Mavzu:
XX asr durdonalari
1. Abdulla Qahhor ijodiy faoliyati
2. Lutfixonim Sarimsoqovaning teatr faoliyatidagi o’rni
3. Kino sa’natida Komil Yormatov faoliyati
4. Mutal Burhonov ijodi
Reja
Abdulla Qahhor (1907— 1968)
Abdulla Qahhor (1907.17.9, Qoʻqon — 1968.25.5, Moskva) — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1967). Temirchi oilasida tugʻilgan. Bolaligi Qoʻqon va uning atrofidagi qishloqlarda oʻtdi. Oqqoʻrgʻon qishlogʻidagi Mamajon qorining usuli savtiya maktabida tahsil koʻrdi. Oilasi Qoʻqonga koʻchib kelgach „Istiqlol“ nomli shoʻro maktabiga oʻqishga kiradi, undan internat, „Kommuna“, „Namuna“ maktablarida, soʻng bilim yurtida tahsil koʻradi. Bilim yurtining „Adib“ qoʻlyozma jurnalida dastlabki mashqlari bilan qatnashadi.
. Toshkentdagi „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasi tahririyatining „Ishchi-batrak maktublari“ varaqasiga muharrirlik qildi (1925). U gazetada ishlash jarayonida Oʻrta Osiyo davlat universitetining ishchilar fakultetini tamomlaydi (1928). Abdulla Qahhor yana Qoʻqonga borib, dastlab oʻqituvchilarni qayta tayyorlash kursida muallimlik qiladi; koʻp oʻtmay „Yangi Fargʻona“ viloyat gazetasiga kotib va „Chigʻiriq“ hajviy boʻlimiga mudir etib tayinlanadi (1929).
30-yillarda adibning uchta “Hikoyalar” toʻplami (1935,1938,1939) kitobxonlar qoʻliga tegdi. Bu davrda Abdulla Qahhor kichik hikoyalardan tashqari “Sarob” (1935) romanini yozdi.
Urush yillarida yozuvchining bir qancha felyeton, ocherk va hikoyalari eʼlon qilindi. “Asror bobo”, “Dardaqdan chiqqan qahramon”, “Kampirlar sim qoqdi”, “Xotinlar”, “Oltin yulduz” kabi oʻnlab hikoya va qissalarida oʻzbek jangchilarining mardligi, xalqimizning mehnatdagi jonbozliklari, yuksak vatanparvarligi ifodalangan.
Yozuvchining urushdan keyingi yillarda yaratgan “Qoʻshchinor chiroqlari” (1951) romani jamoalashtirish mavzuiga bagʻishlangan. - Yozuvchining urushdan keyingi yillarda yaratgan “Qoʻshchinor chiroqlari” (1951) romani jamoalashtirish mavzuiga bagʻishlangan.
- U oʻzining “Shohi soʻzana” (1951), “Ogʻriq tishlar” (1954), “Tobutdan tovush” (1962), “Ayajonlarim” (1967) komediyalari bilan oʻzbek dramaturgiyasi rivojiga salmoqli hissa qoʻshdi. Ayniqsa, “Shohi soʻzana” pyesasida dramaturg qoʻriq va boʻz yerlarni oʻzlashtirish mavzuini zoʻr mahorat bilan yoritdi. Pyesa respublikamiz va qator xorijiy mamlakatlar sahnalarida muvaffaqqiyatli namoyish qilindi. Yozuvchining “Sinchalak” (1958), “Oʻtmishdan ertaklar” (1965), “Muhabbat” (1968) qissalari oʻzbek nasrining taraqqiyotiga muhim hissa boʻlib qoʻshildi.
- U “Oʻtmishdan ertaklar” qissasi uchun Respublika Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan. Oʻzbek kitobxonlari Abdulla Qahhor tarjimasida M. Gorkiyning “Mening dorilfununlarim”, N. V. Gogolning “Revizor”, L. N. Tolstoyning “Urush va tinchlik” romani (I, II kitoblari) va boshqa bir qator asarlarni oʻz ona tillarida oʻqishga muvaffaq boʻlganlar.
- Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor mustaqillik yillarida oʻzbek adabiyoti va madaniyati rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |