Xvil asrning oxiri XIX asr 70 -yillarida Xitoy


XIX asr oxirida xitoyning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli



Download 121 Kb.
bet4/6
Sana16.12.2022
Hajmi121 Kb.
#888123
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xvil asrning oxiri XIX asr 70 -yillarida Xitoy (1)

XIX asr oxirida xitoyning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli
XIX asrning oxirida Xitoy qoloq, yarim feodal davlat bo`lib, uni manjur sulolasiga mansub impyeratorlar boshqarardilar. Yyerning asosiy qismi zamindor boylar qo`lida edi. Ko`pchilik dehqonlar zamindorlardan yyerni ijaraga olar, yyer haqini pul bilan yoki hosil hisobidan to`lab qutular cdilar. Yyeri bor dehqonlar ham mavjud bo`lsa-da, ular juda kam edi.
Dehqonlar shaharga ish qidirib kelardilar, lekin har doim ish (opilmas edi, chunki Xitoy sanoati juda sekin taraqqiy etayolgan edi.
XIX asrning so`nggi choragi va XX asrning boshida mamlakatda kapitalistik korxonalar: ko`mir shaxtalari, to`qimachilik korxonalari vujudga kelib, rivojlana boshladi. Dastlabki temir yo`llar qurildi. Iqtisodiy aloqaiar kengaydi. Yirik shaharlar barpo etildi. Ishchilar soni ko`paydi. Sanoat paydo bo`iishi bilan milliy burjuaziya ham paydo bo`la boshladi. Xitoy burjuaziyasining ko`pchiligi kompradorlar, ya`ni chet el kapitali bilan ichki bozor o`rtasida vositachilik qilar edi. Ular chet el firmalarining agentlari bo`lib, xorijlikiar bilan birgalikda marnlakatni ekspluatatsiya qilar, chetdan keltirilgan tovarlarni sotish va arzon xom ashyo sotib olish hisobiga boyib borardilar.


Xitoyning xorjiy mamlakatlar bilan munosabatlari va tashqi siyosati


Pulga muhtoj bo`lgan Tsin sulolasi chet davlatlar bilan asoratli shartnomalar to`zar va milliy manfaatiarga xilof ravishda ularga «yon» berardi. 70-yillardayoq ajnabiylar Xitoyning 26 portiga bemalo! kiradigan, Xitoy portlarida o`zlarini hech kim nazorat qilmaydigan xo`jayiniardek ish yuritardilar.
Temir yo`llar qurilishi xorijlikiar tasarrufida edi. Ko`mir shaxtalarining, konlarining katta. qismi ham ularning ixtiyorida edi. Xitoy chet el davlatlarning xom-ashyo bazasiga aylanib qoldi. Hatto chet elliklar katta shaharlarda o`z hududlarini tashkil etib, Xitoy ma`murlarini mensimasdan ish yuritardilar.
Xitoyning Yaponiya bilan 1894-1895 yillardagi urushda mag`lubiyatga uchrashi chet ellik monopolistlarning Xitoyni yanada ko`proq talashlari, asoratga solishlariga sabab bo`ldi. 1897 yilda nemis bosqinchlari Szyaochjovan ko`rfazini bosib oldilar va Shandun viloyatini o`z ta`sir doiralariga kiritdilar. Franlsiya Guanchjouvan ko`rfazini egalladi va Yunnan viloyatida hukmronlik ta`sirini o`tkaza boshladi. Rossiya Port-Arturni, Angliya Veykay portini bosib oldi. Eng boy hudud - Yantsizi daryosi havzasi Angliyaning ta`sir doirasiga tushib qoldi. Fuszyan viloyatida Yapon bosqinchlari hukmron bo`lib oldilar. Xitoydagi har qanday qurilish yoki o`zgarishlar bosqinchilar tomonidan nazorat qilinardi. Shunday qilib, Xitoy yarim mustamlakaga aylana boshladi. Bosqinchilar tomonidan Xitoy milliy boyliklarining talanishi xalq ommasining qattiq noroziligiga sabab bo`ldi. 1897 yil tumanlarda dchqonlarning xo`jayinlariga qarshi g`alayonlari boshlandj, bu g`alayonlar 1898-1899 yillarda mamlakatning lurli viloyatlariga tarqaldi.
Feodallarga qarshi g`alayonlar chet el monopolistlariga qarshi qaralilgan edi. Debqonlar harakati, ayniqsa, nemis bosqinchlari tomonidan qattiq ekspluatatsiya qilinayotgan Shandun viloyatida juda katta g`alayonga sabab bo`ldi. Nemis bosqinchlarining o`zboshimchaligi xalq noroziligini keltirib chiqardi. Shandunda yashirin jamiyatlar to`zilib, jangovar otryadlar tashkil qilindi. Ular «tinchlik va adolat» shiori ostida kurashib, «ixetuan» (musht) - olryadlari wboksyorlar qo`zg`oloni» nomini oldilar. Jangovar otryadlar bosqinchlarga hujumlar uyushlirar va ularning hayotini tahlikaga solib turardilar. Ixetuanchilar chet el bosqinchlariga qarshi ochiq kurashga o`ldilar.
XIX asrning oxirida Xitoyda ilk sanoat ishlab chiqarish munosabatlari paydo bo`la boshladi. Eski yyer mulkchiligi tizimining yemirilishi tezlashdi. 1872 yilda Li Xunchjuan yirik paroxod kompaniyasini tashkil qildi. 1878 yilda Kaylan ko`mir boshqarmasi to`zildi.
1881 yilda Shimoliy Xitoyda birinchi temir yo`l ishga tushirildi. 1895 yilda Shanxayda yirik to`qimachilik fabrikasi ishga tushirildi. 1897 yilda 600 ga yaqin chet cl flrmalari mavjud edi. lekin sanoat korxonalarining o`sishi va ko`payishi sust bordi. Xitoy Yaponiya. AQSh., Angliya singari yirik kapitalistik davlatlarga qaram, yarim mustamlakaga aylandi.
Mamlakat ichida jamiyatning kambag`al, qashshoq qatlamlari bilan boyih borayotgan burjuaziya va eski an^anaviy zamindorlik hukmronligi uchun kurashayotgan yyer egalari o`rtasida ziddiyat kuchayib bordi.
Yevropaning savdodagi hissasi 1890 yilda 40 mln.ienga teng bo`ldi. Import eksportdan. ancha ko`p bo`lib, bu mamlakatning qaramligi belgisi edi.
Xitoy bilan Angliya o`rtasida 1876 yil to`zilgan konvcnsiya Xitoyni yanada asoratga soldi. Konvensiya Angliyaga Xitoyning 10 dan ortiq portiga erkin kirish, qator viloyatlarda o`z foydasiga imtiyozli savdo qilish huquqini berdi.
1880 yillarda Fransiyaning V`etnamni bosib olishi tufayli Fransiya - Xitoy munosabatlari yomonlashdi. 1884 yili Xitoy markaziy V`etnam ustidan rasmiy hukmronligidan voz kechdi va u yyerda Frantsuz protektoratini tan oldi. Lekin Shimoliy V`etnam (Tonkin) viloyati Frantsuzlarga qarshi kurashni davom ettirdi. Xitoy partizanlari yordam berib turdilar. Fransiya buni bahona qilib, Xitoyga qarshi urush ochdi. 22 ta Xitoy harbiy kemasi cho`klirildi. Xitoy xalqidagi baland ruh, milliy shakllanish jarayoni Sin impyeratori sulolasida vahima uyg`otdi. Bundan cho`chigan Xitoy hukumati Fransiya bilan shoshilinch bitim to`zdi. G`olibona urushni mag`lub sifatida yakunlab, Fransiyaga qator masalalarida «yon byycrdi».
Xitoyning Fransiya bilan urushda yengilganidan foydalangan Angliya 1886 yil 1 yanvarda Birmaga qarshi urush e`lon qildi. Tez orada Birma Angliya mustamlakasiga aylandi. Yaponiya Xitoyga nisbatan bosqinchilik rcjalarini amalga oshirishga kirishdi. 1872 yil Ryu-kyu orolini, 1874 yil Tayvanni bosib olishga harakat qildi. Tayvandagi urushda AQSh harbiy kuchlari ishtirok etgani uchun bu orol Amerikalik savdo sanoatchilar uchun «ochiq» deb e`lon qilindi. 1894-1895 yillarda Yaponiya-Xitoy urushi bo`lib o`tdi. Yaponiyaning maqsadi Koreyani Xiloy ia`siridan ajratib olish edi. Xitoy Koreyani Yaponlar istilosidan himoya qiia olmadi. Aksincha, unga «G`arb davlatlarini yordamga chaqirish»ni maslahat berdi. Bu Xitoyning Koreyadagi manfaatlariga kuchli zarba bo`ldi. 1893 yilgi koreys dehqonlarning «Tanxak» (sharq kurashi) yashirin jamiyat yetakchiligidagi qo`zg`olonini bostirish bahonasida Xitoy Koreyaga qo`shin yuborgan edi.-Yaponiya ham o`z qo`shinlarini shu bahona bilan Koreya hududiga kiritdi. 1894 yil iyul oyida Yaponiya urush harakatlarini Xitoyning o`ziga qarshi qaratdi. Urush e`lon qilmay turib. Xitoyning bir qancha kemalariga hujum qilib, cho`ktirib yubordi. 1-avgust kuni urush rasmiy
ravishda e`lon qilindi. Avgust-noyabr oylari orasida Yaponiya Xitcyni Koreyadan «siqib
chiqardi». Keyin esa Port-Artur (Lyaodun) portini bosib oldi.
1894 yil sentyabrida Xitoy Shimoliy flotidan ajraldi. 1895 yil fevraligacha Shandun yarimorolidagi Veyxay portini ham Yaponlar oldi. Nihoyat, 1895 yil 17 aprelda Yaponiyaning Simonoscki shahrida bitim to`zildi. Xitoy Tayvan, Lyaodun, Penxu orollarini Yaponiyaga berdi. Shashi, Syuychjou, Xanchijou, Chunsin portlarini «ochib» qo`ydi. Yaponiya Xitoyda istagan joyda, xohlagan sanoal korxonasi qurish huquqini oldi. Bitimning Lyaodun orolini Yaponiyaga berish haqidagi bandiga Rossiya va boshqa davlatlar qarshi bo`lishdi. Bu hoi Yaponiyani Rossiya chegaralariga juda yaqinlashtirib qo`ygan edi.
Xitoy endigina sanoatlashuv yo`Hga qadam qo`yganda xorijiy davlallar tomonidan talon-taroj qilinishi xalq ahvoliga og`ir ta`sir ko`rsatdi. Xitoyning to`g`ri taraqqiyot yo`liga olib chiqish haqida turli ilg`or ijtimoiy g`oyalar shakllandi.BuIarning hammasi yaxlit ma`noda XIX asr oxirlarida Xitoyda islohotchilik harakati deb ataldi.
Islohotchilar Xitoyning parchalanib ketish xavfini tushunar edilar. Eng xavfli dushmanlar- Yaponiya. Rossiya, Fransiya, Angliya va AQShning nayranglarini fosh qilardilar. Harakat g`oyaviy rahbarlaridan Kan Yu-vey, Lyaan Si-CHao, Mey Men-Xualar manjursin hukmdorlari nomiga memorandumlar yozib, isiohotlar qilinishini taklif etishdi. Shu davr ijtimoiy harakatlarida Sun Yat Sening o`rni alohida edi. U Xitoyni inqilob yoMiga yetaklagan «rahnamo» edi. Sun Yat Senning «Xitoy uyg`onish jamiyati» nomli tashkiloti manjurlarning Sin sulolasini ag`darib tashlab. Xitoyda demokratik milliy davlat to`zish uchun kurashar edi.
Yapon-Xitoy urushidagi mag`lubiyat islohotchilik harakatini yanada «jonlantirdi». 1897 yili Kan Yu-veyning beshinchi murojaatiga javoban nihoyat impyerator islohot haqida farmon berdi. Impyerator farmoni bilan «100 kunlik islohotlar» davri boshlandi. Isiohotlar. Xitoyni kuchli. zamonaviy davlalga aylantirishga qaratitgan edi. Kan Yu-vey safdoshlari hukumatga kiritildi. Sanoat, transport, kon, xom- ashyo. qishloq xo`jaligi tarmoqlarini davlat qo`lida to`plashga harakat qilindi. Ammo bular eskilik tarafdori bo`lgan yuqori tabaqa zarbasiga uchradi.
1898 yil 21 sentyabrda islohotchilar dushman harbiy qismi boshliq to`da davlat to`ntarishi qilib, barcha islohotlarni bekor qildi. Impyerator Tuan Syuy qamab qo`yilib, idorasiz «qo`g`irchoq» podshohga aylantirildi. Islohotchilarning keng demokratik o`zgarishlar yo`liga chiqmaganliklari ularning mag`lubiyatiga sabab bo`ldi. Kan Yu-vey boshliq bu islohotchilar aslida impyerator hokimiyatini saqlab, uning ishtirokida davlatni qayta . to`zmoqchi edilar. Bu yo`l tub o`zgarishlarga olib borishi qiyin edi.

Download 121 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish