Har bir ishlab chiqarish bo‘g‘inida turli omillarning birgalikda ishlatilishi natijasida mahsulot, ya’ni tovar va xizmatlar yaratiladi. Ular qiymat o‘lchovida korxonalardarajasida yalpi mahsulotni milliy iqtisodiyot ko‘lamida milliy mahsulotni tashkil qiladi. Maqsadli ishlatilishi, ishlab chiqarish yoki shaxsiy iste’mol vositasi bo‘lib xizmat qilishiga muvofiq turli darajadagi mahsulot o‘zining natural buyumlashgan shakli bo‘yicha ikki qismdan: ishlab chiqarish vositalari va iste’mol tovarlaridan tashkil topadi. Кeyingisi o‘z navbatida iste’mol buyumlaridan va aholiga ko‘rsatilgan turli xizmatlardan iborat bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |