3. O’zbekiston hududida faoliyat yuritayotgan xalqaro auditorlik kompaniyalari.
Audit standartlari - o’zining professional faoliyati davomida hamma auditorlar rioya qilishi lozim bo’lgan yagona asos tamoyillardir.
Auditorlik standartlariga rioya qilish audit sifati darajasini va audit natijalarining ishonchliligini ta’minlaydi. Auditorlik standartlari sudda auditorlarning haqqoniy ishlaganligining asosi bo’lib xizmat qiladi. Agar auditor standartdan chekinish qilgan bo’lsa, buning sababini ko’rsatishi lozim.
Butunjahon mamlakatlari o’rtasida bo’ladigan savdo-iqtisodiy va boshqa ko’rinishdagi aloqalar ular o’rtasida bo’ladigan hisob-kitoblarni unifikatsiyalashni taqozo etmoqda.
Buning uchun, milliy hisob va audit tizimlarini yaxlit shaklga keltirish talab qilinadi.
Jahon mamlakatlari o’rtasida milliy hisob va audit tizimlarini yaxlit holga keltirish uchun yagona qoidalarni ishlab chiqish lozim edi. Bu qoidalar auditorlik amaliyotida auditning xalqaro standartlari maqomini oldi.
Auditorlik faoliyatida me’yoriy hujjatlar sifatida auditning xalqaro standartlarini ishlash borasida ham ma’lum darajada urinishlar bo’lgan.
1948 yilda Amerika qasamyod qilgan buxgalterlar instituti tomonidan
«Umumlashtirilgan audit standartlari» ishlab chiqildi. Shu kabi mamlakatda auditorlar instituti tomonidan «Ichki auditorlarning majburiyatlari» e’lon qilindi.
1976 yilda ma’lumotga elektron ishlov berish auditi assotsiatsiyasi tuzilib, 1987 yilda «Axborot tizimi bo’yicha umumiy qabul qilingan audit standartlari» ishlab chiqildi.
Dunyoning ko’pchilik davlatlarida milliy kuzatuv auditor-konsultant firma vakolatxonalari mavjud bo’lib, ularning barchasi xalqaro auditorlik standartlari va ularga mos keladigan me’yorlardan keng foydalanadilar. Butun dunyoda auditorlar faoliyatida umumiy standartlar ishlanishiga Amerika qasamyod qilgan buxgalterlar instituti (AICPA) katta ta’sirva tashabbus ko’rsatib keladi. AICPA tomonidan auditorlik kasbi, umuman olganda, auditorlik faoliyatiga oid bir nechta standart ishlab chiqildi. Mazkur tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan standartlar 3 ga
bo’linadi:
5-chizma. Auditning umumqabul qilingan standartlari
Auditning umumiy malaka va etika standartlari:
Majburiy tayyorgarlik va mahoratlilik. Auditor tekshirish o’tkazishda maxsus texnik tayyorgarlikka va auditorlarning professional xulq sifatlariga ega bo’lishi kerak (The examinition is to be reformed by a person or persons having adequate technical training and proficience as an auditor).
Mustaqillik. Har qanday vazifani bajarishda auditor yoki auditorlar mustaqil bo’lishi shart (In all matters relating to the assignment an independence in mental attitude is to be maintained by the auditor or auditors).
Majburiy malakaviy ziyraklik. Tekshirishni o’tkazishda va xulosani tayyorlashda auditordan professional ziyraklik talab etiladi. (Due professional care is to be exercised in the performance of the examinition and the preparition of the report).
Xulosa standartlari:
Hisobotning GAAP bilan mos tushishi. Xulosada moliyaviy hisobotning buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan tamoyillarga mos kelishi haqida ma’lumot keltirib o’tiladi (The report shall state whether the financial statements are presented in accordance with generally accepted accounting principles).
GAAP qoidalariga amal qilinmaydigan holatlar. Xulosada o’tgan
yillar nuqtai nazaridan hisobot yilida ko’zda tutilmagan holatlar mavjudligi aniqlanishi kerak (The report shall identify those circumstances in the current period in relation to the preceding period).
Ma’lumotlar bilan yoritib berishning etarliligi. Moliyaviy hisobotdagi axborot to’liq adekvat holda yoritib berilishi lozim, agarda xulosada boshqa holatlar ko’zda tutilmagan bo’lsa. (Informative disclosures in the financial statements are to be regarded as reasonably adequate unless otherwise stated in the report).
Moliyaviy hisobot haqida fikrning to’liq bayon etilishi. Xulosa moliyaviy hisobotning to’liqligi haqida fikrni yoki fikrning mavjud emasligi haqida tasdiqni o’z ichiga olishi kerak. Agarda yakuniy xulosa berilmagan bo’lsa, mos keluvchi tamoyillar bilan inobatga olish kerak. Auditorning ismi moliyaviy hisobot bilan bog’liq barcha hollarda xulosada auditorlik tekshiruvining aniq shakldagi turi bayon qilinishi shart, agarda bu ko’zda tutilgan bo’lsa, shuningdek, auditor o’z zimmasiga oladigan mas’uliyatning darajasi haqida fikr bildirib o’tishi kerak (The report shall either contain an expression of opinion regarding the financial statements, taken as a whole, or an assertion to the effect that an opinion coannot be expressed. When an overall opinion cannot be expressed, the reasons therefore should be stated. In all cases where the auditor`s name is assotiated with the financial statements, the report should contain a clearcut indication of the character of the auditor`s examination, if any, and the degree of responsibility he is taking).
AICPA tomonidan qabul qilingan umumqabul qilingan standartlar auditorlik faoliyatining umumiy tamoyillarini, auditorlik kasbining umumiy yo’nalishlarini va auditor faoliyatining asosiy jihatlarini belgilab berdi. Yuqorida sanab o’tilgan standartlar asosida keyinchalik xalqaro auditorlik standartlari ishlab chiqildi.
AQShda amalda bo’lgan qonunchilikka ko’ra ko’plab xususiy korxonalar va hukumat idoralari har yili auditorlik firmalari tomonidan o’tkaziladigan moliyaviy tekshirishlarni amalga oshirishlari lozim. Tekshirish to’g’risidagi hisobot firma egalariga, korxonaning kreditorlariga taqdim etiladi. Bu hisobotda buxgalteriya hisobi jarayonlarining to’g’riligi va asoslanganligi, shuningdek,
uni yuritish