Xvi bob. O ilaning konstitutsiyaviy asoslari


Mavzuni  mustahkamlash  uchun  savollar



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/37
Sana31.12.2021
Hajmi1,58 Mb.
#278890
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37
Bog'liq
vIJW2MoqsO8IrTKYvIKC0CQoFito7avykwaIHu2r

Mavzuni  mustahkamlash  uchun  savollar:

/ .  

D a v la t  tuzilishi  shakli  nima?

2.  D a v la t  tuzilishining  qanday  shakllari  mavjud?

3.  O'zbekiston  qan day  davlat  tuzilishi  shakliga  ega?

4.  O'zbekistonning  m a’muriy-hududiy  tuzilishi  qanday?

5.  M a ’muriy-hududiy  birliklarni  tuzish,  tugatish  tartibi  qanday?

6.  Shaharlarning  maqomi  qanday?

7.  Ma’muriy-hududiy tuzilishni belgilashda  Qoraqalpog  iston 

Respublikasining  vakoiatlari  qanday?

267

www.ziyouz.com kutubxonasi




XIX  bob.  Qoraqalpog'iston  Respublikasi

]-§.  Qoraqalpog' iston  Respublikasining  huquqiy  maqomi

O 'zb ek iston n in g   haqiqiy  su v eren itetig a  ega  bo'lishi,  musta- 

qillikka  erishishi  O 'zbekistan  va  Q o raqalpog'iston  Respublikalari 

m unosabatida  ham  o'z  aksini  topdi.  U lar  o 'rtasid agi  munosabat- 

ning  asoslari  qabul  qilingan  hujjatlarda  belgilab  olindi.

Bu  masalaga  1990-yil  iyun  oyida  qabul  qilingan  "O 'zbekiston 

Respublikasining  suvereniteti  to'g'risidagi  D eklaratsiya” ,  1990-yil 

14-dekabrda  qabul  qilingan  “Q oraqalpog'iston  davlat  suvereni­

teti  to'g'risidagi  D eklaratsiya”larda  alohida  e ’tibor  berildi  va 

O'zbekiston  hamda  Q oraqalpog'istonning  am aldagi  Konstitutsi- 

yalarida  Q oraqalpog'istonning  huquqiy  maqomi,  har  ikkala  res­

publika  o'rtasidagi  m unosabat  asoslari  m u s ta h k a m la b   qo'yildi.

K onstitutsiyaning  70-moddasida:  “S u veren  Q oraqalpog'iston 

Respublikasi  O'zbekiston  Respublikasining  tarkibiga  kiradi.  Q ora­

qalpog'iston  Respublikasining  suvereniteti  O 'z b ek isto n   R espub­

likasi  tomonidan  muhofaza  etiladi” ,  -   deb  m u s ta h k a m la n g a n .

K onstitutsiyaning  bu  moddasi:

-  Qoraqalpog'istonni  suveren  respublika  ekanligini  belgilay- 

di  va  e ’tirof  etadi;

-  u  O'zbekiston  tarkibiga  kirganini  ko'rsatadi;  Q oraqalpog'is­

tonning  suvereniteti  O'zbekiston  tom onidan  muhofaza  qilinishini 

belgilaydi.  Shu  holat  bilan  O 'z bekiston  o'ziga  katta  m a s ’uliyatni 

oladi.

Qoraqalpog'iston  Respublikasining  huquqiy  maqomi,  suve- 



renitetga  egaligini  tasdiqlovchi  norm alar  ham  O 'z b ekisto n   va 

Qoraqalpog'iston  Konstitutsiyalarida  m u s ta h k am lan g an .  Bular:

-  Qoraqalpog'iston  Respublikasining  o'z  K onstitutsiyasiga 

egaligi.  Chunki,  Konstitutsiya  har  qanday  d avlatning  suverenligi- 

ni  ko'rsatuvchi  asosiy  shart  (K onstitutsiyaning  71-moddasi);

-  Qoraqalpog'iston  Respublikasi  o'z  Konstitutsiyasini  o'z 

ixtiyori  bilan  xalq  xohish-irodasiga  mos  ravishda  hech  kimning 

aralashuvisiz  Oliy  hokimiyat  organida  qabul  qilgan;



268

www.ziyouz.com kutubxonasi




Q o raq alp o g   iston  Respublikasi  o'z  hududiga  va  chesrarasi- 

ga  ega;


-  Q o raq alp o g 'isto n   Respublikasining  hududi  va  chegaralari 

uning  roziligisiz  о  zgartirilishi  mumkin  emas.  Qoraqalpog'iston 

Respublikasi  o'z  m a ’muriy-hududiy  tuzilishi  masalalarini  mustaqil 

hal  qiladi  (K o n stitu tsiy an in g   73-moddasi);

-  Q oraqalpog'iston  Respublikasi  o'zining  Oliy  hokimiyat  or- 

ganlariga  ega  va  ularni  tashkil  qilish  o'z  Konstitutsiyasiga  m u ­

vofiq  am alga  oshiriladi.

Q o raq alp o g'isto n n in g   suverenligini  belgilovchi  en g  muhim 

qoida  Q o raqalpog'iston  Respublikasi  O'zbekiston  Respublikasi 

tarkibidan  Q oraqalpog'iston  Respublikasi  xalqining  umum iy  refe­

rendum!  asosida  ajralib  chiqish  huquqiga  egaligidir  (Konstitutsi­

yaning  74-moddasi).

Q o raqalpog'iston  Respublikasining  ajralib  chiqish  huquqi 

mavjudligi  xalq  o'z  taqdirini  o'zi  hal  qilish  imkoniyatiga  egaligini 

ko'rsatadi.

Q o raqalpog'iston  Respublikasining  1993-yil  9-aprelda  qabul 

qilingan  K onstitutsiyasining  1-moddasida,  Qoraqalpog'iston  Res­

publikasi  O 'zb ek isto n   tarkibidagi  suveren  demokratik  Respub­

lika  ekanligi  ko'rsatilib,  O'zbekiston  va  Qoraqalpog'istonning 

o'zaro  m u nosabatlari  asoslari,  Qoraqalpog'istonning  O'zbekiston 

tarkibidan  ajralib  chiqish  huquqini  saqlab  qolganligi  mustahkam- 

lab  qo'yilgan.  Qoraqalpoq  tili  o'zbek  tili  bilan  birga  davlat  tili 

sifatida  belgilangan.

Q oraqalpog'iston  Respublikasi  Konstitutsiyasini  ko'radigan 

bo'lsak,  u  O'z-bekiston  Konstitutsiyasiga  mos  kelishi  bilan  bir­

ga  ayrim  masalalarni  mustaqil  hal  qilgan,  bu  esa  respublikaning 

mustaqil  huquqlari  mavjudligini  bildiradi.

Jum ladan:

-  Respublikaning qonun  chiqaruvchi  organi  Jo'qorg'i  Kenges 

deb,  qoraqalpoq  tilida  talqin  qilinishi;

-  Konstitutsiyasining  3-moddasida  davlat  hokimiyati  va 

boshqaruv  organlarining  tizimini  mustaqil  belgilash  ko'rsatilgan 

shu  asosda,  Qoraqalpog'iston  Respublikasida  eng  yuqori  lavo- 

zim  —  Q oraqalpog'iston  Respublikasi  Jo'qorg i  Kengesi  Raisi  deb 

belgilangan  va  u  Jo'qorg'i  Kenges  tomonidan,  uning  deputatlari

269

www.ziyouz.com kutubxonasi




orasidan  yashirin  ovoz  berish  yo'li  bilan  J o 'q o rg 'i  Kenges  vakolati 

muddatiga  saylanishi  belgilangan;

-  Qoraqalpog'istonning  oliy  ijro  organi  sifatida  Qoraqalpo­

g'iston  Respublikasining  Vazirlar  Kengashi  belgilangan  va  Vazirlar 

Kengashi  Jo'qorg'i  Kenges  tomonidan  tuzilishi  tartibi  o'rnatilgan;

-  Qoraqalpog'iston  Respublikasi  sud  hokimiyati  tizimida 

Konstitutsiyaviy  sud  bo'lishi  nazarda  tu tilm a g a n   va  konstitu­

tsiyaviy  nazoratni  am alga  oshiruvchi  K onstitutsiyaviy  nazorat 

qo'mitasi  tashkil  qilingan;

-  Q oraqalpog'iston  R espublikasining  P rokurori  va  uning 

o'rinbosarlari  O 'z bekiston  Bosh  prokurori  bilan  kelishilgan  holda 

Qoraqalpog'iston  Jo'qorg'i  Kengesi  tom onidan  lavozimiga  tayin- 

lanashi  va  vazifasidan  ozod  qilinishi  tartibi  o 'rn atilg an .

Bulardan  tashqari,  Oliy  Majlis  S enati  R aisining  bitta  o'rinbo- 

sari,  albatta,  Q oraqalpog'iston vakili  bo'lishi  kerakligi,  O 'zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  M ahkam asi  tarkibiga  Q oraqalpog'iston 

Respublikasi  Vazirlar  kengashi  Raisi  lavozimi  bo'yicha  kirishi 

Q oraqalpog'iston  huquqiy  maqomini  k o 'rsatu vch i  holatdir.  Bular 

orqali  Qoraqalpog'iston  O 'zbekiston  hayotida  ishtirok  etadi.


Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish