Muqobil qiymat doimiy, o‘sib boruvchi va pasayib boruvchi bo‘lishi mumkin. Muqobil qiymatni ilmiy abstraksiya usulini qo‘llab, ikki tur mahsulot ishlab chiqarish misolida tahlil qilamiz. Iqtisodiyoda ikki xil mahsulot – guruch va avtomobil ishlab chiqariladi deb, faraz qilamiz. Barcha resurslar 100 birlikdan iborat. 1 tonna guruch yetishtirish uchun 2 birlik, bir dona avtomobil ishlab chiqarish uchun 4 birlik resurs zarur. Agarda guruchni X, avtomobilni Y bilan belgilasak, mavjud resurslardan foydalanib ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan tovarlar miqdori o‘rtasidagi bog‘lanish quyidagicha bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |