Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Mavzuning dolzarbligi



Download 94,78 Kb.
bet1/5
Sana20.07.2022
Hajmi94,78 Kb.
#829842
  1   2   3   4   5
Bog'liq
javlon aka


Kirish
1. Qadimgi Eron manblarida vatanimiz tarixiga oid
2. Qadimgi eron hukumdorlarining vatanimizda yashagan qadimgi xalqlarga qilgan yurishlari tarixiy manba sifatida
3. Behistun, Naqshi Rustam, Persapol, Avesto, Xvaday namak tarixy manba sifatida o’rganish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Mavzuning dolzarbligi Tarixiy voqyeligimiz – ma’naviy meros, milliy an’analarimiz, bularning barchasi, o’quvchi va talaba yoshlarni tarbiyalashda muhim qadriyatlarimizga qaytishdek ma’naviy zaruriyatga aylanib bormoqda. O’rta Osiyo qadimdan o’zining milliy ma’naviy merosi bilan butun dunyo xalqlarini o’ziga rom etib, kelgan markazlardan biri bo’lgan. O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekiston hududi insoniyat paydo bo’lgan ilk markazlardan biri hisoblanadi. O’zbek xalqi o’z tarixi bilan istagancha faxrlansa arziydi. Mustaqillik o’zbek xalqiga o’zining xaqiqiy tarixidan voqif bo’lish, dunyoda hyech bir xalqdan kam emasligini anglash imkonini berdi. Insoniyat o’zining ilk go’daklik davriga hamma vaqt g’ayrat bilan qarab kelgan. Bu davrni biz antik dunyo deb ataymiz. Antik dunyoda yashagan bobokalonlarimiz hayotiga har birimiz qiziqish bilan qaraymiz. Tabiiyki, ular o’z tili, adabiyoti, san’ati va madaniyatiga ega bo’lgan. Afsuski, bebaho antik yodgorliklar O’rta Osiyo adabiyotida saqlanib qolinmagan. So’g’diyonaning antik davrlarida yashagan bobokalonlarimiz hayoti bilan arxeologik qazilmalar orqali tanishamiz, holos. Bu noyob topilmalar uzoq tarixning zalvorli hodisalaridan darak beradi. Biz ularning shakli, go’zalligi va hokazo jihatlari-ga qarab xulosalar chiqaramiz. Antik davrlarda bizda muhtasham shaharlar bo’lganligi, madaniyat va san’at gullab-yashna-ganligini faraz qilamiz. Bu qadimiy yodgorliklar biz uchun bebaho boylikdir. O’rta Osiyoning antik davrlariga oid adabiyot yodgorliklaridan atigi bir-ikki nusxa saqlanib qolganda edi, bugungi avlodlarimiz qalbi quvonch va faxr-iftixor hissi bilan to’lib-toshgan bo’lardi. Bu boylikning qiymati pul yoki oltin bilan o’lchanmaydi, ular qadimiy bo’lganligi uchun ham bebahodir. Axir, bu yodgorliklar antik ajdodlarimiz bilan tengdosh, ularning qo’li tekkan. Ularda bobokalonlarimizning ulugvor nigohini kuzatamiz. O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov, har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalash, ularda milliy g’urur va fahr tuyg’ularini shakllantirishda tarixning tutgan o’rniga baho berib shunday degan edi: « Tarixiy xotirasi bor inson-irodali inson. Kim bo’lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday insonlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini mustahkamlaydi». O‘rta Osiyo xalqlari tarixi juda qadimiy tarix. U qadimgi tosh davrining аshel bosqichiga borib taqaladi. O‘rta Osiyoning qadimgi xalqlari tarixi avvalambor Xorazm, Turkmaniston, Tojikiston hududlaridan topilgan arxeologik yodgorliklar va ilk yozma manba hisoblangan zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto” asosida o‘rganilgan. “Avesto”ning “Videvdat” kitobida O‘rta Osiyoning qadimgi viloyatlari va xalqlarining nomlari tilga olingan. Chet el manbashunosligidan dastlab Eron ahamoniylari podsholarining qoyatoshlardagi bitiklarida ham O‘rta Osiyoning qadimgi xalqlari haqida ma‘lumotlar berilgan. O‘rta Osiyo xalqlarining turmush tarzi, urf-odatlari, kiyim-kechagi va ko‘p qirrali hayoti haqida qiziqarli materiallar yunon mualliflarining asarlarida va Eron manbalarida ko‘proq uchraydi. Bulardan tashqari, arxeologik izlanishlar davomida turli davr va yillarda topilgan mahalliy aholining xorazmiy, bahtariy, sug‘diy va ―noma‘lum yozuv deb atalmish qisqa va kam bo‘lsa-da O‘rta Osiyo xalqlari etnogenezi va etnik tarixi uchun qimmatli ma‘lumotlar uchraydi. Mavzuning obekti va predmeti Qadimgi Eron davlati hukumdorlari tomonidan yozdirilgan vatanimiz tarixiga oid ma’lumotlar juda muhim manbalardan biri hisoblanadi. Asosan ushbu davrlar oid ma’lumotlar qoyatoshlarga, binolarga yozilganligi arxeolog, tarixchilar tomonidan topip o’rganilgan. Mavzuning maqsad va vazifasi Eron qoyatosh bitiklarida yurtimiz qadimgi xalqlari tarixiga oid ma’lumotlar bitilgani, bu davrda xalqlar o’rtasida bo’lgan urishlar natijasida ko’plab ma’lumotlar yozdirilganini tarixan holisona tadqiq qilishdir. Bu yozma manbalar ichida eng qadimgisi, o‘tmishda O‘rta Osiyoda yashagan xalqlar nomini ilk bor tilga olgan yozma manba Avestodir. Avestoning muallifi Zardushtra bobomiz hisoblanadi. U mil. avv. VII-VI asrlar oralig‘ida yashagan. O‘rta Osiyoda yashagan urug‘-qabilalar, elatlar va xalqlar haqida eron ahamoniy podsholarining qoyatosh, bitiklarida, saroylar devorlariga tushirilgan rasmlarda (Persepol devorlaridagi bo‘rtma rasmlar), Behistun, Naqshi Rustam deb atalgan va Suz shahridagi saroy yozuvlarida Eron podsholari Doro I, Kir I va Kir II va boshqalar bosib olgan qo‘shni mamlakatlar, shu jumladan O‘rta Osiyo mamlakatlari xalqlari, ularning nomlari, urf-odatlari, turmush tarzi haqida ma‘lumotlar berilgan. Masalan, Persepol suratlari Sug‘diyona, Baqtriya, Xorazm xalqlari va sak qabilalarining nafaqat kiyim boshlari va ularga xos hunarmandchilik haqida, balki O‘rta Osiyoning qadimgi xalqlari etnik tarkibi to‘g‘risida noyob ma‘lumotlar beradi. Umuman olganda, ahamoniy bitiklarida qadimda yashagan yurtimiz xalqlarining viloyatlari, xalqlarning nomlari, siyosiy jarayonlar, saklar yurtiga yurishlar, iqtisodiy hayot va moddiy madaniyat to‘g‘risida ilmiy manbaviy ma‘lumotlarga ega bo‘lamiz. Qadimda O‘rta Osiyo hududlarida yashagan urug‘-qabilalar, elatlar va xalqlar tarixi haqida yunon mualliflari asarlarida ham boy ma‘lumotlar bor.


  1. Download 94,78 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish