189. Matematik mayatnik T=3.9 s davr va A=0.03 m amplituda bilan tebranma harakat qilmoqda. Mayatnikning eng katta tezligini toping.
190.Mayatnik davri T bo‘lgan tebranishlar qilayapti. а=4.8 m/s2 tezlanish bilan harakat qilayotgan liftdagi mayatnik davri necha marta o‘zgaradi: a) lift pastga harakatlanadi, b) yuqoriga qarab harakatlanadi?
191. Harakat qilayotgan vagondagi matematik mayatnikni davri qanday o‘zgaradi: a) vagon а=1.4 m/s2 tezlanish bilan gorizontal yo‘nalishda xarakan qilmoqda; b) ) vagon =90 m/s tezlik bilan egrilik radiusi r=90 m bo‘lgan temir yo‘l burilishida harakat qilmoqda?
192. Massasi m=16 g bo‘lgan sharcha davri T1=1s bo‘lgan mayatnikni hosil qilgan. Dielektrik ipga osilgan bu sharchani manfiy zaryad bilan zaryadlab elektr maydoniga kiritilgan. Elektr maydonining kuchlanganlik vektori yuqori yo‘nalgan. Mayatnikning tebranishlari davri Т2=0.8 s. Sharchaga ta`sir etuvchi elektr maydon kuchi hisoblansin.
193. Uzunligi ℓ=0.66 m va tebrainshlar davri T=1 s bo‘lgan matematik mayatnik Yupiter planetasi tebranayotgan bo‘lsa, bu yerdagi erkin tushish tezlanishi topilsin.
194. Matematik mayatnik elektr poyezdining shipiga osib qo‘yilgan. Agarda vagonga gorizontal yo‘nalishda "a" tezlanish bersak mayatnikning tebranishlar davri necha marta o‘zgaradi?
Tekshirish uchun savollar Qanday tebranishlar so‘nuvchi deb ataladi? Nima uchun so‘nish vujudga keladi? So‘nish koeffitsiyentini fizik ma`nosi nima va u qanday aniqlanadi? So‘nuvchi tebranishlarni chastotasi qanday ifodalanadi? Erkin (so‘nuvchi) tebranishlarning chastotasi qanday ifodalanadi?
Qanday tebranishlar majburiy deb ataladi? Ularning amplitudasi qanday aniqlanadi? Siljish bilan majburlovchi kuch o‘rtasidagi fazalar farqi nimaga teng? Rezonans hodisasi deb nimaga aytiladi va u qachon vujudga keladi? Rezonans chastotasi nimaga teng?
Tebranish konturida aktiv qarshilik bo‘lmaganda tebranish jarayonini tushuntiring. Zaryad, kuchlanish va tok kuchining oniy qiymatlari qanday o‘zgaradi? Tebranish konturida erkin elektromagnit tebranishlar davri qanday aniqlanadi? Tebranish konturida energiya qanday o‘zgaradi?
Mexanik va elektromagnit tebranishlar uchun erkin va majburiy tebranishlar differensial tenglamalari keltirib chiqarilsin.
So‘nuvchi tebranishlarda zaryad, kuchlanish va tok kuchi qiymatlari vaqt bo‘yicha qanday o‘zgaradi? Tebranishning logarifmik dikrementi nimaga teng va uning fizik ma`nosi qanday? So‘nish koeffitsiyentini tushuntiring.
Vektor diagramma orqali majburiy elektromagnit tebranishlarni tushuntiring. Majburiy tebranishlarda tokning maksimal qiymati nimaga teng? Kuchlanish, tok kuchi va zaryadlarning maksimal qiymatlari o‘zaro qanday bog‘langan?
Kuchlanish va tok kuchining rezonansi tushuntirilsin.