Xudoyberganova zarofat zahidovna xojibekova zilola shavkat qizi


 Iqtisodiyotda pul, kredit va banklarning u



Download 5,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/406
Sana15.06.2022
Hajmi5,31 Mb.
#672888
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   406
Bog'liq
УМК Пул ва банклар 2021-2022 compressed (1)

2. Iqtisodiyotda pul, kredit va banklarning u
zviy bog’liqligi

Jamiyatda mehnat taqsimoti va ishlab chiqarish jarayonining mavjudligi iqtisodiy hayotda 
pulning roli doimo oshib boraveradi. Bir
gina mehnat taqsimotiga e’tibor qaratadigan 
bo’lsak, kompaniya yoki firma biror narsani ishlab chiqarish yoki xizmat turini ko’rsatish 
uchun zarur xom 

ashyo va materiallarni olish maqsadida bir necha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar 
bilan iqtisodiy aloqala
rni o’rnatadi, ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko’rsatish jarayonida ishtirok 
etayotgan xodimlarning mehnati uchun haq to’laydi va boshqa qator ishlarni amalga oshiradi. 
Bularning barchasi tomonlar o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy hamkorlik va manfaatdorlik aso
sida 
amalga oshiriladi. Mana shu iqtisodiy hamkorlik va manfaatdorlikni amalga oshirishning iqtisodiy 
mexanizmi sifatida pulning roli alohida ahamiyat kasb etadii.
Bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillarida biri har qanday faoliyatning asosida iqtisodiy 
manfaatdorlik yotadi. Ishlab chiqaruvchi korxona, tashkilot yoki firma yaratayotgan tovar yoki 
xizmatlarni shaxsiy iste’moli uchun emas, balki bozorda sotish orqali tegishli iqtisodiy foyda 
ko’rish ilinjida ishlab chiqaradi. Bu ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar o’rtasida tovar –
pul 
munosabatlarini vujudga keltiradi, ushbu munosabatda pul ishlab chiqaruvchi va iste’molchi 
o’ratasida ayirboshlash vositasi sifatida muhim rol o’ynaydi.
Bu erda ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o’rtasida ayirboshlanadigan 
tovar yoki 
mahsulotning bahosi muhim rol o’ynaydi. Ularning bahosi bozordagi talab va taklif asosida pulda 
ifodalanadi. Pulning rolini amal qilishida baho muhim iqtisodiy mexanizm hisoblanadi, tovar va 
xizmatlar bahosiga qator omillar ta’sir qiladi. Xususan, tovar va xizmatlarning sifati, unga bo’lgan 
talab darajasi, sotib oluvchining to’lov qobiliyati va boshqa qator omillar shular jumlasidandir. 
Haqiqatda ham yuqorida qayd etilgan jarayonlarni tashkil etishda pulning ishtiroki muhim 
ahamiyat kasb etadii
. Shu bilan birga, pulning tovar xo’jaligi sharoitida amal qilishining 
samaradorligini oshishiga qator omillar ta’sir qiladi. Xususan ular quyidagilardan iborat: 
1. Iqtisodiyotning barqarorligi va raqobatbardoshligi. Mamlakat iqtisodiyotining 
barqarorlig
i va raqobatbardoshligi aholining iste’mol tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabini 
mahalliy ishlab chiqarish hisobidan qondirish imkoniyatini beradi. Bu bozor iqtisodiyoti sharoitida 
juda muhim hisoblanadi. Birinchidan, import hajmini qisqartirish asosida xorijiy valyutalarni 
chetga chiqib ketishining oldini oladi. Ikkinchidan, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga 
nisbatan barqarorligini oshiradi.
2. Markaziy bankning mustaqilligini ta’minlanganligi. Ma’lumki, Markaziy bankning bosh 
maqsadi milliy val
yutaning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan, ushbu maqsadni samarali 
amalga oshirish uchun Markaziy bank hukumat va davlat boshqaruv organlari bosimidan holi 
bo’lishi lozim. Aks holda milliy valyutaning barqarorligi zaiflashadi va uning xalq xo’jaligid
agi 
roli pasayadi.
3. Aholi va mijozlarning bank tizimiga ishonchining mustahkamligi. Mamlakat aholisi va 
mijozlarning bank tizimiga bo’lgan ishonchining yuqoriligi pulning roliga bevosita va bilvosita 
ta’sir qiladi. Chunki aholi va mijozlarning banklarg
a nisbatan ishonchining yuqoriligi ularning 
vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini banklarga muddatli omonat sifatida qo’yishga undaydi. Bu 
esa pulning jamg’arma vositasi va to’lov vositasi rolini oshiradi, shu bilan birga, birinchidan, pul 
egalariga qo’shim
cha daromad keltiradi, ikkinchidan, banklarning real sektorni kreditlash 
imkoniyatlarini oshiradi. Bularning barchasi tovar xo’jaligi sharoitida pulning rolini oshishiga 
ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 


136
4. Inflyatsiya darajasining tegishli me’yorlarda saqlab tu
rilishi. Milliy valyutaning 
inflyatsiya darajasi xalqaro amaliyotda qabul qilingan me’yorlardan ortib ketishi uning 
iqtisodiyotdagi roliga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Inflyatsiya darajasi yuqori bo’lgan sharoitda 
aholining real daromadlari pasayadi, kredit muassasalarida uzoq muddatli omonatlar hajmi 
qisqaradi, korxona va tashkilotlar ishlab chiqarish hisobidan emas, balki o’zaro olib sotish yo’li 
bilan daromad izlash payiga tushib qoladi. Natijada aholining iste’mol tovarlarga bo’lgan talabi 
mahalliy ishlab chiqarish hisobidan emas, balki import hisobidan qondiriladi. Bularning barchasi 
milliy valyutaning iqtisodiyotdagi rolini pasayishiga olib keladi. 
Jamiyatda tovar 

pul munosabatlaridan keyingi vujudga kelgan muhim ijtimoiy 

iqtisodiy 
munosabatlardan biri kredit munosabatlari hisoblanadi. Kredit, pul kabi iqtisodiy kategoriya 
bo’lib, pul mablag’larining samarali ishlashiga, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va jismoniy 
shaxslarning ortiqcha vaqt va mablag’ sarf qilmasdan qo’shimcha pul mablag’lariga bo’lgan
talabini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadii.
Kredit munosabatlari iqtisodiy fanlarning barcha bo’g’inlarida bevosita yoki bilvosita 
alohida ijtimoiy 

iqtisodiy jarayon sifatida o’rganiladi. 
Iqtisodiy adabiyotlarda “kredit” so’zi lotincha “creditum” –
ssuda, qarz so’zidan paydo 
bo’lganligi qayd etiladi. Ayrim iqtisodchi olimlar “credo”, ya’ni “ishonaman” degan ma’noni 
anglatishini qayd etadii2
. Albatta, kredit munosabatlarida ishtirok etayotgan sub’ektlarning bir –
biriga bo’lgan ishonchi asosiy om
il hisoblanadi. Bu erda kreditor, kreditni berishda asosiy masala 
kredit oluvchiga nisbatan “ishonchi” muhim ahamiyat kasb etadii.
Biroq, kredit iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi uchun birgina ishonchning o’zi etarli 
bo’lmaydi. Kredit va kredit m
unosabatlarining vujudga kelishida ishonch bilan birgalikda shunday 
bir kategoriya mavjudki, bu kreditor va kredit oluvchi o’rtasida o’zaro iqtisodiy hamkorlikni 
amalga oshirishga undaydi. Buni kreditor va qarz oluvchi nuqtai nazardan ko’radigan bo’lsak, 
k
reditorni ushbu munosabatlarni rivojlantirishiga asosiy omil bu iqtisodiy manfaatdorlik, ya’ni 
kredit foizi hisoblanadi. Qarz oluvchi uchun esa ishlab chiqarish jarayonini uzluksizligini 
ta’minlash orqali tegishli iqtisodiy manfaatdorlikka erishishdir. 
B
undan ko’rinib turibdiki, kredit va kredit munosabatlarini vujudga kelishi va rivojlanishida 
har ikkala tomonning ham iqtisodiy manfaatdorligi kuchli moliyaviy mexanizm hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning zarurligi quyidagi omillar bilan belgilanadi: 
-
kredit munosabatlarida ishtirok etuvchi tomonlarning iqtisodiy manfaatdorligini 
ta’minlanishi. Xususan, kreditor kredit hisobidan foiz to’lovlari sifatida foyda olsa, qarz oluvchi 
ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlash orqali tegishl
i foydani shakllantirish imkoniyatiga 
ega bo’ladi;
-
iqtisodiyotda vaqtinchalik bo’sh pul mablag’lar ssuda kapitali sifatida jamg’arilib, 
tegishli maqsadlarga yo’naltiriladi;
-
iqtisodiyotda ishlab chiqarish tsiklining davriyligi. Bunda ayrim tarmoqlarda 
vaqt
inchalik bo’sh pul mablag’lari vujudga kelsa, boshqalarida qo’shimcha moliyaviy resurslarga 
ehtiyoj tug’iladi, ushbu jarayon kredit orqali tartibga solinadi;
-
ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida qo’shimcha moliyaviy resurslarga bo’lgan 
ehtiyojning asosiy qismi kreditlar orqali qondiriladi. 
Zamonaviy iqtisodiyotda kredit muhim moliyaviy element sifatida mamlakat iqtisodiyotini 
rivojlanishining ajralmas qismi hisoblanadi. Kredit va kredit munosabatlarining vujudga kelishi va 
rivojlashining asosida tov
ar ishlab chiqarish, yanayam aniqroq qilib aytadigan bo’lsak –
kapital 
muomalasi va aylanishi yotadi. Jamiyatda kapital muomalasi va aylanishi doimo ham bir 
maromda amal qilmaydi, bular yuqorida ta’kidlanganidek qator omillar bilan izohlanadi. 
Kreditning 
mohiyatiga qator iqtisodchi olimlar tegishli ta’riflarni shakllantirgan. Xususan, 
Shchegortsova V.A. tahriri ostida tayyorlangan darslikda, “Kredit –
qaytarish va to’lov sharti bilan 
qarzdorga vaqtinchalik foydalanish maqsadida pul mablag’i yoki moddiy buyum ko’rinishida 
Деньги, кредит, банки: Учеб




е
изд
., 
перераб

и
доп
./
под
ред

В.В.Иванова, Б.И.Соколова. –М.: ТК Велби, 
изд –
во Проспект, 2008. –С.410



137
berish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimidir” tarzidagi ta’rifi 
shakllantirilgan.
Professor O.I.Lavrushin tahriri ostida nashr etilgan darslikda kreditning mohiyatiga aniq 
ta’rif berilmagan. Biroq, ularning fikricha, kredit ijtimoiy munosabatlarning bir ko’rinishi bo’lib, 
iqtisodiy kategoriyadir. Shu bilan birga, kredit turlicha ijtimoiy munosabatlarda emas, balki 
iqtisodiy munosabatlarni aks ettiruvchi qiymatning harakati jarayonida namoyon bo’ladi. 
Darslikda, kreditning mohiyatini aniq aks ettirish uchun uning tarkibi, harakat qilish jarayoni va 
vujudga kelish asosiga e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlanadi
3. 
Boshqa rossiyalik iqtisodchi olimlar “Pulli (tovarli) kredit to’lov asosida amalga 
oshiriladigan bir toifa
dagi ekvivalentning turli vaqtdagi o’zaro harakatining yig’indisir.”, degan 
ta’rifni berishgan 
4.
Kreditning iqtisodiy mohiyatiga berilgan ta’riflardan ko’rinib turibdiki, bu borada iqtisodchi 
olimlarning fikrlari bir 

biridan sezilarli darajada farq qi
ladi. Shu bois, “Kredit –
tegishli 
tamoyillar asosida (qaytarishlik, to’lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadlilik) qiymat 
va moddiy buyum ko’rinishida, jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etiladigan iqtisodiy 
kategoriyalarning bir shaklidir” tarzidagi ta’rifni shakllantirishga jazm etdik.
Kreditning mohiyatini yanada aniqroq va to’liqroq ochib berishda uning sub’ektiv va 
ob’ektiv mohiyatiga e’tibor qaratish lozim. Kredit munosabatlarining vujudga kelishida, 
shuningdek, uning mohiyatini ochib 
berishda kreditning sub’ektiv mohiyati ham alohida o’rin 
tutadi. Kreditning sub’ektiv mohiyati bir –
biriga bog’liq bo’lgan “kreditor” va “kredit 
oluvchi”ning munosabatlarida namoyon bo’ladi. 
-
“Kreditor” va “kredit oluvchi” o’rtasida vujudga keladigan muno
sabatlarning asosida 
tovar 

pul aylanmasi yotadi. Jamiyatda vaqtinchalik bo’sh mablag’larning mavjudligi va tovar 
aylanmasining mavjudligi kredit va qarz oluvchining manfaatlarini bir 

biriga to’qnashishiga 
xizmat qiladi. Agar, ushbu manfaatlar bir 

bir
iga mos kelsa ular o’rtasida kredit munosabatlari 
vujudga keladi. 
-
Kreditor 

kredit munosabatlarini tashkil etishda kredit beruvchi sifatida maydonga 
chiqadi. Kreditor pul mablag’larini vaqtinchalik foydalanishga beruvchi sub’ektlar hisoblanadi. 
Bunday sub
’ektlar banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlar, lombardlar, davlat va 
boshqa moliyaviy tashkilotlar bo’lishi mumkin. Kreditor ssuda sifatida beradigan pul mablag’lari 
ularning o’z mablag’lari va jalb qilingan mablag’lari hisobidan shakllanti
riladi. Kreditor 
sub’ektlar ichida, banklar va kredit uyushmalari nafaqat o’z mablag’lari hisobidan, balki chetdan 
jalb qilingan mablag’lar hisobidan kreditlar beradi. Mablag’larni jalb qilishning turli yo’llari 
mavjud bo’lib, bozor iqtisodiyoti sharoitida
aktsiyalar va obligatsiyalarni muomalaga chiqarish 
asosiy va samarali yo’llaridan biri hisoblanadi. 
-
Kreditor jamiyatdagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larni tegishli shartlar asosida jalb 
qilib, ushbu mablag’larni kreditning qayta taqsimlash funktsiyasi 
orqali real sektorning zarur 
bo’lgan bo’g’inlariga joylashtiradi. Bu jarayon iqtisodiyotdagi vaqtinchalik bo’sh pul 
mablag’larini samarali ishlashini, ya’ni kapital aylanmasini to’xtovsizligini ta’minlash bilan birga, 
kreditor jamlangan mablag’larni zarur maqsadlarga joylashtirish asosida ushbu mablag’larni o’z 
maqsadi va kredit munosabatlari ishtirokchilari manfaatlari yo’lida xizmat qilishiga erishadi.
-
Kredit oluvchi 

kredit munosabatlarida kredit oluvchi sifatida ishtirok etadii. Kredit 
oluvchi sub’ektlar sifatida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, aholi, davlat, banklar va boshqa shaxslar 
maydonga chiqadi. Iqtisodiy adabiyotlarda kredit oluvchini qarzdor sifatida talqin etish holatlari 
uchraydi, shuningdek, kredit va qarzning bir 

biridan iqtisodiy jihatdan farqlanishi xususida ham 
tortishuvlar ko’zga tashlanadi. Albatta, “kredit” va “qarz” o’rtasida o’zaro bog’liklik bo’lishi 
mumkin, lekin iqtisodiy mohiyatan bu ikki tushuncha o’rtasida bir –
biridan jiddiy farq qiladigan 
3
Деньги, кредит, банки: учебник/кол. авт.: под ред.засл.деят. науки РФ, д.э.н. проф. О.И.Лавшурина.



е 
изд., стер. –М.: КНОРУС, 2007. –С. 237 –
238. 
4
Деньги, кредит, банки: Учеб




е изд., перераб. и доп./под ред. В.В.Иванова, Б.И.Соколова. –М.: ТК 
Велби, изд –
во Проспект, 2008. –С.428.


138
jihatlari mavjud. Kredit iqtisodiy kategoriya sifatida tegishli ijtimoiy 

iqtisodiy qonunlar va 
tamoyillar asosida amal qiladi. Kredit munosabatlarida ishtirok etuvchi har ikkala tomonning 
iqtisodiy manfaatlari mavjud bo’lib, ushbu manfaatlar o’zaro mujassamlashganda kredit 
munosabatlari 
ro’y beradi. 

Download 5,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   406




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish