Xusnidinova Gulnoza Zoxidjon qizining «Bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy moslashtirishning pedagogik shart-sharoitlari» Mutaxassislik


Pedagogik tajriba-sinov ishlarining eksperimental metodikasi



Download 1,24 Mb.
bet17/26
Sana31.12.2021
Hajmi1,24 Mb.
#250018
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
Bog'liq
Xusnidinova Gulnoza Zoxidjon qizining «Bo‘lajak o‘qituvchilarni

Pedagogik tajriba-sinov ishlarining eksperimental metodikasi

Mustaqillik yillarida respublikada “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” tamoyiliga muvofiq amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi har tomonlama rivojlangan, yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega, mustaqil hamda erkin fikrlovchi komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga etkazishdan iboratdir. Yurtboshimiz, I.A.Karimov ta’biri bilan ifodlaganda, “Bugungi kunda faqat yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, intellektual rivojlangan va prfessional tayyorgarlikka ega bo’lgan yoshlargina sifatli, jadal va innovatsion taraqqiyotning eng muxim sharti bo’la olishi, aynan ular mamlakatning buyuk kelajagini ta’minlashi mumkinligiga ishonchning xojati yo’q, deb o’ylayman!”. Shu sababli ayni vaqtda bo’lajak o’qituvchilarni sifat darajasini belgilab beruvchi kasbiy-malakaviy tayyorgarligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.


Tadqiqot ishiga oid mavjud o’quv-metodik adabiyotlarni o’rganish, tahlil qilish va muammoning amaldagi holatini baholash natijasida bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishning zaruriy pedagogik-psixologik shart-sharoitlar ta’sirida umumta’limiy, umumkasbiy va maxsus fan asoslarini puxta egallashlari, yaratilgan pedagogik-shart-sharoitlar ta’sirida shakllanib borishi aniqlandi. Shuningdek, shaxsiy va kasbiy maqsadlar, pozitiv kasbiy motivatsiyani, ijtimoiy va kasbiy ma’suliyat, amaliy faoliyatga psixologik tayyorgarlik, tashabbuskorlik, ijodkorlik, o’z hatti-harakatlaridan qoniqish hissini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat mazmuni talabalardagi kasbiy bilim, ko’nikma va malakalarni rivojlantirish va faollashtirish, kasbiy moslashtirish jarayonida etakchi omillardan biri sifatida namoyon bo’lishi kuzatildi.
Nazariy va empirik tahlil natijasida chiqarilgan mazkur xulosalarga asoslanib, ishning pedagogik tajriba-sinov qismini loyihalashtirishda bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirish va bu jarayonga tizimli yondashish orqali

50

talabalarning kasbiy bilim, ko’nikma va malakasini shakllantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.


Ma’lumki, pedagogik yo’nalishda olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar o’zining tashkiliy-metodik asoslariga tayanib, quyidagi bosqichlarda loyihalashtiriladi:


  1. tadqiqot uchun tanlangan muammoning ijtimoiy-pedagogik, psixologik mohiyatini to’g’ri anglash va dolzarblik darajasini aniqlash, uning kontseptual va maqbul echimini topish yo’llari hamda vazifalarini oqilona belgilash maqsadida tashkil etiluvchi nazariy-prognostik tahlil;




  1. mavjud manbalarga tayangan holda tanlangan muammoning ijobiy, echimini samarali hal qilish maqsadida tadqiqotchi tomonidan ilgari suriladigan nazariy g’oyalar, ilmiy faraz asosida maxsus metodikani shakllantirishga

yo’naltirilgan amaliy faoliyat;




  1. shakllantirilgan maxsus metodikanining tadqiqot ob’ekti sifatida tanlangan ta’lim muassasalarining o’quv-tarbiya amaliyotiga tatbiq etilishi va uning samaradorlik darajasini belgilash bilan bog’liq eksperimental bosqich.

Mazkur texnologik bosqichlarning o’ziga xosligi va ularning pedagogik tajriba-sinov ishlarining muvaffaqiyatli tashkil etilishiga ta’sirini o’rganilib, tadqiqotning eksperimental bosqichi bilan bog’liq faoliyatning maqsad va vazifalari quyidagicha belgilandi.


Tadqiqot maqsadi – bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishning pedagogik shart-sharoitlarini asoslash hamda jarayon muvaffaqiyatini
ta’minlovchi shakl, metod va vositalarni ishlab chiqishdan iborat etib belgilandi.

Mazkur maqsadga erishish uchun:




  • OTMlaridagi o’quv-tarbiya jarayonining o’ziga xos xususiyatlarini tahlil

qilish;



  • bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishga ta’sir ko’rsatuvchi ob’ektiv va sub’ektiv omillarni aniqlash;

51

- bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishning pedagogik shart-sharoitlarini belgilash;





  • tizimli yondashuv asosida kasbiy moslashtirish jarayonining modeli, texnologiyasini ishlab chiqish;




  • bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashish darajasini aniqlovchi mezonlarni ishlab chiqish va tahlil etish.

Belgilangan vazifalarning amaldagi faoliyat talablari bilan qat’iy bog’liqligini ta’minlash maqsadida tajriba-sinov ishlari quyidagi bosqichlarda loyihalashtirildi.


Tajriba-sinov ishlari jarayonida:


    • tadqiqot muammosiga ijtimoiy-pedagogik jahatdan yondashish;




    • bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishda yosh-psixologik xususiyatlarini hisobga olish;



o’zlashtirilgan kasbiy bilimlarni takomillashtirish va rivojlantirish;


- innovatsion o’qitish texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor berildi.
Ma’lumki, pedagogik jarayonni o’qituvchi va talabalarning o’zaro hamkorlikdagi munosabatlari, birgalikdagi faoliyati sifatida tashkil etish, bunda asosiy e’tiborni “Talabaning o’qitish faoliyatidan talabaning faol o’rganish faoliyatiga”qaratish bo’lg’usi mutaxassislarda kasbiy moslashtirish jarayonidagi boshlang’ich asos sanaladi. Shunga binoan, tajriba-sinov ishlari quyidagi yo’nalishda amalga oshirildi:


  1. Respondent talabalarda kasbiy moslashuvchanlikning mavjud holatini aniqlash.




  1. Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashtirishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash va amalga tatbiq etish.

Dastlab, bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy moslashish darajasini aniqlash


so’rovnomasi ishlab chiqildi.
52

Mazkur so’rovnomaning tarkibiy tuzilmasi 2 blokdan iborat bo’lib, har bir blokda maxsus pedagogik topshiriqlar va so’rovlar aks ettirildi.


Tajriba-sinov ishlari jarayonida metodika tarkibidagi bloklar talabalarning xususiy yo’nalishlardagi kasbiy moslashish darajasini aniqlashga yordam beruvchi alohida mezon sifatida qabul qilindi, ya’ni:


  • Oliy ta’lim muassasasidagi ta’lim muhiti, shart-sharoitiga

moslashish;




  • Kasbiy faoliyatga motivatsion yo’nalganlik, pedagogik faoliyatga intilish darajasi;




  • Kasbiy kompetentsiyalarni o’zlashtirishga bo’lgan faollik;




  • Kasbiy o’zini anglash, faoliyat talablariga moslashish.

Mazkur mezonlarning amaldagi mavjud holati quyi, o’rta va yuqori darajalar misolida baholandi.



Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish