XX asrning 40-50- yillarida qalam tebratgan ijodkorlarning ijod mahsullari ham, o’zlarini ham hech bir davr adabiyot namoyondalariga solishtirib bo’lmaydi. Bu davrda o‘zbek yozuvchilari ikki frontda jang qildilar. Ulardan bir qismi bevosita jang maydonida, ikkinchi qismi esa mehnat maydonida dushmanga qarshi mardona kurashdi. Sulton Jo‘ra, Olim Sharofiddinov, Hasan Said, Nazir Safarov, Ibrohim Rahim, Sharof Rashidov, Ilyos Muslim, Parda Tursun, Zinnat Fatxullin, Mamarasul Boboyev, Mirzakalon Ismoiliy, Mumtoz Muhamedov, Nazarmat, Adham Rahmat, Shuhrat, Sunnatulla Anorboyev, Jumaniyoz Sharipov, Sulton Akbariy, Bahrom Rahmonov, Adham Hamdamov, Yong‘in Mirzo, Zohidjon Obidov, To‘g‘on Ernazarov, Dushan Fayziy, Odil Yoqubov, Ulug‘ Rahim, Rahimjon Sattorov singari ellik nafar o ‘zbek shoir-yozuvchilari to‘g‘ridan-to‘g‘ri janglarda ishtirok etishdi. Ular goh jangovar qurol, goh o‘tkir qalam bilan bosqinchi yovga qarshi jang qildi. Ayni urush paytida barcha ijodkorlarimiz yakdil bolib, vatanparvarlik, erkinlik, qahramonlik va do’stlik tuyg’ularini qalamga oldilar. 30- yillar adabiyotida nisbatan sokinlik, va yengillik bo’lgan bo’lsa, 40-50- yillar undan tubdan farq qiladigan davr bo’ldi. Ayni mana shu pallada yozuvchilar xalqning yovuz dushmanga qarshi olib borgan kurashini va front ortidagi fidokorona mehnatini tasvirlash orqali xalqning ulug'vor yaratuvchilik kuchini namoyish qildilar. Urush yillarida 0‘zbekistonda harbiy-mudofaa mavzularida « 0‘lim yovga», «Vatan uchun» (1941), «Mard o‘g‘il» (1942), « 0 ‘zbeklar», «Vatan jonbozlariga», « 0 ‘zbekiston bahodirlari», «Qasam» (1944) singari adabiy-badiiy to‘plamlar nashr etildi. Ushbu asarlarga parallel ravishda o'zbek she’riyatida harbiy mudofaa mavzusi asosiy o 'rinni egalladi va jangovar publitsistik ruh birinchi o'ringa ko'tarildi. G 'afur G'ulom, Oybek, Hamid Olimjon, Uyg'un, Shayxzoda, Zulfiya, Mirtemir kabi shoirlarning urush davrida yozilgan publitsistik she’rlarida yurtga otashin muhabbat, yovuz dushmanga o'tli nafrat, xalqlar do'stligi, vatanparvarlik, qahramonlik va insonparvarlik g'oyalarini samimiyat bilan ifodalashdi. Yurtimizning metin irodali oddiy insonlarining yuksak ma’naviy qiyofasi she’riy tilda ochib berildi. «Sharqdan borayotirman» (G‘. G'ulom), «Ona va o'g'il», «Qo'lingga qurol ol», «Ishonch» (H. Olimjon), «Zafar yo'llari» (Oybek), «Kurash nechun», «Jang va qo'shiq» (M. Shayxzoda) kabi to'plamlarga kiritilgan jangovar she’riy asarlar ana shundan dalolat beradi. Urush davrida Sulton Jo ‘ra, G'ayratiy, Sobir Abdulla, Mirtemir, Chustiy, Amin Umariy, Hasan Po‘lat, Hasan Said, Nazarmat, Zafar Diyor, Zulfiya, Temur Fattoh, Turob To'la kabi shoirlar ham harbiy-vatanparvarlik mavzularida qator yaxshi she’rlar yozdilar. Amin Umariyning «Qasos», «G'alabaning o'zi kelmaydi, do'stim », «Qirg'in», «Qasamyod», «Qiruvchi qiz», «Yasha, qadrdon» kabi otashin she’rlari urush davri she’riyatining ajoyib namunalaridan hisoblanadi. Shoir o'z she’rlarida g'alabaga osonlik bilan erishib bo'lmasligini ta’kidlab, yozadi:
G ‘alabaning о ‘zi kelmaydi, do ‘stim ,
Jon olib, jon berib, olasan uni.
Ter to ‘kib mehnatda, qon yutib jangda,
Qalbingga ishq kabi solasan uni.
Amin Umariyning ijodiga hamohang ravishda Hasan Po‘lat harbiy lirikasi «Bahor», «Vatan», «Ona», «Bug‘doy o ‘ramiz>>, «Men o‘zbek yigiti», «Aziz hamshira», « 0 ‘rtoq Ladunin», «Tankist qo‘shig‘i», «Qon», «Uch mard» badiiy jihatdan ham go‘zal asarlar bo‘lib, ularda g‘alabaga komil ishonch ruhi bo'rtib turadi. . Frontchi yosh shoir Hasan Saidning «Jangchining q o ‘shiqlari» (1942) to ‘plam iga kirgan «Biz yengamiz», «Marsh», «Qasamyod», «Qiruvchi», « 0 ‘lim dushmanga», «Farm on kutam an», «Posbon so ‘zi», «G rajdanm an», «Leytenant bo‘laman», «Buyuk orzu» kabi she’rlari jang maydonida — okoplarda va blindajlarda yozilgan.
Urush yillarida o‘zbek nasri ham davr talablariga mos holda o‘sdi. Bu davr o‘zbek nasrida kichik hajmli hozirjavob janrlar yetakchilik qildi. Front bilan front orqasining mustahkam aloqasini, yurtdoshlarimizning fashizmga cheksiz nafratini, Vatanga muhabbatini aks ettirishda H. Olimjon, Oybek, S. Ayniy, G ‘. G ‘ulom, K. Yashin, M. Shayxzoda singari yozuvchilarimiz jangovar publitsistika janri imkoniyatlaridan unumli foydalandilar va bu janrning yetuk namunalarini yaratdilar. H. Olimjonning «Men o‘zbek xalqi nomidan so ‘zlayan», «Do‘stligimiz haqida», G ‘. G ‘ulomning «Onalar», «Momoi gisu naburida», S. Ayniyning «Yarador yirtqichning jon talvasasi», «Ona Vatan», Oybekning «G’alaba bahori» kabi asarlari shular jumlasidandir. « 0 ‘zbek xalqining jangchilariga ularning el-yurtlaridan maktub» (1942, mualliflar jamoasi) nomli asar urush yillaridagi o‘zbek publitsistikasining ajoyib namunalaridan hisoblanadi. Unda bu urushning asl mohiyati, o ‘zbek xalqining vatanparvarligi, do‘stga sodiqligi va boshqa ezgu ma’naviy sifatlari ta’sirli qilib ochib berilgan. Bu davr o ‘zbek nasrida qahramon askarlarning jonli obrazlari gavdalantirilgan ocherklar ham yaratildi. Bu ocherklarning ba’zilari «Sakkiz botir» va «Mardlik qissalari» to ‘plamlariga kiritilgan bo‘lsa, ko‘plari vaqtli matbuot sahifalarida, xususan «Front haqiqati», «Vatan sharafi uchun», «Qizil askar haqiqati», «Bong», «Sovet jangchisi» kabi o‘zbek tilida nashr etilgan front gazetalarida (bunday gazetalarning soni o‘n oltita) bosilgan. Oybek, H. Olimjon, N. Safarov, I. Rahim, Z. Fatxullin, Nazarmat, Mumtoz Muhamedov ocherklarida ko‘proq front voqealari, o‘zbek jangchilarining qahramonliklari aniq dalillar asosida hikoya qilingan bo‘lsa, S. Ayniy, G ‘. G ‘ulom, Oydin, K. Yashin, Zulfiya, P. Tursun, Zafar Diyor, Said Nazar ocherklarida esa front orqasidagi mehnat qahramonlarining jonli obrazlari chizilgan. Masalan, Oybekning «Fidokor qizlar», G‘. G ‘ulomning «Eri bilan bahs boylashgan xotin», Oydinning «Shiringa maktub», P. Tursunning «Oq oltin», Said Ahmadning «Farhod ostonalarida», Oydin va Zulfiyaning «Vatan uchun jon fido» kabi ocherklarida xalqimizning front orqasidagi, xususan, Farhod GES qurilishi va paxta dalalaridagi fidokorona mehnatlari ko‘tarinki ruhda aks ettirilgan. Vatanparvar kishilaming, ayniqsa, fidoyi xotin-qizlarning va dono cholu kampirlaming jonli obrazlari yaratilgan. Frontga ketgan erkaklar o‘mida ham mardona mehnat qilgan paxtakor qizlar («Fidokor qizlar»), mehnatda eri Boltaboy bilan kim o‘zarga musobaqa o‘ynagan Inoyatxon («Eri bilan bahs boylashgan xotin»), Farhod GES qurilishida afsonaviy qahramon Farhodday mehnat qilgan Norbobo («Shiringa maktub») kabi obrazlar ana shundan dalolat beradi. Urush yillarida hikoya janrida, ayniqsa, A. Qahhor va Oydin barakali ijod qildi. A. Qahhoming «Asrorbobo», «Xotinlar», «Botirali», Oydinning «Umr sovg‘asi», «Asl yor», «Iroda», «Er yurak» kabi hikoyalarida urush yillaridagi hayot lavhalari yorqin chizilgan. Oydinning «Qizlarjon» (1943), «Shirin keldi» (1944) to ‘plamlariga kirgan hikoyalar kitobxonlarga estetik zavq berish bilan birga, ularning ruhini ko‘tarishga, g‘alabaga ishonchini orttirishga ham xizmat qilgan. Urush davrida qissa janrida Abdulla Q ahhor samarali mehnat qildi. U «Dardaqdan chiqqan qahramon» va «Oltin yulduz» qissalarida o'zbek jangchilarning fashistlarga qarshi ayovsiz kurashini tasvirlab, o'zbek xalqi orasidan yetishib chiqqan urush qahramonlar. Qo'chqor Turdiyev va Ahmadjon Shukurov obrazlarini yaratib berdi. Yozuvchining iste’dodi shunda ediki, boshqa asarlardagi kabi u qahramonlarning urushdagi sarguzashtlarinigina emas, balki ko'ngil holatlarini, ruhiy dunyolarini aks ettirishga alohida e’tibor qaratdi. Urush davrida o ‘zbek adabiyotida faqat bitta rom an yaratildi: O ybekning «Navoiy» (1944) rom ani o ‘zbek adabiyotining urush yillarida qo‘lga kiritgan ulkan muvaffaqiyati bo‘ldi va u jahon adabiyotining oltin xazinasidan mustahkam joy oldi.
Taqriz
Jasur Kengboyevning “Yong’oq qurti ” asari haqida.
Xalqimizda “Bo‘sh qop tik turmaydi” naqli yuradi. Aslida bu beinkor hayotiy haqiqat. Lekin ba’zi odamlarning to‘lmas “qop”ligini ko‘rib, na kulishni, na achinishni bilmaysan. Ular go‘yo dunyoga yeyish, kemirish uchun kelgandek tuyuladilar. Tug‘ma baloyi nafs bandalariga o‘xshaydilar. Ulg‘ayganlari sari nafslari ham hakalak otaveradi. Hatto tevarak-atrofidagilarni emas, yaqin qondoshlarigacha unutib qo‘yishadi. Achinarlisi, ular o‘zgalarni taftish qilish bilan andarmon bo‘lishib, o‘zlarini yoddan chiqarishadi. Bora-bora tubanlikning tubidan yong‘oq qurtidek tuynuk topib chiqisholmaydi. Eh-ha umrning ibtidosiga qaytishning iloji yo‘q. Intihosi dahshatli kechsa, inson buning sababini o‘zgalardan emas, faqat va faqat o‘zidan izlashi shart. Topgandayam aybini nima bilan berkita olardi. Chorasizlikda chora qidirgan telbanavor qurtning ahvoliga tushmaydimi?! Hayot uni nafs qurboniga aylantirganlar uchun ana shunday beshafqat. Men bu falsafani “yong‘oq qurti” qismatida ko‘rdim va angladim. U mag‘zi to‘q bo‘lishi uchun yaralgan ne’matni puchoqqa aylantirgani uchun o‘zining umrini bir chimdim qurumga, kulga aylantirdi. Qurum ham, kul ham havoni bulg‘aydi. Hayot atalmish behad go‘zallikni xira torttiradi. Inchunun, jamiyatga benaf inson jamiyatning kushandasidir. Axir u kimningdir o‘rnini band etadi, kimningdir umri a’moli rizqiga ega chiqadi, kimningdir qismatini chigallashtiradi. O‘zining o‘rgamchik to‘ridek o‘zining tuzog‘iga aylanadi xuddi “Yong‘oq qurti” hikoyasidagi ichki ogohnomadek.
Ichki deyishimizga asos bor. Muallif Jasur Kengboyev aytadigan gapini o‘quvchiga mantiq orqali, uqilajak fikr orqali yetkazishga intiladi. U yaxshi, bu yomon deya jar solmaydi. Aksincha, voqealar jarayoniga yetaklab, sho‘ng‘itib yuboradi. Asar qahramoni mahmadona Mahmudov qiyofasida namoyonlansa-da, mahmadonaligidan malol sezmaysiz. Yana nima derkin, nimani isbotlarkin? degan savollar ko‘nglingizni qamrab, o‘y--xayollar og‘ushida mushohadaga kirishtirib yuboradi. Biolog olim, “talabchan” professor Daminovning dag‘-dag‘asi tufayli u o‘zida o‘zga dunyoni kashf etadi. Mehrsizlikning eng kechirib bo‘lmasligi har bir kishining oilasidagilar bilan munosabatida zohirlanishini Bagbagan nomli (bog‘bon so‘zining o‘zgartirilgani) soxta olim tadqiqotlari ta’rifiga mujassamlashtira olgan.
Mana, bog‘bon cholning so‘zlari: “Menam senga o‘xshab bir paytlar duppa-durust yong‘oqlarning qup-quruq ko‘mirga aylanib qolishiga ajablanganman. Yoppiray, deganman. Bir yil qasd qildim: qani, yong‘oq qanday qilib bunday bo‘lib qolarkan, dedim. Huv, bog‘ adog‘ida katta qari yong‘oqning uch-to‘rt g‘o‘rasini har kuni ikki-uch maratadan kuzatdim. Bildimki, yong‘oqning kushandasi qurt ekan. Qurt ham odamga o‘xsharkan. Qorin g‘ami bor-da. O‘zi sig‘adigan teshik ochib, g‘o‘ra yong‘oqning ichiga bir amallab kirib olsa, baxti. Bo‘liq bo‘lib kelayotgan mag‘zini yeb boshlarkan. Yegan sari semirarkan. Vaqt o‘tib, mag‘iz ado bo‘ladiku. Yong‘oq ichida hech narsa qolmagandan so‘ng, qurt tashqariga chiqishga intiladi. Bu paytda esa huv kirgan mahalidagi nina teshigiday joy endi unga kichiklik qilib qolgan bo‘ladi. Semirib ketgan-da! Shu uchun qancha urinmasin, tashqariga chiqolmaydi. Undan ham yomoni yong‘oqning ichi qurib, po‘sti qattiqlashgan, endi teshikdan chiqish tugul, uni avvalgidan sal kengaytirishning ham iloji qolmaydi... ey, bolam, odamzodning ham yo‘rig‘i shu ekan. Ba’zilarning yashash tarzi xuddi yong‘oq qurtinikiga o‘xshaydi. Mol-dunyo dardida boshini ming teshikka tiqadi... endi bo‘ldi, odamga o‘xshab, qanoat qilib umr kechiraman deganida hayotining so‘nggi damlarini yashayotgan ostonasida o‘lim lashkari asov otday kutib turgan bo‘ladi...”.
Yuqoridagi gaplardan talaba tilla topgandek quvonadi. Domlasini hayratga solmoqqa shoshiladi. Afsuski, uchrashuv joylari auditoriyada emas, bog‘boning azaliy hovlisida kechadi. Bu ham muallifning o‘ziga xos topqirligidan shahodat beradi.
Shogirdning ustozga nafrati aza kunida yaqqol ayonlashadi. Ne ajabki, qariganda farzandi bemehrligidan ko‘ngli ozorlangan, tashlandiq bog‘da yakka-yolg‘iz yashashga mahkum etilgan bechora bog‘bon professor Daminovning otasi ekan.
Yozuvchi hikoya tugunini quruq bayonchilik bilan yechmaydi, aksincha, o‘zi ham bilmaydigandek bizdan yashirib boradi-da, birga-birga guvohlanishimizni, ta’sirlaniishimizni istaydi. Men hikoyani mutolaa qilar ekanman, Jasur Kengboyev o‘z istagiga erisha olganligini beixtiyor e’tiroflagim keladi. Yashirib nima qildim, moʻjaz asar boshida talaba ahvoliga kulgim kelgan bo‘lsa, sahifadan-sahifaga o‘tgach, achinish tuyg‘usini tuya boshladim. Buni qarangki, voqealar jiddiylashgandan jiddiylashib, hayot fojiasi atrofida kechaverdi. Nihoyat Mahmudovga emas, aslida Daminovga achinishim kerakligini oxiri anglab yetdim. Kutilmagan yechim, kutilmagan talqin meni muallifning hikoyachilikda boshqalar nigohidan farqli manzara va mavzu tanloviga anchayin qoyil qoldirdi.
Jasur Kengboyev istiqlol davri o‘zbek hikoyachiligi rivojiga yaxshigina hissa qo‘shib kelayotgan ijodkorlardan. Men uni “Ko‘hna belbog‘” nomli ilk hikoyalar to‘plami mutolaasi asnosida taniganman. Bugun esa yangi yana bir asaridan maroq olib, uning taassurotlarini baholi qudrat qog‘ozga tushirdim. O‘ylaymanki, o‘qiganlarimdan uqqanlarim hali oz bo‘lsa kerak. Boshqa muxlislar men payqamagan jihatlarini mushohada etishsa ham ajab emas. Zero, yaxshi asar atrofida yaxshi e’tiroflarning bardavomligi tabiiy hol.
Do'stlaringiz bilan baham: |