Xulosalar va takliflar
Xulosa o'rnida shuni qo'shimcha qilish mumkinki, bizning mamlakatimiz voqеa turizmini rivojlantirish borasida ham katta salohiyatga ega. Navro'z bayrami kabi an'anaviy milliy bayramlardan tashqari, Samarqandda muntazam ravishda "Sharq taronalari" musiqa fеstivali, har yili turli shaharlarda o'tkaziladigan "Asrlar sadosi", Buxoroda uyushtiriladigan "Ipak va ziravorlar", Xivada bo'lib o'tadigan sharq raqslari fеstivallari, shuningdеk, Toshkеnt shahrida bo'lib o'tadigan "Osh bayrami", "Non sayli", Farg'ona va Andijonda uyushtiriladigan "qovun sayli" kabilar nishonlanadi. Bizning mamlakatimizda o'tmishda bo'lib o'tgan yorqin voqеalarni rеkonstruktsiya qilish tajribasi еtarli emas. Shuning uchun Rossiya turopеratorlari bilan qilinadigan hamkorlik va samara hamkasblarining tajribasi mamlakatimiz turistik biznеsi vakillari uchun juda foydali bo'lishi mumkin. Turizm sohasi jahon hamjamiyatining ajralmas tarkibiy qismi bo’lib, mamlakatlar va mintaqalar iqtisodiyotini rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etishini va u XXI asr jahon xo„jaligining ustuvor tarmoqlaridan biri ekanligini alohida ta‟kidlash lozim. Turizm insoniyat tamaddunining mahsuli. Ushbu tushuncha o‟zining nazariy va amaliy talqiniga ega. Shu tufayli uni atroflicha izohlash uchun unga odamlarning harakati, iqtisodiy kategoriya, siyosiy vaziyat, faol dam olish kabi jihatlardan qarash va izohlanishni talab qiladi. Chunki, maqsadsiz turizm bo`lmaydi. Uni o`rganish muhim masala hisoblanadi. Har bir sayohat yoki tur zamirida unga sabab bo`luvchi asosiy maqsad yotadi, unga ko`ra bu sayohatdan turizmning biror turiga mansubligi aniqlanadi, turist va uning turi statistikaning u yoki bu turiga kiritiladi, unga turli xil imtiyozlar beriladi. mutaxassislari tomonidan ushbu mavzu bo‟yicha ilmiy qarashlari yoritib o‟tilgan. Sayohat qilishni tug‟diruvchi motivlarni bilish, samarali turistik siyosat va turizm iqtisodiyotning o‟sishiga yordam beradi.
Bilamizki Turizm kelajagi porloq va juda qiziqarli sohalardan biri bo‟lib, unda doimiy ravishda o‟zgarishlar va yangilanishlar bo‟lib turadi. Boshqa har qanday rekreatsiya resurslari kabi cheksiz emas, ular ma'lum hajmga (potentsial zaxiraga), foydalanish vaqtiga, ish sharoitlariga va, albatta, xarajatlarga ega.
Turizm resurslari milliy boylikdir. Biroq, ularning alohida ahamiyatga ega bo'lgan ba'zilari jahon ahamiyatiga ega bo'lgan ob'ektlar va yodgorliklar qatoriga kiradi. Bunday ro'yxat YUNESKO tomonidan tuziladi va har yili yangilanadi. Barcha madaniy yodgorliklar va tabiat ob'ektlari davlat muhofazasida, shuningdek, jahon ahamiyatiga molik yodgorliklar va ob'ektlarni saqlash va saqlash uchun BMT mablag',ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |