Xvii—xviii asrning birinchi yarmida xonlikdagi siyosiy ahvol



Download 23,96 Kb.
Sana29.01.2022
Hajmi23,96 Kb.
#417883
Bog'liq
XVII—XVIII asrning birinchi yarmida xonlikdagi siyosiy ahvol ASHUROVA SHAHINA


XVII—XVIII asrning birinchi yarmida xonlikdagi siyosiy ahvol
XVII asrdan boshlab Xiva xonlari davlat hayotiga 'y .. oid har bir masalani qabila boshliqlarisiz mustaqil parokandalikv hal eta olmaydtgan bo lib qoldtlar. Aym paytda, ular xon taqdirini hal etardilar. Binobarin, bu holat Xiva xonligida davlat parokandaligi yuz berganligini anglatar edi. Parokandalik Arab Muhammadxon davrida (1602-1623) yuqori nuqtasiga yetdi. Amudaryo o‘zanining o‘zgarishi bu davrda ham davom etdi. Natijada, Arab Muhammadxon xonlik poytaxtini Urganchdan Xivaga ko‘chirishga majbur bo!ldi. Xorazm davlati endilikda Xiva xonligi deb atala boshlandi. Yuz bergan iqtisodiy tanglik davlatning siyosiy ahvoliga juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bundan tashqi kuchlar foydalanib qolishga urindilar. Chunonchi, Arab Muhammad davrida Rossiya chegarasini qo'riqlab turgan ataman Nechay va ataman Shamay boshchiligidagi Yoyiq kazaklari birin-ketin Urganchga hujum qildilar, Garchand bu hujumlar muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo‘lsa-da, xonlik iqtisodini xonavayron qildi. Toj-u taxt orzusida Arab MuhammadxonAbulg‘ozry Bahodirxon ning о g illan Habash va bibars sultonlar ayrim qabilalarning boshliqlariga tayanib, otalariga qarshi isyon ko‘- tardilar. 1621-yiLdagi isyon chog‘ida otalari Arab Muhammadxon tarafida lining boshqa ikki o‘g‘li - Asfandiyor va Abulg‘oziy sultonlar urushda qatnashdilar. Bu urushda Habash va Elbars sultonlar g‘olib chiqdi. Noqobil farzandlarning amri bilan ota asir olindi. Abulg'oziy Bahodirxon Buxoro xoni Imomqulixon saroyida panob topdi. Asfandiyor esa Eron shohi Abbos I huzuriga yo‘l oldi. 1623-yilda uning yordamida Xiva taxtini egalladi va Habash hamda Elbars qatl etildi. Bu voqeadan xabar topgan Abulg‘oziy Bahodirxon Xivaga qaytdi. Asfandiyorxon (1623-1643) uni Urganch hokimi etib tayinladi. Biroq tez orada aka-uka o‘rtasidagi munosabatlar buzildi. Natijada, Abulg‘oziy Bahodirxon Turkiston, Toshkent va Buxoroda qochib yurishga majbur bo‘ldi. Asfandiyorxon siyosatidan norozi bo‘lgan turkmanlaming chaqirig‘i bilan u yana Xivaga qaytib bordi. Akasi unga Xivani topshirishga majbur boMdi. Biroq 1630-yilda uni Eron shohi huzuriga garov tariqasida jo ‘natib yubordi. Abulg‘oziy Bahodirxon Eronda 10 yil tutqunlikda yashadi. Nihoyat, tutqunlikdan qochib, Orol o‘zbeklari qarorgohiga yetib keldi. Asfandiyorxon vafot etgach, 1644-yilda Xiva xonligi taxtini egalladi. Abulg‘oziy Bahodirxonning davlatchilikni mustahkamlashga qaratilgan islohotlari katta ahamiyatga ega bo‘ldi. U davlatning boshqaruv tuzilmasini o‘zgartirdi. Ayrim viloyatlarning hokimligiga urug‘ boshliqlari tayinladi. Bir-biri bilan o‘zaro nizo qiluvchi urug'lar boshliqlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarning oldini olish uchun u Amudaryoning quyi oqimida yashovchi aholini to‘rtta birlashmaga bo‘ldi. Ularning har biriga yer ajratib berdi. Davlat apparatida muhim ma’muriy mansablami egallaydigan shaxslar ularning orasidan tayinlanadigan bo‘ldi. Har bir qabilaviy guruhga inoq tayinlandi. Abulg!oziy Bahodirxonning farmoniga muvofiq, urug‘Laming yuqori tabaqasidan xonga maslahatchilik qiladigan kishilar guruhi ajratib olindi. Eng e’tiborli amaldorlar hisoblanuvchi inoqlar ham ularning orasidan chiqqan edi. Abulg‘oziy Bahodirxonning islohotlari ma’lum muddatga bo‘lsada, hokimiyatning markazlashuviga hamda ko‘chmanchilar va yarim ko‘chmanchilarning o‘troqlashish jarayonini kuchaytirishga xizmat qildi. 83 Xiva-Buxoro munosabatlari Afsuski, Xiva-Buxoro munosabatlari keskin kechdi. Buxoro xonligi Xiva xonligini o‘z mulkiga qo‘shib olish ucbun bir necha bor urinib ko‘rdi. Abulg‘oziy Bahodirxon Buxoroning hujumini qaytardi. Keyinchalik qulay imkoniyatlar bo'lganida o‘zi ham bir necha bor Buxoro hududlariga bostirib kirdi. Va nihoyat. 1662-yilda Buxoro xonligi bilan sulh tuzdi. Abulg‘oziy Bahodirxon 1663-yilda hokimiyatni o‘g‘li Anushaxonga topshirdi. Uning davrida ikki davlat munosabatlari yanada keskinlashdi. Anushaxon davrida Xiva-Buxoro munosabatlari qanday kechganligi haqida awalgi mavzularda bilib olgan edingiz. Anushaxonni taxtdan ag‘dara olgan Subhonqulixon eshikog‘aboshi Shohniyozni Xivaga noib etib tayinladi. Biroq tez orada Xiva xonligida Buxoro, Rossiya va Eron manfaatlari to‘qnashdi. Manfaatlar to‘qnashuvi Shohniyozning Subhonqulixonga xiyonat qilishidan boshlandi. Shohniyoz o‘z hokimiyatini mustahkamlashga va Buxoroga qaramlikdan qutulishga intilib, Rossiya siymosida kuchli homiyga ega bo‘lmoqchi bo‘ldi. 1700-yilda u Subhonqulixonga bildirmay, Pyotr I huzuriga elchi yuborib, o‘ziga tobe bo‘lgan butun xalq bilan birga Rossiya qaramog'iga qabul qilishni so‘radi. Pyotr I 1700-yilning 30-iyunidagi farmon bilan bu iltimosga rozilik bildirdi. Biroq bu farmon amalda hech naf keltirmadi. Xiva xonligining parokandaligi Sherg‘oziyxon davrida (1715 — 1727), ayniqsa, yaqqol namoyon bo‘ldi. 0 ‘zaro ichki mojarolar tufayli yemirilayotgan davlatning ichki ahvoli chet davlatlarning aralashuvi sababli yanada mushkullashdi. Chunonchi, 1714-yilda Pyotr I uyushtirgan A.BekovichCherkasskiy boshchiligidagi ekspeditsiya o‘sha paytda qudratli Rossiya davlatining Xivani o‘z ta’siriga bo‘ysundirish yo‘lidagi dastlabki urinishi bo‘ldi. Ammo bu ekspeditsiya fojiali tugadi. Shundan keyin Xiva ancha vaqtgacha Rossiya tomonidan hujum bo!lishi xavfi ostida yashadi. Biroq „Shimoliy urush“ bilan band bo‘lgan Rossiya harbiy harakat boshlay olmadi. Shunday bo!lsa-da, Вekovich-Cherkasskiy harbiy ,,ekspeditsiyasi“ning halokati Xiva-Rossiya munosabatlarini keskinlashtirib yubordi. Bunday sharoitda Sherg‘oziyxon Buxoro bilan munosabatlarni yumshatishga harakat qildi. Lekin Rossiya hujumi xavfi saqlanib turgan bir paytda har ikki o‘zbek xonligi o‘zaro hamjihat bodishga intilish o‘miga ulaming munosabatlaridagi keskinlik yanada 84 kuchaydi. Bunga Buxoro xoni Abulfayzxooning orolliklarni Xiva xoniga qarshi gijgijlashi sabab bo‘ldi, Natijada, Orolbo‘yi aholisi Xiva xonligidan ajralib chiqdi. Xiva xonligida boshlangan o‘zaro kurash goh u, goh bu tomonning ustunligi bilan to Sherg‘oziyxonning vafotiga qadar davom etdi. Qabilalar o‘zaro kelisholmagach, endi taxtga Qozoq xonligidan chingiziy sultonlami o‘tqazish boshlandi. 1728-yilda taxtga o‘tqazilgan Elbarsxon ularning birinchisi bo‘ldi (1728-1740). Eron shohi Nodirshoh xonlikdagi siyosiy beqarorlikdan foydalanib, 1740-yili Xivani bosib oldi va Xivaga o‘z odamini hokim etib tayinladi. Xivada Eron boshqaruv tizimi o‘rnatildi. Biroq Eronga qaramlik davrida ham ichki nizolar to‘xtamadi. Aksincha, taxt uchun qabilalararo ayovsiz kurash boshlandi. Taxtga esa atayin chingiziylar avlodiga mansub xonlarni o‘tqazish davom etdi va ular tez-tez almashtirib turildi. Bu hodisa xonlik tarixiga „xonlar o‘yini“ nomi bilan kirdi. Xonlar esa amalda inoqlar qo‘lida itoatkor bo‘lib qoldilar. 0 ‘zaro ichki kurashlarda ma'lum muddat turkman yovmutlarining qoTi baland keldi. Ular 1764-yilda hokimiyatni amalda o‘z qoTiga oldilar. Biroq ular davlatni boshqarishni eplay olmadilar. Ularning zo‘ravonlik va talonchiliklari xonlik aholisini, ulami qoTlab-quwatlagan kuchlarni bam o‘zlariga qarshi qilib qo‘ydi. Xonlikdagi bu ichki boshboshdoqlik qo‘ng‘irot qabilasi hokimiyat tepasiga kelgunga qadar davom etdi.


Download 23,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish