Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mavzuning dolzarbligi


Behistun, Naqshi Rustam, Persapol, Avesto, Xvaday namak tarixy manba sifatida o’rganish



Download 94,78 Kb.
bet4/5
Sana20.07.2022
Hajmi94,78 Kb.
#829842
1   2   3   4   5
Bog'liq
javlon aka

3. Behistun, Naqshi Rustam, Persapol, Avesto, Xvaday namak tarixy manba sifatida o’rganish
Bunday yozuvlar Ahamoniylarning qadimgi poytaxti Persopol, shuningdek Suza va Ekbatana (hozirgi Hamadon) shaharlari va uning atrofida topilgan. Masalan, pishiq sopol taxtachaga o'yib yozilgan bir katibada Doro 1 (miloddan avvalgi 522—486-yy.) hukm ronligining dastlabki yillarida (miloddan awalgi 494—490-yillar orasida) Suzada bunyod etilgan saroyning qurilish tafsiloti, a n iq ro g ‘i qurilishga ketgan m ateriallarn in g qaysi mamlakatdan keltirilganligi yozilgan. Taxtachadagi m a’lumotlarga ko‘ra oltin Lidiya bilan Baqtriyadan, qimmatbaho toshlar, lazurit va serdolik (qizil va qizg‘ish rangli tosh) So'g'diyonadan, firuza Xorazmdan olib kelingan. Persopoldan (Sherozning shimoiiy tarafida, undan taxminan 50 km masofada joylashgan 520—450-yillar orasida qurilgan shahar) topilgan yozuvlar va tasviriy suratlar — relyeflar katta ilmiy qiymatga ega. Ularning ayrim namunalari XVII—XVIII asrlarda (1621-y.) italiyalik sayyoh Pedro Della Valle va daniyalik olim K. Niburning nomi bilan bog'liq. 1931 — 1934, 1935—1939 va undan kevingi yillari nemis olimi E.Xertsfild, amerikalik E.Shmidt, fransuz A.Godar hamda eronlik M.T.Mustafoviy va A .Som iy tarafidan o ‘tkazilgan arxeologik tad q iq o tlar natidasida Persopolda juda k o ‘p noyob yodgorliklar ochildi. Ular orasida Apadana zinalari ustiga ishlangan tasviriy suratlar alohida ahamiyat kasb etadi. Suratlarda (balandligi 3 fut — ingliz o'Ichovi 30, 479 santimetrga teng) ahamoniylarga tobe bo'lgan 23 satraplikdan (qaram mamlakatdan) o'lpon olib kelgan kishilar qiyofasi tasvirlangan. Bular orasida baqtriyaliklar turli idishlar, teri, m o'yna va tuya bilan, so'g'dliklar turli mato, teri va qo'ylar bilan, saklar ot va chakm onlar bilan, parfiyaliklar idishlar va tuya bilan va xorazmliklar ot va qurol-aslaha bilan tasvirlangan. Persopoldan 6 milya — qariyb 5 km masofada, uning shimol tarafida Husaynkuh qoyalarida aham oniylardan Doro 1, Ksereks 1 (miloddan awalgi 486—465-yy.), Artakserks 1 (miloddan awalgi 465—424-yy.) hamda Doro II (miloddan awalgi 424—404-vy.)larning maqbaralari ham da ularga kiraverishda o ‘yib yozilgan katibalar bor. M azkur yodgorlik sosoniy sarkardalardan Rustam (636-yili arablar bilan bo ‘lgan jangda halok bo'lgan) nomi bilan ham bogiiq va tarixda ko'pincha Naqshi Rustam deb ataladi. Katibalarda, ayniqsa D oro 1 surati ostiga yozilgan katibada, uning davlati ko'klarga ko ‘tarib m aqtaladi, uning tarafidan bosib olingan xalqlar esa itoatkorlikka va halol mehnat qilishga chaqiriladi, bo'ysunmaganlar va shu sababdan jazoga mahkum etilganlarning nomlari qayd etiladi. Muhimi shundaki, katibada ahamoniylarga tobe bo'lgan 23 satraplik va xalqlarning to 'la ro'yxati yozilgan. Bular orasida parfiyaliklar, baqtriyaliklar, so'g'diyonaliklar hamda xorazmliklar ham bor. Yodgorlik orasida m uhim laridan yana biri m ashhur Behistun yozuvlaridir. Bu yozuvlar uzunligi 22 m, umumiy balandligi 7,8 m bo'lib, ular Shimoliy Eronda, Kirm onshohdan 30 km masofada, daryo bo'ylab o'tgan qadimgi karvon yo'li yoqasida, uning chap tarafida, Zagros nom li tik qoyaga, ta x m in a n 105 m e tr b alandlikda D o ro 1 ning ’amri bilan yozilgan g'alaba yodgorligidir. Yozuv elam , bobil va qadimgi eron tillarida bitilgan va m iloddan aw algi 523—522-yillari A ham oniylar saltan atin i larzaga keltirgan G a u m a t a —522-yil 2 9 -se n ta b rd a halok b o 'lg an , F rad a — m arg 'iy o n alik , 522-yil 10-dekabrida asirga olingan, Skunxa — hozirgi Q ozog'iston va O 'zbekiston hududida istiqomat qilgan sak qabilalarining yetakchisi kabi boshliqlar rahbarligidagi xalq harakatlari haqida hikoya qiladi. Zoroastrizm — otashparastlik (m iloddin aw algi VI — m ilodning VI asri) dinining m uqaddas kitobi bo'lib, miloddin aw algi VI — m ilodning VI asrlarida yozilgan, Eron ham da O 'rta Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati, e ’tiqodi, tili, adabiyoti va qism an tarixini o'rganishda asosiy manba hisoblanadi. Asarning yozilgan joyi haqida turlicha fikrlar mavjud. B irguruh olimlar — fransuz J.D arm steter, O zarbayjon olimi I.Aliyev, “Avesto” Midiya — hozirgi Eronning shimoii-g'arbiy qismi va Ozarbayjonda yozilgan, desa, ko'pchilik — V.V.Struve, S.P.Tolstov, F.Altxaym va boshqalar Am udaryo bo'yida joylashgan viloyatlarda, Balx va Xorazm oralig'ida yaratilgan, deb hisoblaydilar. Oxirgi fikr so'ngi vaqtlarda Eron olimlari, masalan Ibrohim Pur Dovud tarafidan ham e ’tirof etildi. “A vesto” m atni to'liq saqlanm agan. Bizgacha, uning ju d a oz qismi yetib kelgan, xolos. M a ’lum ki, “ A vesto” Kayoniy h u k m d o rla rd a n G is h to s p —Vishtosp z a m o n id a kitob holiga keltirilgan. Rivoyatlarga qaraganda uning gatiar deb ataluvchi asosiy qismi xudo - Zaratushtra to m o n id an yozilgan va M as’udiy, Tabariy va Beruniylarning so ‘zlariga qaraganda 12 000 ho'kiz terisidan tayyorlangan maxsus pergam entga oltin harflar bilan yozilgan. 0 ‘sha vaqtlarda uning uch nusxasi mavjud boigan, lekin bir nusxasi Iskandar Zulqarnaynning farmoni bilan yoqib yuborilgan. Ikkinchi nusxasi Yunonistonga olib ketilgan, uchinchi nusxasi esa otashparastlar diniga o ‘ta e ’tiqodli b o ig a n kishilar q o ‘lida saqlanib qolgan. Lekin bu nusxa toliq emas. Asarning saqlanib qolgan qismlarini to'plash va kitob holiga keltirish ishlari Parfiya podshosi Valgash III (148—192) ham da Sosoniylar (milodning III asri) davrida ham davom ettirildi. “Avesto” sosoniy Shopur II (309—379) davrida tartibga solindi, izohlar va q o ‘shim chalar (zand) bilan boyitildi va to la kitob holiga keltirilib, asosiy qismlari pahlaviy tiliga tarjima qilindi. Bu kitob “Z and Avesto” nom i bilan mashhur. Afsuski, “Z and Avesto” ham bizning zamonimizgacha to ‘la holda yetib kelmagan. Lining bir qismi Iskandar Zulqarnayn yurishlari vaqtida, boshqa bir qismi esa arablar istilosi (674—715-vy.) vaqtida yo'q qilingan. Asarning bizgacha yetib kelgan qismi, professor E.E.Bertelsning m a ’lum otiga qaraganda1, 83 000 so‘zdan iboratdir. U, asosan to ‘rt qismdan — yasna, yashtov, vispered, vendidaddan tashkil topgan. Yasna tarkibiga kirgan gat deb ataladigan qo'shiqlar “Avesto”ning eng ko‘hna va qimmatli qismlaridir. “ A vesto” ning q o ‘shiqlari va qissalari A bulqosim Firdavsiyning (taxm .940—1030) “ S h o h n o m a ” dostoniga m anba b o ‘lib xizmat qilgan. “Avesto” nisbatan yaxshi o ‘rganilgan (K .Zalem en, X.Bartolomey, E.E.Bertels, V.V.Struve va boshqalar). U fransuz (Anketel dyu Perron, Y.D arm steter), rus (K.A.Kossovich), ingliz (L.X.M ayls), Daniya (A.Xristensen) va fors (Ibrohim Pur Dovud) tillariga tarjima qilingan. Uning Kopengagenda (Daniya) saqlanayotgan yagona nusxasi asosida tayyorlangan fotomatni 1937— 1944-yillarda olti jild qilib nashr etilgan. 0 ‘zbekistonda bu asarni M .Is’hoqov, H .Homidiy , T .Mahmudov , A.Qayumov va boshqalar o‘rgangan. “ Xvaday n am ak ” (“ Podshohnoma ”) qadimgi Eronning 627-yilgacha boigan ijtimoiy-siyosiy hayotidan balls etuvchi afsonaviy tarixiy asar b o lib , pahlaviy tilida yozilgan. Sosoniylardan Yazdigard III (632—651)ga yaqin kishi tom onidan 632—637-yillar orasida yozib tam om langan. Asar, ayniqsa Ahamoniylar, Ashkoniylar va Sosoniylar tarixi bo'yicha muhim manba hisoblanadi. “Xvaday nam ak”ning o'zi ham, mashhur shoir, olim va tarjimon Abdulloh ibn Muqaffa (721—757-yy.) tarafidan qilingan tarjima (“ Siyar al-m uluk” deb atalgan) ham bizgacha yetib kelmagan. Lekin, uning ayrim parchalari Y a’qubiy (897 yoki 905-yili vafot etgan), ibn Qutayba (828—889-yy.), Tabariy, Ibn al-Asir asarlarida, shuningdek, Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma”sida saqlangan “ M atakdani xazar datastan” (“ Bir ming nafar huquqiy ajrim”) pahlaviy tilida yozilgan (VIII asr) bo'lib, unda Eronning Sosoniylar davridagi davlat tuzulishi va uning ijtimoiy hayoti haqida qimmatli m a ’lumot bor. Asarning faqat ayrim qismlarigina saqlangan. Mitropolit Ishobaxt qilgan suryoniycha tarjima (VIII asr) saqlangan. Inglizcha tarjimasi S.Y.Bulsara tom onidan chop etilgan (Bombay, 1937). Geografik asarlardan “Shahristonhoyi E ron” ( “ Eron shaharlari haqida risola”) Eronning Sosoniylar davridagi geografik holati va ularning bunyod etilishi haqida m a ’lum ot beradi. “Ajoyib a s -S a k is to n ” ( “ Sakiston viloyatining ajoyibotlari”) nomli asar E ronning ko'hna viloyatlaridan Sakiston (Seiston)ga bag'ishlangan. Bu ikkala asar ham pahlaviy tilida, VIII asrning ikkinchi yarmida yozilgan. “Shahristonhoyi Eron”ning matni va qisqacha inglizcha tarjimasi J.Asana ham da Modi tom onidan 1897 va 1899-yillarida Bombayda chop etilgan. Qadimgi Eronning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid ayrim m a’lumotlami “ Komomayi Artashir Papakan” (“Artashir Papakanning ishlari haqida qissa”), “ Mazdak namak” (“ Mazdak haqida qissa”), “Ayatkari zariran” (“Zarira haqida rivoyat”), “ Podshoh Xusrav va uning mahrami” kabi tarixiy qissalarda uchratamiz. Sosoniylar davlati ichki va tashqi siyosati asoslarini o'rganishda “A ndarznom a”(“ Nasihatnom a”) ham da “T ojnom a” kabi axloqiy-didaktik xarakterdagi asarlarning ham qimmati kattadir. Abulqosim Firdavsiy qalamiga m ansub “ Shohnom a” asari uch qism va 65 mingbaytdan iborat doston bo'lib, u 976—101 l-yillar orasida yozilgan. Uning birinchi qismi afsonaviy bo'lib, “Avesto” materiallariga asoslanib yozilgan va Eron ham da T uron xalqlarining diniy aqidalari va rivoyatlaridan bahs yuritadi. Asarning ikkinchi va uchinchi qismlari m uhim hisoblanadi. Ikkinchi qism qahramonlik dostoni bo'lib, qadimgi Eron podshohlari va ular zamonida o'tgan qahramonlar Rustam va Kova siymolari talqin qilingan. “Shohnoma”ning uchinchi qismi tarixiy doston bo'lib, unda Eron va Turonning zardushtiylikning paydo bo'lishidan to arablar istilosigacha bo'lgan siyosiy hayoti talqin etilgan. “ S hohnom a” ning qo'lyozm a nusxalari ko'p m am lakatlarning kutubxonalarida, shuningdek O'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. Asarning to'la matni Hindiston (1829), Fransiya (1838-1878), Olmoniya (1877-1884), Eron (1934-1936) va Rossiyada (I960—1971) chop etilgan, rus va o'zbek tillariga taijima qilingan. "Shohnoma ” matnini tiklash ustida manbashunoslik tadqiqot ishlarini Boysung'ur Mirzo ibn Shohruh Hirotda olib borgan. Ko'p tarixchilar, xususan Muhammad Mirxond undan manba sifatida foydalangan. Alisher Navoiy bu asarda lof ko'pligini qayd etgan.
Siyosiy tarix. Mil avv. II ming yillikning ikkinchi yarmi Eron va Turonzamin uchun tub ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar va siyosiy voqealarga boy davr bo‘ldi. ―Avesto‖ manbasining real hayot va diniy rivoyatlar asosida bitilgan ma‘lumotlari tahlilida fors va eron atamalarining O‘rta Sharqda paydo bo‘lishini qadimgi xalqlar migratsiyasi bilan bog‘lash an‘anaga aylandi. Ana shu an‘anaga asoslanilsa, forslarning ajdodlari oriylar dastlab akkadcha ―Elamtu‖ga (―Tog‘li mamlakat‖) joylashgan. Elamitlar esa o‘z yurtlarini ―Xotamtu‖ deb ataganlar. Qadimgi ―Xotamtu‖ (―Elamtu‖) hozirgi Eronning janubi-g‘arbiy qismi hisoblanadi. Bu joyda oriylar makon topgach, ―Xotamtu‖ Persua deb ataladigan bo‘ldi. Manbalarda rivoyat qilinishicha, uzoq zamonlarda bu joylar shumerliklar tomonidan ―Nim mamlakati‖, ya‘ni ―balanddagi mamlakat‖ deb yuritilgan ekan. Rivoyatlarga ko‘ra, shu yurtga qachonlardir (arxealogik manbalarning tahliliga ko‘ra mil avv. II ming yillikning ikkinchi yarmida) shimoldan oriylar bostirib kelib, hukmronlikni qo‘lga kiritgan va o‘z chorva mollarini boqib yurishgan. ―Avesto‖ da ular ―arya‖ deb yuritilgan, ya‘ni ozod, erkin chorvador qabilalar. Sekin-asta ular mahalliy dehqon jamoalari ustidan o‘z hukumronliklarini o‘rnatib, janubi-g‘arbiy Eron hududlarining xo‘jayiniga aylanadi. Mil.avv. VIII asrning oxiri va VII asrning boshlarida oriylarning nufuzli sardorlaridan biri Ahamen o‘z sulolasiga asos soladi. Mil.avv. VII asrda uning o‘g‘li Chishpish fors qabilalari ittifoqini tuzadi. Tahminan mil.avv. 640-yilga oid mixxatlarda Parsumash, ya‘ni fors mamlakatining podshosi sifatida Kir I tilga olingan. U bir necha mahalliy podsholiklarni birlashtirib yagona davlat barpo etadi. Mil.avv. 559-yilda Kir II hokimiyatga keladi. Bu haqda mil.avv. 550-yilga oid Vavilon xronikasida Kir II ning Parsuaning hukmdori ekanligi eslatiladi. Kir II ning podsholik davrida Yaqin 28 Sharqda Midiya, Lidiya, Vaviloniya va Misr kabi yirik davlatlar mavjud edi. U avval Midiyani bosib olib, Elamni o`ziga qaratdi. So`ng Vaviloniya va Lidiyani qo`shib oldi. Endi Kir II ning hujumlari Baqtriyaga va saklarning yerlariga qaratildi. Mil.avv. 545-540 yillarda ahamoniylar Baqtriya, Parfiya, Marg`iyona va So`g`diyona viloyatlarini bo`ysundiradilar. Mil.avv. 530-yilda Kir II massagetlar yurtiga bostirib kiradi. Kir tomonidan O`rta Osiyoni bosib olish jarayonini uch bosqichga bo`lish mumkin. Birinchi bosqichda u Parfiya va Kaspiybo`yi saklari ustiga yurish qildi; ikkinchi bosqichda Baqtriya va Amyurgiya saklari ustiga yurish; uchinchi bosqichda Orolbo`yi saklari (massagetlar) ustiga yurish. Parfiyaning qo`shib olinishi va Kaspiybo`yi saklari ustiga yurish Midiyani tor-mor qilinishidan keyinroq boshlangan edi. Mil.avv. 530-yili Orolbo`yi saklari (massagetlar) ustiga uyushtirilgan urush Kir II uchun muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Orolbo`yi saklari mil.avv. 518-yilda Doro I tomonidan istilo qilingan. Doro I istilolariga yakun yasab, ta`kidlash joizki, uning davrida (mil.avv. 522-486 yillarda) ahamoniylar sulolasi Hind vodiysidan O`rta yer dengiziga qadar hududlarda o`z hukmronligini o`rnatadi. Ana shu istilolar natijasi, ahamoniylarga o‘lpon to‘lovchi mamlakat va xalqlar nomi ahamoniy podsholarining qoyatoshlarda, Persopol shahridagi shoh saroyiga ko`tariluvchi pillapoya devorlarida, Suza shahrida qad ko`targan Doro I haykali yozuvlarida keltirilgan. Ular haqida V.V.Struve, V.V.Bartold, M.M.Dyakonov, V.I Abayev, M.A.Dandamayev, E.A.Grantovskiy va boshqalar ko`p yozganlar. Ularning ma‘lumotlariga ko`ra, ahamoniy podsholarining bitiklari qadimgi fors tilida yozilgan turli ijtimoiy, siyosiy va diniy masalalarga doir podsho buyruqlaridan va nutqlaridan iborat. Behistun yozuvlari. Bu kitob Doro I davrida Karmanshoh va Hamadan shahri o‘rtasidagi yo`lda baland qoyatoshda qadimgi fors, elam va akkad tillarida bitilgan. Yozuvda shoh Doro I xabar qiladi: ―Men — Doro, ulug` podsho, shahanshoh, mamlakatlar podshosi, Vishtasp o`g`li, Arshan nevarasi, ahamoniy. 29 Axuramazda irodasi bilan quyidagi davlatlarni qo`limga kiritib, ularning podshosi bo`ldim: Fors, Elam, Bobil, Ossuriya, Arabiston, Misr, Lidiya, Moniya, Armaniston, Kappadokiya, Parfiya, Drang`iyona, Arya, Xorazm, Baqtriya, So`g`diyona, Gandxara, Saka, Sattagadiya, Araxoziya, Makka. Hammasi bo`lib 23 davlat‖. Shoh Doro I davom etib, ―Men Bobilda bo`lganimda, quyidagi davlatlar mendan ajralib chiqib ketganlar: Fors, Elam, Midiya, Ossuriya, Misr, Parfiya, Marg`iyona, Sattagodiya, Saka‖. Behistun yozuvida yana quyidagi xabarlarni o`qiymiz: Marg`iyona nomli davlat mendan ajralib chiqib ketdi. Marg`iyonalik Frada ismli bir odam o`zini viloyatning hokimi deb e`lon qildi. Keyin men, Baqtriya satrapi, bo`ysunuvchi odamim fors Dadarshishni chaqirib, unga gapirdim: Menga bo`ysunmaganlarni tor-mor qilish kerak, Dadarshish qo`shinlari bilan otlanib, marg‘iyonaliklar bilan jang qildi. Axuramazda menga yordam ko`rsatdi. Axuramazda irodasi bilan mening qo`shinlarim qo`zg`olonchilarni butunlay mag`lubiyatga uchratdi... Mana mening Marg`iyonada qilganlarim. Podsho Doro I yana o`z yutuqlari haqida so`zlashni davom ettirib, deydiki: ―Bundan so‘ng men saklarga qarshi ular yurtiga bostirib bordim, ularning o`zlar cho`qqi qalpoq kiyib yuradilar. Men daryoga yetib keldim. Ularning sardori Skunxa ismli odamni tutib, mening huzurimga keltirdilar. Men o`z xohishim bilan saklar yurtiga yangi bosh tayin qildim. Shundan so`ng mamlakat mening qo`l ostimga o`tdi. O‘rta Osiyodagi turli xalqlarning qadimgi davrlardagi diniy qarashlari va e’tiqodlari, payg‘ambarlari va ular ta’limotlarining yoyilishi masalalari uzoq yillardan buyon tadqiq etilayotgan bo‘lsa-da, hamon ko‘pgina olimlar orasida ilmiy munozaralarga sabab bo‘layotgan masaladir. Ma’lumki, ahamoniylar davridan boshlab (balki undan ham oldinroq) arab bosqiniga qadar O‘rta Osiyo xalqlari orasida keng yoyilgan va asosiy din – zardo‘shtiylik dini edi. Bu dinning asoschisi Zaratushtra va uning faoliyati, bu dinning muqaddas kitobi «Avesto» va u paydo bo‘lgan hudud haqidagi masalalar ham hozirgi kunda ko‘pchilik tadqiqotchilarning diqqat markazida turibdi.
Juda ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikricha, Zaratushtra afsonaviy bo‘lmasdan, tarixiy shaxs hisoblanadi. U grek-rim manbalarida Zoroastr, qadimgi fors tilida Zardusht, o‘rta fors tilida Zaratushtra nomi bilan eslatiladi. Manbalarning guvohlik berishicha, u Spitama avlodidan (Sug‘diycha Spitaman degan ism ham shundan kelib chiqqan) bo‘lib, otasini Pouro‘shasp, onasini Dugdova deb atashgan. Uning nomi «oltin tuyali» , «oltin tuya yetaklagan odam» ma’nosini beradi. Zaratushtraning otasi kohinlar tabaqasiga mansub bo‘lib, u tug‘ilgan mamlakat bizga noma’lum. Bularning barchasi Zaratushtra hayoti tarixi, uning tug‘ilgan joyi va sanasi, zarto‘shtiylikning vatani hamda dastlabki yoyilgan hududlari haqida to‘la ma’lumot bera olmaydi. Ammo, Avestoning maxsus boblari Zaratushtrani tarixiy shaxs sifatida yoritadi.
Zaratushtraning qaysi yilda tug‘ilganligini haqida aniq ma’lumot yo‘q. Tadqiqotchilar fikrlaridan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, uning tug‘ilgan yili keng tarixiy sanalar bilan bog‘lanadi ( mil. avv. 1500-1000yillardan boshlab, mil. avv. VII-VI asrlargacha). Grek-rim tarixchilari ham Zaratushtra qachon tug‘ilganligi haqida aniq ma’lumot bermaydilar. Faqatgina, lidiyalik Ksanf ( mil. avv. II asr) Zaratushtraning faoliyatini Kserksdan 600 yil avval edi, deb ma’lumot beradi. Boshqa grek mualliflarining xabarlari bundan ham ishonchsiz. Sosoniylar davri ( III-VII asr) zardo‘shtiylar an’analariga e’tibor beradigan bo‘lsak, Zaratushtraning hayoti mil. avv. VII asrning oxiri – VI asrning boshlariga to‘g‘ri keladi.
Abu Rayxon Beruniy Zaratushtraning tug‘ilgan yilini Aleksandr Makedonskiydan 258 yil oldin edi, deb belgilaydi. Ayrim tadqiqotchilar bu sanani to‘g‘ri desa, ba’zilari noto‘g‘ri deb hisoblaydilar. 330 yilda ahamoniylarning so‘ngi vakili bo‘lgan Doro III vafot etadi. Hokimiyat Aleksandring qo‘liga o‘tadi. Agar Beruniy ma’lumotlaridan xulosa chiqaradigan bo‘lsak (330+258=588), Zaratushtra mil. avv. 588 yilda tug‘ilgan. V.I. Abayev va I.M.Dyakonov xulosalariga ko‘ra, Zaratushtra yashab o‘tgan vaqt-bu mil. avv. VII-VI asrlardir. Olimlar fikriga ko‘ra, Zaratushtra mil. avv. 553-541 yillar atrofida 77 yoshida vafot etgan. Bu sana hisobidan Zaratushtra 630-553 yillar yoki 618-541 yillar davomida yashab, faoliyat ko‘rsatgan.
Zaratushtraning tug‘ilgan joyi haqida hozirgacha ham bahslar davom etayotgan bo‘lishiga qaramasdan, bu muammoga to‘la aniqliklar kiritilmagan. U haqida turli fikrlar mavjud. Bir guruh olimlar Zaratushtrani hozirgi Ozarbayjon hududida tug‘ilgan deb hisoblaydilar. Bu guruh olimlar, Avestoda keltirilgan Aryanam Vayja ( Eron tekisligi) viloyatini o‘zlariga asos qilib oladilar. Yana bir guruh olimlar Zaratushtrani Baqtriyada tug‘ilgan deb hisoblaydilar. Bu guruh olimlar grek tarixchisi Ktesiy ma’lumotlariga asoslanadilar. Shuningdek, bu guruh olimlar Avestoning eng qadimgi qismlari Baqtriyada yozilganligini ta’kidlaydilar. Yana boshqa bir olimlar guruhi Zaratushtraning vatani – qadimgi Xorazm deb hisoblaydilar. Olimlar orasida Zaratushtra va Avestoning vatani Sug‘diyona degan fikrlar ham bor. Avesto matnlarida esa Zaratushtra tug‘ilgan joy va uning vatani haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.
Avestoda keltirilgan geografik hududlarni o‘rganishdan xulosa chiqargan ko‘pchilik hozirgi tadqiqotchilar Zaratushtraning O‘rta Osiyo viloyatlaridan birida, hech bo‘lmaganda bu hududga qo‘shni bo‘lgan shimoli-g‘arbiy Eron hududida tug‘ilganligini e’tirof etadilar. Umuman olganda, Zaratushtraning vatani O‘rta Osiyo – Xorazm yoki Baqtriya deb hisoblovchi olimlar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Zaratushtraning diniy islohotlari o‘z vatanida tarafdorlarini topmaganligi bois, payg‘ambar o‘z yurtidan ketishga majbur bo‘lgan. Zaratushtra e’tiqodini qabul qilgan birinchi tarafdorlari – bu qadimgi Baqtriya podshosi Kavi Vishtasp, malika Xutaosa va ularning yaqin qarindoshlaridir. Zaratushtra o‘z g‘oyalarida qonli qurbonlik ( mil. avv. VII asrgacha bo‘lgan dinlarda odamlar va hayvonlar xudolarga qurbonlik qilingan) qilishni qat’iyan qoralaydi. Zaratushtra yana shuni ta’kidlaydiki, odamzod yashashga haqli bo‘lib, bu huquqdan uni mahrum qilishga hech kimning haqqi yo‘q.
Zaratushtra o‘z g‘oyalarini targ‘ib qila boshlagan davr O‘rta Osiyo va Eron xalqlari tarixida eng muhim davr edi. YA’ni, ibtidoiy jamoa munosabatlari o‘zgarib, davlatchilik tizimi munosabatlari qaror topmoqda edi. Yangi din bu o‘zgarishlarni o‘zida aks ettirar va tug‘ilayotgan yangi jamiyatga xizmat qilardi. U birlashishga va kuchli markazlashgan hokimiyat tuzishga, o‘sha davrda o‘troq dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi vohalar aholisi uchun «xudoning qamchisi (tig‘i)» hisblangan ko‘chmanchi xalqlarga qarshi keskin kurashga chaqirdi.
Zaratushtra islohotlari diniy jihatdan ham, ijtimoiy jihatdan ham bita – ulug‘ va donishmand xudo Axuramazdaga ( so‘zma so‘z tarjimasi «janobi dono») sig‘inishga va Axuramazdaning dushmanlari deb e’lon qilingan sobiq qabila xudolari – asuralar va devlarga qarshi kurashga olib keldi.
Zardo‘shtiylarning diniy falsafasi qarama-qarshi kuchlarning kurashiga asoslangan. Bu kurash xudolar o‘rtasida boshlanib, tabiatda va insoniyat hayotida ham davom etgan. O‘shandan boshlab yaxshilik va yomonlik, rost va yolg‘on, yorug‘lik va zulmat o‘rtasida doimiy va murosasiz kurash boshlangan. Ular o‘rtasidagi kurash butun koinotga yoyiladi va zardo‘shtiylarning asosiy falsafiy ta’limoti bo‘lib qoladi. Yorug‘lik, yaxshilik kuchlarini Axuramazda ( Ormo‘z ), yovo‘zlik, qora va zulmat kuchlarni Anxro-Manyo ( Axriman) boshqaradi.
Axuramazda yaxshilik, yorug‘lik, sog‘lik, baxt-saodat keltiruvchi xudo bo‘lib hisoblangan. Zaratushtra bunday xabar qiladi: «Biz Axuramazdani ulug‘laymiz, u chorvani, suvni va o‘simliklarni, yorug‘likni va yerni yaratgan…». Shuningdek, Axuramazda hayotni va dastlabki odamni yaratgan xudo deb faraz qilingan. Anxro-Manyo yomonlik, o‘lim va zulmat keltiruvchi xudo bo‘lib hisoblangan.
Zaratushtraning dini vaqt o‘tishi bilan asta-sekin turli xalqlar orasida tarqalar ekan, o‘z asosini saqlagan holda biroz o‘zgaradi. Axuramazda va Axriman xudolaridan tashqari, Avesto bir qator boshqa ulug‘ xudolar faoliyati haqida ham hikoya qiladi. Mitra, Xouma, Anaxita, Ashi va Zurvon kabilar shular jumlasidandir. Vohu Manax (olihimmat fikr) chorvaga, Ashi Vahishta esa olovga omiylik qiladi va hokazo. O‘tmishning eng ahamiyatli dinlaridan bo‘lgan zardo‘shtiylik diniy-falsafiy ikkilikni (dualizmni), qadimgi urf-odatlar va tarixiy rivoyatlarni o‘ziga singdiradi va bundan tashqari zardushtiylik, payg‘ambar Zaratushtradan oldingi davrlarga oid qadimgi qabilalarning falsafasi va dunyoqarashlarini ham o‘z ichiga oladi.
Zardo‘shtiylik Sosoniylar davrida (milodning III-VII asrlari) o‘zil-kesil rasmiylashgan. Bu davrda zardo‘shtiylikning adabiyoti ham keng tarqaladi. Shuni aytish kerkki, dastlabki paytlarda zardushtiylik dinining muqaddas matnlari avlodlardan og‘zaki yetkazilgan va Zaratushtra o‘limidan keyin bir necha asr o‘tgach ma’lumotlar to‘planib yagona matn yozilgan.
Zardushtiylarning muqaddas kitobi Avesto shu tariqa yuzaga kelgan. Bir qator olimlar zardushtiylik an’analariga tayanib Avestoni ilk sosoniylar (III-IV asrlar ) davriga bog‘lasalarda, shunga qaramay uning birinchi tahriri mil. avv. I asrlarda bo‘lib o‘tgan deb hisoblanadi. Avesto jumlasi ham o‘sha paytda paydo bo‘lgan bo‘lib, u o‘rta fors tilida «apastak», ya’ni «asos», «asosiy matn» degan ma’noni bildiradi.
Musulmonlarda «Qur’on», nasroniylarda «Bibliya» bo‘lganligidek, Avesto – zardo‘shtiylik dinining matnlari to‘plamidir. Bu to‘plamlar turli vaqtlarda va turli joylarda vujudga kelgan. Eronda islom dini qabul qilingach, Avestoning katta qismi yo‘q bo‘lib ketadi. Bizgacha uning kundalik diniy amaliyotlari uchun zarur bo‘lgan matnlarigina yetib kelgan xolos.
Eng qizig‘i Vadevdat bo‘lib, to‘plamning ma’nosi – «devlarga qarshi qonun» demkdir. U kohinlar majmui bo‘lib, poklanish marosimlari qoidalari, gunohlarni yuvish va sahovatli bo‘lish, har xil urf-odat qoidalari, shu bilan birga dafn etish marosimlari haqidagi bo‘limdir.
Zardo‘shtiylik murakkab va g‘oyat o‘ziga xos marosimini ishlab chiqdi. Avestodagi yerga, suvga olovga o‘likni tekizib harom qilishni qat’iy taqiqlash- uning asosini tashkil etadi. Kimki insonni yoki itni yerga ko‘msa, katta gunoh qilgan hisoblanib, bu gunohi uchun «otning qamchisi» bilan 500 marta urilgan. Inson yoki itning o‘ligi ko‘milgan yerga bir yilgacha ekin ekish ta’qiqlangan. Demak, zardo‘shtiylarning qonunlariga ko‘ra jasadni yerga ko‘mish, suvga tashlash, gulxanda qo‘ydirish man qilingan. Shuning uchun ham jasadni zardo‘shtiylar uydan, manzilgohdan, shahardan, tuproqdan, muqaddas olovdan, suvdan chetlashtirib uni toshli va qumli tepaliklarga yoki boshqa maxsus joylarga olib borib qoldiriganlar. Yil davomida qor va yomg‘ir suvlari murda suyaklarini yuvib, ularni quyoshning muqaddas nuri yana tozalagandan so‘ng, maxsus odamlar – «go‘rkovlar» («ristokashlar») zardo‘shtiylarning ochiq qabristonlariga kelib, tozalangan suyaklarni qishloq – shaharlarga olib kelganlar. Faqat shundagina murakkab dafn marosimlaridan keyin, suyaklarni yerga ko‘mish yoki maxsus xonalarda, sopol idishlarda va tobutchalarga saqlash mumkin edi.
Videvdatda bu suyak saqlanadigan joy «isdona» deb yuritiladi, undan qadimgiroq pahlaviy matnlarda esa «ostodan» deyiladi. Uning tarjimasi haligacha aniq emas va ikki xil ma’no beradi. Ayrim olimlarning fikricha, isdona- ostodan, sopol tobutga – ossuariy bo‘lib, ular O‘rta Osiyo qadimgi yodgorliklarida tez-tez uchrab turadi. Ayrim tadqiqotchilar jumladan V.B. Xenning bu so‘zni «yer ostidagi sag‘ana» deb tarjima qilgan.
Mil. avv. VI-IV asrlarga oid ossuariylar O‘rta Osiyo hududidan ko‘plab topilgan. Dafn marosimi bilan alohida odamlar guruhi shug‘ullangan bo‘lib, ularni «ristokash», ya’ni «iflos va toza bo‘lmas odamlar» deb hisoblashgan. Ular olov va suvdan 30 metr uzoqlikda yurishlari kerak bo‘lgan. Shuningdek ular odamlarga 3 metrgacha yaqin yurmasligi lozim bo‘lgan. Umuman zardo‘shtiylik ta’limoti, yer, suv, havo va olovni muqaddas deb hisoblagan. Bu an’analardan ba’zilari (suvga tupirmaslik va peshob qilmaslik, nikoh to‘ylarida kelinni olovdan aylantirish va hokazo) bizgacha saqlanib qolgan.
VII-VIII asrlarda arablar O‘rta Osiyo va Eronni bosib olgach, bu hududlarda Zaratushtra ta’limoti yo‘q qilinib islom dini yoyildi, zardo‘shtiylarning katta qismi XVIII asrda Hindistonga ko‘chib o‘tdilar. Hozirgi kunda zardo‘shtiylikka sig‘inuvchi xalqlar faqat Hindiston va Eronda yashaydilar. Zaratushtra o‘z zamonasida ham va undan keyin ham tarixiy shaxs bo‘lib qoldi. U yaratgan ta’limot esa ma’lum muddat deyarli butun Sharqqa va O‘rta Osiyoga yoyilib, ko‘pchilik davlatlar diniga aylandi. Avestoning eng qimmatli tomonlaridan biri – u O‘zbekiston xalqlari qadimgi tarixi o‘rganishda muhim manba hisoblanadi. Avestoni to‘plam holda to‘plagan olim Anketil Dyupperon ( Fransiya) bo‘lib, u XVIII asrning o‘rtalarida bu muqaddas kitobni Hintistondagi Gujarat viloyatidan keltiradi va franso‘z tilida chop ettiradi. Tadqiqotchilar uni qo‘yidagi qismlardan iborat deb hisoblaydilar: - « Yasna» - «qurbonlik keltirish», «Yasht»- «qadrlash», «Videvdat» - «devlarga qarshi qonunlar», «Visprat» - «barcha hukmdorlar». «Yasna» dagi 72 ta bobdan 17 tasi payg‘ambar Zaratushtraga tegishli. Ular – «Gota» lar nomli «muqaddas qo‘shiqlar» yoki madhiyalardir. Videvdatda O‘rta Osiyodagi viloyatlar va davlatlar haqida qo‘yidagicha ma’lumotlar beriladi: «Men, Axuramazda eng yaxshi yerlar va mamlakatlar orasida birinchi bo‘lib Vanxvi Daiti bo‘yida (ko‘pchilik tadqiqotchilar uni Amudaryo deydilar – E.B. ) Aryanam Vayjoni yaratdim, shunda o‘lim keltiruvchi Anxro Manyo… devlar va qishni yaratdi…Men Axuramazda yaxshi yerlar va mamlakatlar orasida ikkinchi bo‘lib Sug‘diylar yashaydigan Gava makonida asos soldim». Shundan so‘ng Mouru (Marg‘iyona), Bahdi (Baqtriya) Nisaya (Parfiya), Xarayva (Hirot), Voixa- Girta (Qabul atroflari), Avrara (Tus), Xiyrman (Hilmend vohasi) kabilar eslatiladi. Hammasi bo‘lib Avestoda 16 ta mamlakat-viloyat tilga olingan bo‘lib ulardan Gava, Bahdi, Nisaya va Mouru aniq lokalizatsiyaga ega. Qolganlari esa hozirgi qaysi hududlar ekanligi taxmin qilinadi.
Ba’zi olimlar, Aleksandr Makedonskiy qadimgi forslar sulolasini tor-mor etganidan so‘ng Avestoning eski qismlari yo‘q qilingan deb hisoblaydilar. Ammo, Parfiya podshosi Vologez I davrida (milodning 51-78 yillari) bu kitobning qolgan-qutgan qismlari to‘planadi va keyinroq tahrir qilinadi.
Avestoning eng qadimgi qismlari keng hududda joylashgan jamiyatni tasvirlab, bu jamiyat haqida yozuvsiz zamonlarga oid tasavurlarni ham saqlaganlar. Avesto kitoblari turli xil ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Shular jumlasidan - qadimgi geografik tushunchalar – daryolar, tog‘lar, ko‘llar nomlari, hududiy- etnik qabilalar va viloyatlar nomlari, qadimgi mamlakatlarning ro‘yxati, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy va siyosiy to‘zum, diniy nasihatlar, zardo‘shtiylarning falsafasi, Dune tarixi rivojlanishi haqidagi ma’lumotlar va boshqalardir.
Olimlarning e’tirof etishlaricha, Avesto Sharq xalqlari qadimgi davrlarini tadqiq etishda hozirgacha muhim manba bo‘lib, u o‘zining bu ahamiyatini bundan buyon ham saqlab qoldi. Bu kitob dastavval e’tiqodlar, tillar va dinlar, bir so‘z bilan aytganda, ma’naviyat va madaniyatning rivojlanish bosqichlari haqidagi ilk to‘plam hisoblanadi. Ta’kidlash lozimki, bu jarayonlar davlatchilik va iqtisodiyot rivojlanishining umumiy doirasida bo‘lib o‘tgan.
Avesto ma’lumotlarini arxeologik materiallar bilan qiyosiy o‘rgangan olimlarning fikricha, mil. avv. II ming yillikning o‘rtalariga kelib O‘rta Osiyo xalqlari siyosiy hayotida o‘zgarishlar sodir bo‘lib, davlatchilikning ilk ko‘rinishi shakllana boshlaydi. Bu davrda ushbu hududlarda yashagan aholining katta qismi yirik vohalarni jadallik bilan o‘zlashtirishi natijasida chorvador ko‘chmachilikdan o‘troq dehqonchilikka o‘ta bshlaydi. Bu esa keyinroq Baqtriya, Xorazm, Marg‘iyona, Parfiya, Sug‘diyona kabilarda davlatchilik tizimining vujudga kelishiga asos bo‘lgan edi. Misol uchun, Avestoning «Vandidod» kitobida Oliy xudo Axuramazda yaratgan o‘n oltita mamlakat (o‘lka ) ning hududiy – ma’muriy, siyosiy hamda qonunchilik tizimiga oid ma’lumotlar berilgan.
Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra davlatni, kavi ya’ni, boshqaruv tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va huquqiy masalalar bilan shug‘ullanuvchi shaxs (podsho) boshqargan. O‘z navbatida davlatni boshqarish huquqi sulolaning bir vakili qo‘lidan ikkinchisiga meros sifatida o‘tishi diniy va dunyoviy jihatdan qonunlashtirilgan.
Avesto davlat boshqaruvining murakkab tizimi haqida ma’lumotlar beradi. Bu ma’lumotlarga ko‘ra, mil. avv. VII-VI asrlarda O‘rta Osiyo jamiyatining asosi kichik-kichik oilalardan iborat bo‘lib, har bir oila o‘rtacha 5-6 kishidan tashkil topgan. Ular katta patriarxal oila a’zolari hisoblangan. Katta oila esa 20-25 kishidan tashkil topgan. Jamoalar hayotida urug‘chilik tuzumining ayrim xususiyatlari saqlanib qolgan. Katta oila a’zolari tomonidan xo‘jalikni tashkil etish, yerga birgalikda egalik qilish va umumiy turar joyda – uy-qo‘rg‘onlarda yashash odati yuqoridagi fikr dalilidir.

Xulosa
Turli xil tillarda yozilgan bu matnlar Eron davlati aholisining tarixiy voqealar jarayonini, iqtisodiy va ijtimoiy tarixini o‘rganish, madaniy hayoti, kundalik hayot tarzi, turmushi va urf-odatlarini o‘rganishda katta imkoniyat beradi. Ahmoniylar epigrafik mixxat yozuvlarining deyarli barchasi qadimgi fors, elam va akkad tillarida yozilgan. Ular tarixiy voqealarning qimmatli guvohligi ekanidan tashqari turli tillardagi ijtimoiy leksikani taqqoslashga yordam beradi. Muhim savdo yo‘llaridan, shohlarning qabrlari, saroylarning devorlari va ustunlaridan yoki metal buyumlardan, quro’llar va tosh vazalardan va muhrlardan topilgan juda ko‘plab yozuvlar nashr qilindi. Ba’zi yozuvlar saroy poydevorlaridan topilgan, bular quruvchilar tomonidan qurilish jarayonida yotqizilgan. O‘rta Osiyo xalqlari tarixi juda qadimiy tarix. U qadimgi tosh davrining аshel bosqichiga borib taqaladi. O‘rta Osiyoning qadimgi xalqlari tarixi avvalambor Xorazm, Turkmaniston, Tojikiston hududlaridan topilgan arxeologik yodgorliklar va ilk yozma manba hisoblangan zardushtiylik dinining muqaddas kitobi ―Avesto‖ asosida o‘rganilgan. ―Avesto‖ning ―Videvdat‖ kitobida O‘rta Osiyoning qadimgi viloyatlari va xalqlarining nomlari tilga olingan. Chet el manbashunosligidan dastlab Eron ahamoniylari podsholarining qoyatoshlardagi bitiklarida ham O‘rta Osiyoning qadimgi xalqlari haqida ma‘lumotlar berilgan. O‘rta Osiyo xalqlarining turmush tarzi, urf-odatlari, kiyimkechagi va ko‘p qirrali hayoti haqida qiziqarli materiallar yunon mualliflarining asarlarida va Xitoy manbalarida ko‘proq uchraydi. Bulardan tashqari, arxeologik izlanishlar davomida turli davr va yillarda topilgan mahalliy aholining xorazmiy, bahtariy, sug‘diy va ―noma‘lum yozuv‖ deb atalmish qisqa va kam bo‘lsa-da O‘rta Osiyo xalqlari etnogenezi va etnik tarixi uchun qimmatli ma‘lumotlar uchraydi. Bu yozma manbalar ichida eng qadimgisi, o‘tmishda O‘rta Osiyoda yashagan xalqlar nomini ilk bor tilga olgan yozma manba Avestodir. Avestoning muallifi Zardushtra bobomiz hisoblanadi. U mil. avv. VII-VI asrlar oralig‘ida yashagan. O‘rta Osiyoda yashagan urug‘-qabilalar, elatlar va xalqlar haqida eron ahamoniy podsholarining qoyatosh, bitiklarida, saroylar devorlariga tushirilgan rasmlarda (Persepol devorlaridagi bo‘rtma rasmlar), Behistun, Naqshi Rustam deb atalgan va Suz shahridagi saroy yozuvlarida Eron podsholari Doro I, Kir I va Kir II va boshqalar bosib olgan qo‘shni mamlakatlar, shu jumladan O‘rta Osiyo mamlakatlari xalqlari, ularning nomlari, urf-odatlari, turmush tarzi haqida ma‘lumotlar berilgan. Masalan, Persepol suratlari Sug‘diyona, Baqtriya, Xorazm xalqlari va sak qabilalarining nafaqat kiyim boshlari va ularga xos hunarmandchilik haqida, balki O‘rta Osiyoning qadimgi xalqlari etnik tarkibi to‘g‘risida noyob ma‘lumotlar beradi. Umuman olganda, ahamoniy bitiklarida qadimda yashagan yurtimiz xalqlarining viloyatlari, xalqlarning nomlari, siyosiy jarayonlar, saklar yurtiga yurishlar, iqtisodiy hayot va moddiy madaniyat to‘g‘risida ilmiy manbaviy ma‘lumotlarga ega bo‘lamiz. Qadimgi fors yozuvlarining ko‘pchiligi Eron, Elam va Midiyadan topilgan. Ulardan eng kattasi – bu Behistun yozuvlaridir. Bu yozuv Kambiz hukmronligining oxirlaridagi voqealarni va Doro I podsholigining birinchi yillaridagi tarixiy voqealarni o‘zida aks ettirgan. Kserksning yozuvi ham saqlanib qolgan. Doro I va Kserksning Persepol va Suzadagi yozuvlari muhim ahamiyatga ega. Shularning muhimlaridan biri, Persepolda Doro yozuvi bilan oltin va kumushga yozilgan garov xatlaridir. Suzada Doro I ning saroyida yozuvlarning ko‘plab nusxalari topilgan. Marmar, loy taxtachalarga va g‘ishtlarga bitilgan yozuvlar topilgan. Bu yozuvlarning ba’zilari shoh saroyining turli joylariga, ba’zan poydevorlariga qo‘yilgan. 1970 va 1972-yillarda fransuz arxeologlari tekshirish natijasida noyob yozuvlarni topishgan. 1972-yilda ular Doro I ning 3 metrli haykalini topganlar (boshi saqlanmagan). Unda qadimgi fors, elam, akkad va misr iyerogliflari bilan bitilgan matnlar bo‘lgan. Bular saltanatning turli qismlariga turli tillarda jonatilgan deklarativ matnlar va farmonlarning nushalari hisoblanadi. Persepol va Pasargadda Kserksning toshga o‘yilgan yozuvi topilgan bo‘lib, ta’qiqlangan xudolarning tangrilari bilan kurashi haqida ma’lumot berilgan. So‘nggi ahmoniylar podsholarining tarix uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yozuvlari ham topilgan. Bundan tashqari, Eronda o‘ndan ortiq oltin va kumush idishlar topilgan bo‘lib, ularda qadimgi fors mixxat yozuvi yoki uch tilli (elam, akkad va fors tillaridagi) matnlar (trilingvalar) topilgan. Bir qator ahmoniylar davri yozuvlari Midiyadan topilgan. Hamadon yaqinida mixxat yozuvli trilingva, oltin va kumush plastinkalarda yozuvlar topilgan. Bular Ekbatanadagi (hozirgi Hamadon) Doro I saroyi poydevoriga qo‘yilgan. Bobilda shoh saroyi xarobasida toshga o‘yilgan Bexistun yozuvi variantining parchasi topilgan. Urukda mixxat yozuvidagi trilingva bitilgan alebastr vaza (ayoq) topilgan.


Download 94,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish