Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar kirish


Kichik guruhlar faoliyatini tashkil etish, guruhni shakllantirish, o’zaro hamkorlikda ishlashning tarbiyaviy va ta`limiy jihatlari



Download 426 Kb.
bet2/9
Sana03.04.2022
Hajmi426 Kb.
#525921
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Loyiha 3

2. Kichik guruhlar faoliyatini tashkil etish, guruhni shakllantirish, o’zaro hamkorlikda ishlashning tarbiyaviy va ta`limiy jihatlari

Ma`lumki, har qanday pedagogik jarayonning asosiy maqsadi - ta`lim oluvchida bilim, malaka va ko’nikmalar hosil qilishdir. Bu narsa ma`lumotlar almashinuvi orqali ro’y beradi. Pedagogik muloqot jarayonidagi ma`lumotlar almashinuvi turli xil shakllarda amalga oshiriladi. Ulardan biri polilog muloqoti hisoblanadi:


Polilog – dialogdan farqli ravishda guruhlar ichidagi munozaradir. U tinglovchilar yoki o’quvchilarning faolligini yanada oshirish, ulardagi ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish maqsadida ishlatiladi. Polilog jarayonida guruh a`zolarining har biri muhokama qilinayotgan masala yuzasidan o’z fikrini bildirish imkoniyatiga ega bo’ladi, o’qituvchi esa ushbu jarayonning tashkilotchi sifatida o’quvchilar yoki talabalar faoliyatiga bevosita aralashmaydi. Bu usul dars mavzusi ko’proq nazariy xarakterli bo’lib, yangi g’oyalardan ularning amaliy jihatlari keltirib chiqarilishi zarurarti bo’lganda qo’l keladi. Lekin bu usul mashg’ulotlar yoki muloqot darslari endi boshlangan paytda o’tkazilishi maqsadga muvofiq emas, chunki polilog uchun o’qituvchi bilan hamkorlikda ishlash tajribasidan tashqari yoshlarga o’sha soha yuzasidan ma`lum bilimlar majmui hamda hamkorlikda ishlash tajribasi zarur. Dialog va polilog texnikasini yaxshi egallagan muallim munozara yoki bahsni samarali tashkil etishga layoqatli bo’ladi. Shuni alohida ta`kidlash lozimki, munozarani samarali tashkil etish qobiliyati o’z-o’zidan shakllanmaydi, buning uchun o’qituvchi umuman munozara metodikalarining mohiyati va uni tashkil etish yo’llarini ilmiy - amaliy jihatdan bilishi kerak.
Bahsning samarali bo’lishi eng avvalo bahslashuvchilarning bir-birlariga nisbatan fazoviy joylashuvlariga bog’liq. Quyida keltirilgan rasmlarda tinglovchi va muzokarada qatnashuvchilarning fazoviy joylashuvlari va ularning psixologik mavqelarining mohiyati keltirilgan.
Kichik, tor doiralardagi kompakt guruxlarda uyushtirilgan munozaralarning erkin mavzuli, yo’naltirilgan va aniq stsenariyli disput turlari mavjud bo’lib, bu tanlangan mavzuga va munozara guruhlarining muloqot tajribasiga bog’liqdir (“disput” so’zining lug’aviy ma`nosi - “fikrlayapman”, “tortishayapman”, degan ma`noni bildiradi). Kichik guruhlardagi munozaralardagi asosiy narsa - guruh a`zolarining tanlangan mavzu xususiyatiga qarab, xar biriing o’z fikr mulohazalarini oxirigacha bayon etish imkoniyatlarining borligidir. Bunday guruhda boshlovchi ham qatorda o’tirib, mavzuning yechimini batamom xal bo’lmaguncha faol muloqotlarning ishtirokchisi bo’lishi mumkin. Lekin asosiy rol guruhning a`zolariga yuklanganligini va bevosita ajralib chiqqan norasmiy lider asosiy baxs yurituvchi bo’lishi mumkinligini unutmasligi zarur. Bunday gurunglar turli sharoitda ko’pincha bahs ishtirokchilari uchun tabiiy sharoitlarda (masalan, sinfda, talabalar auditoriyalarida, ish xonalarida va b.q.) o’tkazilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
Agar bahlashuvchilar guruhi odatdagidan kattaroq xajmda (masalan, 30 kishigacha) bo’lsa, unda munozarani uyushtirishning o’ziga xos tomoni bor. Bu holda bahs guruhi shartli ravishda uchga bo’linadi. Birinchi guruh - “fikrlarni jamlovchilar” - generatorlar guruhi deyiladi; ikkinchisi - “tanqidchilar” va uchinchi guruh - “fikrlarni tezlatuvchilar” - katalizatorlar” deb ataladi. Har bir ajralgan guruhninig o’ziga xos funktsiyalari bor: “generatorlar” o’rtaga tashlagan muammo yoki bahs mavzusi bo’yicha o’zlaridagi barcha fikrlarni o’rtaga xolis tashlaydilar. Guruh a`zolaridan biri - lider - ularni jamlab, fikrlar ikkiga bo’lingan taqdirda ham ularni umumlashtirib bayon etadi. So’ngra o’yinga “tanqidchilar” kirishadi. Ularning vazifasi - eshitgan fikrlariga tanqidiy munosabat bildirish, ya`ni tanqidiy nuqtai nazardan ular ichidagi “mag’zni” va “puchak” fikrlarni saralash. Shundan keyin vaziyatga qarab, yana so’z “generatorlar”ga yoki “katalizatorlar”ga berilishi mumkin. Bildirilgan fikr va takliflarda mabodo hisobga olinmay qolgan jihatlar yoki noo’rin fikr bo’lsa, yoki mohiyatan shu mavzuga aloqador bo’lgan, lekin ikkala tomon hisobga olmagan biror jihat aniqlansa, tomonlar diqqatini aynan shunga qaratishi kerak. So’ngra “tezlatuvchilar” bahsni davom ettirishga ruhsat berib, agar uni yakun qilish taqozo qilinsa, ikkala guruhnnig o’yiniga holis baho bergan holda munozarani to’xtatishi mumkin. Ular ko’pincha ikkala gurux uchun xolis orbitorlar - “hakamlar” rolini o’ynaydilar.
Maktabda bir sinf doirasida yoki talabalar guruhida axloqiy ma`naviy mavzuda baxs uyushtirganda, yuqoridagi usulni qo’llash imkoniyati bo’lsa, suhbatdoshlarning uchburchak shakldagi berk stol atrofiga o’tirishlari mumkin. Demak, bahslashuvchilarning joylashishlari ham bu o’rinda ma`lum ahamiyat kasb etadi.
Demak, dars mobaynida o’qituvchi mavzuning xarakteri va u shakllantirish lozim bo’lgan bilim, malaka va fazilatlarga mos tarzda munozara sharoitini tanlashi va shunday keyingina mashg’ulotni boshlashi kerak. Ko’rinib turibdiki, an`anaviy sinfda tashkil etiladigan mashg’ulotlarning samaradorligi deyarli yo’q, chunki ular oldingi qatorlarda o’tirgan tinglovchilarning faolligigagina yo’naltirilgan, qolganlar “o’yindan tashqari” xolatda, bu narsa ularning dars mazmuniga munosabatlarida bevosita aks etadi.
Ta`limning guruhli shakli qanday pedagogik maqsadlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi?
1. Eng avvalo, ta`limning guruhli shakli «ta`lim beruvchi — ta`lim oluvchi» dialogidan voz kechishni va «ta`lim beruvchi — guruh —ta`lim oluvchi» ko’rinishidagi uch tomonlama o’zaro munosabatga o’tishni nazarda tutadi. O’quv guruhi, tarkibi bo’yicha harakatchan kichik guruhlarga bo’linadi va ularning har —biri o’zicha o’quv materialini o’zlashtiradi. Tajriba shuni ko’rsatadiki, shu tufayli siz bilan ta`lim oluvchilar o’rtasida ancha mustahkam kontakt o’rnatiladi, shaxsiy va bir vaqtning o’zida ta`lim jarayonida jamoaviy ruhiy holat kuchayadi.
2.Ta`lim oluvchilarning hamkorlikdagi harakati tashkillashadi, bu
esa, o’quv—bilish jarayonini faollashtirishga, ularda empatiyani,
kommunikativlikni shakllantirishga ko’maklashadi:
3.Vazifani hamkorlikda bajarish jarayonida, ta`lim oluvchilarda, o’rtoqlari tomonidan bildirilgan fikrlarni muhokama qilishga motivatsiya paydo bo’ladi;
4. Ta`lim oluvchilar bir —biriga savollar beradilar, pguning uchun, ular savollarni aniq shakllantirishni bilishlari zarur, javoblarni — argumentlashtirishni, tushunishga erishish uchun esa, ular bir birlarini diqqat bilan eshitishlari kerak;
5. Guruhlarda ishlash paytida, zarurati bo’lganda, ta`lim oluvchilar yordam berishlarini so’raydilar va boshqalarga yordam berishni o’rganadilar.
6. Har bir ta`lim oluvchining potentsial imkoniyatlarini
rivojlanishi va amalga oshirilishi ta`minlanadi:
7. Qobiliyatli va iqtidorli bolalar, ularni «maqtanganlik»larida ayblashlaridan cho’chimasdan o’z qobiliyatlarini ko’rsatishlari mumkin. Ular, guruhda nafaqat ta`lim beruvchi rolida bo’lishlari, balki ta`lim oluvchi rolida ham bo’lishlari mumkin va ta`lim beruvchi rolidagi o’z o’rtoqlari tomonidan baholanishi, raqib bo’lmasdan ulardan o’rganishi mumkin;
8.O’rtacha qobiliyatga ega yoki xarakteri bo’yicha qo’rqoq bolalar
o’z bilimlari va mahoratlarini namoyon qilish imkoniyatini oladilar.
Kichik guruhlarda ishlash, ularni stress holatlardan xalos etadi,
ya`ni noto’g’ri javob berganda butun jamoa oddida izza bo’lishdan
qo’rqishdan holi bo’ladi. Guruh a`zolari, javobni do’stona baholab,
ularda o’ziga ishonch tuyg’usini uyg’otish imkonini beradilar. to’rt—besh
kishidan iborat guruhda, qo’rqoq kishi, yigirma besh kishilik guruh oldida
o’zini tutishga nisbatan, o’zini ancha erkin his etadi;
9. Ta`limning ushbu shakli, ta`lim oluvchilar bilimini o’zaro
hamkorlikda boyishini ta`minlaydi: faqatgina kooperatsiya va
harakatlar (bilish) usullari bilan o’zaro almashish umumiy mahsulot
olish—muammoni yechish imkonini beradi. Shuning uchun, guruhda
ta`lim berishda, biz, jamoaviy muhokama qilishdan, o’zaro
konsul tatsiyalar berishda maksimal foydalanamiz.
10.Guruhlarda ishlash, atrofdagilarga bo’lgan munosabatni o’zgartiradi,
«men va ular»dan «biz»ga o’tishni ta`minlaydi va o’zini guruhning
bir bo’lagi sifatida his qilish imkonini beradi.
Ta`limning ushbu shakli, to’g’ri tashkil qilingan pedagogik rahbarlik va boshqaruv paytida, jamoatchilikning asosiy shartlarini amalga oshirishda ko’maklashadi, ya`ni: umumiy maqsadni anglashda, vazifalarni maqsadli taqsimlashda, o’zaro bog’liq va nazoratda.
Shunday qilib, to’g’ri tashkil etilgan guruhlar faoliyati natijasida barcha talabalar o’zlashtirish jarayonida beixtiyor faol ishtirok etadilar. Ularda mas`uliyat va o’zini o’zi boshqarish malakalari xosil bo’ladi. Bu esa mustahkam bilimlarni xosil bo’lishiga olib keladi.



Download 426 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish