Xudoyberganova zarofat zahidovna xojibekova zilola shavkat qizi


Monetar va fiskal siyosatning bog’liqligi



Download 5,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/406
Sana15.06.2022
Hajmi5,31 Mb.
#672888
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   406
Bog'liq
УМК Пул ва банклар 2021-2022 compressed (1)

Monetar va fiskal siyosatning bog’liqligi. 
Fiskal siyosat soliqqa tortish va davlat 
xarajatlariga doir masalalarni hal etishni o’z ichiga oladi. Byudjet defitsiti
-
bir yil ichida davlat 
xarajatlarining uning daromadlaridan ortishini. Byudjetning ijobiy saldosi (profitsit)-byudjet 
daromadlarining xarajatlardan ortishini bildiradi. Byudjet defitsitini moliyalashtirish maqsadida 
xukumat qarz olishiga to’g’ri keladi; ijobiy saldo esa davlat qarzlarini kamaytirishga imkon 
beradi. 7-
rasmdagi grafikdan ko’rinib turibdiki, 1983 yilda AQShda YaIMga nisbatan byudjet 
defitsiti o’zini
ng maksimal miqdoriga (6%) etdi. Bundan keyin byudjet defitsiti dastlab YaIMga 
nisbatan 3%gacha kamaydi, so’ngra 1989 yilda 5%gacha ortdi, bundan keyingi yillarda esa 
kamayib bordi va 1999-
2001 yillarga kelib ijobiy saldoga o’zgardi. 11 sentyabr 2001 yilda
gi 
terroristik hujum, 2003 yil martda Iroqdagi urush hamda 2007-2009 yillardagi moliyaviy inqiroz 
AQSh davlat byudjetida defitsit yuzaga keltirdi va defitsit YaIMga nisbatan 10%dan oshib ketdi. 
Byudjetning defitsiti yoki profitsitiga tegishli bo’lgan masal
alar xukumatning qonunchilik va 
ijroiya organlari o’rtasidagi doimiy munozaralar mavzusi bo’lib kelmoqda. 
Televidenie yoki gazetalarda byudjetning ijobiy saldosi 

yaxshi, salbiy saldosi 

zaralar 
ekanligi to’g’risida eshitgan bo’lishingiz mumkin. Ushbu 
fikrlar qanchalik haqiqatga yaqinligini 
biz 2001 yilda Argentinada yuzaga kelgan byudjet taqchilligi moliyaviy inqirozning sababi 
sifatida to’hrisida ham ko’rib chiqilgan. Shuningdek, biz byudjet taqchilligining pul massasi 
o’sishiga, inflyatsiya sur’atlari va foiz stavkalariga ta’sirini ham taxliliy jihatdan o’rganamiz. 
Xalqaro moliyani nima sababdan o’rganamiz?
So’nggi yillarda moliyaviy bozorlarning globallashuvi yanada tezlashib ketdi. Dunyo 
bo’ylab moliyaviy bozorlar juda yuqori suratlarda integratts
iyalashdi. Amerika kompaniyalari tez-
tez xorijiy moliyaviy bozorlardan qarz olishadi va xorijiy kompaniyalar AQSh moliya bozorlariga 
qarz berishadi. Banklar va boshqa moliyaviy institutlar, jumladan, JP Morgan Chase, Citigroup, 
UBS, Doychebank jahon bo’ylab ko’plab mamlakatlarda operatsiyalarni amalga oshirish orqali 
xalqaro darajaga chiqdi. Ushbu fan xorijiy valyuta bozorlari va xalqaro moliyaviy tizimni ham 
o’zida aks ettiradi. 
Banklarning mohiyatiga iqtisodiy adabiyotlarda turli yondashuvlar mavjud. “Bank” 
etimologiyasiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, “bank” so’zi qadimgi frantsuzcha “banque” va 
italiyancha “bansa” so’zlaridan paydo bo’lib, “almashtirish stoli” ma’nosini anglatishining guvohi 
bo’lamiz. 
Bank 

bu moliyaviy muassasa bo’lib, jamiyatdagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini 
tegishli shartlar bilan jalb etib, ushbu mablag’larga ehtiyoji mavjud bo’lgan yuridik va jismoniy 
shaxslarga qaytarishlik, muddatlilik, to’lovlilik va ta’minlanganlik asosida beradigan tijorat 
tashkilotdir.
Boshqa bir adabiyotda, bank 

tadbirkorlik faoliyatining o’ziga xos turi bo’lib, uning 
faoliyati ssuda kapitalining harakati, ya’ni ularni jalb qilish va joylashtirilishi bilan bevosita 
bog’liqdir, degan fikr ilgari suriladi. 
Bankir ssuda kapitalistidan farqli o’laroq,
turli ko’rinishdagi xizmatlarni taklif etadii va pul 
aylanmasini tashkil qiladi. Ssuda kapitalisti ishlab chiqarishni o’z kapitali hisobidan 
moliyalashtirsa, bankir ushbu jarayonni chetdan jalb qilingan begona shaxslarning mablag’lari 
hisobidan amalga oshiradi.
Tijorat banklari mohyatini teranroq anglash uchun ayrim metodologik masalalarga e’tibor 
qaratish lozim. Ularning ayrimlari quyida keltiriladi: 

banklarning mohiyatini yoritishda ularning mikrodarajadagi faoliyatiga e’tibor qaratish 
lozim; 

banklarning mohiyatini yoritishda ular qanday shaklda va maqsadda tashkil etilganligiga 
emas, balki ularga yagona bank sifatida faoliyat yuritishiga e’tibor qilish lozim;


135

banklarning mohiyatini ajralmas qismi sifatida ularning tashkil topish asoslari, ya’ni
tashkiliy 

huquqiy asoslari muhim ahamiyat kasb etadii; 

banklarning mohiyati 

bu o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan ob’ektning tarkibini 
anglatadi; 

banklarning mohiyatiga qator ta’riflar shakllantirilgan bo’lib, muammoni o’rganayotgan 
paytda uning 
qanday jihatiga e’tibor qaratilayotganligi muhim hisoblanadi


Download 5,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   406




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish