O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo’nalishi
213-guruh talabasi Yo‘ldosheva Zaynabning botanika fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Kovulnamolar qabilasi
Topshirdi: Yo‘ldosheva Z.
Qabul qildi: Sapayeva G.
Urganch 2022
Reja
Kirish.
I-Bob. Adabiyotlar tahlili.
II-Bob. Asosiy qism.
2.1. Qovulnamolar qabilasi haqida umumiy ma'lumot.
2.2. Kovuldoshlar oilasi
2.3. Karamdoshlar oilasi
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: botanika fanida asosiy masalalardan biri Kovulnamolar qabilasiga kiradigan oʻsimliklarning xususiyatlarini o‘rganish va ular haqida maʼlumotga ega boʻlish.
Mavzuning maqsadi: Kovulnamolar qabilasi vakillarini bioekologik xususiyatlarini oʻrganishdan iborat ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar bajarildi:
--- Kovulnamolar qabilasi haqida umumiy malumotga ega bo‘lish.
--- Kovuldoshlar oilasi haqida maʼlumotga ega boʻlish.
--- Karamdoshlar oilasi haqida maʼlumotlarga ega bolish.
Mavzuning vazifasi: Kovulnamolar qabilasini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki ular oziqa va dorivor o‘simliklar sifatida juda ko‘p ekiladi. 2014 yilda BAAning Dubay shahrida o‘tkazilgan “Jahon oziq-ovqat mahsulotlari ko‘rgazmasi”da ishtirok etib, Turkiyaning “Denamikes” va “Denizli” firmalari bilan shartnoma tuzishga muvaffaq bo‘ldik, — deydi u. — Shu yili 187 ming, 2015 yili 317 ming, 2016 yili 581 ming AQSH dollarilik kovulni eksport qildik. 2017 yilda esa Italiyaning “Maprikom” kompaniyasiga 242 tonna, Turkiyaning “Denashikes”, “Denizli” firmalariga 495 tonna kovul yetkazib berildi. 2017 yilda laboratoriya, issiqxona va zamonaviy korxona bunyod etish uchun 2,2 gektar, yong‘oqzor tashkil qilish uchun 380 gektar, dasht hududidan kovulzorlar yaratish uchun 3000 gektar yer ajratib berilgach, ishimiz yurishib ketdi.
Daromad yildan-yilga ortaveradi
Kovulchilik — istiqbolli tarmoq. Boisi, uni yo‘lga qo‘yish ortiqcha mablag‘ va resurs talab etmaydi. Dehqonchasiga aytganda, beor o‘simlik. Ildizi baquvvat emasmi, o‘n besh yilgacha yashnab, meva beraveradi.
Bu boy xususiyatlarga ega o‘simlikni madaniylashtirish, parvarishini yo‘lga qo‘yish maqsadida uning agrotexnikasi, sir-sinoatlari ham chuqur o‘rganilayotir.
— Kovul urug‘ini bevosita dalaga ekish yoki issiqxonada ko‘chatlar tayyorlab o‘tqazish yo‘li bilan ko‘paytirish mumkin, — deydi Namangan davlat universitetining biologiya kafedrasi mudiri Sherzod Toshpo‘latov. — Birinchisi oddiy, urug‘i tuproqqa qadaladi. Keyingi yo‘l esa issiqxonada amalga oshiriladi. Aniqrog‘i, plyonka tuvakchalarda ko‘chatlar tayyorlanadi va yerga o‘tqaziladi. Qurg‘oqchilik kuchli, qumli yerlarga mart-aprel oylarida ekiladi. Urug‘idan ko‘paytirilganda esa ochiq tuproqqa sochiladi. Parvarishi ham oddiy, vaqtida chopiq qilinib, begona o‘tlardan tozalanadi. Qurg‘oqchilik kuchaygan vaqtda sug‘oriladi, xolos.
Keling, endi kovul yetishtirish istiqbollarini oddiy hisob-kitob qilishga urinib ko‘ramiz.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, mamlakatimizning eksport salohiyatini oshirishda qishloq xo‘jaligi sohasining o‘rni va ahamiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu yilgidek suv tanqisligi sezilayotgan yillarda qurg‘oqchilikka chidamli ana shunday ekinlar qo‘rig‘ini ochish har jihatdan foydalidir.
dorivor o‘simliklar klasterlariga:
yer maydonlarini foydalanishga kiritishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5742-son Farmonida;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, energiya samarador gaz-goryelkali qurilmalar va qozonlar, shuningdek, energiya samarador boshqa uskunalarni xarid qilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4422-son qarorida;
qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-apreldagi “Agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan o‘z vaqtida ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4268-son qarorida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etiladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining dorivor o‘simliklar klasterlari, dorivor o‘simliklar yetishtiruvchilar va ularni qayta ishlovchilar tomonidan 2023-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kelinadigan xomashyo, shu jumladan madaniy plantatsiyalar barpo etish uchun urug‘ va ko‘chatlarni, uskunalar hamda maxsus texnikalarni, shuningdek, fitobarlar uchun vending avtomatlarini bojxona bojidan ozod qilish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Bunda, vending avtomatlari faqat fitobarlar tashkil etish uchun, bojxona imtiyozlari berilishi hisobidan bo‘shaydigan mablag‘lar ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash va modernizatsiya qilishga maqsadli yo‘naltiriladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda:
bir oy muddatda kamayib borayotgan tabiiy holda o‘suvchi noyob dorivor o‘simliklar ro‘yxatini shakllantirsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshirilgan dorivor o‘simliklarga doir ilmiy tadqiqotlar, yangi innovatsion ishlanmalar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirsin, shuningdek, ularning tizimli ravishda yangilab borilishini ta’minlasin;
tibbiyotda qo‘llaniladigan dorivor o‘simliklar kolleksiyasi uchastkasi va genbankini tashkil etsin;
Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘simlik xomashyosini chuqur qayta ishlash asosida dori substansiyalari ishlab chiqarishni tashkil etish mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:
a) Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda dori vositalari bilan bir qatorda kimyoviy dori vositalarining organizmga salbiy ta’sirining oldini olish xususiyatlariga qarab dorivor o‘simliklarni minimum standart retseptlariga kiritish bo‘yicha tegishli hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritsin;
2020-yilning 1-iyundan boshlab tibbiyot muassasalari, shu jumladan oilaviy poliklinikalar va qishloq (ovul) vrachlik punktlarida fitobarlar tashkil etsin;
b) Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi qoshidagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash fondi mablag‘lari hisobidan xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar va mutaxassislar, ularning ish tajribasi, ko‘rsatadigan xizmat turlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi har yili 1-dekabrga qadar farmatsevtika tarmog‘ining dorivor o‘simliklarga bo‘lgan talabi (turi, hajmi, texnologik talablar va boshqalar)ni Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga kiritsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining markaziy apparatida Dorivor va ziravor o‘simliklarni rivojlantirish bo‘limi negizida 5 ta shtat birligidan iborat Dorivor va ziravor o‘simliklarni rivojlantirish boshqarmasi tashkil etilsin.
Mazkur boshqarmaning qo‘shimcha shtat birliklari Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmalari va tizimidagi 3 ta shtat birligini qisqartirish hisobidan shakllantiriladi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutida mavjud shtat birliklari doirasida dorivor o‘simliklar seleksiyasi, urug‘chiligi va agrotexnikasi bo‘limini tashkil qilsin.
Respublikamizda ham mahalliy dorivor o‘simlikshunoslikni rivojlantirish sohasida ko‘pgina ilmiy va amaliy ishlar bajarildi. Dori-darmon ishlab chiqarish tarmog‘ining o‘simliklar xom-ashyosiga bo‘lgan talabi imkon darajasida qondirildi.
Bu talab ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi:
-O‘zbekiston florasiga mansub bo‘lgan dorivor o‘simliklardan oqilona foydalanish, zahiralari kamayib ketayotgan turlarni ko‘paytirish va madaniylashtirish;
-Chet el florasiga mansub bo‘lgan dorivor o‘simliklarni mahalliy sharoitga introduksiya qilish, ularning bioekologik xususiyatlarini o‘rganish va yetishtirish usullarini ishlab chiqib, plantatsiyalar barpo etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |