Xulosa Adabiyotlar ro’yxati Matn ustida ishlashning asosiy bosqichlari


Badiiy asar ustida ishlash jarayoni



Download 88,5 Kb.
bet2/2
Sana06.07.2022
Hajmi88,5 Kb.
#749081
1   2
Bog'liq
O`QUVCHILAR NUTQIDAGI XATOLARNI ANIQLASH VA BARTARAF QILISH

Badiiy asar ustida ishlash jarayoni
Badiiy asar ustida ishlash murakkab jarayon bo’lib o’qituvchi ona tili darslarining ta’lim-tarbiyaviy vazifalari badiiy asarning o’ziga xos xususiyatlari va o’quvchilarning tayyorgarligini hisobga olishni taqozo qiladi.
Badiiy asarda barcha komponentlar o’zaro bog’langan bo’ladi. Asarda obrazlar rivojlanib boradi. Voqealar rivojlanib borgan sari qahramonlarning yangi-yangi tomonlari ochila boradi. Bu xususiyatlari asar ustida ishlashda uni yaxlit o’qishni, idrok etishni, ya’ni sintezni talab qiladi. Asar boshidan oxirigacha o’qilgandan so’ng analiz qilinadi, so’ng yana yuqori sifatli sintezga o’tiladi. Asarni o’qishga kirishishdan oldin o’quvchilarni badiiy asarni o’qishga tayyorlash lozim bo’ladi. Demak, tayyorgarlik davri – sintez-analiz-sintez jarayonini beradi.
O’quvchilar asar mazmunini to’g’ri idrok etishlari uchun hayot haqida ma’lum tasavvurga ega bo’lishlari zarur. Buning uchun tayyorgarlik ishlari o’tkaziladi.
Tayyorgarlik ishlarining vazifalari:
1.O’quvchilarning asarda aks ettirilgan voqea-hodisalar haqidagi tasavvurlarini boyitish, matnni ongli idrok qilishga ta’sir etadigan yangi ma’lumotlar berish, badiiy asarda tasvirlangan faktlarni o’quvchilar o’z hayotida kuzatishlari bilan bog’lay olishlariga sharoit yaratish.
2.Yozuvchining hayoti bilan tanishtirish, yozuvchiga, uning hayotiga ijodiga qiziqish uyg’otish.
3.O’quvchilarni asarni emotsional idrok etishga tayyorlash.
4.Asar mazmunini tushunishga xalal beridigan so’zlarning lug’aviy ma’nolarini tushuntirishdan iborat.
Tayyorgarlik ishlarining shakllari xilma-xil bo’lib, o’qituvchi asar mazmunini va sharoitga qarab ish turini tanlaydi. Tayyorgarlik davri uchun 2-5 daqiqa ajratiladi.
Ekskursiya. Bu ish turidan tabiat tasviriga bag’ishlangan yoki ishlab chiqarish, qurilish, shahar, qishoq hayotiga doir mavzular o’rganilganda foydalanish mumkin. Chunonchi, 2-sinfda “Metropoliten”, 1-sinfda “Issiqxonada” kabi materiallarni o’rganishdan oldin ekstadqiqotiya qilish maqsadga muvofiq. Ekstadqiqotiya uchun reja beriladi va matn o’rganilishidan kamida bir hafta oldin o’quvchilarga e’lon qilinadi.
Asar rejasini tuzish. Reja matn mazmunini ongli va chuqur tushunishga, asosiy fikrni ajratishda, voqealarning izchilligini belgilashda, matn qismlarining o’zaro bog’lanishini tushunishda o’quvchilarga yordam beradi. Reja ustida ishlash o’quvchilar nutqi va tafakkurini o’stiradi. Ular matnni mazmunan tugallangan qismlarga bo’lishga va har bir qismning asosini topishga o’rganadilar.
Reja tuzishga tayyorgarlik ishlari savod o’rgatish davridayoq boshlanadi. Tayyorgarlik mashqining eng oddiy turi berilgan sarlavhalardan kichik matn mazmuniga mosini topib qo’yish hisoblanadi. Bunday mashqqa o’rgatishda o’qituvchi sarlavha asosiy fikrni ifodalashini ta’kidlaydi, bolalar topgan sarlavhani tahlil qilib, u yoki bu saralavha nima uchun mos yoki mos emasligini tushuntiradi. Reja tuzishga tayyorgarlik ishining 2-turi o’qituvchi rahbarligida tanlab o’qish hisoblanadi, bolalar matndan o’qituvchi bergan savolga javob bo’ladigan o’rinni topib o’qiydilar.
Reja tuzish osondan qiyinga tamoyili asosida asta murakkablashtirilib muayyan izchillikda o’tkazib boriladi. 1-sinf o’quvchilari o’qilgan kichik matnga o’qituvchi rahbarligida so’roq gap tarzida sarlavha tanlash, 2-sinfda kichik maqolaning rejasini o’qituvchi rahbarligida so’roq yoki darak gap tarzida tuzish, 3- sinfda o’qilgan matn rejasini jamoa bo’lib tuzish, 4-sinfda mustaqil reja tuza olishlari kerak.
Rejaning eng oddiy formasi rasmli reja hisoblanadi. Buning uchun avval bolalar kitobda berilgan rasmlardan matn qismiga mosini tanlashga va uni nomlashga o’rgatiladi; keyin matn qismiga tayyor rasm berilmaydi, uni bolalarning o’zlari so’z bilan tasvirlaydilar; hikoya o’qiladi va qismlari bo’yicha tahlil qilinadi, so’ng o’quvchilar matnning 1-qismini o’qiydilar, o’qituvchi ulardan qanday rasm chizishni so’raydi, ish mana shu tarzda davom etadi.
O’quvchilar rasmli reja tuzishdan logik reja tuzishga o’tadilar, logik reja tuzish quyidagi izchillikda o’rgatiladi:
1.O’qituvchi qismlarga bo’lingan matn tanlab reja tuzadi va matn rejasini o’rnini almashtirib, sarlavha tarzida xattaxtaning chap tomoniga yozib qo’yadi. O’quvchilar matnning 1-qismini o’qiydilar, shu qism mazmuniga mos sarlavhani topadilar, uni o’qituvchi xattaxtaning o’ng tomoniga yozadi, shunday qilib, xattaxtada o’qilgan matnning rejasi hosil bo’ladi.
2.Matn qismlarini tahlil qilish jarayonida o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida har bir qismdagi asosiy qismni aniqlaydilar va unga sarlavha topadilar, o’qituvchi sarlavhalarni reja tarzida xattaxtaga yozib boradi.
3.Qismlarga bo’linmagan matn tanlanadi, sarlavhalar matn rejasi tartibida xattaxtaga yoziladi. O’quvchilarga berilgan sarlavhalardan foydalanib, matnni qismlarga bo’lish topshiriladi. Ular matnni o’qiydilar, 1-sarlavhaga tegishli qismni ajratadilar, keyingi qism ham shunday belgilanadi.
Qismlarga bo’linmagan matn tanlanadi, sarlavhalar aralash tarzda xattaxtaga yoziladi. O’quvchilarga yuqori qismlarga bo’lish topshiriladi. O’quvchilar matnni o’qib nisbiy tugallangan qismni ajratadilar va unga mos sarlavhani xattaxtadan tanlaydilar. Ish shu tarzda davom ettirilib, matn rejasi tuziladi.
Reja tuzish uchun so’roq va darak gaplardan va ayrim hollarda atov gaplardan foydalanish mumkin, faqat har bir rejada bir turdagi gaplar ishlatilishi zarur. Shunday qilib, o’quvchilarda matn ustida ishlash ko’nikmasini shakllantirishda ular diqqati ishning mazmuni va bajarish yo’llariga qaratiladi.
Xatolarning oldini olish savodxonlikni har tomonlama takomillashtirishning asosiy garovidir. O’quvchilar yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan xatolarning oldini olish uchun o’qituvchi quyidagi chora-tadbirlarni amalgam oshirishi lozim:
- lig’at ishini keng yo’lga qo’yish. Ona tilining har bir soatida imlosi qiyin so’zlarning yozilishini ko’rsatib berish;
- har darsda o’quvchilarning mustaqil ishlarida uchragan tipik xatolar hisobini olib boorish va keyingi soatlarda mustaqil ishning tegishli xatolarni bartaraf etishga qaratilgan turlaridan foydalanish;
- o’quvchilarning o’zaro diktant o’tkazishlarini yo’lga qo’yish;
- o’quvchilarda to’g’ri yozishga qiziqsh uyg’otish, savodxonlik konkurslari uyushtirish;
- “Maktabda yagona orfografik rejim” nizomini ishlab chiqish va unga kollektiv ravishda amal qilish.
Xatolar oldini olishning eng muhim choralaridan biri o’quvchilarning har kuni bajaradigan mustaqil ishlarida yo’l qo’ygan xatolari ustida ish olib borishni ta`minlashdir. O’quvchi mustaqil ishdagi xatoni o’qituvchi signali (xato haqida signal) asosida o’zi “Imlo lug’ati” bilan taqqoslash orqali aniqlaydi va shu so’zning to’g’ri variantini o’z imlo lug’ati daftariga ko’chirib oladi. Ba`zi o’qituvchilar vaqtni tejash maqsadida xatoni aniqlashni ko’proq darsdan keyin uyushtiradilar. Aslida esa dars jarayonida topshiriq qanday bajarilganligi va o’quvchining shu so’z imlosini qanday o’zlashtirganligi tekshirib borilishi lozim.
O’quvchilar nutqidagi dialectal xatolarni bartaraf qilish maqsadida yuqorida ko’rsatilgan ish usulidan tashqari, yana sinfdoshining nutqidagi dialectal ta`sirida aytilgan so’zlarni aniqlab, uning adabiy tildagi variantini aytishni talab qilish kabi mustaqil ish turlaridan foydalanish mumkin.
Dialektal xatolarni bartaraf qilish faqat xatolar ustida ishlash darsida emas, balki ar bir darsda alohida ish olib borishni taqozo etadi. Savol-javob, o’qish, ijodiy mashq hamda mustaqil ishlardagi xatolarni tushuntirish jarayonida dialectal xatolar ham izohlanadi va tuzatib boriladi. O’qituvchi tomonidan tanlangan mustaqil ishlarda hamma vaqt mahalliy shevaga xos bo’lgan xatolarni bartaraf etish ko’zda tutilishi lozim.
Xatolarni bartaraf qilishda, ayniqsa, yozma ish tahlilini o’tkazish yoki xatolar ustida ishlash darslari ahamiyatlidir. Xatolar ustida ishlash darsida quyidagilarga e`tibor bermaslik natijasida o’quvchilar ishda anchagina kamchiliklarga yo’l qo’ymoqdalar:
- yozma ish tahliliga ajratilgan vaqtning noto’g’ri taqsimlanishi; tipik xatolar doirasidan chetga chiqmaslik;
- xatoni bartaraf etishga o’quvchilarning qiziqishini uyg’ota olmaslik; ularni passiv tinglovchiga aylantirish hamda xato ustida ishlashga am e`tabor berib, xilma-xil ish formalar (turli kartochkalar, darslikdagi mashqlar va b.) dan foydalana olmaslik;
- har bir o’quvchining bilim saviyasi va mustaqil ishlash qobiliyatini hisobga olmaslik, differentsial topshiriqdan foydalanmaslik;
- yozma ishda yo’l qo’yilgan xatolarning to’g’ri klassifikatsiya qilinmasligi tufayli o’quvchilar diqqatini tipik xatolar ustia ishlash paytida asosiy masalaga jalb eta olmaslik;
-yozma ishda qoniqarsiz baho olgan o’quvchilarning tahlil jarayonida e`tibordan chetda qolishi;
- o’quvchilarning oldingi yozma ishlarida yo’l qo’ygan xatolarini hisobga olmaslik hamda bu xatolarning qanday bartaraf etilayotganligini control qilmaslik;
- o’quvchilarni yo’l qo’yilgan xatolarning sabablarini tahlil qilishga o’rgatmaslik;
- tahli jarayonida ularning “Imlo lug’ati” bilan ishlashni tashkil eta olmaslik.
Barcha turdagi yozma ishlarning tahlilida orfografik va punktuatsion xatolar ustida ishlash bir-biriga o’xshaydi. Shuning uchun diktantda uchragan orfografik va punktuatsion xatolarni bartaraf etishda qo’llangan mustaqil ish turlaridan bayon va inshoning tahlilida foydalansa bo’ladi.
Quyida diktant tahlilini o’tkazish tartibi va xatolar ustida ishlash haqida fikr yuritamiz.
Diktant tahlilini o’tkazishda asosiy e’tibor imloga doir xatolarga qaratiladi.
O’quvchilarning yozma ishlarida uchraydigan imloga doir xatolarni to’rt gruppaga ajratish mumkin:
1.Qo’shimchalarni qo’llamaslikdan kelib chiqadigan xatolar: “Kolxozning bog’i”, “yerga sepdi” o’rniga “yerda sepdi” kabi. Bunday tipdagi xatolarni bartaraf etish uchun o’sha xatoga aloqador qoidani tushuntirish, uni darslikdan mustaqil tartibda o’qitish hamda bu qoidaga doir mashqlar ishlatish, didaktik va tarqatma materiallardan foydalanish tavsiya qilinadi.
2.E’tiborsizlik orqali yo’l qo’uyiladigan xatolar. “Daftar” so’zini “daptar”, “o’quvchi”, so’zini “ukuchi” tarzida yozish kabi. Bu tipdagi xatolar, asosan, e’tiborsizlikdan kelib chiqadi. Bunday xatolar ustida ishlashda maktab o’quvchilari uchun chiqarilgan “Imlo lug’ati” bilan har bir o’quvchining individual ishlashni tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
3.Hech qanday orfografik qoida bilan asoslab bo’lmaydigan, yozilishni faqat esda saqlash lozim bo’lgan so’zlarda qilingan xatolar: “tayyor” so’zini “tayor” yozish, “sayyod” so’zini “sayod” yozish kabi. Tahlil jarayonida bunday so’zlarni islosini o’rgatish uchun shu so’zni bir necha marta og’zaki takrorlatish shu so’zni doskada yozdirish, lug’atdan toptirish metodlaridan foydalanish va yo, ye, yu, ya unlilarning yozilishini eslatish mumkin.
4.SHeva ta’sirida sodir buladigan xatolar: “kelyapti” urniga “kelopti”, “kevotti”, “kelutti”, “deraza” o’rniga “treza” yozish kabi. Bunday tipdagi xatolarni bartaraf etishning eng qulay yo’li taqqoslash, chog’ishtirishdir. O’quvchidan tahlil darsida o’zi yozgan so’z bilan o’sha so’zning adabiy tildagi variantini taqqoslash, chog’ishtirish, farqini aniqlash talab etiladi. Buning uchun so’zining shevadagi ko’rinishlari bilan adabiy tildagi variantini chog’ishtiradigan ko’rgazmalaridan ham foydalanish mumkin.
Ba’zi o’quvchilar yozma ishlardagi tipik xatolarni belgilashda qiynaladilar. Sinfdagi ko’pchilik o’quvchilar yo’l qo’ygan xatolar tipik xato sanaladi. O’qituvchi taxminan darsning o’n-o’n besh minutini tipik xato ustida ishlashga ajratadi. O’quvchilar diqqati tipik xato bilan bog’liq bo’lgan qoidaga qaratiladi.
O’quvchilar xatoga yo’l qo’yilgan so’zning to’g’ri variantiga o’xshash misollar topadilar, qoidaning shu so’zga aloqador joyini kitobdan topib o’qiydilar, so’zning to’g’ri yozilishini asoslaydilar.
Darsning qolgan qismida esa, asosan, xatolar ustida individual mustaqil ish olib boriladi. Bunda har bir o’quvchi o’z xatosi ustida ishlaydi. «Xuddi» so’zini xato yozgan o’quvchiga shunga o’xshash yonma-yon kelgan qo’sh undoshli so’zlar topib daftarga yozish, shu so’zlardan bir-ikkitasi yordamida gap tuzish topshiriladi. «Qad ko’tarib» birikmasidagi «qad» so’zini «qat» yozgan o’quvchilarga jarangli d undoshi uning jarangsiz jufti t talaffuz qilinishini aytib, t kabi talaffuz qilinib, d yoziladigan so’zlar topshiriladi va «Ayrim undosh tovushlarning yozuvda ifodalanishi» temasini mustaqil tartibda kitobdan o’qish topshiriladi.
Bir xil xatoga yo’l qo’ygan o’quvchilar bilan ham ishni aynan bir usulda tashkil etib bo’lmaydi. Agar bir o’quvchiga xato yozilgan so’zning to’g’ri variantini bilib olish uchun faqat qoidani eslash va 1-2 misol keltirish kifoya bo’lsa, boshqa o’quvchi uchun shu xatoni bartaraf etish maqsadida ma’lum bir mashqni bajarish hamda ijodiy xarakterdagi misollar topishini uyushtirishga to’g’ri keladi.
O’qituvchi individual kartochkalarni tuzishda o’quvchilarning real o’quv imkoniyatini hisobga oladi. Ma’lumki, tez yozish va mustaqil ishlashga o’rgangan o’quvchilar topshiriqni qisqa muddatda va bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchiga nisbatan ancha sifatli bajaradilar. Yetarli darajada mustaqil ishlash ko’nikmasiga ega bo’lmagan o’quvchilar kartochkada ko’rsatiladigan vazifalarni bajarish uchun birmuncha ko’proq vaqt sarf qiladilar va uni bajarishda qiynaladilar. Har bir kartochkaning differentsialligi o’quvchilarning o’z xatosini bilib olishga bo’lgan qiziqishini kuchaytiradi hamda belgilangan vaqtda o’quvchilarning ulgurishlariga imkoniyat yaratadi.
Kartochkalardan namuna
Darsligingizning 84-betida «Ayirish va yumshatish belgilarining ishlatilishi» temasiga taaluqli qoidani kitobingizdan o’qing va «Imlo lug’ati»dan ayirish belgisi bilan kelgan 6 ta so’z topib, daftaringizga yozing.
Kartochkalar tirik xatolar ustida ish tugagandan keyin o’quvchilarning yozma ish daftarlari ichiga qo’yib tarqatiladi. Xatolar ustidagi ish esa o’quvchilarning sinf daftarlarida bajarilgani ma’qul. CHunki yozma ish daftarlarida yig’ib olingan taqdirda ham o’quvchi xatolar ustida ishlashni davom ettirishi, har bir soatlik darsda o’quvchi bilimi sinalayotgan o’qituvchi o’quvchi yo’l qo’yilgan xato so’zining to’g’ri variantini yozib ko’rsatishini talab qilishi mumkin.
Ayrim o’quvchilar topshiriqni yozma ish daftarining o’zida ko’rsatadi. Bu metod, bizningcha, ancha afzal. Bu metod, bizningcha, ancha afzal. Birinchidan, bunday metod o’qituvchi ishini ancha afzal. Birinchidan, bunday metod o’quvchi ishini ancha yengillashtirsa, ikkinchidan, har bir yozma ishda o’quvchi savodxonligida bo’layotgan o’zgarish ko’rinib turadi.
O’qituvchi navbatdagi yozma ishni tekshirar ekan, undan oldingi yozma ishda o’quvchiga qanday topshiriq berilganligini hisobga olib borish zarur. Birinchi ish usulining ham o’ziga xos afzalligi bor. O’qituvchi ma’lum bir o’quvchi uchun tayyorlangan kartochkadan o’rni bilan boshqa maqsadda ham foydalanishi mumkin.
O’qituvchi yozma ish tahlili darsiga tayyorlanganda quyidagilarni hisobga olishi shart:
-o’quvchilarning yozma ish daftarlarini sifatli tekshirish, undagi xatoni tuzatib ko’rsatmasdan, xato haqida signal berish metodidan foydalanish;
-takrorlanishi zarur bo’lgan orfografik va tanish belgilari qoidalarini belgilash va unga mos mashqlar (misollar) tanlash:
-didaktik tarqatma materiallarini puxta o’ylab, uni har bir o’quvchining bilim saviyasi, mustaqil ishlash ko’nikmasini hisobga olgan holda tuzish;
-yo’l qo’yilgan xatolarni to’g’ri klassifikatsiya qilish, tipik va individual xatolar ustida ishlash sistemasini puxta o’ylab ko’rish;
-uyga topshirilgan vazifani puxta o’ylab, uy topshirig’ining o’quvchi yo’l qo’ygan xatolarni bartaraf etishiga yordam berishini ta’minlash.
Ilg’or o’qituvchilarning tajribalariga asoslanib, biz xatolar ustida ishlash darslarida quyidagilarga rioya qilishni maslahat beramiz:
-ham tipik, ham individual xatolar ustida o’quvchining mustaqil ishlashini, yo’l qo’ygan xatolarga ongli munosabatda bo’lishni, xatolarning sabablarini o’ylab ko’rishini tashkil etish:
Har bir o’quvchining lug’at bilan mustaqil tartibda ishlashini uyushtirish;
-o’quvchining o’z xatosi bilan o’ralashib qolishiga yo’l qo’ymaslik, shu xatoga aloqador bo’lgan qoidalarni eslash, ijodiy misollar topish, har bir o’quvchiga xatoning oldini olish yuzasidan maslahatlar berish;
-xatolar ustida ishlash jarayonida o’quvchining o’z-o’zini kontrol qilishini tashkil etish;
-bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan individual ish olib borish, ularga o’z xatolarini bilib olishga yordamlashish;
-xatolar ustida ishlash jarayonida darslik materiallaridan, turli kartochkalar, ko’rsatmali qurollar va texnika vositalaridan unumli foydalanish.
Demak, xatolarning oldini olish va uni bartaraf etish uchun o’quvchilar bilan muntazam ish olib borish lozim.
Yuqori qayd etilgan mustaqil ish turlaridan o’qituvchi o’rinli foydalansa, shubhasiz o’quvchilarning ijodiy fikrlashiga, nazariy tushunchalarni amaliy ish bilan qo’shib olib borishiga erishadi.
Nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida, ayniqsa, bolalarning badiiy asarlarni o‘qib, hikoya qilib berishlariga katta ahamiyat beriladi. Badiiy asarlarni qayta hikoya qilib berishga o‘rgatish va ularni sahnalashtirish, she'rni yod oldirish o’qituvchiga katta mahorat va mas'uliyat yuklaydi. Muallif tomonidan badiiy asar mazmuni qanchalik yorqin ifodalangan bo‘lsa, unda ishtirok etuvchilarning nutqlari (gaplari) bolalarga ifodali, mazmunli yetkazilsa, u bolalarni hayajonlantiradi, his-tuyg‘ularining rivojlanishiga, asar qahramonlari bilan bo‘ladigan voqealarning uzoq esda saqlanishiga, lug‘atining boyishiga hamda nutqining grammatik jihatdan to‘g‘ri shakllanib borishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Bolalar hech qanday qiyinchiliksiz o’qituvchining asar yuzasidan bergan savollariga javob bera oladilar, ayrim so‘zlarni, jumlalarni takrorlaydilar, qahramonlarning ijobiy va salbiy tomonlarini xarakterlab beradilar, o’qituvchiga taqlid qilib, ularning ovozini o‘xshatishga harakat qiladilar.
Yuqori saviyada yozilgan badiiy asarlar bolalarning nutq normalarini (me'yorlarini) muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlariga hamda tilning emotsional tomonlarini his etish qobiliyati rivoj­lanishiga, og‘zaki nutqning intonatsion ifodaliligi shakllanishiga ta'sir etadi.


XULOSA
Dastlabki keng qo`llaniladigan, odatdagi nutqning bo`lishi bilan xarakterlanadi. Bolalar oddiy jumlalardan foydalana biladilar, ma`lum lug`at boyligiga ega bo`ladilar. Ular narsalar, hodisalar, alohida belgilar nomini ajrata oladilar. Lekin bunday bolalarda nutqning qo`pol darajada rivojlanmaganligi yaqqol ifodalangan bo`ladi. Ular ikki-uch so`zdan iborat gaplardan foydalanadilar. Lug`at boyligi shu yoshga mos keladigan normadan kam bo`ladi. Umumlashtiruvchi so`zlarni (mebel, kiyim, sabzavot, mevalar va boshqalarni) bilmasligi kuzatiladi. Harakat, belgini bildiruvchi so`zlardan foydalanishda qiyinchiliklar kuzatiladi, predmet nomini, rangini, shaklini, o`lchamini va boshqa belgilarini bilmaydilar.
Nutqning bo`lmasligi bilan xarakterlanadi. Bunday bolalar nutqsiz bolalardir. 4-6 yoshdagi bunday bolalarning lug`at boyligi kambag`al, noaniq bo`ladi. Nutqi tovushga taqlid qilish, tovushlar kompleksi bilan chegaralangan bo`ladi. Narsa va hodisalarni farq qilmagan holda ifodalash, so`zlarning ko`p ma`noga ega bo`lmasligi xarakterli xususiyat hisoblanadi. Tovushlar talaffuzida turg`unlik bo`lmaydi, tovushlar bir-biri bilan almashtiriladi, fonematik o`quv buzilgan bo`ladi. Nutq to`liq rivojlanmaganligining bu darajasiga ega bo`lgan bolalar uchun tovushlar analizi bo`yicha berilgan topshiriqlar tushunarsiz bo`ladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1 Rozengrad-Pupko G.A. «Rech i razvitiye vospitaniya v rannem vozraste» M 1963 y.


2. Fomicheva T.B» Vospitaniye u detey pravilnogo proiznosheniya» Moskva 1987 yil.
3. P.M. Po‘latova “Oligofrenopedagogika” Toshkent 2005 yil.
4. V.S. Raxmanova “Maxsus pedagogika” Toshkent 2004 yil.
5. Vigotskiy.L.S. «Problema u otstalosti» Moskva 1956 yil.





Download 88,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish