22. 300о К temperaturada o‘rtacha arifmetik tezlikka ega bo‘lgan vodorod atomi uchun De-Broyl to‘lqin uzunligi topilsin.
23. Kinetik energiyasi elektronning tinch holatidagi energiyasiga teng bo‘lgan hol uchun protonning De-Broyl to‘lqin uzunligi topilsin. Tezlikni ortishi bilan massasni o‘zgarishi e`tiborga olinmasin.
24. De-Broyl to‘lqin uzunligi huddi T=0оС bo‘lganda neytronning o‘rtacha arifmetik tezligi kabi bo‘lgan elektronning tezligi topilsin.
25. Massasi tinch holatdagi massadan 1% farq qilishi ma`lum bo‘lgan harakatlanayotgan elektronning De-Broyl to‘lqin uzunligi topilsin.
26. De-Broyl to‘lqin uzunligi Nuklonning o‘lchami bilan bir xil, d=10-15 m bo‘lgan protonning kinetik energiyasi (MeV) larda qanday bo‘lishi kerak? Proton massasini tezlikkaga bog‘liqligi e`tiborga olinsin.
27. Zaryadlangan zarrachaning tezligi yorug‘lik tezligini 0.8 ga va De-Broyl to‘lqin uzunligi =10-15 m teng. Uning tinch holatdagi massasi topilsin. U qanday zarracha?
28. Qo‘zg‘atilmagan vodorod atomida elektronni radiusi r=0.053 nm. Bor nazariyasidan foydalanib birinchi orbitada harakatlanayotgan elektronning De-Broyl to‘lqin uzunligi va uning chiziqli tezligini toping.
29. Elektron nur dastasi =30о burchak ostida monokristallning tabiiy qirrasi yuzasiga tushmoqda. Kristallning panjara doimiysi d=0.24 nm. Tushish burchagiga teng bo‘lgandagi qaytish burchagida elektronning maksimal sochilishi qanday (minimal) eng kichik tezshaltiruvchi potensialda sodir bo‘ladi? (Elektronning tezligi ortganda massasini o‘zgarishi e`tiborga olinmasin).
30. Nikel kristallini sirtiga =60о burchak ostida bir-biriga parallel bo‘lgan elektron nur dastasi tushmoqda. Agarda birinchi tartibli interferension qaytish hosil bo‘layotgan bo‘lsa, tushayotgan elektronlarning tezlgini toping. Kristallning panjara doimiysi d=0.24 nm. (Elektron massasini tezlikka qarab o‘zgarishi e`tiborga olinmasin).
31. Issiqlik neytronlari (Т=300 К) uchun De-Broyl to‘lqin uzunligi topilsin. neytronning kristall bilan ta`sirlashishida to‘lqin xususiyatlari e`tiborga olish kerakmi? Kristallda atomlar orasidagi masofa d=0.5 nm.
32. Kislorod molekulalari va radiusi r=0,1 mkm va zichligi =2000 kg/ м3bo‘lgan zarrachalarning De-Broyl to‘lqin uzunligi =100 nm bo‘lsa bu molekula va zarrachadagi elektronning kinetik energiyasi topilsin.
33. Potensiallar farqi U=40 кV bo‘lgan trubkada hosil bo‘ladigan rentgen nurlarining to‘lqin uzunligi De-Broyl to‘lqin uzunligiga teng bo‘lgan protonning kinetik energiyasi topilsin.
34. Elektron nur dastasi nikel monokristalini sirtiga normal ravishda tushmoqda. Kristall sitriga o‘tkazilgan normal bilan =55о hosil qilgan burchakda elektronlarning tezligi
=8 Мм/s bo‘lgan qaytgan elektronning to‘rtinchi tartibli maksimumi kuzatilmoqda. Bu qaytishga mos keluvchi tekisliklar orasidagi masofa topilsin.
35. U=10 kV tezlashtiruvchi potensialdan o‘tgan ingichka elektron nur dastasi yupqa polikristall alyumin folgadan o‘tib ekranga difraksion manzarani hosil qilgan. Kristall sitridan qaytgan uchinchi tartib radiusi r=1.6 sm halqaga mos keladi. Folgadan elektrongacha bo‘lgan masofa l=10 sm. alyuminning kristall panjara doimiysi d - topilsin.
36. Ingichka neytron nur dastasi alyumin monokristallini tabiiy qirrasiga =5о burchak ostida tushmoqda. Shu qirraga parallel bo‘lgan atom tekisliklarini orasidagi masofa d=0.20 nm. Shu yo‘nalishda birinchi tartibli maksimum hosil qiluvchi neytronlarning energiyasi hisoblansin.
37. Eni a=1 mkm bo‘lgan ingichka tirqishga tezligi =3.65 Mkm/s parallel elektron nur dastasi yo‘naltirilgan. Elektronni to‘lqin xususiyatlarini nazarda tutib. Difraksion manzarada birinchi tartibli ikkita maksimum orasidagi masofa X - topilsin. Tirqishdan ekrangacha bo‘lgan masofa L=10 sm.
38. Kengligi v=0.10 mm bo‘lgan to‘g‘ri burchakli ingichka tirqishga diafragramaga normal yo‘nalishda monoenergiyali elektronlar nur dastasi tushmoqda. Tirqishdan ekrangacha bo‘lgan masofa l=50 sm va markaziy difraksion manzaraning kengligi x=8.0 mkm bo‘lsa, elektronlarning tezligi topilsin.
39. Potensiallar farqi U=25 V gacha tezlishtirilgan parallel elektron nur dastasi ikki tirqishli to‘g‘ri burchakli diafragramaga tushmoqda. Tirqishlar orasidagi masofa d=50 mkm. Tirqishdan l=100 sm masofa bo‘lgan ekranda hosil bo‘ladigan difraksion maksimumlar orasidagi masofa x - topilsin.