Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Download 317,4 Kb.
bet1/7
Sana02.07.2022
Hajmi317,4 Kb.
#730014
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi audit last


Reja:
Kirish……………………………………………………………………2
1.Xalqaro auditorlik tashkilotlarining rivojlanish tarixi………………….………...5
2.Xalqaro auditorlik tashkilotlarining faoliyat yo’nalishlari……………………...14
3.O’zbekiston hududida faoliyat yuritayotgan xalqaro auditorlik kompaniyalari…23
Xulosa………………………………………………………………… 29
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………….32

Kirish.


Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, uning qonuniy-me’yoriy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan iqtisodiy islohotlar dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. O‘tgan yillarda mamlakatimizda auditning normativ-huquqiy va uslubiy bazasi shakllantirildi, shuningdek, auditorlik faoliyatini litsenziyalashning soddalashtirilgan va muddatsiz tizimi joriy etildi, bu auditorlik xizmatlari bozorining shakllanishiga va mahalliy auditorlik tashkilotlari auditorlik kompaniyalarining yirik xalqaro tarmoqlariga kirishini ta’minlashga imkon yaratdi1.
Shu bilan birga, qator muammolar va kamchiliklar auditorlik faoliyatining yanada rivojlanishiga, boshqarishga oid qarorlarni qabul qilish va korporativ boshqaruv sifatini oshirish uchun auditorlik xizmatlarining ahamiyatini oshirishga to‘sqinlik qilmoqda, xususan:
birinchidan, auditorlik tashkilotlariga ishonch darajasi past, shuningdek, auditorlik tekshiruviga moliyaviy hisobotning haqqoniyligini tasdiqlashning kafolati emas, balki ortiqcha va malol keladigan ma’muriy tartib-taomil sifatida qaralmoqda;
ikkinchidan, auditorlik tashkilotlarini tanlab olish bo‘yicha mavjud cheklovlar va tanlovlar o‘tkazish amaliyoti ko‘p hollarda insofsiz, shu jumladan narx borasida insofsiz raqobatni keltirib chiqaradi, buning oqibatida auditorlik xizmatlari sifati va auditorlik xulosalarining haqqoniyligi pasaymoqda;
uchinchidan, auditorlarni maxsus tayyorlash va ularning malakasini oshirishning amaldagi tizimi yuzaki tusga ega bo‘lib, professional tayyorgarlikning va auditorlik xizmatlari sifatining zaruriy darajasini, shu jumladan auditorlik faoliyatining xalqaro standartlariga mosligini ta’minlamayapti,

auditorlarning insofsiz xatti-harakatlariga nisbatan tezkor chora ko‘rish imkonini bermayapti;
beshinchidan, auditorlik faoliyatining milliy standartlari umume’tirof etilgan xalqaro audit standartlariga to‘liq mos emas, bu esa xorijiy investorlarda mahalliy korxonalar moliyaviy hisobotlarining haqqoniyligini tushunish ko‘nikmasining shakllanishini ta’minlamayapti. Buning isboti sifatida yurtboshimiz ta’kidlaganidek, « Biz uchun asosiy vazifa – ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan uzluksiz yangilab borish, doimiy ravishda ichki imkoniyat va zaxiralarni izlab topish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil davom ettirishdan iborat bo’lishi zarur. Muxtasar aytganda, ishlab chiqarishni tashkil etishning butun jarayonini – xomashyoni chuqur qayta ishlashdan toki uni tayyor mahsulotga aylantirishgacha bo’lgan yo’lini – tsiklini, sarflangan xarajatlarning maqsadga muvofiqligi va nechog’liq o’zini qoplashini asoslab bergan holda, prognoz qilishni ta’minlash darkor» degan edi. Shunday ekan, biz kelgusidagi asosiy vazifalarimizdan biri xo’ alik yurituvchi sub’ektlarda eksportbop mahsulot (ish va xizmat) lar ishlab chiqishimiz zarur. Buning uchun mahsulotlar raqobatbardosh bo’lishi va tovar ishlab chiqaruvchilarimiz raqobatda ustunlikka erishishlari lozim. Raqobatdagi ustunlik esa, ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish va xizmat) larga sarflanayotgan xarajatlarni kamaytirish, uning sifatini ko’tarish va bozor talablariga tez moslashishi bilan belgilanadi. Bunda, ishlab chiqarish xarajatlarni kamaytirish masalalari muhim ahamiyatga egadir. Shu boisdan, xo’ alik yurituvchi sub’ektlarda yaratilayotgan mahsulot (ish va xizmat) larga sarflanayotgan xarajatlarni xarajat ob’ektlariga ko’ra ob’ektiv taqsimlash va ularni dastlabki hujjatlarda to’g’ri hisobga olish hamda mahsulot (ish va xizmat) tannarxida ishlab chiqarish xarajatlarining to’g’ri shakllanayotganligini audit qilish orqali kelgusi davrlar uchun aniq qarorlar qabul qilish dolzarb vazifa hisoblanadi. Chunki ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish va xizmat) larga sarflanayotgan xarajatlarni buxgalteriya hisobi va hisobotlarida to’g’ri yuritishda amaldagi tizim boshqaruv talablariga to’la javob bermasligini ko’rsatadi
Xo’jalik yurituvchi sub’etlarda mahsulot (ish va xizmat) ishlab chiqarish xarajatlarining buxgalteriya hisobini to’g’ri yuritish va ulardan samarali foydalanish hamda xarajatlarni minimallashtirish bo’yicha aniq qarorlar qabul qilish uchun audit o’tkazish masalalarini o’rganish, shuningdek, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda hisob va auditning nazariy-amaliy asoslarini mukammallashtirish bo’yicha fikr-mulahazalar berishdan iboratdir.Tadqiqotning maqsadidan kelib chiqib, quyidagi vazifalarni bajarish belgilandi:
mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish xarajatlarni tasniflash va tarkiblash; ishlab chiqarish xarajatlari auditini tashkil qilishning nazariy asoslarini o’rganish; bozor iqtisodiyoti sharoitida auditning uslubiy asoslarini tahlil qilish;
ishlab chiqarish xarajatlari auditini tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlarini tadqiq etish;1
korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining auditni o’tkazish metodikasini o’rganish va fikr berish;
korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxini hisoblashni tekshirishni tashkil etish masalalarini o’rganishdan iboratdir.
Xo’jalik yurituvchi sub`yektlarda ishlab chiqarish xarajatlari auditi bo`yicha ishlab chiqilgan tavsiyalarni joriy etilishi auditorlik xizmatlarni ko’rsatuvchi tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshishiga, auditorlar ish sifatini yaxshilashga, ular xatarini pasaytirishga imkoniyat yaratadi.

Download 317,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish