Boshlang'ich sinflarda sinf rahbarining tutgan o'rni
Reja:
Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda sinf rahbarining tarbiyachilik o’rni
Bola tarbiyasida sinf rahbarning qatnashuvi
Murabbiylik oliy kasb
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish.
O‘quvchilarni bir xil saviyada, bir xil yoshda, bilimi jihatidan ham teng bo‘lgan jamoani boshqarib turuvchi pedagog sinf rahbari deb ataladi.
Sinf rahbarining asosiy maqsadi, o‘quvchilarini to‘g‘ri tarbiyalash jarayonida o‘quvchi va sinf rahbari bilan bir-birini tushuna olishi va sinf rahbari tomonidan o‘quvchilarga e’tiborliroq bo‘lishi kerak. Maktabda o‘quvchilarga tarbiya sinf rahbarining ishlari orqali beriladi. Jumladan, tadbirlar, mushoiralar, har xil kechalar, uchrashuvlar, tanlovlar va boshqa o‘yinlar orqali o‘kuvchilarga ta’lim tarbiya beriladi. Shunga qarab o‘quvchilarning fikrlash qobiliyati rivojlanib boradi.
Sinf rahbari maktab ma’muriyati bilan birgalikda va mahalla jamoasi, ota-onalar bilan hamkorlikda tarbiyaviy ishlarni olib boradi. Maktab ma’muriyati sinf rahbari va uning olib borayotgan ishlarini doimo qo‘llab-quvvatlashlari lozim. Chunki sinf rahbari o‘z o‘quvchilarini yaxshi biladi va ularni tarbiyalash uchun nimalar kerakligini hisobga olib ish yuritadi. Sinf rahbari ishini ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha ya’ni tashkilotchi direktor o‘rinbosari boshqarib turadi.
Sinf rahbarining ish rejasini maktab direktori va direktor o‘rinbosari tuzadi va nazorat qilib boradi. Boshlang‘ich sinf maktab ta’limining dastlabki bosqichi bolalar o‘qituvchi rahbarligida ta’limda birinchi qadam qo‘yadilar. O‘quv faoliyatida bilim, ko‘nikma va malakalarni egallaydilar. O‘qituvchi sinf bilan ko‘pgina yolg‘iz ishlaydi va tarbiyachi sifatida ish yuritadi.
O‘qituvchilik bolalarga bo‘lgan munosabatda, katta mehribonligi bilan g‘amho‘rligi harakterlanadi. Bular esa kata talabchanlik bilan olib boriladi. O‘quvchilar bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish hamda o‘quvchilarning o‘sishi va rivojlanishiga qarab ularni kayta qurish xususiyati ham sinf rahbari uchun muhim ahamiyatga ega.
O‘qituvchilar tomonidan o‘quvchilarga qo‘yiladigan pedagogik talablar berishga erishadi, ota-onalar, kuni uzaytirilgan gruppa tarbiyachilari jamoatchilik bilan doimo aloqa bog‘lab turadi. Zarur bo‘lgan vaqtda o‘qishda o‘quvchilarga yordam ko‘rsatishni tashkil etadi. Sinf rahbari qiladigan ishlari xujjatlarini olib boradi va uni maktab ma’muriyatiga taqdim etadi. O‘quvchilar sog‘lig‘ini mustahkamlashga doir ishlarni o‘tkazadi va jismoniy hamda aqliy mehnat qilishga o‘rgatib boriladi.
Sinf jamoasini tashkil etishda, sinf majlisini tashkil etishda sinf rahbarining roli katta hisoblanadi. Sinf majlisi o‘tkazish uchun avvalo jamoani jipslashtiriladi. Sinf rahbari majlisda ko‘plab masalalar ko‘radilar. Sinf majlisida 3-4 ta masalalar ko‘rilib muammoli tomonlari tahlil qilinadi va o‘z yechimini topish kerak bo‘ladi.
Sinf rahbari majlis o‘tkazishi davomida yaxshi o‘qiydigan bolalarni sinfda ya’ni jamoa ichida rag‘batlantirish kerak. Bolalar bir-biriga do‘stona munosabatda bo‘lishadi. Ularni bir-biriga intilib, yaxshi o‘qiy boshlashga intiladi. Yomon o‘qiydigan bolalar ham yaxshi o‘qiydigan bolalarga intilib, ular ham yaxshi o‘qishga intiladi. Bundan tashqari sinf rahbari o‘quvchilarni saviyasi rivojlanishi uchun o‘zi sinfga kutubxona qilishi kerak. Bu kutubxonadagi kitoblarni o‘quvchilar sinfdan tashqari o‘qish vaqtida yoki darsdan so‘ng bo‘sh qolgan paytlarida o‘qib o‘zlariga foydali tomonlarini olishi mumkin. Bizning yosh avlod xalqimizning inqilobiy, mehnat, jangovar an’analarni o‘zlashtirib, o‘ziga katta avlodning eng yaxshi fazilatlarini g‘oyaviy e’tiqod va matonatini, Vatanga muhabbatini, uning iqtisodiy-siyosiy va jangovar qudratini mustahkamlashda ishtirok etishiga intilishini singdiribgina o‘z bobolari va otalari ishini davom ettirib va ko‘paytira oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |