Me’morchilik. Shayboniy hukmdorlar poytaxt Buxoro va uning atroflarini obod qilishga harakat qildilar. 1535-1536-yillarda qurilgan Mir Arab madrasasi, 1540-1541-yillarda bino qilingan Masjidi Kalon, 1549-yili Abdulazizxon qurdirgan koshinli xonaqoh, Mag’oki Attori masjidi (qayta ta’mirlangan), 1559-yili qurilgan Toqi Zargaron, Toqi Sarrofon, Toqi Kitobfurushon, Karmanadagi hazrati Qosimshayx xonaqohi, 1582-yili qurilgan uch darvozali Timi Kalon, 1581-yili bino qilingan Modarixon madrasasi, Oyposhsha oyim madrasasi, 1580-yili bino qilingan Govkushon madrasasi, 1586-yili qurilgan Fathulla qo’shbegi madrasasi, 1585-yili qurilgan Fayzobod xonaqohi, Do’stum madrasasi, 1577-1578-yillari qurilgan Abdullaxon madrasasi, Tim, Chorsu fikrimizning dalilidir. Samarqandda ham shayboniylar nomi bilan bog’liq binolar anchagina. Chunonchi, Shayboniyxon tomonidan qurila boshlab, 1515-1516-yillarda bitkazilgan Shayboniyxon madrasasi va Abdurahim Sadr madrasasi, Toshkentda bino qilingan Baroqxon madrasasi, Karmana yaqinida Zarafshon daryosi ustiga qurilgan ko’prik (1582) mashhurdir. Buxoroga kelgan ingliz elchisi Antoniy Jenkinson: "Buxoro juda katta shahar, unda g’ishtlik imoratlar, serhasham binolar ko’p. Hammomlar shunday mohirlik bilan qurilganki, ularning misli dunyoda yo’qdir",-deb yozadi. Ayniqsa, Abdullaxonning yurt obodonchiligi yo’lidagi sa’y-harakatlari tarixchilar tomonidan yuksak baholangan. Uning davrida markaziy hokimiyat kuchayishi tufayli katta qurilish ishlari amalga oshirilgan. Cnunonchi, Abdullaxon 1000 dan ortiq rabot va sardoba, ko’plab madrasa, masjid, ko’prik, suv omborlari qurdirgan. Buxoroda juda katta savdo markazi bunyod etilgan.
2.2.Xiva xonli madaniy hayoti
Xiva xonligida Xiva, Ko’hna Urganch, Yangi Urganch, Vazir kabi o’nlab shaharlar mavjud bo’lgan. Ulardan eng qadimiysi Xiva shahri bo’lib, 1997-yilda uning 2500 yilligi nishonlandi. Bu haqda YUNESKO 1995-yilda qaror qabul qilgan edi. Qaror-Xiva shahrining jahon madaniyati taraqqiyotida tutgan alohida o’rnining e’tirofi bo’ldi. Bugungi avlod o’z ota-bobolarining madaniy meroslari bilan haqli rayishda faxrlana oladi. Xiva shahri milloddan ahlalgi V asrda yuzaga kelganidan buyon uning tarixi butun Xorazm tarixi bilan chambarchas bog’liq bo’lib keldi. Xivaning mashhurligi u bunyod etilgan davrlaridanoq Sharq bilan G’arbni bog’lovchi savdo yo’li o’tganligi bilan izohlanadi. Xiva shahri XVI asr boshlaridan 1920-yil fevralgacha Xiva xonligining poytaxti bo’lgan. Xonlikning yana bir shahri-Ko’hna Urganch (Gurganch) shahridir. Qadimda bu shahar joylashgan hudud hozirgi Turkmaniston (Toshhovuz viloyati) tarkibidadir. Ko’hna Urganchga asos solinganligiga 2000 yildan oshdi. Shahar muhim savdo karvoni yo’llari kesishgan yerda joylashganligi uchun ham tez rivojlangan. Ko’hna Urganch X-XI asrlarda Xorazm davlatining poytaxti edi. Bu shahar arab geograflari asarida Jurjoniya nomi bilan qayd etilgan. X asr 2-yarmida poytaxt Gurganchda mustaqil amirlik tuzilgan. 995-yilda Gurganch amiri Ma’mun ibn Muhammad poytaxti Kot shahri bo’lgan xorazmshohlarni tor-mor etib, o’zini Xorazmshoh deb e’lon qilgan. Shu tariqa Gurganch Xorazm davlatining yagona poytaxtiga aylangan. XI-XII asrlarda bu shaharda madaniyat, ilm-fan rivojlandi. Shahar mustahkam qal’a-devor bilan o’rab olindi.
1646-yilda Abulg’ozixon hozirgi Urganch shahriga asos soldi. Bunga yuqoriqa qayd etilgan Amudaryoning o’z yo’nalishini o’zgartirib, Orol dengizi tomon oqa boshlagani, buning oqibatida Gurganchning (Ko’hna Urganch) suvsiz qolganligi sabab bo’lgan edi. Shundan keyin qadimgi Gurganchning nomi Ko’hna Urganch bo’lib qoldi. Vazir Xorazmning shahar-qal’alaridan biri bo’lgan. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha shayboniylardan bo’lgan Mustafoxon tomonidan XV asr o’rtalarida asos solingan. XVI asrda shayboniylarning o’zaro urushlari shaharni vayron bo’lishiga olib kelgan. 1558-yilda Xivaga kelgan Antoniy Jenkinson bu haqda bunday deb yozgan edi: "Vazir shahri keyingi 7 yil mobaynida o’zaro urushlar oqibatida to’rt marta vayron bo’ldi. Shuning uchun ham bu yerda savdogarlar juda kam, borlari ham nochor". 1593-1598-yillarda esa Abdullaxon II harbiy yurishlari chog’ida ham shahar yana vayron etildi. Abulg’ozixon Yangi Urganchga asos solgach, Vazirning qolgan aholisini ham shu yerga ko’chirgan. Shu tariqa shahar o’z ahamiyatini butunlay yo’qotgan. Xiva xonligi tarixiy manbalarida hunarmandchilikning 27 sohasi qayd etilgan. Amalda esa, ular bundan-da ko’p bo’lgan. Hunarmand malakali usta bo’lishi uchun ko’p yil mashaqqatli mehnat qilgan. Odatda, usta o’z kasbini to’ng’ich o’g’liga o’rgatgan. Ayrim hollarda, ishda qo’shimcha kishining mehnati talab qilinsa, chetdan ham shogirdlar qabul qilingan. Shogirdga kasb o’rgatish shartlari va muddatlari yozma shartnomada rasmiylashtirilgan. Shogird hunarmand ustadan oq fotiha olib, o’zining alohida ustaxonasini ochishdan avval hunarmand ustalar oldida o’z mahoratini namoyish etishi kerak bo’lgan. Sinovdan o’tgan shogird shu tariqa ustaxona ochishga ruxsat olardi. Hunarmandlar o’z uyushmalariga ega edilar. Bu uyushmalar hunarmandlarning faoliyatini tartibga solib turardi. Shu yo’l bilan ularning manfaatini himoya ham qilardi. Uyushma boshlig’i xonning xazina siyosatini o’tkazuvchi shaxs ham hisoblanardi. Xiva ustalarining juda oz qismi xususiy ustaxona-do’koniga ega edi. Hunarmand o’z uyida ham do’kon ochishi mumkin edi. Ko’pchilik hunarmandlar xonga va boshqa boylarga tegishli do’konlarni ijaraga olib mehnat qilishardi. Ayrim hunarmandlar buyurtma asosida ham ishlardi. Xonlik aholisi asosan qishloq xo’jaligi bilan shug’ullangan. Dehqonchilik va u bilan bog’liq bo’lgan chorvachilik qishloq xo’jaligining asosiy sohasi edi. Dehqonchilikda g’alla, paxta va poliz mahsulotlari yetishtirish yetakchi o’rin egallagan. Ekinzorlarning yarmidan ortig’ida g’alla yetishtirilgan. G’allachilikda kuzgi bug’doy ekish yetakchi o’rin egallagan. Dehqonlarning don ekinlaridan mo’l hosil olishlariga hatto chet elliklarning ham tan berganligiga tarix guvoh. Chunonchi, Xivaga kelgan yevropalik sayyohlardan biri aytgan quyidagi so’zlar manbalarda saqlanib qolgan: "Men Germaniyaning o’zida dalada ishlovchilarning Xivadagidek mirishkorligini ko’rmaganman". Don ekinlari ichida jo’xori ekish bug’doydan keyin ikkinchi o’rinda turgan. Sholi esa asosan suv ko’p hududlarda yetishtirilgan. Ekinzorlarning 1/5. qismida paxta yetishtirilgan. Xonlik iqtisodiyotida pillachilik ham muayyan ahamiyatga ega bo’lgan. Poliz mahsulotlari ichida Xorazm qovunining dovrug’i keng yoyilgan edi. Bundan tashqari, xonlikda bog’dorchilik ham dehqonchilikning rivojlangan sohalaridan biri bo’lgan. Xonlikning ichki va tashqi savdosidan davlat xazinasiga durustgina daromad tushgan. Ichki savdo-sotiqda, Xivaning usti yopiq bozori alohida ahamiyatga ega bo’lgan. Bozor yo’lining ikki tarafiga ustaxona-do’konlar qurilgan. Bozordagi savdo o’rinlaridan foydalanganlik uchun tagjoy deb ataluvchi alohida soliq olingan. Xonlikdan, asosan, qorako’l teri, gilam, hunarmandchilik mahsulotlari Eron, Hindiston, Xitoy va Turkiya kabi davlatlarga eksport qilingan. XVI asr oxirlaridan boshlab, Rossiya bilan ham savdo-sotiq binnuncha yo’lga qo’yila boshlandi. Xiva elchilari asosan gazlama va to’qilgan buyumlar olib borishgan. Chunonchi, Xiva elchisi 1620-yilda Qozon shahrida 670 kiyimlik mato sotganligi manbalarda qayd etilgan. Rossiyaga gilam, qoqi meva, qorako’l teri, o’simliklardan tayyorlangan bo’yoqlar ham olib borilgan. Rossiyaning Xiva xonligiga yuborgan elchilariga Xiva mahsulotlarini xarid qilish topshirig’i ham berilgan. Xiva savdogarlari Rossiyaning Nijniy Novgorod yarmarkasida faol qatnasha boshlaganlar. XVI-XVIII asrning birinchi yarmi Xiva xonligida ilm-fan taraqqiyoti butunlay to’xtab qolgan emasdi. Bu davrda tarix ilmi o’ziga xos o’rinda turadi. Chunonchi, Xiva xoni Abulg’ozixon Xiva tarixshunosligi maktabiga asos soldi. Abulg’ozixon fan va madaniyat tarixiga ikki muhim asari ("Shajarayi turk" va "Shajarayi tarokima") bilan o’chmas nom qoldirdi. "Shajarayi turk" asarining 9-bobi bevosita Xorazmning 1512¬-1663-yillardagi ijtimoiy-siyosiy tarixiga bag’ishlangan. Unda aniq tarixiy voqealardan tashqari, turkiy xalqlar an’analari, Xiva va Buxoro munosabatlari jarayoni yoritilgan. Pul muomalasi haqida ma’lumotlar berilgan. Abulg’ozixonning yana bir katta xizmati shundan iboratki, u o’z asarlarini oddiy kitobxon uchun turkiy tilda yozgan. Shuning uchun ham ayrim olimlar uning asarlarini yangi o’zbek tili yozma yodgorligi deb hisoblashadi. Vengriyaning mashhur sharqshunosi A. Vamberi "Abulg’oziy¬ning “Shajarayi turk”i uchun butun dunyo undan minnatdor", deb yozgan edi. Bu asar bir necha asrlardan beri ko’plab tillarga tatjima qilib kelinmoqda. Abulg’ozixonning topshirig’i bilan "Dasturul amal" asari ham yozilgan. Afsuski, bu asar muallifi hamon aniqlangan emas. Ushbu asarda Sohibqiron Amir Temurdan tortib Zahiriddin Muhammad Boburga qadar temuriylar shajarasi qisqacha sharhlangan. Har bir hukmdorga qo’lyozmaning bir bo’limi bag’ishlangan. XVI asrda Xiva xonlari saroy kutub¬xonalarida xattotlik, husnixat maktabi shakllandi. Mashhur xattot Hamadoniy 1556-yilda Eshmuhammadxonga "Shohnoma"ni miniaturalar uchun ochiq joy qoldirib ko’chirib berdi. XVII-XVIII asrlarda Xivada Muhammad Yusuf Rojiy, Bobojon Sanoiy, Muhammad Rizo Oxund kabi qator usta xattotlar yashab, mehnat qilganlar. Ular she’riy asarlar, tatjima va tarixiy kitoblarni ko’chirganlar. Har bir kitobni bezashda bir necha soha ustalari ishtirok etganlar. Bular-qog’oz qirquvchi: kotib-xattot, muzahhib, lavvoh, lavha chizuvchilar, miniaturachi rassom va sahhoflar edilar. Xiva qo’lyozmalarida Buxoro qo’lyozmasidan farqli o’laroq, mundarija manzarali qilib bezatilmagan.
Xiva xonligining siyosiy va iqtisodiy hayotida bo‘lib o‘tgan voqyealar madaniy hayotga ta’sir etmasdan qolmadi. Shunga qaramasdan xonlikdagi madaniyat o‘ziga xos yo‘nalishlarda davom etdi. Madaniy hayot ravnaqi ta’lim-tarbiya, adabiyot, tarixnavislik, me’morchilik va amaliy san’at kabilarda kuzatiladi.
Butun O‘rta Osiyoda bo‘lgani kabi, Xiva xonligida ham asosiy ilm o‘chog‘lari boshlang‘ich maktablar va madrasalar edi. Boshlang‘ich maktab, ya’ni, quyi ta’limda o‘qish-yozishni o‘rganib, xat-savod chiqargan o‘smirlar poytaxt Xivadagi hamda Buxorodagi madrasalarda o‘qib ta’lim olganlar. Manbalarga ko‘ra, XIX asrda Xiva xonligida 1500 ga yaqin boshlang‘ich maktab va 130 ta madrasa bo‘lgan. Faqat Xivaning o‘zida 22 ta madrasa bo‘lib, ular ichida Muhammad Rahimxon, Sherg‘ozixon, Rahmonberdibiy, Olloqulixon, Xoja Mahram, Fozilbek, Davlat Qorako‘z, Bekniyoz devonbegi madrasalari alohida nufuzga ega edi.
Xorazm adabiy muhitida ilg‘or g‘oyalarni targ‘ib etgan shoirlardan biri Nurmuhammad G‘arib Andalib (1710-1770 yy.) edi. Klassik poeziyaning turli janrlarida ijod qilgan Andalibning “Said Vaqqos”, “Zaynul arab”, “Yusuf va Zulayho”, “Layli va Majnun” kabi dostonlari mashhurdir.
Xivada ijod etgan shoirlar ichida Muhammad Rizo Ogahiy (1809-1874 yy.) alohida o‘ringa ega. Tarixchi, tarjimon va shoir bo‘lgan Ogahiyning 1832 yilda tuzilgan “Ta’vizul oshiqon” (“Oshiqlar tumori”) devonidagi g‘azallari ayniqsa mashhurdir. Bu davrda shuningdek, Pahlavon Ravnaq, Muhammad Niyoz Nishotiy, Muhammad Xokisor, Tabibiy, Munis, Komil Xorazmiy, Komdon, Murodiy kabi shoirlarning ijodi rivoj topdi. XVII- XVIII asrlarda “Go‘r o‘g‘li” majmuasi dostonlari rivojlantirildi, “Tohir va Zuhra”, “Oshiq G‘arib va Shohsanam”, “Sayyod va Hamro”, “Sanobar”, “Yusufbek va Ahmadbek”, “Bahrom va Dilorom” kabi dostonlarning folklor va xalq og‘zaki ijodidagi ko‘rinishlari taraqqiy etdi.
Bu davrda tarixnavislikdagi ilgargi an’analar saqlanib qoldi. Tarixiy asarlar orasida Abulg‘ozining “Shajarai turk” va “Shajarai tarokima” (“Turkmanlar shajarasi”) o‘zbek tilida bitilgan muhim tarixiy asarlar hisoblanadi. Tarixnavislik an’analarini keyinchalik Munis, Ogahiy, Muhammad Yusuf Bayoniy kabi tarixnavislar davom ettirdilar
XIX asr boshlarida Muhammad Rahimxonnning buyrug‘i bilan Shermuhammad Munis (1778-1829 yy.) “Firdavs ul-iqbol” (“Baxtu saodat jannati”) asarini yaratdi. Xiva xonligining XVIII- XIX asrlar tarix haqida qimmatli ma’lumotlar beruvchi bu asarni keyinroq Olloqulixon topshirig‘i bilan Munisning jiyani Ogahiy davom ettirdi va 1872 yilgacha bo‘lgan voqyealar bilan boyitdi. Shuningdek, Xiva xonligi tarixiga bag‘ishlangan asarlar orasida Bayoniy (1859-1923 yy.) ning “Shajarai Xorazmshohiy” asari ham qimmatli hisoblanadi.
Xorazm O‘rta Osiyoda o‘ziga xos uslublarga boy bo‘lgan me’morchilik maktabiga ega voha hisoblanadi. Bu hududda paydo bo‘lgan me’moriy inshootlar nafis bezaklari, jimjimador naqshlari bilan Xorazm me’morchilik maktabining o‘ziga hosligini ko‘rsatib turadi. XVIII- XIX asrlarda Xiva xonligida ko‘plab inshootlar bunyod etildi. Ayniqsa xonlikning poytaxtlari Urganch va Xiva shaharlarida ko‘plab saroylar, masjid va madrasalar, xonaqolar, karvonsaroylar, yopiq bozorlar qurilgan. Xivadagi me’moriy yodgorliklar asosan Ichan (ichki) qal’ada bunyod etilgan. Xonning yozgi qarorgohi bo‘lgan Dishan (tashqi) qal’a ham nodir me’morchilik namunasi hisoblanadi.
Xonlikdagi boshqa shaharlar – Yangi Urganch, Hazorasp, Toshhovuz, Yangi Vazir, Shohabboz, Gurlan, Xo‘jayli, Qo‘ng‘irot kabilar mudofaa devorlari bilan o‘rab olinib, ularda ham ko‘plab me’moriy inshootlar bunyod etilgan.
Xulosa
Uchta xonlikning vujudga kelishi, eng avvalo, hududiy va milliy parchalanishning yaqqol namunasi bo'lgan. O'z navbatida, milliy parchalanish milliy yakdillikni yemirib,mahalliychilikning avj olishiga zamin hozirlab berdi. Milliy parchalanish XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab m illiy va ma’naviy, iqtisodiy va siyosiy tanazzulni kuchaytirdi, davlatlarning iqtisodiy va harbiy qudratini yem irib tashladi. Milliy parokandalik Markaziy Osiyo xalqiarini Rossiya imperiyasiga iqtisodiy, siyosiy va m a’naviy qaram likka olib keldi. XVI – XX asrning boshlarida mavjud bo‘lgan Xiva xonligi – O‘zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixida, iqtisodiy va madaniy hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lib, jamiyat taraqqiyotining mintaqa hududlaridagi o‘ziga xos tomonlari o‘rganishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan davlat hisoblanadi. Uning tarixi O‘zbekiston tarixining ajralmas qismidir.
O`zaro nizolar esa xalqni xayotdan bezdiradi. Tarafkashlik kuchayadi. Tinch va osuda hayot, raiyatparvar hukmdorlar xalqning orzusiga aylanadi. Shy boisdan Turdi o`z asarlarida mamlakatni parchalab, boylik to`plashga intilayotgan yuqori tabaqa vakillarini tanqid ostiga oladi. Yagona "o`zbek yurti" g`oyasini ilgari suradi: Tor ko`ngilli beklar, man-man demay, kenglik qiling, To`qson ikki bori o`zbek yurtidir tenglik qiling.
Jamiyat hayotining taqdiri butunlay ruhoniylar qo`liga o`tgach, ya‘ni XVII asr oxiridan boshlab Markaziy Osiyo madaniyatida tushkunlik kayfiyatlari kuchayadi. Tasavvuf ta‘limotining ildizlari jamiyat ma‘naviy hayotining ko`pgina sohalariga chuqurroq kirib boradi. Ayniqsa, tasavvufning qalandarlik oqimining ta‘siri kuchaya boradi. Qalandarlar tasavvuf ta‘limotini yoyishning qudratli vositasiga aylanadilar. Ular nafaqat diniy ta‘limotni, balki tarki dunyochilikni targ`ib qilishning ham asosiy vositasiga aylanganlar. Shuningdek ular devonalik yo`li orqali adolatsizlikka qarshi kurashganlar ham.
Umuman olganda, bu davr adabiy jarayonida bir tomondan ko`proq botiniy va zohiriy ishq-muhabbatni kuylash ko`zga yaqqolroq tashlanib tursa, ikkinchi tomondan, riyokor dindorlar, ochko`z boylar, boylik to`plashga intiluvchi beklar tanqid ostiga olinadi, uchinchi tomondai esa, inson qismati taqdirning azaliy hukmi ekanligi g`oyasi ilgari suriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |