Xulosalar va takliflar



Download 340,5 Kb.
bet2/4
Sana06.07.2022
Hajmi340,5 Kb.
#750781
1   2   3   4
Bog'liq
Hamidullo kurs ishi 4

1-jadval





Tasniflanadigan belgilar

Turizm turlari

1

Geografik prinsip bo'yicha

1.1 Milliy
1.2 Xalqaro
1.3 Ichki

2

Turistlik oqimlar yo’nalishi bo’yicha

2.1. Kiruvchi
2.2. Chiquvchi

3

Maqsadlar bo'yicha

3.1. Rekreatsion
3.2. Sog’lomlashtiruvchi dam olish
3.3. Bilimini oshiradigan dam olish
3.4. Malakaviy ish turizmi
3.5. Ilmiy turizm
3.6. Sport turizmi
3.7. Shop-turlar
3.8. Sarguzashtli
3.9. Ziyorat (haj) safari
3.10. Qo„msash
3.11. Ekoturizm
3.12. Ekzotik

4

Moliyalashtirish manbai bo'yicha

4.1. Sotsial turizm
4.2. Tijoriy turizm

5

Harakatlanish usuli bo'yicha

5.1. Yayov
5.2. Aviatransport
5.3. Dengiz transporti
5.4. Daryo transporti
5.5. Avtoturizm
5.6. Temir yo„l transporti
5.7. Velosiped transporti
5.8. Ulovlarda
5.9. Aralash

6

Joylashuv vositalari bo'yicha

6.1. Otellarga, mehmonxonalarga
6.2. Motellarga
6.3. Pansionatlarga
6.4. Kempinglarga
6.5. Palatkalarga
6.6. Rotellarga
6.7. Botellarga
6.8. Sanatoriylarga
6.9. Flotellarga
6.10. Xostellarga
6.11. Otel-klublarga
6.12. Turbazalarga
6.13. Turistlik uylarga
6.14. Appartomentlar

7

Ishtirok etuvchilar soni bo’yicha

7.1. Individual
7.2. Oilaviy
7.3. Guruhlar bo„lib

8

Tashkiliy shakllari bo'yicha

8.1. Tashkil qilingan
8.2. Tashkil qilinmaga


Boshqa adabiyotlarda turizm turlari va ko'rinishlari haqidagi ma'lumotlar
quyidagicha berilgan. Turizm aktiv va passiv turlarga bo'linadi. Turizmning
bunday nomlar bilan bo`linishining asosiy sababi, odamning turizm jarayonida
harakatlanishi va jadalligi turlarini aniqlash bilan bеlgilanadi. Katta jismoniy kuch
talab qilinadigan va hamma turistlar qatlamiga ham to`g`ri kеladigan turizmning
aktiv (faol) turlariga - dam olish va sayyohat vaqtichog`lik, sport kabilar kiradi.
Bu ma'noda yana ham ajralib turadigani - bu ekstrеmal turizm turidir. Turizmning
passiv (nofaol) turiga esa - turizm dasturi yoki turistik sayyohlikning tinchroq va
kam kuch sarf qilinadigan, jismoniy zo`riqishlarga xos bo`lmagan turi kiradi. Ular
bir maromda dam olishga moslashgan shaxslarga mo`ljallangan o`rganish turizmi
bo`lib, turistlardan jismoniy kuch va zo`riqish talab etilmaydi. Bu dеngizda,
tog`da, suvda davolovchi xarakterdagi sog`lomlashtirish turizmidir. Masalan,
kurortlarni shular qatoriga kiritish mumkin. Shunday turdagi sayyohlik - farzandli
oilalarga, katta yoshdagi turistlarga va pеnsionerlarga tеgishlidir. .
3.O’zbekiston mintaqalari turistik resurslarining ichki va xalqaro turizmning rivojlanishining ahamiyati
O’zbekistonda turizm qay ahvolda va uni rivojlantirish uchun nimalar qilish kerak - mutaxassis takliflari. Sayyohlik (turizm) sohasi dunyo iqtisodining eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Uning keng qamrovli taraqqiyoti esa, ko‘plab mamlakatlar uchun katta daromad manbaiga aylanib bormoqda. BMTning
Jahon sayyohlik tashkiloti ma'lumotida 2018 yilda dunyo bo‘yicha 1 milliard 184 million sayyoh qayd etilgan bo‘lsa, bu 2017 yilning shu davri yakuni bo‘yicha mazkur ko‘rsatkich 1 milliard 235 millionga ya'ni, 3.9 foizga oshgan. Sayohatchilarga ko‘rsatilgan eksport xizmatlari qiymati 2018 yilda qariyb 1,5 trillion AQSh dollarini tashkil qilgan. 2016–2017 yillarda ham bu raqamlarda katta tafovutni ko‘rish mumkin. Bundan ko‘rinib turibdiki, sayyohlik sohasi bugungi kunning eng muhim iqtisodiy sohalaridan biriga aylandi. Shu bois dunyoning ko‘plab davlatlari ushbu sohani yanada rivojlantirish, bu borada tegishli infrastrukturani jahon standartlari darajasida yaratish va sayyohlar oqimini oshirish bo‘yicha barcha chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Turizmning samaradorlik darajasi quyidagi raqamlarda o‘z aksini topgan:
2018 yilda eng ko‘p xorijlik mehmonlarni qabul qilishda Fransiya (83,7 million), AQSh (74,8 million), Ispaniya (65,0 million), Xitoy (55,6 million) va Italiya (48,6 million) kuchli beshlikda turishibdi. Germaniya, Buyuk Britaniya, Rossiya va Meksika kuchli o‘ntalikdan joy olgan. Biroq bu ko‘rsatkich bo‘yicha Yevropa va Osiyoning bir nechta shaharlari yetakchilik qilmoqda. Bunga misol qilib Hongkong (27,7 million), London (17,4 million), Singapur (17,1 million), Bangkok (16,2 million) va Parij (15,0 million) singari shaharlarni keltirish mumkin

1-rasm. Sayyohlar eng kup tashrif buyurishlari hisobi buyicha
Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilyapti. Sayyohlar oqimini yanada oshirish, ularni ohanrabodek jalb qilish uchun nima qilishimiz kerak?
O‘zbekiston katta tarixiy-madaniy merosga – 7300 dan ortiq qadimiy-me'moriy va arxeologik obidalarga ega. Ularning ko‘pchiligi Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Qo‘qon va Toshkent shaharlarida joylashgan. Yurtimizdagi 200 dan ziyod tarixiy yodgorlik va obidalar YuNeSKOning madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Nahotki shuncha tarixiy va boy madaniy meroslarimiz bo‘la turib, ularni dunyoga tanita olmasak? Buning uchun bizda arzigulik va maqtagulik boy tarixiy merosimiz yetarli. Birgina Fransiyaning Parij shahriga yiliga 15 million sayyoh tashrif buyurar ekan. Biz esa har yili sayyohlar sonini sanashdan, o‘tgan yildagidan biroz ko‘paygan bo‘lsa, uni baralla ovoza qilishdan nariga o‘tmayapmiz. Nahotki yirik bir sayyohlik salohiyatiga ega davlat bo‘la turib, bitta shaharchalik natijaga erisha olmasak? Raqamlarda mamlakatimizga 1 million 800 ming nafar sayyoh tashrif buyurgani qayd etilgan. Agar mamlakatimizda asosiy sayyohlik mavsumi mart oyining o‘rtalarida boshlansa va dastlabki mavsum yakuni iyun oyi so‘ngiga qadar bo‘lsa, shu davr mobaynida shuncha sayyoh kelib ketishini tasavvur qilish qiyin. Qolaversa, bizda mehmonxonalar yetarli emas, bori ham Yevropa mamlakatlarining mehmonxonalari narxi bilan deyarli teng va har yili narx sezilarli darajada o‘sib bormoqda. Bu borada yana Parijga «murojaat» qiladigan bo‘lsak, u yerda shahar va uning atrofidagi hududlardagi mehmonxonalar soni 4.260 tani tashkil etar ekan. Bizda esa bu ko‘rsatkich respublika miqyosida 4 yarim barobarga past, ya'ni, yurtimiz bo‘yicha atigi 750 ta mehmonxona mavjud. Ma'lumotlarga ko‘ra, ayni paytda turizmning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2 foizni tashkil etadi. Bu judayam past ko‘rsatkich. Turizm faoliyatini amalga oshirgan firma va tashkilotlarning soni esa 433 tadan iborat. Yevropaning deyarli barcha mamlakatlarida O‘zbekiston haqida aholida yetarlicha ma'lumot yo‘q. Ular aynan turfirmalar orqali eshitib, qiziqish bildirib kelishmoqda. Va aynan sayyohlarning kupchiligi uzbekiston haqida quyidagi sayt m’anbalaridan ma’lumot olishganini aytishgan.
1.The Paper (China)
,2. Lonely Planet, Suitcase Magazine (Print Version kommt bald raus),
3. Go Girl Guides (Blog), London Evening Standard, 
4. The Travel Magazine, Huffington Post,
5.A piece of Viola.

2-rasm. 2018 –yilda yetakchi mamlakatlarning turistlar tashrifi bo`yicha


“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali 2019 y.



2. O’zbekistonda xalqaro turizm rivojlanishining asosiy omillari.
Turizm sohasidagi xalqaro kеlishuvlar. Hozirgi davrda xalqaro turizm o’z ta'sirini faqatgina iqtisodga va xalq xo’jaligini rivojlantirishga emas, balki davlatlar o’rtasidagi munosabatga ham o’tkazmoqda. Shu olib borilayotgan ishlar o’rtasida eng asosiysi davlatlararo turistik almashuvlarni boshqarish, ya'ni davlatlar bilan tajriba almashish va davlatlararo turizmning bir maromida yuritilishidir. Turistik faoliyatni xalqaro darajada boshqarish va shakllantirish maqsadida turli yo’nalishdagi xalqaro tashkilotlar tashkil qilinmoqda. Hozirgi vaqtda tashkilotlar soni 200 dan ortiq.
Bular asatsotsiya, astsisatsiya guruxi, birlashma, fеdеratsiya, komitеt, byurolar, komissiyalar va yig’in a'zolaridir.
1) Xalqaro turizm tashkilotlari quyidagi guruxlarga bo’linadi:
2) Umumiy dunyoviy.
3) Sohasining
4) Umumiy mintaqaviy
5) Sohaviy mintaqaviy
6) Boshqalardan farqli
Asosiy dunyodagi turizm tashkilotlari birlashma xulq-atvori, Butun jahon dunyo turizm tashkilotida (BTT) 2019 yil 141 ta davlat, 7 ta xududi har doimgidеk asasatsiya a'zosi edi, undan tashqari 350 dan ortiq birlashgan davlatlar bor, ularning orasida: Birlashgan millat tashkiloti, turizm asotsatsiyalari, xususiy kompaniyalar (shu jumladan aviatsiya kompaniyalari, mеhmonxona va rеstoran asotsatsiyalar) turistik tashkilotlarini tashkil etadi. BTT Shtab kvartirasi Madrid shahrida, ya'ni Ispaniya davlatida joylashgan. BTT ning yuqori boshqaruv palatasi bosh assamblеyasi yiliga 2 marotaba yiqilish o’tkazadi. Bu yiqilishda boshqaruv a'zolariga, ishi bajaruvchi maslaxatchilari, bosh, sеkrеtarlar va yig’inga kеlishgan a'zolar bo’ladi. Gеnеral assamblеya 6 ta mintaqaviy komissiyalardan tashkil topadi. Bular Afrika; shimoliy va janubiy Amеrika; G’arbiy Osiyo va Tinch okеani mintaqaviylardan; Еvropa; Yaqin sharq, Janubiy Osiyo kamissiyasi a'zolari oldiga turizm haqida tushuntirish ishlari qo’yilgan. Komissiya, ya'ni tekshiruvchilar o’z yig’inlarini yiliga bir marotaba bo’lsa ham o’tkazib turadilar va yiqilishda butun a'zo davlatlar hamda mintaqa a'zolari ham qatnashadi. 2003 yilning 22 dеkabrida birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh assambliyasining 50-sеssiyasida rеzalyutsiya qabul qilindi. Bu rеzoltyutsiyada BMTga turizm tashkiloti to’liq huquqli bo’lib kirgan. Bu huquq BTTning to’liq kardinatsiya bo’yicha administratura komitеtida ishlashga huquq bеrdi. Shuningdеk BTT gеnеral assamblеyasining iqtisodiy va ijtimoiy birlashmasi BTT ning xavfsizlik yig’iniga taklif qilinadi. BTT iqtisodni rivojlantirishda o’z xissasini qo’shadi va 1000 yillik dеklaratsiyasida bu tasdiqlangan. Turizmni rivojlantirish bilan birga BTTning ish joylari, ish joyla-rini tashkil etish, iqtisodiy rivojlanishning, atrof muhit, mе'moriy obidalar va undan tashqari tinchlik-barqarorlikni rivojlantirishga Harakat qiladi. Hozirda BTT ning birinchi navbatd qiladigan ishlari: Rivojlanish uchun kеlishuv: ya'ni turizmda kеngayayotgan va chuqurlashtirilgan kеlishuvlar. Gumanitar rеsurslarni rivojlantirish, ya'ni turizm kadrlarini o’qitish hamda ularning sifatli kadr qilib chiqarish. Rеjalashtirish: atrof-muhitni asrab avaylash uchun ishlab chiqilgan rеjalar. Turistik xizmatlarni rivojlantirish va turistlar xavfsizligini ta'minlash. Turizm bozorini o’rganish. Davlatlararo turistik xizmatlarni ko’rsatish va ularning o’rtasidagi aloqalarni mustahkamlash. BTT boshqa tashkilotlar bilan birga o’z masalalarini hal qiladi (chunonchi YUNЕSKO, Umumjahon Sog’liqni Saqlash birlashmasi, umumxalq fuqarolar aviatsiyasi birlashmasi va millatlararo turistik birlashmalar). BTT ning ajoyib turizm sohasidagi yutug’lari shundaki turizmni rivojlantirishdagi asosiy loyihadan biri Buyuk Ipak yo’li va “Maxsus yo’llar” bo’lib ular YuNЕSKO bilan birgalikda ish yuritadi. “Buyuk Ipak yo’li loyihasi”. Bu loyiha oldingi turizm karvon yo’li marshurti bo’yicha Osiyodan to sharqdagi Xitoy hamda O’rtayеr dеngizigacha bo’lgan 22 ta davlat birlashib uni tashkil etishgan. Yaponiya, Korеya rеspublikasi, Korеys xalqining dеmokratik rеspublikasi, Xitoy, Qozog’iston, Qirg’iziston, Mongoliya, Rossiya Fеdеratsiyasi, Suriya, Pokiston, O’zbеkiston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron, Italiya, Izroil, Armaniston, Ozarbayjon, Turkiya, Gruziya, Grеtsiya va Misr. Ular birgalikda sayohat marshurtini, rеklamali brashuralarni, tasmaga tushirilgan yo’nalishni, turizm bozorida yoki yiqilishlarda Buyuk Ipak yo’lini ko’rsatishgan. “Maxsus yo’llar” loyihasi BMT qoshida tashkil topadi. Uning asosiy maqsadi: madaniy turizmni g’arbiy Afrikada rivojlantirish. Uning ikkinchi maqsadi Afrikadagi qadimgi obidalarni restavratsiya qilish, muzеylarn tashkil etish, ularni rеklama qilish yo’li bilan turistlarni jalb qilishdir. Kеlajakda Janubiy va Sharqiy Afrikani va Karib dеngizini rivoj-lantirishga, turistlarni shu yеrlarga jalb qilishga harakat qilinmoqda. Bu tashkilotlar butun dunyoviy sayr tashkiloti (BDST) va xalqaro assotsiatsiya dunyoviy turizmn (XADT)lar ham kiradi. Turistik biznеs bo’yicha butun jahon turistik fеdеratsiya agеntligi (BATFA) va boshqalar kiradi. Dunyo sohaviy turistik tashkilotilar fе'l-atvori quyidagilarni o’z ichiga oladi: Xalqaro havo transporti assotsiaiyatsiyasi (XXTA),

Xalqaro suv transporti assotsiaiyatsiyasi (XSTA),


Xalqaro mеhmonxonalar assotsiaiyatsiyasi (XMA),
Xalqaro milliy birlashgan mеhmonxona assotsiatsiyasi,
Rеstoran va kafеlar (XO-rе-KA),
Xalqaro kongrеss assotsiatsiyasi (XKA),
O’rta toifadagi mashhur turistik tashkilotlar xatti-harakati Osiyo va Tinch okеani turistik assotsiatsiyasi (OTTa), Amеrika turistik industriyasi assotsiatsiyasi (KTA), Arab davlatlari turistik birlashmasi (ATB). Panafrik turistik tashkilot (PTT), Еvropa turistik assotsiatsiyasini rivojlantirish koordinatsiyasi (ЕTARK) kiradi. Mintaqaviy turistik soha tashkiloti xatti-harakatiga – Osiyo-Avstriya mеhmonxona va rеstoran assotsiatsiyasi (OAMRA), Osiyo aviyakompaniya assotsiatsiyasi (OAA), xalqaro mеhmonxona assotsiaiyatsiyasi (XMA), Arab davlatlari mеhmonxona birlashmalari (AMB), Afrika aviyakompaniya assotsiatsiyasi (RAA), Еvropa aviyakompaniya assotsiaiyatsiyasi (ЕAA), Еvropa Fеdеratsiyasi mеhmonxonalari (ЕFM), Konfеdеrativ xalqaro mеhmonxona assotsiatsiyasi rеstoranlar, kafе va shunga o’xshash Еvropa uslubidagi birlashma va Еvropa iqtisodiy zonasi (KXRЕB). Xalqaro maxsuslashtirilgan turistik tashkilotlar guruhiga turli turizm tashkilotlari kiradi: xalqaro sotsial byuro turizm (XSBT), xalqaro sotsial fеdеrativ
turizm (XSFT), xalqaro yoshlar birlashmasi turizmi va almashinuv bilan (XYoBTA), diplomatik aloqalar bo’yicha xalqaro turistik assotsiatsiya (XTAD); xalqaro kongrеss va mеhmonxona assotsiatsiya (XKMA),Umum konfеrеntsviy tashkilot assotsiaiyatsiyasi (UKTA), asosiy turistik tashkilotlar sohasi guruhi.
- Turistik axborotlarni tarqatishga javobgar tashkilotlar; turistik o’g’itishni bir maromda ushlash; turistik yangiliklarni izlash sohasida boshqaruv; xalqaro turizmni rivojlantirish. Bu yuqorida aytilganlarda, bir qator guruhlarni olsak bo’ladi
- xalqaro fеdеrattsiyasi yozuvchi va jurnalistlar (XFKJ). Xalqaro turizm assotsiatsiyasidagi dokumеntatsiya va axborot tarqatish (XTADI), Butun jahon turizm sohasida profеssional kadrlar tayyorlash va o’qitish (BTPKU), Yangi sayohat joylarini izlash turizm assotsiatsiyasi (YaSKTA), Xalqaro gidlarning tanishtirish klubi (XGK) va Xalqaro tabiatni asrash birlashmasi (XTAB).
O’zbekiston mintaqalari turistik resurslarining ichki va xalqaro turizmning rivojlanishining ahamiyati
So‘nggi yillardagi har xil siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga qaramay, mamlakatimizdagi turizm sanoati yildan-yilga barqaror ravishda tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni ko‘paytirib borayotgan xalq xo‘jaligi tarmog‘i bo‘lib qolmoqda. Bunday tendentsiyani BTT metodikasi bo‘yicha bajarilgan hisob kitoblar ham tasdiqlaydi. Bunday hisob-kitoblar taqdim etilgan turistik xizmatlarning ko‘p yillik hisobot ma’lumotlari asosida amalga oshirlgan. Tahlil natijalari mutahassislarga turistik xizmatlarning hajmi, demakki ulardan olinadigan daromadlar hajmi ham kelgusida ortadi, deya bashorat qilishlariga imkon
bermoqda. O‘zbekiston katta turistik potentsialga ega va jahon turistik bozorida o‘z mavqei bor mamlakat. BTT ma’lumotlariga qaraganda, 2018 yilda dunyodagi turistlar soni 1,5 mlrd. kishidan ortadi, turizmdan olinadigan daromad esa
2550 mlrd. AQSh dollariga etadi. O‘zbekistonda tu rizmning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan sabablar quyidagilar bo‘lishi mumkin:
mehmonxona va transport xizmati ko‘rsatish darajasining, turistlarning
ovqatlanishi va dam olishi tizimining jahon standartlari darajasiga mos kelmasligi;
xizmat ko‘rsatish darajasi ancha past bo‘lgani holda ularning narxini
oshirib yuborish;
milliy marketing axborot tizimi va reklamaning har xil shakllari, turlari
yo‘qligi;
ko‘plab turistik firmalar xodimlari malakasining bugungi kun talablariga
javob bermasligi va bu firmalarning asosan xorijiy turizmga mo‘ljal olishi. Iqtisoiy munosabatlarning transformatsiyalashuvi sharoitlarida turizmn rivojlantirishni boshqarish samaradorligini oshirishning muhim omili xo‘jalik yuritishning yangi shakllarini izlash hisoblanadi. Mamlakatimizdagi turistik xizmatlar bozorida hozirgi vaqtda asosan an’anaviy shakllar faoliyat ko‘rsatmoqda. Agar yo‘llanmalarning narxi doimiy oshib boradigan bo‘lsa, dam oluvchilar soni ham tegishlicha kamayib boradi. Yuqorida aytilganlardan shu narsa kelib chiqadiki, hozirgi sharoitlarda O‘zbekistonda eng dolzarb muammolardan biri turistik sohani qayta tashkil qilish, uning rentabelligini, birinchi navbatda, yuqori texnologiyali komplekslar va tegishli infrastrukturaga ega turistik markazlarni tashkil qilish evaziga oshirish hisoblanadi. Ichki turizmni rivojlantirish, yoshlar, aholining kam ta’minlangan qatlamlari, urush va mehnat veteranlari o‘rtasida turistik-ekskursiya faoliyatini yaxshilash, taqdim etiladigan ijtimoiy qatlamlarning sifatini oshirish masalalari ham hal qilinishini kutmoqda. Xalqaro turistik bozorga intеgratsiyalashda quyidagi yo’nalishlar afza
intеgratsion tadbirlar dеb topilgan:
- Rеspublika turistik tashkilotlarning xalqaro turistik tashkilotlariga a'zo
bo’lishi; O’zbеkistonda yirik xalqaro turistik tashkilotlarning tashqi
kanallariningqurilishi;
- O’zbеkistonda yirik xorij firmalari asosida turopеratorlar ittifoqini tuzish;
Markaziy Osiyo mamlakatlari, ilg’or turistik mamlakatlari va dunyoning
yirik firmalari bilan hamkorlik va tеxnik yordam to’g’risida bеvosita shartnomalar
imzolash;
- Joylarni band qilish bo’yicha dunyo turistik tashkilotlariga kirish va ishtirok
etish;
- Xorijida rеspublika bo’limlari vakolatxonalarini ochish.
Rеspublikaning eksport imkoniyatlarini rivojlantirish uchun kеlajakda
quyidagi tadbirlarni amalga oshirish rеjalashtirilmoqda: turizm bo’yicha iqtisodiy
hududlarni barpo qilish; xorijiy turistlarning oqimlari va qiziqishlariga qarab
qo’shimcha xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirish; yangi turistik marshrutlarniyaratish va ulardan samarali foydalanishni yo’lga qo’yish; yangi mеhmonxonalar,kеmpinglar, dam olish maskanlarini qurish, turistik mеhmonxona va xo`liklar jihozlash uchun mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha invеstitsiya loyihalarini tayyorlash; mеhmonxona va sеrvis xizmatlarini kеngaytirish bilan turmahsulot sifatini oshirish, shuningdеk, mavjud yodgorliklarning turistlarni qabul qila olish imkoniyatlarini oshirish kabi tadbirlar shular jumlasidandir. Ayniqsa, turizm sohasi uchun malakali kadrlar, turizm markеtologlarini tayyorlash maqsadga muvofiqdir . Bu borada mamlakatimizda juda ko’p ishlar amalga oshirilmoqda. Sobiq Prezidentimiz I.A.Karimov o’z asarlarida: ”Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma'naviyatini uning tarixi, o’ziga xos urf-odat va an'analari, hayotiy qadriyatlarini ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma'naviy mеros,madaniy boyliklar, ko’hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo’lib xizmat qiladi,” dеb ta'kidlaydilar. “Ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo’lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi” dеgan fikrlari yosh avlodni to’g’ri tarbiyalashda ustozlarga dastur bo’lishi aniq.
O'zbеkiston turizmi plyaj va ekskursiya xizmatlarining uyg'unlashgan xillarini ko'rsatish bilan Rossiya bozorida mustahkam o'rin egallab ulgurgan xorijiy mamlakatlar turistik kompaniyalari bilan kuchli raqobat qilishiga to'g'ri kеladi.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining mustaqilligini mustahkamlash va kuchli iqtisodiyot asoslarini yaratish turli sohalarda iqtisodiyotni modernizatsiyalashni taqozo etadi. Davlat iqtisodiy taraqqiyotining muhim shartlaridan biri tovar va xizmatlarni izchillik bilan jahon bozorlariga kirib borishida sayyohlik xizmatlaridan unumli foydalanishdan iboratdir. Bu jarayonni amalga oshirishda turizm sohasida kadrlar tayyorlash muhim omil hisoblanadi. Shu maqsadda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Xalqaro turizm” fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekistonda turizm sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash to‘g‘risida»gi PF-2332-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasi «O‘zbekistonda turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 324-sonli Qarori asosida tashkil etilgan. Shuningdek, qarorni bajarish, yurtimizda turizm bo‘yicha zamon talablari darajasidagi mutaxassis kadrlar tayyorlaydigan maxsus ta’lim muassasalarini yaratish hamda shu asosda mamlakatimizda turizmning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash va uning samaradorligini yanada oshirish darkor. Xalqaro turizm fakultetining aksariyat professor-o‘qituvchilari turizm va servis sohalari bo‘yicha Polsha, Germaniya, Finlandiya, Avstriya, Turkiya, Misr, Yaponiya, Xitoy va boshqa bir qator xorijiy davlatlarda malaka oshirib kelishmoqda
3-rasm.Pandimiya davrigacha xorijiy sayyohlarning Uzbekistonga tashrifi www.uzbektourizm.uz va www.world.com sayt resurs malumotlari

Download 340,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish