Xvi XVIII asrlarda Usmonli turklar imperiyasi Imperiyaning yuksalishi



Download 273 Kb.
bet1/4
Sana02.03.2022
Hajmi273 Kb.
#478546
  1   2   3   4
Bog'liq
XVI - XVIII asrlarda Usmonli turklar imperiyasi

XVI - XVIII asrlarda Usmonli turklar imperiyasi

Imperiyaning yuksalishi.


XVI asr boshlarida butun imperiya viloyatga, viloyatlar esa sanjoq (tuman)larga bo`lingan edi. Viloyatlarni vali, sanjoqlarni esa sanjoqbey boshqarardi.
Imperiyaning asosiy tayanchi uning qo 'shini edi. Qo 'shinni yer egalarining lashkarlari tashkil etardi.
Sulton harbiy majburiyat evaziga yer-suv taqsimlab berardi. Harbiy majburiyat evaziga ajratilgan katta-katta yer egalari zoimlar va beylar, ulardan maydaroq yer egalari esa tumorilar va sipohiylar deb atalgan. Ularga harbiy harakat vaqtida sulton farmon bergan hamonoq, yerlarining katta-kichikligiga qarab belgilab qo`yilgan miqdordagi qurolli dehqonlar bilan belgilangan joyga yetib kelish majburiyati yuklangan edi. Bundan tashqari, imperiyaning doimiy qo`shini - yanicharlari, shuningdek, kuchli harbiy-dengiz floti ham bo`lgan. Bu omillar Usmonli turklar sultonlariga keng ko`lamda bosqinchilik urushlari olib borish imkonini bergan. Bunday urushlar natijasida Usmonli turklar davlatining ulkan imperiyaga aylanganligi Sizlarga VII sinf «Jahon tarixi»darsligidanma'lum. Imperiya XVI asrda ham bosqinchilik urushlarini davom ettirdi. Bu davrda Eron imperiyaning Osiyodagi eng yirik raqibiga aylangan edi. (Sulton Salim I 1514- yilda Eron shohi Ismoil Safaviy qo`shinini tor-mor etdij Bu g`alaba sultonga shohning ittifoqchisi Misr sultonligiga qarshi yurish boshlashga yo'l ochdi.
1516- yilda yo'1-yo'lakay Suriya va Falastinni bosib oldi. 1517- yilda esa Misr poytaxti Qohira shahri egallandi.
Imperiya nafaqat Osiyo va Yevropada, hatto Afrikada ham mustamlakalarga ega bo`ldi.
Imperiya hududining kengayishi yirik savdo yo`llarining ham Turkiya qo`liga o`tishiga olib keldi. Bu omillar imperiya markaziy hokimiyatining hamda harbiy qudratining yanada kuchayishini ta'minladi. Oqibatda Turkiyaning xalqaro ta'sir-e'tibori, Yevropa, Osiyo va Afrika mamlakatlari taqdiridagi o`rni yanada ortdi.

Ichki ahvol.


Imperiyа o`zining beqiyos qudratiga faqat sultonlarntng oqilona siyosati tufayligina erishgani yo`q.
Bunday beqiyos qudratga mehnatkashlarni ekspluatatsiya qilishni kuchaytirish, mustamlaka o`lkalardan tashib kelingan ulkan miqdordagi boyliklar hisobiga ham erishdi.
Ekspluatatsiyaning tobora kuchayishidan tinka-madori qurigan dehqonlar shaharlarga, tog`larga qochib keta boshladilar. Sulton buning oldini olish maqsadida yer egalariga qochib ketgan dehqonlarni majburan qaytarib olib kelish huquqini beruvchi maxsus farmon chiqarishga majbur bo`ldi. Unga ko`ra, qochib borgan joyida 15, shaharlarda esa 20 yildan kam yashagan dehqonlar avvalgi joylariga majburan qaytariladigan bo`ldi. Bu aslida Yevropada hukm surgan krepostnoy huquqning Turkiyadagi o`ziga xos bir ko`rinishi edi.
Krepostnoy huquq deb nimaga aytilgan?
Yer egalaijning zulmidan tinka-madori qurigan dehqonlar 1519yilda qo`zg`olon ko`tardilar. Unga shayx Jalol rahbarlik qildi. Sulton Salim I qo`zg`olonni katta kuch bilangina bostira oldi. Shu davrdan boshlab barcha qo`zg`olon ishtirokchilari «jalolchilar», qo`zg`olonning o`zi esa jalolchilik deb atala boshlandi. 1526- yilda Qalandar boshchiligida eng yirik qo`zg`olon ko`tarildi. Sulton hukumati bu qo`zg`olonni ham katta qiyinchilik bilangina bostira oldi. Dehqonlarning xonavayron bo`lishi va ko`plab qochib ketishi XVI asr o`rtalaridan boshlab qishloq xo`jaligining inqirozga yuz tutishiga sabab bo`ldi. Bu esa, o`z navbatida, ocharchilik ro`y berishiga olib keldi.
Shunday sharoitda dehqonlarni o`zlari tashlab ketgan yerlarga qaytarish har qachongidan ham muhim bo`lib qoldi. Buni amalga oshirish uchun sulton 1610- yilda maxsus farmon chiqarishga majbur bo`ldi. «Adolat farmoni» deb nomlangan bu farmon ocharchilik davrida tashlab ketgan yerlarini dehqonlarga arzimagan haq evaziga qaytarishni ko`zda tutar edi. Ayni paytda harbiy majburiyat uchun beriladigan yer miilki tizimining yemirilishi ham kuchaydi. Buning asosiy sababi, davlat xazinasi taqchilligini to`ldirish maqsadida bunday yerlarni mayda-mayda bo`laklarga bo`lib sotishga majbur bo`linganligi edi. Bu hodisa yer egalari lashkarlarining amalda o`z vazifasini bajara olmay qolishiga olib keldi. Shu tariqa Turkiya harbiy qudratining pasayish davri boshlandi. g`arbiy Yevropada markazlashgan davlatlar, kuchli markaziy hokimiyat qaror topgan bir sharoitda Turkiya kuchsizlana boshladi.

Download 273 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish