Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish


Parij tinchlik konferensiyasi



Download 36,5 Kb.
bet2/4
Sana28.05.2022
Hajmi36,5 Kb.
#614204
1   2   3   4
Bog'liq
xalqaro munosabatlar

Parij tinchlik konferensiyasi
1918 yil kuzida Antanta qo'shinlarining umumiy hujumi natijasida tinkasi qurigan nemis armiyasi ko'p talafot ko'rib chekindi. Germaniyaning ittifoqchilari esa tor mor qilindi. 1918 yil 29 sentabrda Bolgariya,30 oktabrda Avstriya-Vengriya Antanta oldida taslim bo'ldi. Mag'lubiyat va boshlangan inqiloblar natijasida Avstriya-Vengriya Gabsburglar imperiyasi yemirildi va parchalandi.Germaniya yolg'iz qoldi hamda jiddiy iqtisodiy va siyosiy qiyinchiliklarga duchor bo'ldi. Inqilobiy vaziyat yetilmoqda edi. Germaniya hukumati1918 yil 5 oktabrda AQSh prezidenti Vilsonga murojaat qilib,yarash bitimi tuzishni so'radi. 1918 yil 9 noyabrda Germaniyada burjua-demokratik inqilob boshlanib, monarxiya rejimi tugatildi. Respublika e'lon qilindi 1918 yil 11 noyabrda Fransiyaning shimoli-sharqidagi Kompen o'rmonida Antanta qo'shinlari bosh qo'mondoni marshal Foshning vagonida Germaniyaning Ersberger boshchiligidagi delegatsiyasi Antanta qo'mondonligi taklif etgan taslim bo'lish aktiga qo'l qo'ydi.Bu aktda Germaniyaga o'z qo'shinlarini Fransiya, Belgiya, Lyuksemburg, Elzas-Lotaringiyadan va Reynning chap qirg'og'idan tezda, ammo Avstriya va Vengriyadan, Ruminiya va Turkiyadan, Rossiyaning ishg'ol qilingan joylaridan Antanta ko'rsatgan muddatda olib chiqib ketish majburiyati yuklandi. Germaniya g'olib davlatlarga juda ko'p miqdorda yarog' aslaha, samolyot, harbi kemalar, transport, chorva mollari va boshqalarni topshiradigan bo'ldi. Birinchi jahon urushida g'olib chiqqan AQSh, Angliya, Fransiya, Italiya, Yaponiya va boshqa davlatlarning taslim bo'lgan Germaniya, Avstriya,Vengriya,Turkiya va Bolgariya bilan sulh shartnomalarini ishlab chiqish uchun 1919 yil 18 yanvarda Parijda sulh konferensiyasi ochildi. Bu konferensiya 1920 yil 21 yanvargacha davom etdi. Konferensiyada Antanta tomonidan turib urushda qatnashgan 27 davlat vakillari ishtirok etdi. Germaniya va mag'lubiyatga uchragan boshqa davlatlar faqat konferensiyaning so'nggi bosqichida, tayyorlangan sulh shartnomasini topshirish vaqtida qatnashtirildi. Konferensiyada kichik davlatlarning fikrlari e'tiborga olinmadi. Konferensiyada AQSh (prezident Vilson), Angliya (bosh ministr Lloyd Jorj), Fransiya (Klemanso, konferensiya raisi) va Italiya(Orlando) asosiy rol o'ynadilar. Ulardan tashkil topgan “To'rtlar soveti” eng asosiy organ bo'lib,bir qancha yashirin kengashlar o'tkazdi hamda ular xalqlar va davlatlarning taqdiri yuzasidan surbetlarcha savdolashdilar. Asosiy davlatlarning tutgan mavqelari bir-biriga zid, ko'pincha tamomila qarama-qarshi edi.
G'olib mamlakatlarning manfaatlari bir-biriga tamomila zid edi. Fransiya Germaniyadan o'zining kuchsizligini anglagan holda bu mamlakatni batamom kuchsizlantiradigan va Yevropada Fransiyaning ustunligini ta'minlaydigan tinchlik o'rnatilishini istar edi. Italiya Adriatika dengizi sohillari va orollarni qo'lga kiritishdan umidvor edi.Angliya o'zining imperiyasi hududlarini kengaytirishni o'ylardi. Yaponiya Osiyoda ustun mavqyega erishishni orzu qilardi. AQSh dengizlarda suzish erkinligini ta'minlashni talab etar, shu yo'l bilan o'zining ocean floti ustunligidan foydalanishni mo'ljallardi. Fransiya reparatsiyaning yarmidan ko'pini o'ziga berilishini talab qildi, boshqalar bunga qarshi chiqdilar. Fransiya davlati Germaniyani zaiflashtirish va bo'lib yuborish uchun, Bavariyani Germaniya tarkibidan chiqarish hamda Reynning so'l qirg'og'idagi yerlarda Reyn respublikasini tuzish uchun kurashdilar va uni o'z protektoratiga olish niyatida bo'ldilar. Lekin Angliya va AQSh bunga yo'l qo'ymadi. Ular Fransiyaga, ayniqsa Sovet Rossiyasiga qarshi tura oladigan kuchli Germaniyaning bo'lishini istar edilar. Fransiya Sovet Rossiyasiga va Germaniyaga qarshi o'z ittifoqchisi Polshaning hududini ancha kengaytirish tarafdori bo'ldi. Angliya bilan AQSh esa, Germaniyani juda ham zaiflashtirmaslik maqsadida Polshani ancha kengaytirishga qarshi chiqdi. Yirik davlatlar o'zaro ba'zi yon berishlar asosida bitimga kela oldilar. Angliya va Fransiya Yaponiyaning va urushda Antanta tomonidan qatnashgan boshqa davlatlarning qo'llab quvvatlashi bilan AQSh ning jahonda hukmron bo'lib olish planlariga yo'l qo'ymadilar. Shu bilan birga, ular o'zlarining zaif sheriklarining manfaatlariga e'tibor bermadilar. Tuzib chiqilgan sulh shartnomalarining hammasi Parij yonidagi shaharlarda, saroy va qasrlarda imzolandi. 1919 yil 28 iyunda Germaniya bilan Versal sulh shartnomasi, 1919 yil 10 sentabrda Avstriya bilan Sen-Jermen, 1919yil 27 noyabrda Bolgariya bilan Neyy, 1920 yil 4 iyulda Vengriya bilan Trianon, 1920yil 10avgustda Turkiya bilan Sevr sulh shartnomalari tuzildi. Bu shartnomalarning hammasi “Versal sistemasi”deb ataldi. Versal sulh shartnomasiga muvofiq, Germaniya va uning ittifoqchilari urushning aybdorlari, deb hisoblandi. Germaniyaning hammamustamlakalari tortib olinib, Angliya, Fransiya,BelgiyavaYaponiya o'rtasida taqsimlandi,Fransiya va Angliya Afrikadagi Togo va Kamerunni taqsimlab oldilar. Germaniya janubi-g'arbiy Afrikasi Janubiy Afrika Ittifoqiga, Germaniya sharqiy Afrikasi Angliyaga, Yangi Gveniyaning Germaniyaga qarashli qismi Avstraliya ittifoqiga berildi. Germaniyaning Tinch okeandagi Karolina, Mariana va Marshall orollari hamda Germaniyaning Shandun yarimorolidagi (Xitoy) ijaraga olgan territoriyasi va imtiyozlari Yaponiyaga o'tdi. Germaniya Yevropada ham anchagina territoriyadan mahrum bo'ldi. Fransiya ilgari qo'ldan ketgan Elzas va Lotaringiyani qaytarib oldi; u 15 yil davomida Saar oblasti ko'miriga egalik qiladigan bo'ldi; bu davrda shu oblast Millatlar Ittifoqi tomonidan idora qilinadigan bo'ldi. Reyn viloyati zonasi esa demilitarizatsiya qilindi. Eypen va Malmedi okruglari hamda Morene hududi Belgiyaga, Shimoliy Shlezvig plebissit natijasida Daniyaga o'tdi.Ilgari bosib olingan Polsha erlarining juda oz qismi, ya'ni Poznanning sharqiy qismi, g'arbiy va Sharqiy Prussiyaning bir qismi (Polsha koridori),Yuqori Sileziyaning bir qismi yangi tashkil topgan Polshaga qaytarildi. Germaniyani Gdansk (Dansig)dan voz kechishga majbur qilindi. Gdansk Millatlar Ittifoqi huzuridagi “Erkin shahar”ga aylantirildi. Klaypeda (Memel) ham Germaniyadan ajratib olinib, keyinchalik Litvaga topshirildi. Germaniya harbiy tomondan cheklab qo'yildi: Germaniyada Umumiy harbiy majburiyat bekor qilindi.;german armiyasining Sonini 100ming kishidan oshirmaslik shart qilib qo'yildi. Germaniyaning harbiy dengiz floti ham qisqartirildi. Unda og'ir artilleriya va harbiy aviatsiya bo'lishiga ruxsat qilinmadi. Armiya bosh shtabi tugatildi. Biroq Reyx sver ministrligi doirasida umum qo'shinlar boshqarmasi tuzilishiga ruxsat berildi. Germaniya o'zining urush aybdori ekanligini tan oldi va g'olib davlatlar foydasiga reparatsiya to'lab turish majburiyatini oldi. Reparatsiya to'lovlari miqdorini maxsus komissiya 1921 yil 1maygacha aniqlaydigan bo'ldi. Shunga qadar Germaniyaning reparatsiya to'lovlari hisobidan g'olib davlatlarga 20 milliard marka miqdorida oltin va turli mollar to'lash majburiyati yuklandi. Germaniya majburiyat yuzasidan g'olib davlatlarga deyarli butun savdo flotini, 8 ming paravoz, 230 ming vagon, 40ming ot,140 ming bosh qoramol va hokazolarni topshirdi. Yuklatilgan majburiyatlarning Germaniya tomonidan bajarilishini ta'minlash uchun Reynning so'l qirg'og'i (Reyn zonasi)1935 yilgacha Antanta qo'shinlari tomonidan ishg'ol qilib turiladigan bo'ldi. Bu qo'shinlar uchun bo'ladigan xarajatlar Germaniya zimmasiga yuklandi. Bu ochiqcha talonchilikni oqlash uchun ittifoqchilar Versal shartnomasiga 231-bandni qo'shdilar. Unda shunday deyilgandi: “Ittifoqchilar va ularga qo'shilgan davlatlar shuni ta'kidlaydilarki, Germaniya va uning ittifoqchilari tajovuzi tufayli ro'y bergan urushda ittifoqchilar va ularga qo'shilgan davlatlar fuqarolariga yetkazilgan talafot va zarar uchun butun mas'uliyatni Germaniya o'z zimmasiga oladi”. Nemislar o'z hududlarining 10 foizini yo'qotdilar, bu hududda millionlab odam yashar, ularning bir necha yuzmingi uy-joysiz qolgan, o'nlab shaharlar vayron qilingan, millionlab odamlar nogiron bo'lib qolgan edi. Bunday vaziyatda ulkan miqdorda tovon to'lash aqlga sig'masdi. Ammo Germaniyaning boshqa chorasi yo'q edi. U ikki mushkul imkoniyatdan birini tanlashi: qo'yilgan shartlar asosida tinchlikka erishishi yoki urushga kirib,shaksiz mag'lubiyat va inqilobiy tartibsizlik alamini totishi lozim edi.

Download 36,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish