Xuzhou Construction Machinery Group C., Ltd



Download 17,37 Kb.
Sana25.06.2017
Hajmi17,37 Kb.
#15904
Xorazm viloyati hokimi P.R.Bobojonovning Xitoy Xalq Respublikasining “Xuzhou Construction Machinery Group C., Ltd”

koorparatsiyasi vakillari bilan bo‘ladigan uchrashuvdagi

SO‘ZI

8-may, 2014 yil viloyat hokimligi



- Assalomu alaykum, aziz mehmonlar!

Hurmatli Janob Li Tszyan!

Qadimiy va hamisha navqiron Xorazm diyoriga xush kelibsiz!

Xorazm o‘zining qadim tarixi, boy madaniyatiga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi e’tiborga molik hududlardan biridir. Insoniyatning ilk yozma yodgorliklaridan biri hisoblangan zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” shu diyorda yaratilgan. Bundan uch ming yillar ilgari ham Xorazmning o‘z yozuvi mavjud edi.

Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda o‘lkamizda madaniy dehqonchilikka asos solinib, birinchi sug‘orish tarmoqlarining vujudga kelgan. Hududda irrigatsiya va meliora-tsiya tizimlarining eng rivojlangan payti eramizdan avvalgi VII va eramizning III asrlari oralig‘iga to‘g‘ri keladi.

Sug‘orish tizimlarining barpo etilishi, uni ishchi holatda saqlab turish uchun kuchli davlat zarur edi. Shuning uchun o‘sha vaqtda Xorazmda ilk kuchli markazlashgan davlat shakllanib o‘zbek davlatchiligining tamal toshlari bizning vohada qo‘yilgan.

Mutaxassislar Xorazmni insoniyat tsivilizatsiyasiga munosib hissa qo‘shgan hududlardan biri sifatida e’tirof etadilar.

Bundan ming yil oldin Xorazmda Ma’mun akademiyasi faoliyat ko‘rsatgan-ligi ham fikrlarimizga asos bo‘la oladi. “Baytul hikma” – “Hikmatlar uyi” deb atalgan ushbu dargohda umumjahon ilm – fan taraqqiyotiga bebaho hissa qo‘shgan X asrning buyuk qomusiy olimi Al-Beruniy, o‘zining “Tib qonunlari” kitobi bilan tibbiyotning ko‘p asrlik taraqqiyotini belgilab bergan Abu Ali ibn Sino kabi buyuk allomalar faoliyat olib borganlar. Shuningdek, nomidan zamonaviy “algebra” atamasi olingan o‘rta asrlarning buyuk matematigi Muhammad al Xorazmiy ham shu tuproqda dunyoga kelgan.

O‘zbekiston 1991 yilda mustaqillik-ka erishgandan keyin o‘tgan vaqt xalqi-miz uchun o‘z tarixi, madaniyati va qadriyatlarini qayta idrok etish davri bo‘ldi. 1997 yilda Xiva shahrining 2500 yilligi, 1999 yilda xalqimizning milliy qahramoni , Vatan mustaqilligi uchun tolmas kurashchi, buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdining 800 yilligi, 2001 yilda dunyodagi ilk yozma yodgorliklaridan biri –“Avesto” kitobi yaratilganligining 2700 yilligi, 2006 yilda – Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligining xalqaro miqyosda keng nishonlanishi fikrimizning isbotidir. Shu tadbirlar o‘tkazilishi tufayli biz jahonga, jahon bizga yaqinroq bo‘lib qoldi.

Bugun viloyatimizda ana shu ming yilliklar tarixidan so‘zlovchi antik va o‘rta asrlarga taalluqli bo‘lgan 400ga yaqin tarixiy, arxeologik va madaniy yodgorliklar saqlanib qolgan. Ularning asosiy qismi Xivada joylashgan. 26 gektarni egallagan “Ichon qal’a” muzey – qo‘riqxonasi YUNESKO tomonidan insoniyat madaniy meros shaharlari ro‘yxatiga 1990 yilda kiritilgan edi. Darhaqiqat, keyingi paytda mamlakati-mizning asosiy sayyohlik markazlaridan biriga aylanib qolgan Xiva O‘zbekistondagi Termiz, Urganch (Ko‘hna Urganch), Samarqand va Buxoro shaharlari kabi Xitoydan boshlangan va insoniyatning tarixidagi eng ulkan transport tarmoqlaridan biri “Buyuk ipak yo‘li”da joylashgan edi. Umumiy uzunligi 12 ming kilometrga teng bo‘lgan bu yo‘l ellardan ellarga mol va tovarlar, madaniyat va ilm – fan tashishda muhim vosita edi va u vohamizning o‘rta asrlardagi taraqqiyotida ulkan rol o‘ynagan.

Endi bugungi Xorazm haqida qisqacha ma’lumot:

Viloyat hududi 6 ming kv. kmdan ortiqroq maydonni o‘z ichiga oladi (respublika hududining 1,6 %). Aholi soni 1 mln. 700 ming , shundan ayollar 827 ming kishini (50,7%), 30 yoshgacha bo‘lganlar soni 807 ming nafarni (49,5%) tashkil etadi. Har 1 kv. km.da 280 kishi istiqomat qiladi. Viloyatda 10ta tuman va 1 shahar mavjud. Xorazmning ma’muriy markazi Urganch shahrida esa 140 mingdan ziyod aholi yashaydi.

Aholining asosiy qismini o‘zbeklar tashkil etadi , shuningdek viloyatimizda 30 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Koreys, qozoq, tatar va rus milliy-madaniy markazlari, “O‘zbek – turkman do‘stlik jamiyati”lari faoliyat olib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Islom Abdug‘anievich Karimovning viloyatimizga berayotgan ulkan e’tibori bois Xorazmning sanoat salohiyati, turizm sohasi, qishloq xo‘jaligini yanada taraqqiy ettirish, viloyat markazi Urganch shahrining bosh rejasini amalga oshirish, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga qaratilgan Yurtboshimizning 4 ta muhim qarori va ular asosida Davlat Dasturlari qabul qilingan edi. Bugun Xorazmda ana shu keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Natijada 2014 yilning yanvar oyidan boshlab viloyatimiz respublika-dagi avtomobil ishlab chiqaradigan 4 ta hududning biriga aylandi. Hozir Andijondagi avtomobil zavodining Xorazm filialida kuniga 120 ta “Damas” avtomobillari ishlab chiqarilmoqda. Shuningdek, bu erda mart oyidan boshlab “Shevrole Orlando” oilaviy avtomashi-nalarini tayyorlash ham yo‘lga qo‘yildi.

Bugungi kungacha Xorazmda besh mingga yaqin “Damas” va ikki yuzdan ziyod “Shevrole Orlando” avtomobillari tayyorlandi. Albatta, vaqt o‘tishi bilan korxona o‘z quvvatlarini oshira boradi.

Xitoy Xalq Respublikasining “Xuzhou Construction Machinery Group C., Ltd” koorparatsiyasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston temir yo‘llari ” davlat aktsiyadorlik kompaniyasining “Urganch Ekskavator” OAJ korxonasida “Gidrav-lik ekskavatorlar va ehtiyot qismlar ishlab chiqarish va ta’mirlashni tashkil etish” loyihasi ham xuddi shu Dastur asosida amalga oshirilmoqda.

Har yili 50-ta ekskavator ishlab chiqarish va 400-ta yangi ish o‘rinlari tashkil etishni ko‘zlagan loyihaning muvaffaqiyat bilan ish boshlaganini bugun quvonch bilan ta’kidlab o‘tamiz. Ushbu ko‘lamdor loyihani amalga oshirishda bizga madadkor bo‘lgan “O‘zbekiston Temir yo‘llar” kompaniyasi rahbariyatiga, xitoylik hamkorlarga viloyatimiz ahli nomidan ulkan minnatdorchilik bildiraman!



Hamkorligimiz ko‘lami kengayaversin!

E’tiborlaringiz uchun rahmat!
Download 17,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish