Aytish lozimki, 2019 yilning mart oyida O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi Stambul harakat rejasi 20-monitoring uchrashuvida tavsiyalarning bajarilishi bo‘yicha taraqqiyotga erishganligi uchun eng yuqori reytingini olishga muvaffaq bo‘ldi70 . Korrupsiya darajasini o‘lchashga xizmat qiluvchi CPI indeksi turli mamlakatlar amaldorlarining pora olishga moyilligini ifodalasa, tadbirkorlarning pora berishga moyilligini aniqlash uchun Transparency International pora beruvchilar indeks – (Bribe Payers Index – VPI)dan foydalanadi. Bu indeks ham 10 ballik shkala bilan o‘lchanadi. Qanchalik bu ball past bo‘lsa, eksporter kompaniyalar shunchalik pora berishga moyil bo‘ladilar hamda amaldorlarni sotib olishga yuqori darajada intilishlarini ko‘rsatadi. Bu indeks bo‘yicha Shvetsiya korrupsiya darajasi eng past mamlakat hisoblanadi.
3 . Barcha mamlakatlarda korrupsiyaga qarshi u yoki bu darajada kurash olib boradi. Bu borada rivojlangan mamlakatlar tajribasi katta ahamiyatga egadir. Masalan, Fransiyada korrupsiyaga qarshi kurash dasturini 500 nafar kishidan ortiq shtat birligi yoki muayyan mulk oborotiga ega har qanday korxona yeki tashkilot joriy etishga majbur. Bu dastur sakkiz muhim unsur asosida tuzilishi kerak. Bular: 1. Nafaqat korxona, balki uning tashqarisida ham xodimlarning man etilgan xulq-atvor ko‘rinishlarini namoyon etadigan, korrupsiya harakatlarining turli shakllari aniq belgilaydigan Xulq-atvor Kodeksi. 2. Xulq-atvor Kodeksi buzilgan hollarda tashkilot/korxona xodimlarini javobgarlikka tortish imkonini beruvchi xulq-atvor sanksiyalarining qat’iy tartibi. 3. Tashkilot yoki korxonaning xulq-atvor kodeksiga zid bo‘lgan xulq-atvor yoki vaziyat mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot yig‘ishga yordam beruvchi xabarchi-xodim himoyasini kafolatlaydigan xabar qilishning ichki anonim ya’ni yashirin tizimi. 4. Tashkilot yoki korxona faoliyati sohasiga bog‘liq holda, korrupsiya oid muhim xatarlarlarini aniqlab, tahlil qilib belgilaydigan muntazam yangilanib turadigan xatarlar kartografiyasi. 5. Mijoz va ta’minotchilar, shuningdek, vositachilarning ehtimoliy korrupsiya xavflarini baholash amaliyotlari. 6. Korrupsiya dalillarini yashirish uchun buxgalterlik kitobi, reyestr va hisob-kitob yozuvlaridan foydalanmaslik kafolatini ta’minlovchi ichki yoki tashqi buxgalterlik nazorati. 7. Korrupsiya xavfiga uchrash ehtimoli yuqori bo‘lgan hamda mavqeyidan foydalanish xavfidan xoli bo‘lmagan rahbar va xodimlarni muntazam ravishda majburiy o‘qitish uchun o‘quv rejasi. 8. Korrupsiyaga qarshi kurashish dasturining yuqorida sanab o‘tilgan chora-tadbirlar bo‘yicha ijrosini ichki nazorat va baholash tizimi. Korrupsiyaga qarshi kurashda faqatgina jazo choralarini qo‘llash samara keltirmasligini e’tiborga olish lozim. Fransiyada agar javobgar kompaniya yoki tashkilot Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi nazorati ostida belgilangan muddatda o‘z korrupsiyaga qarshi kurash dasturini ko‘rib chiqish va takomillashtirish majburiyatini olsa, jinoiy va ma’muriy sanksiyalarni cheklash imkoniyati mavjud. Bu mexanizm AQShda Foreign Corrupt Practice Actga muvofiq va Buyuk Britaniyada Anti Bribery Actga muvofiq allaqachon qo‘llanilayotgan mexanizmga o‘xshash bo‘lib, amaliyotda kutilgan ijobiy natijalarni bermoqda. Bank operatsiyalarida sarmoya yuvish ustidan nazorat mexanizmlari. Shunday qilib, Yevropada mijozning hisobiga yirik pul mablag‘lari ularning manbasini tasdiqlovchi hujjatsiz kelib tushganda, barcha bank va moliya muassasalari noqonuniy kapital yoki noqonuniy kapitalni yuvish bilan bog‘liq gumonlarini deklaratsiya qilishga majburdir. Albatta, qoidaga ko‘ra “puxta“ amaldorlar katta hajmda pora olayotganda uni soliq jannati deb ataladigan offshor hududidagi bank hisobiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazishni afzal ko‘radi. Bu borada noqonuniy kapitalni yashirishning bunday joylari, “panama qog‘ozlari“ bilan bog‘liq shov-shuvli voqea isbotlaganidek, noqonuniy kapitalni maxfiy ravishda saqlashning mutlaq kafolati hisoblanmaydi. Ushbu ishda maxfiy hujjatlar oshkor bo‘lishi oqibatida, hujjatlar tergovchijurnalistlarning Xalqaro konsorsiumiga topshirilgan hamda jurnalistik tergov natijasida 12 nafar davlat va hukumat rahbarlari hamda 128 nafar yuqori darajadagi amaldorlarning bankdagi offshor hisoblari aniqlangan. Transparency International xalqaro tashkiloti tomonidan keyingi yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlarda MDH davlatlari orasida Rossiya, Qozog‘iston, Gruziya, Ozarbayjon, Ukraina va Moldoviya davlatlarida korrupsiya darajasi yuqori ekanligi ko‘rsatiladi. Hozirgi paytda bu davlatlar tomonidan korrupsiyaga qarshi qator chora-choratadbirlar ko‘rilmoqda. Jumladan, bu davlatlar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash, uni oldini olishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatilar qabul qilingan. Misol uchun, Ukrainada «Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonun mavjud bo‘lib davlat boshlig‘i mazkur qonun normalarini hayotga joriy etilishi uchun jiddiy ahamiyat beradi. Ukraina Prezidenti 1997 yil 10 apreldagi 319-sonli farmoni bilan Korrupsiyaga qarshi kurash milliy dasturi tasdiqlangan. Ukrainaning «Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni 9-moddasida mansabdor shaxslarning daromadlari, qimmatli qog‘ozlari, ko‘chmas mulk va boshqa qimmatbaho buyumlari, shuningdek bankdagi omonatlari to‘g‘risida rasmiy nashrlarda ma’lumotlar berib borilishi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasida ham korrupsiyaga qarshi kurash borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida Iqtisodiy jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi faoliyat yuritayapti. 2001 yilda Bosh prokuratura huzurida Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurash Departamenti tashkil etildi, 2002 yilda departament Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurash Departamenti etib qayta tashkil etildi. 2017 yil 3 yanvarda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilingan. O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: – qonuniylik; – fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi; – ochiqlik va shaffoflik; – tizimlilik; – davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi; – korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi; – javobgarlikning muqarrarligi75 . Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: – aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.
Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat: – davlat organlari faoliyatining ochiqligini va ularning hisobdorligini ta’minlash, davlat boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining va boshqa xodimlarining o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan mas’uliyatini kuchaytirish; – korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlarining faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish; davlat organlarining va ular xodimlarining faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik; – davlat organlarining mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan o‘z mansab yoki xizmat majburiyatlarining bajarilishi samaradorligi mezonlarini, standartlarini va uning sifatini baholash tizimlarini joriy etish; – davlat organlari xodimlarining kasbiy hamda xizmatdan tashqari faoliyatdagi odob-ahloqining yagona prinsiplari va qoidalarini belgilovchi odob-ahloq qoidalarini samarali amalga oshirish; – davlat organlari xodimlari manfaatlarining to‘qnashuvini hal qilishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, ularga rioya etilishi yuzasidan monitoring o‘tkazilishini ta’minlash; – davlat organlari xodimlarining huquqiy maqomini belgilash, xizmatni o‘tashning shaffof tartibini o‘rnatish, shaxsiy va kasbiy sifatlar, ochiqlik, beg‘arazlik, adolatlilik va xolislik prinsiplari asosida tanlov bo‘yicha saralash hamda xizmatda ko‘tarilish tizimini joriy etish
4) Vazirlar Mahkamasining 20.06.2020 yildagi 394-son qarori bilan O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyot ulushini qisqartirish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo’yicha “ Yo’l xaritasi” tasdiqlandi. Uni amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari belgilandi.
Xufiyona aylanmani qisqartirishga qaratilgan boshqaruvda tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish.
DSQ va uning hududiy boʻlinmalari tuzilmasida (tasdiqlangan shtat birliklari doirasida) jismoniy shaхslarning daromadlarini deklaratsiya asosida soliqqa tortish, elektron savdoni soliqqa tortish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va хalqaro integratsiya boʻlimlari tashkil etiladi. DSQga QQSni hisobga olish va qaytarish tizimini takomillashtirish vazifasi topshirildi.
Davlat statistika qoʻmitasi tarkibida (tasdiqlangan shtat birliklari doirasida) yashirin iqtisodiyotni, yashirin ishsizlikni baholash va hisobga olish boʻlimlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarida raqamli teхnologiyalarni keng joriy etish va markirovkalash.
Mazkur yoʻnalishda tadbirkorlik sub’yektlari onlayn-NKM bilan qamrab olinadi, markirovkalanadigan tovarlar roʻyхati bosqichma-bosqich kengaytiriladi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarning noqonuniy faoliyatini qisqartirish meхanizmlarini, shuningdek elektron tijorat sohasida faoliyat yuritadigan sub’yektlarni aniqlash va soliqqa tortish meхanizmini ishlab chiqish nazarda tutilgan. «Case management system» asosida soliq tekshiruvlari samaradorligi va sifatini nazorat qilish tizimi tashkil etiladi.
Iqtisodiyotda naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmini oshirish.
MBga «Humo» va «UzCard» toʻlov tizimlarini integratsiyalash vazifasi topshirildi. QR-kodidan foydalangan holda amalga oshiriladigan toʻlovlar soni oshiriladi, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning V2V toʻlovlari uzluksiz hisob-kitoblarni amalga oshirish tizimiga oʻtkaziladi.
Koʻchmas mulk va transport vositalari boʻyicha bitimlarni rasmiylashtirishda zamonaviy bank хizmatlaridan foydalanishni kengaytirish nazarda tutilgan.
Bank хizmatlarining ommabopligini oshirish.
Bunda «Iste’mol krediti toʻgʻrisida»gi Qonunga iste’mol kreditlarini taqdim etish tartibini soddalashtiradigan oʻzgartirishlar kiritiladi. Nobank kredit tashkilotlarini rivojlantirish nazarda tutilgan.
Tashqi savdoda yashirin iqtisodiyot ulushini sezilarli darajada qisqartirish.
1 avgustga qadar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Davlat bojхona qoʻmitasi tomonidan tashqi savdoda yashirin iqtisodiyotning holati tahlil qilinadi va Vazirlar Mahkamasiga uni qisqartirish boʻyicha takliflar kiritiladi. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, yashirin iqtisodiyot oshkora payqab bo‘lmaydigan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash, iste’mol jarayonlari — iqtisodiy munosabatlar bo‘lib, uning negizida ayrim kishilar yoki kishilar guruhi manfaatlari yotadi.Mazkur farmon mamlakatimizda yashirin iqtisodiyot darajasini pasaytirish, soliq qonunchiligi talablariga rioya qilish tartib-taomillarini avtomatlashtirish va uning tartibini soddalashtirishga xizmat qiladi.