1-sxema.
Keltirilgan chizmalardan ko‘rinib turibdiki, iqtisodiy tovar o‘z ichiga bir vaqtning o‘zida ham ne’matni (chunki iste’molchiga kerak) ham xarajatni (chunki uni ishlab chiqarish uchun omillar zarur) oladi. Tovarlarning bu xususiyatlari ularning foydaliligini, kamyobligi va omil sig‘imdorligi sifatida namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy tovarlarni sotib olayotganda odamlar ular uchun belgilangan summada pul to‘laydilar. Bu summa tovarning narxi deb ataladi.
Iqtisodiy omillar
Resources; Economic resources
Fransuzcha Ressource — yordamchi vosita ma’noni anglatadi.
Omillar — mavjud texnologiyalar va ijtimoiy iqtisodiy munosabatlar vositasida sotish mumkin bo‘lgan moddiy hamda ma’naviy ne’matlarini olish uchun zarur bo‘lgan manbalar va asoslardir. Omillar uchta asosiy guruhga bo‘linadilar. Bular:
moddiy omillar;
mehnat omillari, shu jumladan, intellektual omillar;
tabiiy omillar.
Moddiy omillar — ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish jarayonida ishlatish uchun mo‘ljallangan mehnat predmetlari: xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, yarim fabrikatlar, detallar va hokazolarning yig‘indisidir.
Moliyaviy omillar — davlat yoki tijorat tuzilmasi tasarrufidagi pul mablag‘lari.
Xomashyo (xom, tayyor bo‘lmagan materiallar) – ilgari mehnat ta’sirida bo‘lgan (ularni ma’lum bir holatga yetkazish uchun mehnat sarflangan) va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan mehnat predmetlari. Ular quyidagicha farqlanadi. birlamchi xomashyo — qazib olingan ruda, paxta xomashyosi va hokazolar;
ikkilamchi xomashyo — yaroqsiz holatga kelgan tayyor mahsulotlar: metall parchalari, makulatura va boshqalar.
Axborot omillari — keng ma’noda — haqqoniy axborotni olish uchun tashkil qilingan ma’lumotlarning yig‘indisi.
Axborot omillari — alohida hujjatlar va hujjatlarning alohida massivlari, axborot tizimlari; kutubxonalar, hujjatgohlar, fondlar, ma’lumotlar banklari, axborot tizimiy omillarining boshqa turlaridagi hujjatlar va hujjatlar massivlaridir.
Hujjat omillari — axborot omillarining bir turi; alohida hujjatlar, axborot tizimlaridagi hujjatlar massivlarning yig‘indisi.
Mehnat omillari — mamlakat aholisining jismoniy rivojlangan, ishlash uchun zarur bo‘lgan aqliy qobiliyat va bilimlarga ega bo‘lgan qismidir.
Mehnat omillarining miqdori aholining soniga uning qayta ishlab chiqarish rejimiga, jins, yosh bo‘yicha tartibiga bog‘liq bo‘ladi. Mamlakatning mehnat omillarining asosiy qismini mehnat qilishga qobil yoshdagi aholi, shuningdek, mehnatga qobiliyatli o‘smirlar va pensiya yoshdagi shaxslar tashkil qiladi.
Tabiiy omillar (tabiat omillari) – jamiyat odamlarning moddiy va ma’naviy talablarini, ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanadigan tabiiy obyektlari, tabiiy jarayonlar va sharoitlardir.
Tabiiy omillar:
o‘rni to‘ldiriladigan va o‘rni to‘ldirilmaydigan;
yangilanadigan va yangilanmaydigan;
almashtiriladigan va almashtirilmaydigan;
tenglanadigan va tenglanmaydiganlarga bo‘linadi.
Tabiiy omillar o‘z ichiga: foydali qazilmalar, enegriya manbalari, tuproq, suv yo‘llari, suv havzalari, ma’danlar, o‘rmonlar, yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklar, quruqlik va suv ostidagi hayvonot dunyosi, madaniy o‘simliklar va uy hayvonlarining genofondi, go‘zal va betakror landshaftlari, sog‘lomlashtirish mintaqalari va boshqalarni oladi.
Tugaydigan (yo‘q bo‘lib ketadigan) tabiiy omillar — foydalanish barobarida yo‘qolib, qisqarib boradigan omillar. Tabiiy omillarning ko‘plab turlari yangilanadigan va yangilanmaydigan guruhlarga bo‘linuvchi tugaydigan tabiiy omillarga kiradi.
Kamyoblik (tanqislik) – iqtisodiy nazariyada — tovar yoki xizmatga talab uni ishlab chiqarish hajmidan oshib ketgan vaqtda yuzaga keladigan sharoitdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |