemirnaya istoriya“ („Jahon tarixi“)ning Sharq tarixi boʻlimlari, Hindiston, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Sharqiy Osiyo, arab mamlakatlarining yangi va eng yangi tarixi, oliy oʻquv yurtlari uchun darsliklar, mustamlaka tizimining krizisi va inqirozi, muammolari hamda Sharqdagi mustaqil davlatlarning iqtisodiy rivojlanish muammolariga oid yirik, umumlashgan asarlar nashr etildi. Sharq mamlakatlari tarixi boʻyicha I.M. Reysner, B.N. Zaxoder, YEA. Belyayev, V.B. Lutskiy, A.L. Galperin, AA. Semenov, Yu.V. Gankovskiy, L.I. Duman, I.M. Dyakonov, I.P. Petrushevskiy, O. Bolshakov va boshqalar yirik asarlar yozganlar. Sharq adabiyotshunosligi rivojlandi. „Literatura Vostoka“ („Sharq adabiyoti“) seriyasi vujudga keldi. „Istoriya mirovoy literaturm“ning Sharqqa oid qismlari yozildi; „Pamyatniki literaturm narodov Vostoka“ (matn va tarjimalar) nashr etilmoqda.
20-asrning 2-yarmida qadimiy qoʻlyozma yodgorliklarni tadqiq qilishda ham katga muvaffaqiyatlarga erishildi. Bir necha dialektlar tadqiq qilindi va turk, kavkaz, moʻgʻul, fors, somiy va boshqalar tillar boʻyicha ilmiy grammatikalar, lugʻatlar va ularga oid asarlar yaratildi.
Ikkinchi jahon urushidan keyin Sharq davlatlarida boʻlgan tarixiy oʻzgarishlar chet el Sh. tadqiqotlarining rivojlanishiga taʼsir koʻrsatdi. Mustamlaka qilingan davlatlardagi siyosiy va iqtisodiy jarayonlar Sharq davlatlaridagi gumanitar fanlarning rivojlanishiga, shahrida tadqiqotlar mavzuining dolzarblashuviga olib keddi. Sharq davlatlarida olib borilayotgan arxeologik qazish ishlari shahrining rivojlanishiga ayniqsa muhim hissa qoʻshmoqda.
Qad. Sharq tillari — shumer, xett, urartu, ugarit, xatt, elam, toxar tillarida matnlarni oʻrganish keng yoʻlga qoʻyildi. Axomaniy matnlari, pahlaviy, sugʻd, xoʻtan, qumron, toxar tillarida yozilgan matnlar toʻplami chop etildi. Oʻrta asr tarixi, adabiyoti, fani va madaniyatiga oid yodgorliklarni toʻplash, oʻrganish va nashr etishda katta ishlar qilingan boʻlib, bu jarayonlarni yevropalik sharqshunos olimlar boshlab bergan edi. Yevropa Sh.iga xos boʻlgan mukammal va puxta ilmiy tekshirish anʼanalari hozirda ham davom etib kelmoqda. MXR va KXDR olimlari oʻrta asrning istoriografiyasiga oid eng muhim qoʻlyozmalarni, 50-yillarda XXR tarixchilari Xitoyning yangi va eng yangi tarixiga oid hujjatlar toʻplamini nashr etdilar. Yapon tarixchilari — S. Xattori, G. Xachi va boshqalar Yaponiya tarixini tadqiq qildilar.
Urushdan oddin va urushdan keyingi oʻn yilliklarda Sharqning jonli tillarini tadqiq etish quchaydi. Dialektologiya, tillarning tasnifi va rivojlanishiga oid asarlar yaratildi.
Oʻzbekistonda shahrining rivojlanishi, asosan, uch Sh. markazi — Oʻzbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Toshkent Sharqshunoslik instituti va Toshkent Islom universiteti faoliyati bilan bogʻliq. FA Sh. institutining ilmiy yoʻnalishi institut fondida toʻplangan oʻn minglab qoʻlyozma asarlarni chuqur oʻrganish, kataloglar hamda Oʻrta Osiyo va qoʻshni Sharq xalqlarining fani va madaniyati tarixiga oid nodir yozma manbalarni nashrga tayyorlab, ularda mavjud boʻlgan tarixiy maʼlumotlar asosida i.t. ishlari yaratish, Sharq xalqlarining oʻtmishda jahon madaniyati taraqqiyotiga qoʻshgan salmoqli hissalarini yaqqol qoʻrsatishdir. Toshkent Sharqshunoslik intida sharqshunos kadrlar tayyorlash bilan birga Sharq xalqlari adabiyoti, tilshunoslik, iqtisod va siyosatshunoslikka oid ilmiy tekshirish ishlari ham olib boriladi. Toshkent Islom untida islom dini tarixi, iqtisodi, huquqshunosligi, arab tili va boshqalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi va mazqur sohada ilmiy tekshirish olib boriladi. Islom dini va u bilan bogʻliq masalalar shahrining muhim yoʻnalishi hisoblanadi.
Oʻzbekiston shahrining shakllanishi va uning jahonga tanilishiga A.K. Arends, A. Ahmedov, S.Azimjonova, B. Ahmedov, B. Bobojonov, P.G. Bulgakov, N. Ibrohimov, A. Irisov, U.I. Karimov, S. Mirzayev, A. Moʻminov, M.A. Salye, A.A. Semyonov, M.M. Xayrullayev, A. Xoʻjayev, Sh. Shomuhamedov, A. Oʻrinboyev, A. Qayumov, A Hayitmetov, A. Rustamov, A Muhammadjonov, M.B. Baratov, I. Abdullayev, P. Qodirov kabi olimlarning xizmati katta boʻldi. Hozir Oʻzbekistonda Sh. boʻyicha „Sharqshunoslik“ almanaxi (1991-yildan), „Sharq mashʼali“, „Mayak Vostoka“ va „Imom Buxoriy saboklari“ kabi jur. lar chop etilmoqda.
Sharqshunoslarning oxirgi xalqaro kongressi (ICANAS-37) 2004-yil Moskva shahrida boʻlib oʻtdi.
Hozir dunyoning turli mamlakatlarida 1000 dan ortiq ilmiy tekshirish markazlari, oʻquv assotsiatsiyalari, universitet va boshqalar oliy oʻquv yurtlari sharq fakultetlari bilan birga Sh. boʻyicha tadqiqotlar olib borib, sharqshunos kadrlarni tayyorlamoqda. Ularning koʻpchiligi oʻzining davriy nashrlariga ega.
XX asrning 50-70 yillarda O`zbekiston.
Urush g'alaba bilan tamomlanib, tinch qurilishga o'tilgandan so'ng O'zbekiston respulikasining ijtimoiy siyosiy va iqtisodiy hayotida xalq xo'jalik masalalari, tashkiliy va madaniy oqartuv masalalari asosiy o'rinni oldi. 1946-1947 yillardagi O'zbekistonninng hamma joyida tuman va shahar firqa komissiyalari bo'lib o'tdi. “SSSR xalq xo'jaligini qayta tiklash va rivojlantirishning 1946-1950 yillarga mo'ljallangan besh yillik rejasi to'g'risilagi qonun qabul qilinganligi munosabati bilan firqa tashkilotlarining tashviqot-targ'ibot ishlari to'g'risida” sobiq ittifoq komfirqasi markazqo'mining qarorini amalga oshirish borasida ishlar qizitib yuborildi. Urushdan keyingi yillarda respublika firqa tashkilotlari va ularda a'zolar sonining o'sishi kuchaydi. 1954 yilning fevralida respublika firqa tashkilotida 11127927 a'zo va 138861 nomzod bor edi.
Bu yillarda ham respublikada “firqa hukmronligi” davom etib sho'rolarga kasaba uyushmasi va yoshlar tashkilotiga uning rahbarligi yanada kuchaydi. Shunday bo'lsada, jumhiriyatdaijtimoiy tashkilotlar faoliyatida tashabbuskorlik, jonbozlik davom etdi.
1957 yilning oxirida O'zbekistonda bir butunlikka milliondan ko'proq kasaba uyushma a'zolari bo'lib ular 12 mitngta boshlag'ich kasaba uyushmalarida birlashgan edi. Kasaba uyushmalarining tashabbusi bilan 1958 yilda Respublikada ixtirochilar respublika jamiyati tashkil etildi va u O'zbekistonda xalq xo'jaligini rivojlantirishga xizmat qila boshladi. Urushdan keyingi 5 yilliklarda respublika yoshlarning ijtimoiy hayot sohalaridagi hissasi katta bo'ldi. Chunonchi yoshlar brigadalaridan 1148 tasi va respublikaning ishchi yoshlaridan 80 ming kishi 1947 yilda 4-5 yillik topshiriqlarni muddatidan oldin bajarish uchun yurish e'lon qilib, besh yillikning ikki yili rejasini muddatidan ilgari bajardilar. Yoshlar ittifoqi boshliq brigadalar iqtisodiy tejamkorlik davlat mablag'larini tejash harakatini boshqardilar chunonchi Toshkent elektr kabelь zavodining yoshlar tashkiloti mo'ljallangan tadbirlani amalga oshirishi natijasida zavodning 130 ming sum mablag'i tejaldi. 1949 yilda O'zbekiston yoshlar tashkiloti sifatida 280 ming a'zo bor edi. Ular ko'pgina vatanparvqarlik tashabbusi bilan chiqib Angren qurilishlarda Mirza cho'l va markaziy Farg'ona yerlarini o'zlashtirishda faol qatnashdalilar. Ular tinchlik va do'stlik uchun kurash bayrog'i ostida Pragada 1947, Buxaresda 1953 yil Moskvada 1957 yil o'tkazilgan xalqaro yoshlar festivalida ishtirok etdilar. 1951 yilda Kaxon tinchlik kengashi Berlin sessiyasining “Besh buyuk davlat o'rtasida tinchlik ahdnoma ( bitim ) tuzish to'g'risidagi murojoatiga imzo” to'plash harakati keng avj olib keldi Respublika mehnatkashlaridan 887311 kishi bu hujjatga imzo chekdi. 1995 yilda O'zbekiston jahon tinchlik kengashining yadro urishi xavfiga qarshi murojatiga 4 023 826 kishi qo'l qo'ydi. Respublikada tinchlik uchun atom urishi xavfining oldini olish uchun mavzuda ko'p ming kishilik mitinglar yig'ilishlar o'tkazildi. Suhbatlar televizion ko'rsatuvlar tashkil etildi. Biroq urushdan keyingi yillarda “firqa hukmronligi” ning mustahkamligi uning bosh ro'lini o'ynash borasidagi faoliyati afrim firqa va davlat rahbarlarining noqonuniy hatti harakatlari boshqa mintaqalardan bo'lganidek respublikamiz ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotda ham o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatadi.
Rejaga asosan respublikada sanoat ishlab chiqarish 89 foizga, qishloq xo'jalik mahsulotlarini esa 52 foizga ko'paytirish ko'zda tutilgan edi. Birinchi navbatda sanoatning ximiya, elektroenergetika, qishloq xo'jalik mashinasozligi, kon sanoati (birinchi qayta ishlash sohasini) tarmoqlarini rivojlantirishga katta e'tibor berilgan edi. Qishloq xo'jaligi sohasida esa asosan paxtachilikni rivojlantirishga e'tibor qaratilgan edi.
Rejada respublika viloyatlari xo'jaliklaridagi ustivor tarmoqlar ham belgilab berilgan edi. Jumladan Farg'ona vodiysida paxtachilik Toshkent viloyatida ko'proq paxtachilik sabzavotchilik, chorvachilik, ko'mir, rangli metallurgiya, ximiya, energetika sohalarini. Buxoro viloyatida paxtachilik, qorako'lchilik va pillachilikni rivojlantirishga ko'proq e'tibor berilgan edi.
Rejaga asosan O'zbekistonda kapital qurilish uchun 3.900 mln. So'm ajratilgan edi. Bu vazifalarni bajarishda kadrlarning moliyaviy resurslarning, texnika asbob-uskunvlrining yetishmasligi kabi qiyinchiliklar mavjud edi.
1946-1950 yillar maboynida respublikamizda 150 ta yirik sanoat korxonalari qurib ishga tushirildi. Sanoatning yangi tarmoqlari qora va rangli metallurgiya, stanoksozlik vujudga keldi. Ikkita yirik “Chirchiqmselьmash” va “O'zbekselьmash” mashinasozlik zavodalari qurilib ishga tushirildi. 1950 yilda 1946 yilga nisbatan mashinasozlik 19 barobar o'sdi, tabiiy gaz olish 3 barobar o'sdi, elektroenergiya 480 mln.dan 2.665 mln.kvt soatga yetdi, yengil va to'qimalik sanoati 128.7 foizga ko'paydi.
Besh yil ichida respublika jami sanoat mahsuloti 183 foizga ortdi. Qo'qon shahar zavodining Ukrainaga ko'chirilishi munosobati bilan shakar va spirt ishlab chiqarish bajarilmagan edi. Ximiya, uy-joy qurilishi sohalari bo'yicha ham kapitalni o'zlashtirish bo'yicha belgilangan rejalar bajarilmadi. Biroq bu besh yillikda ittifoq miqyosidagi korxonalarning mahsulti 4.8 barobar ko'paygan holda, respublika boshqaruvida bo'lgan mahalliy sanoat atigi 8 % ga o'sdi xolos. O'tgan besh yil ichida qishloq xo'jalik sohasida ham qisman, rivojlvnish sodir bo'ldi. Reja bo'yicha 1953 yil oxiriga borib respublikada paxta yetishtirish 2 million 139 ming tonnaga yetkazilib, 1940 yilga nisbatan 54 % ga ko'paytirish mo'ljallangan edi. Shu maqsadda Bog'dod va Xorazm kollektorlari, Sherobod, Shimoliy va katta Toshkent kanallari hamda Kattaqo'rg'on, O'rta to'qay suv omborlari qurib ishga tugirildi. Qishloq xo'jalik xodimlariga 9 mingdan ortiq traktor va qishloq xo'jalik asbob uskunalari yetkazib berildi.
Respublikada 30 sentnerchilik harakatida minglab paxtakorlar qatnashdilar. Bu harakatda Zamira Mutalova,Mehriniso Ubaydullayeva kabilar mehnatda katta jasorat ko'rsatdilar. Paxtachilik 1947 yilda 1940 y darajasiga yetib, 1950 yilda davlatga 2.116 ming tonna paxta sotildi. Hosildorlik gektaridan 14.7 sentnerdan (1940 y) 21.1 sentnerga (1950 y) yetdi. Shu bilan birga paxta yakka hokimligi, paxtachilik mexenizatsiyalashtirish va ximiyalashtirish harakati kuchaydi. 1948 yilda paxta terish mashinalari ishlab chiqarilgach, g'o'za bargini to'kishda butifos va merkaptopos qo'llanila boshladi.
Chorvachilik sohasida bajarib bo'lmaydigan noaniq rejalar qabul qilingan ediki, natijada bu vazifalar bajarilmadi.
Ipakchilik sohasida esa 1940 yildagi 685.4 tonna o'rniga 1950 yilda tonna pilla davlatga sotilib, katta yutuqqa erishildi.
Qishloq xo'jaligida moddiy-texnika bazasining ishlab chiqaruvchilar moddiy manfaatdorlik darajasining pastligi, paxta yakka hokimligining kuchayishi kabi muammolar mavjud edi.
1951-1955 yillarga mo'ljallangan birinchi besh yillikda yalpi sanoat mahsuloti ishlab chiqarishini 54 foizga, yalpi qishloq xo'jalik mahsulotini 50 % o'stirish, po'lat ishlab chiqarish 80 foizga, prokat ishlab chiqarish 70 foizga ko'paytirish mo'ljallandi. Xalq xo'jaligiga sarf qilingan mablag' oldingi besh yillikdagiga nisbatan ikki barobardan ko'proq bo'ldi. Samarqand superfasfat zavodi, Oltin topgan qo'rg'oshin-qalay kombinati, Toshkent chini zavodi, Chirchiq shisha zavodi, Quyibo'zsuv, 2 ta Namangan GESlari, Andijon GRESlari ishga tushirildi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish 1950 yildagi 2,682 mln.kvt.soatdan 1955 yilda 3,880 mln.kvt.s ga yetdi. Qo'mir qazib olish 70 foizga, mashinasozlik ikki barobar, mineral o'g'itlarni ishlab chiqarish 81 foizga, to'qimachilik sanoati 15 foizga o'sdi. 50 yillarning oxirlarida 1300 dan ortiq fabrika va zavodlarni birlashtirgan sanoatning 70 tarmog'i mavjud edi. Biroq beshinchi besh yillik rejaning bajarilish yakunlarini tahlil qiladigan bo'lsa bu davrda sanoat mahsulotining yillik o'sish darajasi keskin kamayib bordi. Oldingi muammolarning birontasi ham hal qilinmadi.
1. Energetika sohasi boshqa tarmoqlarining rivojlanishidan orqada qolmoqda edi.
2. Yildan yilga kapital qurilishi bo'yicha rejalar bajarilmay qolaverdi.
3. .Neft konlarini qidirib topish ishlarining qisqarishi tufayli neftni qazib olimsh pasaydi.
4. Yengil sanoatning 25 foiz korxonalar mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha ko'rsatkichlarni bajarmadilar.
5. Mehnat unumdorligining o'sish darajasi pasayib bordi. Rejalar asosan xalq xo'jaligini jadal rivojlantirish hisobiga bajarildi. Besh yil ichida xalq xo'jaligiga kapital mablag' sarflash 2.3 barobar ko'payishiga qaramay, yalpi sanoat mahsuloti zo'rg'a 1.6 barobar mehnat unumdorligi esa 1.2 barobarga o'sdi. Bu dalillardan ko'rinib turibdiki kapital mablag'larni sarflash kutilgan samaradorlikni bermadi.
6. Respublikada ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish notekis edi. Masalan 1955 yilda yalpi sanoat mahsulot ishlab chiqarishda Toshkent viloyatining hissasi 39.8 foiz bo'lgani holda Surxandaryo viloyati hissasi esa 1.7 foizga to'g'ri keldi.
1954 yilning fevralida sobiq hukmron firqa markazkomining va Sobiq ittifoq hukumati “O'zbekiston SSRda 1954-1958 yillarda paxtachilikni yanada rivojlantirish to'g'risida” qaror qabul qilinib, unda suv xo'jaligini yaxshilash, paxta yetishtirishni mexanizatsiyalashtirish, kadrlar tayyorlashga katta e'tibor berildi. 1958 yilda MTSlar qayta qurilib, ko'plab mashina va traktorlar kolxozlarga sotildi. 1953-1955 yillarda 130 ming gektar yangi yerlar o'zlashtirildi. Traktorlarning soni qishloq xo'jaligida 33.5 mingdan (1951 yil) 46.8 mingtaga (1955 y) yetib, 40 foizga ko'paydi. MTSlardagi paxta terish mashinalarining soni 3.3 mingdan 15.1 mingga yetdi. Besh yil ichida davlatga 12 716.1 ming tonna paxta sotilgan bo'lsada 1951-1956 yillarda paxta tayyorlash rejasi bajarilmadi.
O’zbekistonda ilm-fan tarraqqiyoti.
О‘zbekiston hududida qadim zamonlardan beri fan va madaniyat rivojlanib kelayotgan davlatdir. Xususan, astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, tarix, falsafa, tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi fanlar va haykaltaroshlik, tо‘qimachilik, kulolchilik, shishasozlik va boshqa kasblar keng rivojlangan. Hozir О‘zbekiston olimlari uzoq о‘tmish mutafakkirlari qoldirgan ilmiy merosni faol о‘rganib, о‘zlarining yangi kashfiyotlari bilan fanni boyitgan holda jahon fani rivojiga munosib hissa qо‘shmoqdalar.
IX-X asrlarda О‘rta Osiyo (butun Markaziy Osiyo) zamonaviy akademiyalarga о‘xshash ilk ilmiy muassasa va jamiyatlar tashkil etila boshlagan Sharqdagi yirik ilmiy va madaniy markazlardan biriga aylandi.
XI asrda Urganch Xorazm poytaxti, obod, yuksak madaniyatga ega shahar bо‘lgan. Xorazmshoh Abul Abbos ibn Ma’mun madaniyat va ilmga qiziquvchan hukmdor bо‘lgani uchun olimlar, shoirlar, musiqachilar, xattotlar, arxitektor va rassomlarni har tomonlama qо‘llab-quvvatlagan. Urganchdagi Xorazmshohlar saroyida tibbiyot xodimi Abu Ali ibn Sino (Avitsenna), aniq fanlar vakili Abu Rayhon Beruniy, tarixchi ibn Miskavayx, matematik Abu Nasr ibn Iroq, faylasuf Abu Saxl Masixiy, tabib ibn Xammar va boshqa Sharq mutafakkirlari, qomusiy olimlar xizmat qilishgan. Musulmon Sharqdagi birinchi akademiya – “Baytul Hikmat”ni yer meridiani uzunligi darajasini о‘lchashda qatnashgan mashhur matematik al-Xorazmiy (783-850) boshqargan. Astrolyabiya (usturlob) qurish haqidagi asar, “Kitob aljabr val muqobala”, dunyodagi ilk “Astronomik jadval”lardan biri hamda qator ilmiy risolalar – “Hind hisobi haqida risola”, “Quyosh soatlari haqida risola”, “Musiqa haqida risola” va boshqa ilmiy ishlar uning qalamiga mansub. Al-Xorazmiy birinchi bо‘lib qator algebraik tenglamalarni yechdi, birinchi bо‘lib sonlar qatoriga yangi “nol” sonini kiritdi, bu sonlar nazariyasini kengaytirdi va manfiy sonlarga о‘tish imkonini berdi. Shu muvaffaqiyatlari uchun matematikaning yangi bо‘limi al-Xorazmiy sharafiga “algebra” deb atalgan. Al-Xorazmiyning mashhur “Kitob al-jabr van-muqobala” (Tiklash va qarama-qarshi qо‘yish haqidagi kitobi) da algebra ilk bor matematikaning mustaqil sohasi sifatida qaraladi. Zamonaviy kibernetikaning asosiy tushunchasi, uning zaruriy asoslaridan biri “algoritm” etimologik jihatdan al-Xorazmiyning ismi bilan bog‘liq. Urganchda о‘ziga xos akademiya – “Bilimdonlar uyi” tashkil qilingan edi, unda astronomiya, falsafa, matematika, tibbiyot bо‘yicha tadqiqotlar о‘tkazilgan. Lekin bu holat Urganchda 1017-yilda Mahmud G‘aznaviy Xorazmni istilo qilgunicha saqlanib qoldi.
Shunday qilib Sharqda, xususan, О‘rta Osiyoda, ilmiy faoliyatni akademiya shaklida tashkil qilish an’anaga aylandi va Urganchdagi akademiyaga о‘xshash muassasalar keyingi asrlarda ham yaratilgan (tuzilgan). Samarqandda akademiya Mirzo Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek tomonidan XV asrda tashkil etilgan. Akademiya qoshida observatoriya, о‘sha davrning boy kutubxonasi va oliy о‘quv yurti – madrasa bо‘lgan. Madrasada diniy fanlar bilan bir qatorda matematika, geometriya, astronomiya, tibbiyot, geografiya va boshqa dunyoviy ilmlar о‘qitilgan. Ulug‘bekning akademiyasida mashhur olimlar – Qozizoda Rumiy,G‘iyosiddin Jamshid al-Koshiy va Ali Qushchi dars bergan, о‘tkaziladigan tadqiqot sohalari ham ularning yо‘nalishlariga mos bо‘lgan. Samarqanddagi Ulug‘bek akademiyasi matematika, astronomiya va geografiya fanlarining yuksalishiga salmoqli hissa qо‘shdi.
IX-XV asrlarda aniq va tabiiy fanlar (matematika, astronomiya, geodeziya, mineralogiya, tibbiyot, dorishunoslik va boshqa) tez sur’atlarda rivojlana boshladi. Platon, Aristotel, Gippokrat, Galen, Arximed, Ptolomey, Yevklid va boshqa buyuk mutafakkirlarning asarlari arab tiliga tarjima qilindi. Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg‘ariy, Abu Ali ibn Sino, Nasriddin Tusiy, Qozizoda Rumiy, Jamshid Koshiy, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi va Sharqning boshqa olimlarining ilmiy tadqiqotlari darajasi ba’zi sohalarda boshqa mamlakatlarning mutafakkirlari ancha keyin о‘tkazgan izlanishlar natijalaridan yuqori edi. Abu Rayxon Beruniy tarix, xronologiya, farmakologiya, mineralogiya, astronomiya, matematika bо‘yicha asarlar yozdi, Yerda yangi qit’a borligini nazariy jihatdan asoslab, hisoblab chiqdi va jahon tan olgan kо‘plab masalalarni yechdi. Kо‘plab tadqiqotchilar Urganchdagi akademiyaning tashkil qilinishini shaharga Abu Rayhon Beruniyning tashrifi va uzoq vaqt ishlagani bilan bog‘lashadi.
Xuddi shu paytda bu yerda О‘rta Osiyoning buyuk olimi – Abu Ali ibn Sino ishlagan. Ibn Sino haqiqatdan qomusiy olim – tabiatshunos, tibbiyot xodimi, astronom, matematik, musiqashunos, yozuvchi va shoirdir. U Avitsenna nomi bilan mashhur bо‘lgan. Ibn Sino faoliyatini anglatuvchi ibora – “Madadi Sino” - Yevropa tillariga moslashtirilib, fandagi yо‘nalishni bildiruvchi “Meditsina” sifatida о‘zlashtirilgan. XVIII asrning mashhur tabiatshunos olimi Karl Linkey ibn Sinoning botanikadagi xizmatlarini yuksak baholab doim yashil nodir о‘simliklardan biriga uning ismini berdi. Ibn Sino 400 dan ortiq asar yozgan, shulardan 240 tasi bizning kunlarimizgacha yetib kelgan. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida olimning 50 dan ortiq asarlari va bir qator ularga yozilgan sharhlar saqlanadi. Bu asarlar orasida olim ijodining toji hisoblanmish besh jildlik “Al qonun fit tib” (“Tib ilmi qonunlari”) ham bor. Bu asar о‘z davrida tibbiyot fani darajasini juda yuqori kо‘tardi, ibn Sino vafotidan yuz yil о‘tgach G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida keng tan olindi. XII asrda “Tib ilmi qonunlari” lotin tiliga tarjima qilindi va qо‘lyozmadayoq tarqalib ketdi. Bu asar 1493-yilda Venetsiyada lotincha tarjimada nashr qilindi va yuz yil mobaynida 16 marta chop etildi. Osiyo va Yevropaning barcha mashhur о‘quv yurtlarida 500 yil tibbiyot mana shu asar asosida о‘qitildi. Ushbu bebaho tib qonunlari hozirgi kunda ham о‘z ilmiy ahamiyatini yо‘qotma
Do'stlaringiz bilan baham: |