Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


O’zbekiston hududida faoliyat yuritayotgan xalqaro auditorlik kompaniyalari



Download 317,4 Kb.
bet6/7
Sana02.07.2022
Hajmi317,4 Kb.
#730014
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi audit last

3. O’zbekiston hududida faoliyat yuritayotgan xalqaro auditorlik kompaniyalari.
Audit standartlari - o’zining professional faoliyati davomida hamma auditorlar rioya qilishi lozim bo’lgan yagona asos tamoyillardir.
Auditorlik standartlariga rioya qilish audit sifati darajasini va audit natijalarining ishonchliligini ta’minlaydi. Auditorlik standartlari sudda auditorlarning haqqoniy ishlaganligining asosi bo’lib xizmat qiladi. Agar auditor standartdan chekinish qilgan bo’lsa, buning sababini ko’rsatishi lozim.
Butunjahon mamlakatlari o’rtasida bo’ladigan savdo-iqtisodiy va boshqa ko’rinishdagi aloqalar ular o’rtasida bo’ladigan hisob-kitoblarni unifikatsiyalashni taqozo etmoqda. Buning uchun, milliy hisob va audit tizimlarini yaxlit shaklga keltirish talab qilinadi.
Jahon mamlakatlari o’rtasida milliy hisob va audit tizimlarini yaxlit holga keltirish uchun yagona qoidalarni ishlab chiqish lozim edi. Bu qoidalar auditorlik amaliyotida auditning xalqaro standartlari maqomini oldi.
Auditorlik faoliyatida me’yoriy hujjatlar sifatida auditning xalqaro standartlarini ishlash borasida ham ma’lum darajada urinishlar bo’lgan.
1948 yilda Amerika qasamyod qilgan buxgalterlar instituti tomonidan
«Umumlashtirilgan audit standartlari» ishlab chiqildi. Shu kabi mamlakatda auditorlar instituti tomonidan «Ichki auditorlarning majburiyatlari» e’lon qilindi.
1976 yilda ma’lumotga elektron ishlov berish auditi assotsiatsiyasi tuzilib, 1987 yilda «Axborot tizimi bo’yicha umumiy qabul qilingan audit standartlari» ishlab chiqildi.
Dunyoning ko’pchilik davlatlarida milliy kuzatuv auditor-konsultant firma vakolatxonalari mavjud bo’lib, ularning barchasi xalqaro auditorlik standartlari va ularga mos keladigan me’yorlardan keng foydalanadilar. Butun dunyoda auditorlar faoliyatida umumiy standartlar ishlanishiga Amerika qasamyod qilgan buxgalterlar instituti (AICPA) katta ta’sirva tashabbus ko’rsatib keladi. AICPA tomonidan auditorlik kasbi, umuman olganda, auditorlik faoliyatiga oid bir nechta standart ishlab chiqildi. Mazkur tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan standartlar 3 ga
bo’linadi:



5-chizma. Auditning umumqabul qilingan standartlari


Auditning umumiy malaka va etika standartlari:



  1. Majburiy tayyorgarlik va mahoratlilik. Auditor tekshirish o’tkazishda maxsus texnik tayyorgarlikka va auditorlarning professional xulq sifatlariga ega bo’lishi kerak (The examinition is to be reformed by a person or persons having adequate technical training and proficience as an auditor).

  2. Mustaqillik. Har qanday vazifani bajarishda auditor yoki auditorlar mustaqil bo’lishi shart (In all matters relating to the assignment an independence in mental attitude is to be maintained by the auditor or auditors).

  3. Majburiy malakaviy ziyraklik. Tekshirishni o’tkazishda va xulosani tayyorlashda auditordan professional ziyraklik talab etiladi. (Due professional care is to be exercised in the performance of the examinition and the preparition of the report).

Xulosa standartlari:

  • Hisobotning GAAP bilan mos tushishi. Xulosada moliyaviy hisobotning buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan tamoyillarga mos kelishi haqida ma’lumot keltirib o’tiladi (The report shall state whether the financial statements are presented in accordance with generally accepted accounting principles).

  • GAAP qoidalariga amal qilinmaydigan holatlar. Xulosada o’tgan

yillar nuqtai nazaridan hisobot yilida ko’zda tutilmagan holatlar mavjudligi aniqlanishi kerak (The report shall identify those circumstances in the current period in relation to the preceding period).

  • Ma’lumotlar bilan yoritib berishning etarliligi. Moliyaviy hisobotdagi axborot to’liq adekvat holda yoritib berilishi lozim, agarda xulosada boshqa holatlar ko’zda tutilmagan bo’lsa. (Informative disclosures in the financial statements are to be regarded as reasonably adequate unless otherwise stated in the report).

  • Moliyaviy hisobot haqida fikrning to’liq bayon etilishi. Xulosa moliyaviy hisobotning to’liqligi haqida fikrni yoki fikrning mavjud emasligi haqida tasdiqni o’z ichiga olishi kerak. Agarda yakuniy xulosa berilmagan bo’lsa, mos keluvchi tamoyillar bilan inobatga olish kerak. Auditorning ismi moliyaviy hisobot bilan bog’liq barcha hollarda xulosada auditorlik tekshiruvining aniq shakldagi turi bayon qilinishi shart, agarda bu ko’zda tutilgan bo’lsa, shuningdek, auditor o’z zimmasiga oladigan mas’uliyatning darajasi haqida fikr bildirib o’tishi kerak (The report shall either contain an expression of opinion regarding the financial statements, taken as a whole, or an assertion to the effect that an opinion coannot be expressed. When an overall opinion cannot be expressed, the reasons therefore should be stated. In all cases where the auditor`s name is assotiated with the financial statements, the report should contain a clearcut indication of the character of the auditor`s examination, if any, and the degree of responsibility he is taking).

AICPA tomonidan qabul qilingan umumqabul qilingan standartlar auditorlik faoliyatining umumiy tamoyillarini, auditorlik kasbining umumiy yo’nalishlarini va auditor faoliyatining asosiy jihatlarini belgilab berdi. Yuqorida sanab o’tilgan standartlar asosida keyinchalik xalqaro auditorlik standartlari ishlab chiqildi.
AQShda amalda bo’lgan qonunchilikka ko’ra ko’plab xususiy korxonalar va hukumat idoralari har yili auditorlik firmalari tomonidan o’tkaziladigan moliyaviy tekshirishlarni amalga oshirishlari lozim. Tekshirish to’g’risidagi hisobot firma egalariga, korxonaning kreditorlariga taqdim etiladi. Bu hisobotda buxgalteriya hisobi jarayonlarining to’g’riligi va asoslanganligi, shuningdek, uni yuritish

shakllari va usullarini yaxshilash bo’yicha tavsiyalar o’z aksini topadi. Amerika Qo’shma Shtatlarida mustaqil audit zamonaviy ma’noda rivojlandi: uning rivojlanishi ko’p jihatdan kreditorlar, ayniqsa, banklarning ishonchli moliyaviy axborotga bo’lgan talablari tufayli yuz berdi. Banklar ushbu axborotlar asosida kredit taqdim etish to’g’risida qaror qabul qildilar.Germaniyada auditorlik faoliyati 1961-yil 27 iyulda qabul qilingan.
“Auditorlarning professional Nizomi to’g’risida”gi Qonunga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu qonunga muvofiq auditor deganda ushbu kasbni ochiq tarzda ijro etadigan va o’zining shaxsiy hamda kasbiy layoqatliligini tegishli imtihonni topshirish yo’li bilan tasdiqlagan shaxs tushuniladi.
Agar buxgalteriya hisobining vatani Italiya hisoblansa, auditorlik faoliyatining vatani Angliya hisoblanadi. 1773 yildayoq Shotlandiyaning poytaxti Edinburg shahrining adres kitobida etti nafar auditorning nomi qayd etilgan edi. Keyinchalik 1854 yilda mazkur shaharda “Buxgalterlar jamiyati” tashkil etilgan bo’lib, u o’z ichiga buxgalter-auditorlarni qamrab olgan edi. Bu holat ayrim mualliflarga g’arb mamlakatlarida audit XIX asrda Shotlandiyada vujudga keldi, degan xulosaga kelishga asos yaratdi. Mulkdorlar va ular bilan ish munosabatlari orqali bog’liq shaxslar manfaatlari yo’lida hisob yozuvlarining qonuniy tartibi paydo bo’ldi. Eng salmoqli qonuniy hujjat Savarining tijorat kodeksi hisoblanadi (1673 yil). Bundan tashqari ham me’yoriy hujjatlar mavjud edi. Xususan, Kastiliyada XIII asrda qonuniy hujjat qabul qilingan bo’lib, uning to’ldirilgan tahriri 1549 yilda nashr etildi.
Buxgalteriyaning birinchi nazariyotchilari Benedetto Kotruli (1458 yil) va mashhur matematik olim Luka Pacholi (1494), shuningdek, ularning izdoshlari hisoblanadilar. Buxgalteriya hisobi sohasidagi ushbu birinchi mualliflar ikki asosiy nazariy yo’nalishning asoschilaridir. Buxgalteriya hisobining tabiati to’g’risidagi masalani turli mualliflar qanday hal etganligidan qat’iy nazar ularning barchasi o’zlari oldida turgan amaliy va nazariy muammolarni hal etishga o’zlarining munosib hissalarini qo’shganlar. Ilmiy yo’nalishning rivojlanishi hisob oldida turgan maqsadlarning qayta baholanishiga olib keldi. Agar ilgari hisob oldida turgan yagona maqsad moddiy boyliklarning to’liq saqlanishini ta’minlashdan iborat bo’lgan bo’lsa, XIX asrning boshlariga kelib yangi maqsad - xo’jalik jarayonlarining samaradorligini aniqlash shakllandi, boshqacha qilib aytganda buxgalteriya hisobi nazorat va boshqarish quroli sifatida tushunila boshlandi.
Ispaniyada auditorlik faoliyatini amalga oshirishda asosiy hujjat“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi 1988 yil 12 iyulda qabul qilingan qonun hisoblanadi. Bundan tashqari auditorlik faoliyati Evropa Ittifoqining me’yoriy hujjatlari qoidalaribilan ham tartibga solinadi.
Auditorlik faoliyatini tartibga solish Iqtisodiyot vazirligi zimmasiga kiradi Iqtisodiyot vazirligi qoshida Buxgalteriya hisobi va audit instituti ta’sis etilgan (keyingi o’rinlarda - institut). Mazkur institutga quyidagi vakolatlar berilgan:

    • Auditorlar tomonidan auditorlik faoliyatni amalga oshirilishi ustidan nazorat olib borish. Nazorat Ispaniya qonunchiligida nazarda tutilgan holatlarda belgilangan tamoyillar va uslubiy ko’rsatmalar asosida auditorlarga va auditorlik tashkilotlariga nisbatan sanktsiyalar ishlatishdan iborat;

    • auditorlarning Davlat Reestrini (keyingi o’rinlarda – reestr) yaratish va olib borish, auditorlarni va auditorlik tashkilotlarini Reestrga kiritish va undan o’chirib tashlash tartibini o’rnatish, Institut byulletenini yaratish va nashr etish, auditorlar uchun malakaviy imtihonlarni o’tkazish qoidalarini belgilash;

    • auditorlik faoliyatini amalga oshirishga tegishli ko’rsatmalar va uslubiy tavsiyanomalarni tasdiqlash va nashr etish;

    • buxgalteriya hisobi va audit sohasidame’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish uchun kerak bo’lgan hujjatlarni ishlab chiqish, o’rganish va nashr etish bo’yicha faoliyatni amalga oshirish;

    • Ispaniya milliy qonunchiligini Evropa Ittifoqida amal qilayotgan qonunchilikka muvofiqlashtirish maqsadida buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi amaldagi qonunchilikni o’zgartirish bo’yicha kerak bo’lgan takliflarni va tavsiyalarni Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etish;

    • buxgalteriya hisobi va audit masalasi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalarni ishlab chiqish sohasida xalqaro tashkilotlar va EI tashkilotlari, shuningdek uslubiy ishlanmalar bilan shug’ullanuvchi va ro’yxatdan o’tkazilgan.


Xulosa


Turli xil mulkchilik shakllari qaror toptirilayotgan hozirgi sharoitda mahsulot tannarxini tahlil qilish va ular asosida umumiy ma’lumotlarni audit yordamida xo’ alik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida mavjud holatni o’z vaqtida aniqlash hamda kerakli qaror qabul qilish, avvalo, respublikamizda faoliyat yuritayotgan iqtisodiy sub’ektlar uchun ayniqsa zarurdir. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlarni aniqlash, ularni tahlil qilish uslubiyatini rivojlantirish hamda auditini takomillashtirish masalalari hozirgi kunning dolzarb masalalardan biridir. Shu maqsadda biz ilmiy ishimizda quyidagi ishlarni olib bordik va xulosalarga kelishni maksadga muvofiq deb bildik:

    1. Rejalashtirish auditorlik tekshiruvini boshlang’ich bosqichi bo’lib, auditorlar reja tuzilgunga qadar bevosita tekshiruv jarayonini boshlamasliklari lozim. Auditor ishlab chiqarish xarajatlari auditini rejalashtirish chog’ida quyidagilarni hisobga olishi zarurligi o’rganildi:

  • kelgusi davrdagi vaqt sarfi hisob-kitobi (takroriy audit o’tkazish xollarida) va haqiqiy mexnat xarajatlari;

  • ahamiyatlilik darajasi;

  • auditorlik guruhini tuzish, audit o’tkazishga jalb qilinadigan auditorlar soni va malakasi;

  • auditorlarni, ularning malakaviy darajalari va lavozimlariga muvofiq audit o’tkaziladigan muayyan uchastkalarga taqsimlash;

  • auditorlik guruxining barcha a’zolariga yo’l - yo’riq ko’rsatish, ularni mijozning moliya-xujalik faoliyati bilan tanishtirish;

  • auditorlik guruxi rahbarining reja bajarilishi va yordamchi auditorlar ishlari sifati ustidan nazorat o’rnatishi;

  • auditorlik amallarini bajarish bilan bog’liq uslubiy masalalarni tushuntirish.

    1. Ishlab chiqarish xarajatlari auditorlik tekshiruvini rejalashtirish tekshiriladigan korxona faoliyatini batafsil o’rganishdan boshlanadi. Auditor korxona faoliyatini o’rganishdan ikkita maqsadni ko’zlaydi.

    2. Ichki nazorat tizimini ko’rib chiqishda, auditor avvalo, korxona ma’muriyatining ichki nazoratga munosabatini, ya’ni korxona rahbarining fikrlash xususiyatlarini, ularning rahbarlik qilish uslubini, aniq moliyaviy hisobotga munosabatini o’rganadi. Auditor korxona atrofidagi ishchanlik muhitini ham inkor qilmasligi lozim. O’rganishning ushbu bosqichida auditor mijoz bilan tuzilgan shartnomadan kelib chiqadigan taxlikali vaziyatlarni baholashda to’plagan ma’lumotlaridan foydalanadi. Lekin, u agar butun auditning taxlikali vaziyatlarini qulay deb baholagan bo’lsa, shuningdek, korxonaning ichki nazorat tizimini ham ishonchli deb bilmasligi lozim. Rejalashtirish paytida ichki nazorat tizimi faoliyatining barcha tomonlarini batafsil tahlil qilib chiqish lozim. Auditor olingan ma’lumotlarni yagona tizimga keltirish uchun qisqacha hisobot tayyorlab, unda quyidagilarni bayon qiladi: korxonaning faoliyat qilish sohasi va printsiplari; rahbariyatning ishonchli hisob va nazorat tizimini yaratishga oid majburiyatlari; rahbariyatning korxona faoliyatini nazorat qila olish layoqati.

O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ichki nazoratga taaluqli kandaydir maxsus talablar yuk. Shuning uchun auditor ichki nazorat tizimini baxolashda ikkita omilga tayanadi:

  • ichki nazoratning maqsadi korxona rahbariyati uchun ham, auditor uchun ham bir xil - buxgalteriya hisobotining ishonchliligi va ob’ektivligini ta’minlash;

  • auditorlik hisobotining tahliliy qismida ichki nazorat holatini ekspertiza qilish natijalarini aks ettirish zarur.

  1. Ishlab chiqarish xarajatlari tekshirishda auditor audit dasturini hujjatli rasmiylashtirishi va unda muhimlik darajasini belgilashning induktiv usulini qo’llash maqsadga muvofiq ekanligi aniqlandi.

  2. Audit o’tkazish jarayonida tahliliy amallar va arifmetik hisoblash, inventarizatsiya usullaridan foydalanish tavsiya etildi.

  3. Ishlab chiqarish xarajatlarini tekshirishda ustama xarajatlarni mahsulot birliklariga to’g’ri taqsimlanganligini tekshirishning alohida muhim ob’ekti sifatida audit ish dasturiga kiritildi va tekshirishning arifmetik hisoblash usuli orqali tekshirish o’tkazish tavsiya etildi.

  4. Ishlab chiqarish xarajatlariga oid ma’lumotlari asosida korxona moliyaviy holatiga baho berildi, ya’ni, mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning turli usullari yordamida hisoblash va ularning korxona tarmoq xususiyatini inobatga olib tegishli usul tavsiya etildi.

  5. Auditorlik faoliyatining milliy va xalqaro standartlari qiyosiy tahlil qilinib, mahsulot tannarxi auditini rejalashtirish va o’tkazishga doir ma’lumotlar nazariy o’rganildi hamda amaliyotda qo’llash uslubi tavsiya etildi.

  6. Auditorning xalqaro standartlarida har bir auditorlik firmasida mavjud nozir bo’lishi lozim bo’lgan Ishlab chiqarish xarajatlarini tekshirish bo’yicha sifatni nazorat qilish tizimining usullari o’rganildi hamda amaliyotda qo’llash tavsiya etildi.

  7. Yangi axborot texnologiyalarining ishlab chiqarish xarajatlari auditida ko’llanilish tartibi tavsiya etildi.



Download 317,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish