Oltiariq tumani haqida qisqacha tarixi.
OLTIARIQ — Fargʻona viloyati Oltiariq tumanidagi shaharcha (1980-y. dan). Tuman markazi.470 m balandlikda. Viloyat markazi (Fargʻona sh.) dan 36 km, yaqin tuman yaqin stansiyasi — Oltiariq (6 km). Aholisi 11 ming kishi (2003), asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, uygʻur, tatar, ozarbayjon va boshqa millat vakillari xam yashaydi. Oltiariqdan Margʻilon—Qoʻqon, Vodil—Uchuy avtomagistrallari oʻtgan. Aholi orasidagi rivoyatda shaharchaning qadimgi nomi Laylakxona yoki Laklakxona (ahrli zich joylashgan yer maʼnosida) boʻlgan deyiladi. Oltiariqsoy Qapchigʻay darasida qishloq (Povulgʻon, Polosoy, Laylakxona, Yangiqoʻrgʻon, Joʻra va Kitkon) ariqlariga boʻlingan. Oltiariq nomi shundan kelib chiqqan va keyinroq shaharcha va tuman nomiga oʻtgan. Xonlikdavrida (18 — 19-a. lar) Oltiariq Margʻilon viloyati Oltiariq bekligining markazi boʻlgan.
Oltiariqning Bugʻdoychi mahallasida oʻtmishda xonlarning Kichik Oʻrda deb nomlangan yozgi qarorgohi joylashgan (hozirgi Oʻrdaning paxsa devori krldiklari saklangan).
Shaharchada tuman hokimiyati binosi, maʼmuriy idoralar, 50 dan ziyod sanoat, transport, aloka, qurilish korxonalari va boshqa muassasalar bor. «Paxta-bank», «Asakabank», Xalqbanki, dehqon bozori, 3 umumiy taʼlim maktabi, madaniyat saroyi, 3 jamoat kutubxonasi, tuman tarixi muzeyi, tennis korti, markaziy kasalxona, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi. «Motamsaro ona» haykali oʻrnatilgan markaziy xiyo-bon, Mustaqillik maydoni mavjud.
Oltiariq tumani innovatsion hududga aylantirilmoqda-Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Fargʻona yoshlar innovatsion markazida viloyatdagi barcha oliy taʼlim muassasalari prorektorlari, ilmiy-tadqiqot institutlari direktorlari oʻrinbosarlari, professor-olimlar, ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi. Tadbirda, shuningdek, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Fargʻona viloyati Innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi xodimlari, Fargʻona yoshlar innovatsion markazi vakillari ishtirok etdilar.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-apreldagi “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boʻyicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmonidan kelib chiqqan holda Fargʻona viloyati Oltiariq tumanini innovatsion tumanga aylantirish borasida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi muhokama qilindi. Muhokama davomida ushbu rejani yangi innovatsion loyihalar bilan boyitish, tumanga ilgʻor texnologiyalarni olib kirish, olimlarning tayyor ishlanmalarini joriy etish orqali rivojlantirish boʻyicha fikrlar bildirildi.
Uchrashuvda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan hududlarda amalga oshirilgan ishlar boʻyicha maʼlumot berildi. Oltiariq tumanini innovatsion tumanga aylantirish boʻyicha mahalliy olimlar va tadqiqotchilarning yangi innovatsion va amaliy loyihalar taqdimotlari tinglandi va ishtirokchilar tomonidan atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, yangi organo-maʼdan kompost ishlab chiqarish, tuproq tahlili va unumdorligini oshirish laboratoriyasini tashkil etish, mahalliy xomashyolardan choʻyan, travertin ishlab chiqarish, intensiv baliqchilik, qurgʻoqchilik sharoitida bugʻdoy yetishtirish kabi loyihalar Oltiariq tumanida joriy etilishi rejalashtirilgan boʻlib, ularni dastlab Innovatsion texnologik tajriba koʻrgazma maydonida sinovdan oʻtkazishga kelishildi. Shu bilan bir qatorda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasidagi ilmiy loyihalar tanlovlariga mahalliy olimlarning 10 dan ortiq ilmiy va amaliy innovatsion loyihalari mavzulari taklif sifatida vazirlikka taqdim etilishi boʻyicha fikrlar bildirildi.
Tadbir yakunida mamlakatimizning mavjud ilmiy salohiyatini baholash, ilm-fanni rivojlantirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish, ilm-fan taraqqiyotini belgilovchi asosiy yoʻnalishlarni yana-da rivojlantirish, shuningdek, ilm-fanni rivojlantirishga oid asosiy yoʻnalishlarni va ularni samarali amalga oshirish yuzasidan takliflar muhokama qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |