Reja:
1. Hujayra va tirik organizmlarning kimyoviy tarkibi.
2. Oqsillarning xossalari
3. Oqsil tuzilmasi va funksiyasi
Biokimyo evolyutsiyaning molekulyar mexanizmi, o`simliklardagi fotosintez biokimyosi haqidagi masalalarni o`z ichiga olib, juda katga ahamiyatga egadir. XX asrning 50 - 60 yillarida, genlar replikatsiyasi mexanizmini tushuntirib berishga imkon ochgan DNK tuzilishi anikdangandan keyin molekulyar biologiya shakllana boshladi. Tirik organizmlardagi molekulalarning o`zgarishini ikki yo`nalishda o`rganish mumkin:
Birinchi yo`nalish: tirik hujayra organizm va organlarning funktsiyalarini bajarish uchun ushbu jarayonning qanday roli borligani aniqlash bo`lib, bunday molekulyar jarayonlar biologik hodisalarni tushuntirib berish uchun xizmat qiladi. Ikkinchi yo`nalish: biokimyoviy jarayonlarning kimyoviy va fizik asoslarini anikdash, ya`ni molekulalarning organizmda nima bo`lishini kimyoviy va fizik qonunlar asosida tushuntirib berish. SHuningdek, biokimyo fani bir qancha bo`limlarga ajratilib, viruslar biokimyosi, o`simliklar biokimyosi, hayvonlar biokimyosi, meditsina (odam) biokimyosi kabi bo`limlarga ajratilib o`rganiladi. SHuni ta`kidlash kerakki, biokimyo umumbiologik ahamiyatga ega bo`lib, hayotiy jarayonlarning kimyoviy xossalarini, o`ziga xos qonuniyatlarini o`z ichiga oladi. Biokimyo tuzilishi jihatdan barcha darajadagi tirik organizmlarning rivojlanishi va funktsiyalarini ado etib borishiga sabab bo`lib boruvchi kimyoviy va fizik-kimyoviy jarayonlarni o`rganadi. Hujayrada kechadigan kimyoviy jarayonlar. Tabiatdagi barcha tirik organizmlarning hayoti ularning hujayralarida kechadigan to`xtovsiz kimyoviy jarayonlarga boglikdir. Hujayrada kechadigan kimyoviy jarayonlar bevosita fermentativ reaktsiyalar bilan bogliqdir. Bunday murakkab jarayonlar esa biokimyo fani asosidao`rganiladi.
Biologik kimyo (biokimyo) barcha tirik organizmlar tarkibiga kiradigan moddalarning kimyoviy tarkibini, sifat o`zgarishldri va mikdoriy nisbatlarini, ularda kechadigan hayotiy jarayonlar asosini tashkil qiluvchi kimyoviy jarayonlarni o`rganadi. Barcha tirik organizmlar o`zida to`xtovsiz ravishda moddalar va energiya almashinuvi jarayonlari borishi bilan jonsiz tabiatdan farq qiladi. Ular o`ziga xos ajoyib tuzilgan bo`lib, organizmda boradigan moddalar almashinuvi jarayonlarini avtonom boshqarish, o`z-o`zini qayta tiklay olish, tashqi muhit ta`siriga javob bera olish, holat va xususiyatlarini o`zgartira olish kabi hayotiy. jarayonlar doimo hujayrada kechadi. Biokimyo fani tirik organizmlarni tashkil qiluvchi va hayotini ta`minlovchi moddalarni, organizmda boradigan kimyoviy jarayonlarni o`rganar ekan, quyidagi bo`limlarga bo`linadi:
Statik biokimyo — tirik organizmlarning kimyoviy tarkibini, ularni tashkil qilgan moddalarning kimyoviy tabiati, xossa va xususiyatlarini, miqdoriy nisbatlarini o`rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |