2017-2021-yillar O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning “Harakatlar strategiyasi” da ham .. “...iqtisodiyotning energiya va resurs sarfini qisqartirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish”ga ishlab chiqarish samaradorligini o‘stirishning muhim omili sifatida qaraladi. Fan-texnika taraqqiyoti fan sohasidagi ishlab chiqarish qurollari, texnologiya, boshqarish va boshqa ko‘pgina o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Hozirgi davrda fan-texnika tez sur’atlar bilan taraqqiy qilmoqda va u ilgarigi texnika taraqqiyotiga qaraganda birmuncha afzalliklarga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |