Bola tarbiyasida sinf rahbarning qatnashuvi
Tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish samaradorligi ko‘p jihatdan o‘qituvchilar va ota-onalarning muvofiq harakatlari bilan belgilanishini nazarda tutib, bolaning o‘zig xos psixologik xususiyatlarini hisobga olish, uning xulq atvoridagi eng kichik chetga chiqishlarga ham o‘z vaqtda e’tibor berishi kerak, bunda sinf rahbari bilan ota-onalarning ishonchli munosabatlar o‘rnatish, o‘quvchilaroilaviy tarbiya sharoitlari haqida qo‘shimcha ma’lumotlar olish, ota-onalarning ishonchli o‘zaro munosabatlarini o‘rgatgandagina erishiladi, bunday munosabatlarni o‘rgatish va chuqurlashtirish uchun yakka tartibdagi suhbatlardan foydalanish juda muhim.
Har bir ota-ona o‘z farzandini yaxshi ko‘radi, shuning uchun ular o‘z farzandida hosil bo‘lgan yangi, ijtimoiy jihatlarni mustahkamlash yuzasidan ehtimol tutilgan birgalikdagi harakatlari xususida maslahatlashishni muhim deb hisoblaydigan sinf rahbariga samimiy hurmat va ishonch bilan qaraydilar.
Sinf rahbarlari ota-onalar bilan birgalikda tarbiyaviy ishni tashkil etar ekanlar, eng yangi psixologik-pedagogik tadqiqotalr ma’lumotlarini e’tiborga olishlari ham muhimdir. Ularga muvofiq o‘sib kelayotgan kishi shaxsini shakllantirishga oilaning qo‘shadigan hissasi turli yosh bosqichlarda turlicha bo‘ladi va to‘lqinsimon o‘zgaradi.
Bunday bilimlarning yo‘qligi oilaviy tarbiyada ko‘plab xatolarga olib keladi. Sinf rahbari ota-onalar bilan ishlashda buni hisobga olmay iloji yo‘q. Bu jihatdan ota-onalarning bolalarni tarbiyalashdagi quyidagi qiyinchiliklari va xatolarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Ota-onalarning bolalar bilan muomilasining yetishmasligi. Ular
o‘zlari, ishlari haqida kam so‘zlab beradilar. Maktab boalalari
jamoasining hayoti, o‘z bolasining qiziqishlari, uning jamoat ishlari bilan ishga munosabati va boshqalar bilan kam qiziqadi.
Bolalarni mehnat jarayonlariga jalb etish orqali ularning mehnat
tarbiyasini tashkil qila bilmaslik.
Ota-onalar turmushda salbiy misollarni mavjudligi maktabning
pedagogik kuch-g‘ayratini yo‘qqa chiqaradi.
Ota-onalar tarbiyaviy ta’sirini izchil emasligini onda-sonda
o‘qitishni tekshirish, biror nojo‘ya ish uchun tozalash axloqiy immunitet
hosil bo‘lishiga yordam bermaydi. Oilaviy tarbiyaning asosi sifatida ta’qiqlashlar sistemasi, ijtimoiy namuna asosida tarbiyalay bilmaslik, bola hayotini u har doim
to‘g‘ri xatti-harakatini mashq qiladigan tarzda tashkil eta olmaslik
natijasidir.
Pedagogik leksiya pedagogik bilim berishning eng mashhur shakllaridan biridir. Keyingi paytlarda ota-onalarga pedagogik bilim berish keng miqyos kasb etib, onalarga pedagogik bilm berish korxonalardagi, klublar, madaniyat uylari huzuridagi turar joylardagi va ota-onalar pedagogika universitetlari orqali turli shakllarda amalga oshiriladi.
Ochiq eshiklar kuni yoki ota-onalar kuni, odatda maktab ta’tillari paytida o‘tkaziladi. Ularni tashkil etish shakllari xilma-xil bo‘lishi mumkin. Bu tarkib topgan an’analarga va sinf rahbari ijodkorligiga bog‘liqdir. Oilaning yuksak tarbiyaviy imkonriyati bolalar va ota-onalarning o‘zig hos xususiyatlari: qon-qarindoshligi, muhabbati, yaqinligi, ishonchi, burch hissi obro‘liligi bilan ta’minlanadi. O‘z farzandining barcha zaif va kuchli tomonlariniyo‘rgakdagi chog‘idan biladigan, ularning qalbidagi eng kichik harakatni ham sezadigan va tushunadigan unga ta’sir etishni biladigan onadan va otadan yaxshiroq kim ham ezgulikka, mehnatsevarlikka, do‘stlikka, birodarlikka, muhabbatga o‘rgata boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |