60-rasm. Bo'yin ucbburchaklari chiz- masi. 1-trigonum omotrapezoideum; 2-trigonum omoclaviculare; 3-trigonum caroticum; 4-trigonum omotracheale; 5-trigonum submandibulare.
(collum) ga bo'linadi.
Bo'yin yuqoridan pastki jag', tashqi eshituv yo'li, so'rg'ichsimon o'simta; pastdan to'sh suyagining bo'yinturuq o'ymasi, o'mrov suyagi, akromion; orqa tomondan trapetsiyasimon mushakning lateral chekkasi bilan chegaralanadi.
Pastki jag' suyagi burchagi orqasi bilan so'rg'ichsimon o'simta oldida joylashgan kichik uchburchak shaklidagi soha (fossa retromandibu laris) deb atalib, unda quloq oldi bezi, qon tomirlar va nervlar yotadi. To'sh- o’mrov-so'rg'ichsimon mushak bo'yinni uch sohaga: regio sternocleidomas- toidea, lateral va medial bo’yin uchburchaklariga (60-rasm) ajratadi.
Bo'yinning lateral uchburchagi (trigonum colli laterale) to'sh- o'mrov- so'rg'ichsimon mushakning orqasida joylashib, old tomondan shu mushak bilan, pastdan o'mrov suyagi, orqadan trapetsiyasimon mushak bilan chegaralangan.
Bo'yinning medial uchburchagi (trigonum colli mediate) to'sh- o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushakning oldida joylashib orqa tomondan shu mushak bilan, yuqoridan pastki jag‘ va old tomondan bo'yinning o'rta chizig'i bilan chegaralanadi. Kurak-til osti mushagi pastdan yuqoriga yo'nalib, bo'yinning ikkala uchburchagini yana kichik uchburchaklarga ajratadi. Bo'yinning lateral uchburchagi ikkiga bo'linadi:
Yuqorigi kurak-trapetsiyasimon uchburchak (trigonum omotra- pezoideum) old tomondan to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon mushak, pastdan kurak-til osti mushagining pastki qorinchasi, orqadan trapetsiyasimon mushakning tashqi chekkasi bilan chegaralangan.
Pastki kurak-o'mrov uchburchagi (trigonum omoclaviculare) old tomondan to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon mushak, yuqoridan kurak-til osti mushagi, pastdan o'mrov suyagi bilan chegaralangan.
Bo'yinning medial uchburchagi uchga bo'linadi: l.Uyqu uchburchagi (trigonum caroticum) orqadan to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon mushak, yuqoridan ikki qorinli mushakni orqa qorinchasi, old va pastdan kurak-til osti mushagining yuqorigi qorinchasi bilan chegaralangan.
Kurak-kekirdak uchburchagi (trigonum omotracheale) orqa va past tomondan to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon mushak, orqa va ust tomondan kuraktil osti mushagining yuqori qorinchasi, old tomondan kekirdak bilan chegaralangan.
Pastki jag' osti uchburchagi (trigonum submabdibulare) yuqoridan pastki jag', pastdan ikki qorinli mushakning oldingi va orqa qorinchalari bilan chegaralangan. Bu sohada jag' osti bezi, qon tomirlar va nervlar joylashadi. Bu uchburchak sohasidagi jarrohlikda katta ahamiyatga ega bo'lgan til (Pirogov) uchburchagi tafovut qilinadi. U old tomondan jag'-til osti mushagining orqa chekkasi, past va orqa tomondan ikki qorinli mushakning orqa qorinchasi, yuqoridan til osti nervi bilan chegaralangan bo'lib, unda til arteriyasi yotadi.
Bo'yinning yon tomonida narvonsimon mushaklar orasida ham uchburchak shakHdagi oraliqlar bo'lib, bulardan qon tomir va nervlar o'tadi.
1. Narvonsimonaro oraliq (spatium interscalenium) oldingi va o'rta narvonsimon mushak o'rtasida, pastdan I qovutg'a bilan chegaralangan. Undan o'mrov osti arteriyasi va yelka chigali poyalari o'tadi.
2. Narvonsimon old! oraliq (spatium antescalenium) oldindan to'sh- qalqonsimon va to'sh-til osti mushaklari, orqadan oldingi narvonsimon mushak bilan chegaralangan. Bu oraliqdan o'mrov osti venasi va kurak osti arteriyasi o'tadi.
Bo'yin mushaklari yangi tug'ilgan chaqaloqda yupqa bo'ladi. To'sh- o'mrov-so'rg'ichsimon, ikki qorinli va narvonsimon mushaklar nisbatan yaxshi rivojlangan. 5—7 yoshlarda bo'yinning hamma mushaklari yaxshi takomillashib, 10—14 yoshlarda kattalamikiga o'xshaydi. Yangi tug'ilgan va 2—3 yoshli bolalarda bo'yin chegaralari yuqori joylashgani sababli uning uchburchaklari ham kattalamikiga nisbatan yuqori joylashadi.
Bo'yin uchburchaklari 15 yoshdan keyin kattalarnikiga xos joyga ega bo'ladi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqda bo'yin fassiyalari juda yupqa va bo'sh bo'lib, fassiyalararo bo'shliqlarda yumshoq to'qima kam bo'ladi. Ulaming hajmi 6—7 yoshlarda sezilarli o'ssa, balog'at davrida juda ortadi.
Bosh mushaklari va fassiyalari
Bosh mushaklari mimika va chaynov mushaklariga bo'linadi. Mimika mushaklari tananing boshqa sohasi mushaklaridan o'zining kelib chiqishi, birikishi va faoliyati bilan farq qiladi. Ular teri ostida yuza joylashib, fassiyalar bilan qoplanmaydi, suyaklardan boshlanib, teriga birikadi. Shuning uchun ulaming qisqarishi terini harakatga keltirib, odamning hissiyotini ifodalaydi. Mimika mushaklari ko'proq tabiiy teshiklar atrofida joylashgan bo'lib, tolalari aylanma yoki radial yo'nalishga ega. Joylashgan joyiga qarab mimika mushaklari kalla qopqog'i mushaklari; ko'z yorig'ini o'ragan mushaklar; burun teshigini o'ragan mushaklar; og'iz yorig'ini o'ragan mushaklar va quloq suprasini o'ragan mushakiarga bo'linadi.
Kalla qopqog'i ust tomondan kalla usti mushagi (m. epicranius) bilan qoplangan. U peshona qorinchasi (venter frontalis), ensa qorinchasi (venter occipitalis) va ulami o'zaro qo'shib turgan keng serbar paydan (galea aponeurotica) iborat. Bu mushakning ensa qorinchasi yuqori ensa chizig'ining lateral 2/3 qismidan boshlanib, galea aponeurotica ga o'tib ketadi. Uning peshona qorinchasi galea aponeurotica dan boshlanib, qosh sohasi terisiga birikadi. Keng serbar pay yassi fibroz qatlamdan iborat bo'lib, kalla qopqog'ining katta qismini qoplaydi. U bilan kalla qopqog'ini qoplagan suyak parda o'rtasida yumshoq biriktiruvchi to'qima qatlami joylashgan. Shuning uchun ensa-peshona mushagi qisqarganida bosh terisi galea aponeurotica bilan birga kalla qopqog'i ustida erkin harakat qiladi. Faoliyati: ensa qorinchasi bosh terisini orqaga tortadi, peshona qorinchasi esa peshona terisini yuqoriga ko'tarib, peshonada ko'ndalang burmalar hosil qilib qoshni yuqoriga ko'taradi. Innervatsiyasi: n. facialis.
Takabburlik mushagi (m. procerus) burun suyagining tashqi yuzasidan boshlanib, yuqoriga yo'naladi va peshona terisiga birikadi. Faoliyati: ikki qosh o'rtasida ko'ndalang egat va burmalar hosil qiladi. Innervatsiyasi: n. facialis.
Ko'z yorig'ini o'ragan mushaklar
1. Ko'z tirqishi atrofidagi aylana mushak (m. orbicularis oculi) yassi mushak bo'lib, qovoqlaming tashqi yuzasini va ko'z kosasining chekkasini egallaydi. Bu mushak uch: qovoq, ko'z kosasi va ko'z yoshi qismlaridan iborat. Qovoq qismi (pars palpebralis) yupqa mushak qavatidan iborat bo'lib, qovoqlaming medial boylami va ko'z kosasining medial devoridan
boshlanadi. Ko‘z kosasi qismi (pars orbitalis) qalin va keng bo‘lib peshona suyagining burun qismi va yuqori jag' suyagining peshona o'simtasidan va qovoqlaming medial boylamidan boshlanadi. Ko'z yoshi qismi (pars lacrimalis) ko'z yoshi suyagi qirrasidan va lateral yuzasidan boshlanadi. Mushakning uchala qismi ko'z yorig'ining lateral chetiga, yuqori va pastki qovoqlaming birlashgan yeriga birikadi. Faoliyati: ko'z tirqishini yopadi. Ko'z yoshi xaltachasini kengaytiradi. Innervatsiyasi: n. facialis.
2. Qoshlarni yaqinlashtiruvchi mushak (m. corrugator supercilli) qosh usti ravog'ining medial chetidan boshlanib yuqori va lateral tomonga yo'naladi va o'z tomonidagi qosh terisiga birikadi. Faoliyati: qoshlami bir-biriga yaqinlashtirib, qoshlar o'rtasida vertikal burmalar hosil qiladi. Innervatsiyasi: n. facialis.
Burun teshigini o'ragan mushaklar
1. Burun atrofidagi mushak (m. nasalis) yuqori jag' suyagining qoziq va lateral kurak tishlari alveolasi ustidan boshlanib yuqoriga ko'tariladi va ikki qismga bo'linadi. Ko'ndalang qismi (pars transversus) burun qanotini aylanib o'tib, qarama-qarshi tomondagi mushak payiga birikadi. Qanot qismi (pars alaris) burun qanoti terisiga birikadi. Faoliyati: burun teshigini toraytiradi. Innervatsiyasi: n. facialis.
2. Burun to'sig'ini tushiruvchi mushak (m. deperssor septi nasi) yuqori jag' suyagining medial kurak tishi alveolasi ustidan boshlanib, burun to'sig'i tog'ayiga birikadi. Faoliyati: burun to'sig'ini pastga tortadi. Innervatsiyasi: n. facialis.
Og‘iz tirqishini o‘ragan mushaklar
Og'iz tirqishi atrofidagi aylana mushak (m. orbicularis oris) ustki va pastki lablar asosini hosil qilib, tolalari yo'nalishi turlicha bo'lgan ikki qismdan iborat. Lab qismi (pars labialis) ustki va pastki lablar ichida joylashib, tolalari og'iz burchaklari sohasida o'zaro birikadi. Chekka qismi (pars marginalis) ustki va pastki lablarga keluvchi og'iz tirqishi yaqinida joylashgan mimika mushaklari tolalaridan iborat. Faoliyati: og'iz tirqishini yumadi, so'rish va chaynash jarayonlarida ishtirok etadi. Innervatsiyasi: n.facialis.
Og'iz burchagini tushiruvchi mushak (m. depressor anguli oris) pastki jag' suyagining oldingi yuzasidan engak teshigining ostidan boshlanib, og'iz burchagi terisiga birikadi. Faoliyati: og'iz burchagini pastga va tashqariga tortadi. Innervatsiyasi: n.facialis.
Pastki labni tushiruvchi mushak (m. depressor labii inferioris) pastki jag'ning oldingi yuzasidan engak teshigi oldidan boshlanadi. Tolalari yuqoriga va medial tomonga yo'nalib pastki lab terisi va shilliq pardasiga birikadi. Faoliyati: pastki labni pastga tortadi. Innervatsiyasi: n.facialis.
Engak sohasidagi mushak (m. mentalis) pastki jag‘ kurak tishlari alveolasi bo'rtmasidan boshlanib, engak terisiga birikadi. Faoliyati: engak terisini yuqoriga va tashqariga ko'taradi. Innervatsiyasi: n.facialis.
Lunj mushagi (m. buccinator) yupqa to'rtburchak shakldagi mushak, pastki jag‘ shoxidagi qiyshiq chiziqdan, yuqori jag' alveolar ravog‘ining katta oziq tishlari sohasidan, qanotsimon o'simta ilmog'i va pastki jag‘ o'rtasidagi fibroz pardadan boshlanib og‘iz burchagi shilliq pardasi va terisiga, ustki va pastki labga, og‘iz tirqishi atrofidagi aylanma mushakka birikadi. Faoliyati: og‘iz burchagini orqaga tortadi. Lunjni tishlarga va milkka tegizadi. Innervatsiyasi: n.facialis.
Yuqori labni ko'taruvchi mushak (m. levator labii superioris) yuqori jag‘ suyagining ko‘z kosasi osti qirrasidan boshlanib, yuqori lab terisiga birikadi. Faoliyati: yuqori labni ko'taradi, burun-lab egatini hosil qilib, burun qanotini tortadi. Innervatsiyasi: n.facialis.
Yonoq sohasidagi kichik mushak (m. zygomaticus minor) yonoq suyagining oldingi yuzasidan boshlanib, pastga va medial tomonga yo'nalib lab burchagi terisiga birikadi. Faoliyati: lab burchagini ko'taradi. Innervatsiyasi: n.facialis.
Yonoq sohasidagi katta mushak (m. zygomaticus major) yonoq suyagining yon yuzasidan boshlanib, lab burchagi terisiga birikadi. Faoliyati: lab burchagini yuqoriga va tashqariga tortib, asosiy kulgu mushagi hisoblanadi. Innervatsiyasi: n.facialis.
Og'iz burchagini ko'taruvchi mushak (m. levator anguli oris) yuqori jag' suyagining oldingi yuzasidagi kuldirgich chuqurchasidan boshlanib, lab burchagi terisiga birikadi. Faoliyati: og'iz burchagini yuqoriga va lateral tomonga tortadi. Innervatsiyasi: n.facialis.
Kulgich mushak (m. risorius) chaynov fassiyasidan boshlanib, og'iz burchagi terisiga birikadi. Faoliyati: og'iz burchagini lateral tomonga tortadi. Innervatsiyasi: n.facialis.
Quloq suprasi mushaklari
Quloq suprasi mushaklari odamda kam rivojlangan. Bu sohada oldingi, yuqori va orqa quloq mushaklari tafovut qilinadi.
Oldingi quloq mushagi (m. auricularis anterior) chakka fassiyasi va galea aponeurotica dan boshlanadi. U pastga va orqa tomonga yo'nalib, quloq suprasi terisiga birikadi. Faoliyati: quloq suprasini oldinga tortadi.
Yuqorigi quloq mushagi (m. auricularis superior) galea aponeurotica dan boshlanib, quloq suprasi tog'ayining yuqori qismiga birikadi. Faoliyati: quloq suprasini yuqoriga tortadi.
Orqa quloq mushagi (m. auricularis posterior) boshqalardan ko'proq rivojlangan bo'lib, so'rg'ichsimon o'simtadan boshlanib, oldinga yo'naladi va quloq suprasini orqa yuzasiga birikadi. Faoliyati: quloq suprasini orqaga tortadi. Quloq suprasi mushaklarini n. facialis innervatsiya qiladi.
Chaynov mushaklari
Bu guruh mushaklar (61-rasm) kalla suyaklaridan boshlanib pastki jag* suyagiga birikadi. Ular kallaning birgina harakatchan birlashmasi bo‘lgan chakka-pastki jag* bo'g'imi harakatini ta’minlaydi.
1
Do'stlaringiz bilan baham: |