Oila budjetinicheklanganligi hayot kechirish uchun zarur buyumlarni qaysi birini xarid qilishni, vaqtimizni cheklanganligi qaysi ishni bajarishimizni, resurslarni cheklanganligi ularni qaysi tovar (xizmat)larni ishlab chiqarish, davlat budjetining cheklanganligi ularni qanday maqsadlar uchun ishlatishni tanlashni zarur qilib qo‘yadi. Masalan, talaba o‘z vaqtini dars tayyorlashga yoki dam olishga sarflashi mumkin. Dehqon o‘z yeriga piyoz yoki kartoshka ekishi mumkin. Tadbirkor o‘z puliga yangi uskuna yoki xomashyo sotib olishi mumkin. Budjet mablag‘ini yangi maktab yoki ko‘prik qurishga sarflashi mumkin va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |