5.Pul shakllari va turlarining evolyusiyasi. Pul hozirgi kundagi ko’rinishi, holati va darajasiga etgunga qadar juda uzoq tarixiy davrni
boshidan kechirdi. Er yuzida puldan ayirboshlash vositasi sifatida foydalanib kelinayotganiga etti
ming yildan ortiq vaqt bo’ldi
14
. Bu davr ichida dastlabki pullar tovar, buyum, oddiy metall va
qimmatbaho metallar ko’rinishidan hozirgi kunda keng foydalanib kelinayotgan qog’oz va
elektron pullar ko’rinishigacha etib keldi.
Jamiyatda ijtimoiy
–
iqtisodiy jarayonlar takomillashib va rivojlanib borgani sari pulning
shakli, pul ishlari va pul ishtirokidagi hisob
–
kitoblar ham doimiy ravishda takomillashib va
rivojlanib kelmoqda.
Pulning rivojlanishiga turtki bo’lgan asosiy omillar quyidagilar hisoblanadi. 1.Tovar ishlab
chiqarishning kengayishi va mehnat taqsimotining chuqurlashuvi. 2. Barcha shakllardagi mulk
qiymatlarining o’sishi. 3. Tovarlar oldi –
sotdisi bo’yicha aylanmalar hajmining ortishi.
Tanga pullarning rivojlanish tarixi . Mavjud iqtisodiy adabiyotlarda dastlabki tanga pullar
Xitoy mamlakatida va qadimgi Lidiya xonligi davrida miloddan avvalgi VII asrda paydo
bo’lganligini ta’kidlaydi. Manbalarga ko’ra, birinchi oltin pullar bizning eramizgacha bo’lgan VII
asrda Lidiya shohi Gigesning buyrug’i bilan zarb etilgan. Oltinga o’zining tasvirin
i tushirib zarb
qilgan birinchi shox Aleksandr Makedonskiy hisoblanadi, o’sha davrda oltinning qiymati uning
probasi va og’irligi bilan o’lchanar edi.
AQShda monetalar 1793 yilda zarb etilgan, shu davrga qadar va undan keyin uzoq muddat
davomida mamlakatd
a xorijiy mamlakatlarning tangalari to’lov vositasi sifatida amal qilgan.
Mamlakatda ayrim xorijiy tangalar 1857 yilgacha to’lov vositasi sifatida muomalada ishtirok etdi.
Muomalada oltin tangalar to’lov vositasini bajarganda ular haqiqiy pul sifatida o’zi
ning
sohibiga iqtisodiy zarar keltirmaydi va avtomatik ravishda boshqarilib turish xususiyatiga ega
bo’lgan. Ya’ni, ularni hozirgi paytdagi kabi qog’oz pullarni emissiyasi orqali tartibga solib
turishga ehtiyoj bo’lmagan. Agar oltin tangalarning hajmi ehtiyojdan ortib ketadiigan bo’lsa, ular
boylik sifatida avtomatik tarzda jamg’armaga o’tadi, aksincha bo’lganda esa to’lov vositasi
sifatida muomalaga chiqadi. Shu bois ham oltin tangalar to’lov vositasini bajargan paytda pul
tizimini tartibga solish apparati va pul
–
kredit siyosatini amalga oshirishga ehtiyoj bo’lmagan.