139. Agar kompton elektronlarning maksimal kinetik energiyasi Т=0.19 MeV bo‘lsa, rentgen nurlanishini to‘lqin uzunligi topilsin.
140. Energiyasi Е=0.15 MeV bo‘lgan foton erkin elektronda sochilishi natijasida, uning to‘lqin uzunligi =3nm ga o‘zgardi. Kompton elektron qanday burchak ostida uchib chiqqanligi topilsin.
141. To‘lqin uzunligi =700 nm bo‘lgan foton tinch holatda turgan erkin elektrondan =60о burchak ostida sochilgan. Bunda foton boshlang‘ich energiyasining qanday qismini yo‘qotadi?
142. Rentgen nurlanishini kompton sochilishida, erkin elektron bilan to‘qnashgunga qadar 0.52 MeV energiyaga ega bo‘lgan kvantlardan biri, to‘qnashgandan so‘ng to‘lqin uzunligini 50 % ga o‘zgartirdi. Aniqlang: 1) erkin elektronga kvant bergan energiyani. 2) kvantni boshlang‘ich yo‘nalishdan og‘ish burchagini.
143. Energiyasi Е=0.12 MeV bo‘lgan foton tinch turgan erkin elektrondan =180о burchak ostida sochildi. Energiyasini necha foizini foton elektronga bergan?
144. To‘lqin uzunligi =56.3 nm bo‘lgan rentgen nurlanishi grafitda sochilmoqda. Rentgen nurlarining boshlang‘ich yo‘nalishiga =120о burchak ostida sochilgan nurlarning to‘lqin uzunligi topilsin.
145. To‘lqin uzunligi =2.7 nm bo‘lgan -nurlarning kompton sochilishi yuz bermoqda. Boshlang‘ich yo‘nalishga nisbatan =180о burchak ostida sochilgan nurlanishni to‘lqin uzunligi tushayotgan nurlanishning to‘lqin uzunligidan necha marta katta?
14-MAVZU. KVANT MEXANIKASI VA ATOM FIZIKASI
1. Vodorod atomi spektrida qanday qonuniyatlar kuzatiladi? Formulasini umumiy ko‘rinishi qanday ko‘rinishda?
2. Rezerfordning atom modeli qandaydir? Bu modelni klassik elektrodinamika bilan mos kelmaydigan soxasi nimada?
3. Bor postulatlarini tushuntiring. Vodorod atomi uchun Bor nazariyasi. Bu nazariyani kamchiliklari nimada?
4. De-Broyl gipotezasi nima? De-Broyl to‘lqin uzunligi qanday topiladi? Zaryadlangan zarrachalarni kvantomexanik tushunchalari klassik tushunchalardan qanday farq qiladi? De-Broyl to‘lqinini ma`nosi nimada?
5. Geyzenberg noaniqliklari munosabati nima? Zarrachalarning impulsi va koordinatasi hamda energiya va vaqt oralaridagi bog‘lanish noaniqliklar munosabatlarida qanday bo‘ladi?
6. To‘lqin funksiyasi nima? To‘lqin funksiyasini fizik ma`nosi qanday? Qanday tenglama yechimini beradi? Erkin zarracha uchun Shredinger tenglamasi qanday yoziladi?
7. Cheksiz chuqur potensial o‘radagi mikrozarracha uchun Shredinger tenglamasini yozing. Mikrozarrachaning energiyasi impulsi va to‘lsin sonini kvantlanish qoidasini tushuntiring.
8. Chuqurligi chekli bo‘lgan potensial o‘ra uchun Shredinger tenglamasini yozing. Agarda mikrozarrachani energiyasi potensial o‘rani balandligidan kichik bo‘lsa, mikrozarrachani to‘lqin funksiyasi potensial o‘ra chegarasida va potensial o‘ra ustida qanday ko‘rinishga ega bo‘ladi? Mikrozarrachani energiyasi potensial o‘ra balandligidan katta bo‘lsa, bu funksiya qanday ko‘rinishda bo‘ladi?