Xususiy mulk
Xususiy mulk — ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va oʻz
egasiga
foyda
keltiruvchi mulkdir.
Oʻzbekiston Respublikasining mulkchilik toʻgʻrisidagi qonunida
(7-
modda), xususiy mulk oʻz mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni
tasarruf etish huquqidan iboratdir deb koʻrsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk boʻlgan mol-
mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi taʼkidlanadi.
Xususiy mulk - ayrim kishilar yoki xonadonlar ixtiyoridagi mulk; bozor iqtisodiyotidagi xilmaxil
mulklar orasida yetakchi mulk shakli. Xususiy mulkning obʼyekti moddiy va moliyaviy boyliklar,
ish kuchi, intellektual mehnat mahsuli, yer, suv, yer osti boyliklari, korxonalar, xoʻjaliklar, aksiya
va obligatsiyalar, pul mablagʻlari, transport vositalari, turar joy, isteʼmol tovarlari, mehnat
qobiliyati, ishbilarmonlik mahorati, ilmiy kashfiyotlar, texnikaviy ixtirolar, sanʼat va adabiyot
asarlari va boshqalar boʻlishi mumkin. Xususiy mulk subʼyekti unga egalik qiluvchi kishilar,
ayrim shaxslar va xonadon axli xisoblanadi.
Xususiy mulk mulkchilikning eng koʻhna shakli, bundan bir necha ming yillar oldin qabila,
urugʻaymoklarning jamoa mulkidan oʻsib chiqqan jamoa mulki ayrim kishilar qoʻliga oʻtib
Xususiy mulkga aylangan. Xususiy mulk anʼanaviy va bozor tizimida asosiy mulk hisoblangan.
Rejali iqgisodiy tizim xususiy mulkni yoʻqotib davlat mulkini oʻrnatgan, isteʼmolga xizmat
qiluvchi mulkni, jumladan uyroʻzgor buyumlari va tomorqa xoʻjaligini shaxsiy mulk, deb eʼlon
qilgan. Rejali tizimdan bozor iqgisodiyotiga qaytilgach, Xususiy mulk yangidan tiklanadi.
Bunga quyidagi yoʻl bilan erishiladi: 1) davlat mulki Xususiy mulkga aylantiriladi; 2) uz
mablaga xisobidan xususiy mulkni yaratishga ruxsat beriladi; 3) jamoa (kolxoz) mulkidan
xususiy mulk ajralib chiqadi; 4) shaxsiy mulk xisoblangan tomorka va xonadon molmulkiga
Xususiy mulk maqomi beriladi; 5) Xususiy mulk chet eldan kirib keladi, mavjud mulkchilik
tizimiga qoʻshiladi.
Bozor iqtisodiyotiga xos mulkiy poliformizmni Xususiy mulk transformatsiyasi yuzaga
keltiradi. Xususiy mulk oʻz sohiblari ixtiyori bilan birlashganda jamoa mulki hosil boʻladi.
Xususiy mulk milliylashtirilganda u davlat mulkiga aylanadi.
Xususiy mulk bozor iqtisodiyotining tayanchi sifatida bir qator belgilar bilan tavsiflanadi:
Xususiy mulk iqtisodiy resurslar, yaratilgan mahsulot va xizmatlarni, umuman boylikni yakka
tartibda ayrim kishilar yoki oilalar tomonidan oʻzlashtirilishini taʼminlaydi. Xususiy mulk
sohiblari turli toifadagi kishilar, chunonchi tadbirkorlar, ishchilar, xizmatchilar, dehqonlar, yer
egalari va rantyelar boʻlishi mumkin. Xususiy mulk oʻz egasiga iqtisodiy hokimiyat beradi, yaʼni
uni boshqarish funksiyasi bilan taʼminlaydi. Mulk obʼyektini mulqdorning oʻzi yoki uning
nomidan menejerlar boshqaradi. Xususiy mulk oʻz soxibiga naf keltirishi shart. Xususiy mulk
oʻz soxibiga iqgasodiy mustaqillik beradi, yaʼni mulk soxibi uni uz bilganicha ishlatadi. Mulk
egasi muqobil iktisodiy tanlov qoidasiga binoan, nima ish qilishini belgilab oladi, u mulkini
biznesga qoʻyadi, sotadi, garovga beradi yoki merosga qoldiradi.
Xususiy mulk iqtisodiy roʻyobga chiqishi — oʻz egasiga mulkiy daromad keltirishi yoki uning
isteʼmol ehtiyojini qondirishi kerak. Davlat qabul qilgan qonunlar va yozilmagan qoidalar, yaʼni
shakllangan anʼanalar va mulkiy udumlar Xususiy mulkga egalik qilishni, mulkiy huquqni
taʼminlaydi. Oʻzbekistonda Xususiy mulk daxlsizligi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
va mulk toʻgʻrisidagi qonunlarda eʼtirof etilgan.
Oʻzbekistonda Xususiy mulk davlat mulkini xususiylashtirish, uni hosil etishga ruxsat berilishi
natijasida yuzaga keldi va xususiy korxonalar, fermer va dehqon xoʻjaliklari, xususiy banklar,
tomorqa, xonadondagi molmulk va pul jamgʻarmalari, qimmatli qogʻozlar Xususiy mulk
obʼyektiga aylandi.
Xususiy mulk, uni iqtisodiy roʻyobga chiqarish usuli jihatidan 2 turga boʻlinadi; 1) ayrim
kishilarga qarashli boʻlgan tanho individual Xususiy mulk Bu mulkka egalik mulkdorning
oʻzining faoliyati orqali yuz beradi, yakka tartibda egasi tomonidan boshqariladi, u keltirgan
daromad ulushlarga ajralmagan holda toʻlatoʻkis egasiga tegadi; 2) korporativ, guruxiy
Xususiy mulk Bu ulushbay, sherikchilikka asoslangan mulk bulib, aksiyadorlik jamiyatiga xos.
Uning egalari aksiyadorlar hisoblanadi, ularning mulkiy ulushi qoʻlidagi aksiyalar qiymati bilan
oʻlchanadi. Xususiy mulkning bu turida mulkning iqtisodiy roʻyobga chiqishi alohida emas,
balki mulkdorlar guruhi doirasida yuz beradi. Bu mulkni aksiyadorlarning oʻzlari emas, balki
yollangan menejerlar boshqaradi, undan kelgan daromad aksiyadorlar urtasida ulushbaychilik
qoidasiga binoan taqsimlanib dividend shakliga kiradi. Mayda Xususiy mulk individual bulsa,
yirik Xususiy mulk korporativ Xususiy mulk tavsifiga ega.
Xususiy mulk amal qilishi jihatidan 2 xil boʻladi: birinchisi biznesga xizmat qiluvchi mulk boʻlib
kapital sifatida harakatda boʻladi va egasiga fonda keltiradi; ikkinchisi isteʼmolga xizmat
qiluvchi mulk boʻlib, xonadonda ishlatiladi. Bu mulk isteʼmol buyumlar va pul mablagʻidan
iborat, xonadonning tirikchilik ehtiyojlarini qondiradi. Xususiy mulkning iqtisodiyotdagi roli
xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi hissasi va xususiy molmulkning milliy boylikdagi
hissasiga bogʻliq. Xususiy mulk davlat mulkini xususiylashtirish va mulkdorlar topgan
daromadning jamgʻarilib, mulk obʼyektini kengaytirish yoʻli bilan koʻpayadi. Xususiy mulk
bozor tizimida ustuvor boʻlsada, boshqa mulk shakllarini inkor etmaydi, ular bilan yonmayon
amal qiladi, mulkiy poliformizm taʼminlanadi.
Ahmadjon Oʻlmasov.
Xususiy mulk ham, boshqa har qanday
mulk
shakllari kabi, oʻzining ijobiy va salbiy
tomonlariga ega. U, soʻzsiz, tashabbuskorlik va
tadbirkorlikni
, mehnatga maʼsuliyatlilik
munosabatlarini ragʻbatlantiradi. Shu bilan birga,
tovar
ishlab chiqarish sharoitida u xufyona
daromad
orttirishga intilish hissini tugʻdiradi.
Mulkchilikning
bu shaklini tan olish
xalq
xoʻjaligida
uni qoʻllash foydali boʻlgan boʻgʻinlarni aniqlash, uni tartibga solishning
moliyaviy
va
huquqiy
mexanizmlarini shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin xususiy mulkchilikni bunday
tan olish uni mutlaqlashtirish bilan umuman bogʻliq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab
chiqarish vositalari asosida mustaqil xoʻjalik yuritish yoki davlat korxonalari,
kooperativ
firmalar
,
magazin
,
oshxona
va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga kelishi mumkin.
Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida
aralash mulk
paydo boʻladi. Bu mulk
alohida olingan obʼektning turli mulkdorlar ishtirokida oʻzlashtirilishini bildiradi.
Shaxsiy mulk
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Iqtisodiyot
va
moliyaga
oid ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/
w/index.php?title=Xususiy_mulk&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Shuningdek qarang
Soʻnggi tahrir 6 yillar avval Ximik1991Bot tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Xususiy_mulk&oldid=1807471
" dan olindi