Murabbiylik oliy kasb
Zarur bo‘lgan vaqitda yordam ko‘rsatilinib tashkil qiladi. Sinfda belgilangan xujjatlarni olib boradi va uni maktab ma’muriyatiga taqdim etadi. O‘qituvchilar sog‘ligini mustaxkamlashga doir ishlarni o‘tkazadi va mehnat qilishga o‘rgatadi. Sinf rahbari ishining o‘ziga xos xususiyatini shundan iboratki, u oddiy bolalar jamoasini emas, balki o‘quvchilar jamoasini shakllantiradi. O‘quvchilarning asosiy vazifasi o‘qishidan iborat. Shuning uchun sinf rahbari dast avval bolalarning o‘qishiga qanday munosabatda ekanliklarini, o‘zlarini qanday tutishlarini uy vazifalarini sidqidildan bajarishlarini yoki bajarmasliklarini aniqlaydi. Va nihoyat eng muhimi ularning o‘qishidagi mo‘ljallari nimalardan iborat. Bu mo‘ljallar ijtimoiy mohiyatga molik yoki molik emasligi hisoblanadi. Pedagog sinf bilan ishlashning dastlabki bosqichida turli vaziyatlarga duch kelishi mumkin.
Sinf rahbari jamoa rivojlanishining aniqlangan darajasiga qarab tarbiya usullarini darajasiga qarab tarbiya usullarini tanlaydi. Bundan o‘qituvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish qo‘shimcha shart hisoblanadi. Pedagog shaxsni har tamonlama yetuk kamol toptirishda katta rol o‘ynaydi. Aqliy tarbiya shaxsni har tomonlama taraqqiy ettirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘qituvchi axloqiy tarbiyasining vazifasi va mazmunini o‘qituvchilardan ekologik ong va madaniyatni shakllantiradi.
O‘qituvchilik kasbiga shu jumladan sinf rahbari kasbiga xos bo‘lgan muhim fazilatlardan biri – bolalarni sevishi, ularning xisiyoti bilan qiziqishi, har bir shaxsni xurmat qilishdan iborat. Bolani sevgan butun kuch va bilimini bolalarning kelajagi buyuk vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashgan safarbar qila oladigan odamgina haqiqiy o‘qituvchi bo‘la oladi. Bolaga befarq, uning kelajagi bilan qiziqmaydigan, o‘qituvchilik kasbiga loqayd odam haqiqiy o‘qituvchi bo‘la olmaydi.
Ushbu fikrlar o‘qituvchilarga ham ya’ni mohir sinf rahbarlariga ham bevosita taalluqlidir. Chunki jamiyatimizda sodir bo‘layotgan tub o‘zgarishlar, bozor munosabatlariga kirib borishimiz o‘qituvchilarni nafaqat kasbiy bilimlarini, balki iqtisodiy yuridik, texnikaviy bilimlaridan ham xabardor bo‘lishini taqozo qilmoqda. Bu o‘rinda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, sinf rahbarlarining xizmati katta.
Boshlang‘ich sinflar jamoasini jipslashtiruvchi omillardan biri o‘quv tarbiya mazmunidir. Davlat ta’lim standarti asosida belgilangan fanlarning mazmuni salohiyati o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi bilan birga jamoaga xos bo‘lgan o‘rtoqlik, do‘stlik, hamkorlik, adolatparvarlik, mexru shavqat kabi fazilatlarni uyg‘unligi tufayli jipslashadi. Shu tufayli davlatimiz darsliklarini yangi avlodni tuzish konsepsichsiga e’tibor qaratadi, hamda ta’lim mazmunini milliy istiqlol g‘oyasi asosiy tamoillari bilan boyitishga e’tibor kuchayadi. Sinf rahbari ishida o‘quvchilar jamoasini shakllantirish markaziy vazifa hisoblanadi. Chunki jamoa tojini tarbiyalash kommunistik tarbiya-yetakchi prinsipidir. Tarbiya metodlarini tanlashda ularning jamoadan rivojlanishi darajasiga mosligi muvafaqiyatining muhim sharti hisoblanadi. O‘qituvchilar jamoasini mustaxkamlovchi o‘quvchi faoliyatini harakatlantiruvchi muhim manbalardan foydalanish metodikasidir.
Darslikdagi matnlarni va xarakter xususiyatiga ko‘ra o‘quvchilar jamoasini mustaxkamlovchi matnlarga yondagi matnlarni tanlash tarbiyalash tarbiyaviy tadbirlarni jamoani mustaxkamlash bilan o‘tkazish.
Sinf majlisi har bir sinf uchun alohida sinf rahbarligi boshligida o‘tkaziladi. Sinf majlisida ko‘riladigan masalalar sinf faollari bilan birgalikda kelishib bajariladi. Sinf majlisida asosiy mavzu tarbiyachi qaratilganligi uchun tarbiyachi oid bo‘lgan maqolalar, ertak-matnlar, she’rlar asosida bayon etiladi.
Hozirgi zamon o‘qituvchisining asosiy fazilatlaridan biri o‘z kasbiga sadoqatliligi, g‘oyaviy e’tiqodligiga, o‘z kasbini sevishi, bu kasbga bo‘lgan cheksiz sadoqat o‘qituvchini boshqa kasb egalaridan ajratib turadi. Chunki maktabda ta’lim-tarbiya ishning yuqori saviyada o‘qituvchiga, uning kasbiy tayyorgarliga bog‘liq.
Sinf rahbari shahsiga qo‘yiladigan muhim talablardan biri sinf rahbarining o‘z ishini yaxshi bilishidir. Uning metodikasini puxta o‘zlashtirgan bo‘lishi zarur. Shuni to‘g‘ri tashkil qilish va uni bolalar bilan tushunarli, qiziqarli va mas’uliyatli xis qilgan holda olib borish kerak. O‘quvchilar o‘qituvchi bilimini bolalarga yetkaza olishi imkoniyatlarni qadirlabgina qolmay, balki uning shu predmetga bo‘lgan qiziqishini, uning fidoiligini ham qadirlashadi, taqdirlashadi.
Sinf rahbarining yuksak madaniyati, uning teran bilim doirasi (ayniqsa, O‘zbekiston mustaqilikka erishgandan so‘ng xalqimizning o‘z tarixini, madaniyatini, urf-odatini o‘rganishiga, bilishga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotgan davrda) ta’lim-tarbiya ishlarini muvoffaqiyatli kechishga yordam beradi. Hozirgi zamon o‘qituvchisi ayniqsa sinf rahbari milliy qadriyatlarimizni bilibgina qolmay, uni keng ota-onalar jamoatchiligi ichida, sinfda otashin targ‘ibotchisi ham bo‘lishi kerak.
O‘qituvchilik kasbi juda katta va ruhiy va jismoniy kuch talab etadi. Shuning uchun o‘qituvchining ayniqsa sinf rahbarining salomatligiga ham ma’lum talablar qo‘yiladi.
O‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan umumiy talablar bilan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbini o‘ziga xosligi ayrim spetsifik talablarni keltirib chiqaradi. Chunonchi, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi anatomiya, fizologiya, maktab gigiyenasi fanlaridan xabardor bo‘lmog‘i, o‘quvchilar faoliyatini shu fanlar tavsiyasi asosida tashkil etishi lozim; (sinf gigiyenik talabga javob berishi, o‘quvchilar rejimi, ularning aqliy va jismoniy rivojlanishini kuzatishi va to‘g‘ri yo‘naltirish); o‘qituvchi o‘z nutqini iroda qilishi; adabiy nurq normalariga rioya qilishi; ovozning baland pastligiga ahamiyat berishi, nutqining jonli, ifodali bo‘lishiga e’tibor berishi; bolalarni charchatib qo‘ymaslik maqsadida ish turlarini tez-tez o‘zgartira olishi, ota-onalar o‘rtasida pedagogik bilimlarni targ‘ib qilishi, ular bilan yaqindan aloqa o‘rnata olishi (bu faoliyati turi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini, jismoniy xolatini o‘rganishga yordam beradi) va ularga tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishga yordamlashishi kerak.
Xulosa
Bugungi kunda yosh avlodni barkamol avlod qilib tarbiyalashda, komillik sari yo’naltirishda o’qituvchi murabbiyning o’rni bo’lak hisoblanadi. Ilm bebaho boylik, uni egallash oson ish emas. Ulamolar ilm olishni igna bilan quduq qazishga o'xshatishgan. Inson shunday bebaho xazinaning sohibi bo'lishida ustozning o'rni beqiyos.Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir hadisi sharifda o'zidagi bilim va hunarni boshqalarga o'rgatuvchi insonlar haqida: «Albatta, Alloh taolo uning farishtalari, samovot ahli, hattoki, kavakdagi chumoli, dengizdagi baliqqacha barchalari insonlarga yaxshilik o'rgatuvchi kishi haqiga salovat-duo aytib turadilar”, deb marhamat qilganlar.Xalqimizda “Ustoz otangdek ulug'” — degan hikmat bejiz aytilmaydi. O'tgan ulug'larimiz, ota-bobolarimiz ustoz va muallimlarning haqqini yaxshi bilganlar, ularning qadri nechog'li baland ekanini teran anglaganlar va shunga ko'ra muomala qilganlar. Imomi a'zam Abu Hanifa rahmatullohi alayh shunday deganlari rivoyat qilinadi: «Ustozim Hammodning hurmati uchun uning uyi tomonga oyog'imni uzatmaganman. Holbuki, uning uyi bilan mening uyim orasida yettita ko'cha bor edi. Hammod vafot etgandan so'ng qachon namoz o'qisam har safar albatta ota-onamga qo'shib, unga ham Allohdan mag'firat so'raganman. Nafaqat u ustozim, balki kimdan nimadir o'rgangan bo'lsam yoki kimdir menga nimadir o'rgatgan bo'lsa, albatta, o'sha kishilar uchun ham doim Allohdan mag'firat so'rayman».
Foydalanilgan adabiyotlar
1. https://lex.uz/docs/-5085887 Mirziyoyev/ta’lim.uz
4. “Boshlang’ich ta’lim” ilmiy-uslubiy jurnali. 2001 – 2009 yillar ch. s.lari.
5. “Uzluksiz ta’lim” ilmiy-uslubiy jurnali. 2001 – 2009 yillar ch. s.lari.
6. “Xalq ta’limi” ilmiy-uslubiy jurnali. 2001 – 2009 yillar chiqqan sonlari.
7. https://buxdu.uz/index.php/uz/faoliyat/madaniy-ma-rifiy/ma-naviy-ma-rifiy-tadbirlar/2441-5-ta-muhim-tashabbus
Do'stlaringiz bilan baham: |