Xudoyberganova zarofat zahidovna xojibekova zilola shavkat qizi


 Yevropa Valyuta Ittifoqi tashkil topishi, hamda yevroning muomalaga kiritilishi



Download 5,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/406
Sana15.06.2022
Hajmi5,31 Mb.
#672888
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   406
Bog'liq
УМК Пул ва банклар 2021-2022 compressed (1)

6. Yevropa Valyuta Ittifoqi tashkil topishi, hamda yevroning muomalaga kiritilishi. 
Yevropada yagona valyutaning muomalaga kiritilish
i jahon valyuta tizimida ijobiy o’zgarish 
bo’ldi desak xato bo’lmaydi. Sababi, bu integratsiya faqatgina davlatlarni 
Yevropa Ittifoqiga 
birlashtirishdan so’ng amalga oshgan bo’lsada, yagona valyutani tashkil qilish g’oyasi ancha 
oldin, ya’ni XIX asr va XX 
asr boshlarida vujudga kelgan edi. 
II jahon urushi esa Yevropaning ahamiyatini yanada pasaytirib yubordi va oqibatda 
moliyaviy, iqtisodiy va monetar sohadagi muammolar kun tartibiga qo’yildi. 1944 yilning 22 
iyulida jahon iqtisodiyotini boshqaruvchi qoidalar majmuidan iborat Bretton-Vuds kelishuvi 
imzolandi. Bu kelishuv esa Jahon banki va Xalqaro Valyuta Fondi singari tashkilotlarning tashkil 
etilishiga sabab bo’ldi. 1957 yilda Rim shartnomasi imzolandi va unga ko’ra bir qator 
Yevropa 
davlatlari Yevropa Iqtisodiy Jamiyati (YIJ)ni tashkil qilishdi. Umuman, ikkala jahon urushi 
74
Annual report 2014 China. www.cpb.org 


247
davlatlarning turli birlashmalarga birlashishlari muhimligini ko’rsatib berdi va bu kabi 
birlashuvlar kelgusi muammolarni bartaraf etish uchun asos bo’lardi.
Yevropa Ittifoqining valyuta 
tizimlari rivojlanish tarixida kiritik nuqta 1957 yilga to’g’ri 
keladi. Imzolangan Rim Shartnomasiga binoan kelajakda Yevropa birlashmasining asosini tashkil 
etishi kutilgan Yevropa Iqtisodiy Jamiyati tashkil etildi. Biroq Yevropa davlatlarining valyuta 
i
ttifoqi sohasidagi ijobiy o’zgarishlar ancha kechroq, ya’ni 70 yillarning boshlarida AQShda 
boshlangan valyuta inqirozi natijasida ro’y berdi.
O’zaro tor iqtisodiy aloqalarga ega bo’lgan 
Yevropa 
davlatlari valyutalari o’rtasida o’zaro 
tebranish chegaralari 
o’rnatilmagan holat, har bir a’zo uchun nafsiz va xavfli edi. Ma’lumki,
iqtisodiy integratsiyaning ajralmas, zaruriy qismi bu valyuta ittifoqidir. Yevropa
da o’sha davrga 
kelib valyuta ittifoqini tuzish zarurati quyidagilar edi: 
A’zo mamlakatlar valyutala
rini barqarorlashtirish bilan integratsiyalashuv jarayonini 
jadallashtirish; 
Yagona Yevropa valyuta tizimi zonasini barpo etish orqali jahon valyuta tizimining 
ta’siridan saqlanish;
Jahon valyuta tizimining asosi bo’lib hisoblangan AQSh dollarining tebrani
shlaridan 
ko’riladigan zararlarning oldini olish va dollarni ta’sir doirasini cheklash maqsadida o’zlarining 
barqaror valyutalarini kiritish
75

Shu sababli ham zudlik bilan Bretton-
Vuds tizimini vaqtinchalik o’rnini bosadigan 
mexanizm ishlab chiqish zarurat
i paydo bo’ldi va 1972 yil 24 apreldan “
Yevropa 
Valyuta iloni” 
o’z ishini boshladi.
Mazkur kelishuvning asosiy foydali jihati − barcha a’zo davlatlar valyutalari o’rtasida 
markaziy kursni belgilab bergan. Unga ko’ra, biror davlat valyuta kursining tebranish darajasi 
ixtiyoriy boshqa davlatnikidan 2.5% dan oshmasligi kerak edi
76
. O’rnatilga
n talablarni bajarish 
uchun Markaziy banklar valyuta bozorida operatsiyalar o’tkazish (milliy valyuta kursi o’zgarishini 
tartibga solishning amerikacha usuli) yoki boshqa usullar orqali milliy valyuta kursining markaziy 
kursdan uzoqlashishiga yo’l qo’ymasliklari kerak bo’lgan. Bunday harakatni amalga oshirib 
samarali natijaga erishilmagan taqdirda, barcha a’zo davlatlar bilan kelishgan holda markaziy 
kursni o’zgartirish imkoniyati mavjud edi. 
Shuni ta’kidlash joizki, “
Yevropa 
Valyuta iloni”ning samarali va
barqaror faoliyat 
ko’rsatishi uchun u amal qilinayotgan davlatlar bir xilda iqtisodiy rivojlanish xarakteriga ega 
bo’lishlari va to’lov balansida sezilarli darajadagi o’zgarishlar bo’lmasligi zarur. A’zo davlatlarda 
bunday iqtisodiy sharoit hamda bir xil 
iqtisodiy o’sish darajasi bo’lmaganligi sababli samarali 
natija bermadi. Oqibatda, Yevropada Valyuta ittifoqini tashkil etish yana kun tartibining asosiy 
masalasiga aylandi. 
1975 yil aprelda Yevropa hisob-kitob birligi - YHKB (European unit of account 

EUA) 
kiritiladi va endilikda valyuta kurslari dollarga nisbatan emas, balki YHKB tashkil topgan 
Yevropa valyutalarining bozor qiymati asosida belgilangan. Bu birlik davlatlararo va Yevropa 
Iqtisodiy Jamiyati byudjeti hisob-kitoblarida, Yevropa investitsion banklari operatsiyalarida keng 
qo’llanildi.
1977 yilda Valyuta Ittifoqini tashkil qilish g’oyasi GFR kansleri G.Shmitd va Fransiya 
prezidenti V.Jiskar d’Esten tomonidan qaytadan kiritiladi va 
Yevropa 
Ittifoqining o’sha davrdagi 
rahbari R.Jenkins tomonidan q
o’llab
-quvvatlanadi. 1978 yil 5-6 dekabrda Bryusseldagi Yevropa 
kengashida Yevropa 
Valyuta tizimini tashkil qilish to’g’risida qaror qabul qilinadi. Natijada 1979 
yil 13 martda Yevropa valyuta birligi 

“EKYu” (European currency unit –
ECU) va unga 
asoslangan Yevropa 
valyuta tizimi paydo bo’ldi. YVT ning muhim tomoni shunda ediki, u o’z 
ichiga Yevropaning barcha davlatlarini qamrab olgan edi
77

75
Abdullaeva Sh.. Xalqaro valyuta-
kredit munosabatlari. − 
Toshkent, 2007.
76
http://studopedia.ru/view_economika
77
Werner Becker. The Euro 

currency for Europe. − Berlin, 2012.


248
1988 yil fevralda GFR tashqi ishlar vaziri D.Gensher “
Yevropa 
valyuta bo’shlig’i va 
Yevropa Markaziy bankini tashk
il qilish to’g’risida”gi memorandumini taklif qildi, hamda u 
Yevropa 
Ittifoqi yetakchisi J.Delor tomonidan qo’llab
-
quvvatlanadi va u keyinchalik “Delor 
rejasi” nomini oladi. Unda Delor 
Yevropa Ittifoqi davlatlarining iqtisodiyoti va valyuta siyosatini 
amalga oshishini, Yevropa Markaziy bankini tashkil qilinishi va yagona Yevropa valyutasiga 
o’tish rejalarini ko’rib chiqadi. Bu reja 
Yevropa valyuta tizimining ilmiy asosi sifatida 1989 yil 26 
iyunda Madriddagi Yevropa 
kengashida dastur ko’rinishida qabul qili
nadi va uning asosiy 
g’oyalari keyinchalik Maastrixt shartnomasiga kiritiladi.
Valyuta Ittifoqi o’z ichiga faqatgina barqaror iqtisodiy rivojlanishga ega bo’lgan 
davlatlarni qabul qila olishini hisobga olgan holda Maastrixt shartnomasi a’zo davlatlar uchu

quyidagi talablarni qo’ygan edi:
inflyasiya darajasi eng kam darajadagi 3 ta davlat o’rtacha inflyatsiya darajasidan 1.5 % dan 
ortiq bo’lishi mumkin emas;
uzoq muddatli foiz stavkalari eng kam darajadagi inflyatsiyaga ega bo’lgan 3 ta davlat 
o’rtacha foiz stavkasidan 2 % dan ortiq bo’lishi mumkin emas;
milliy valyuta so’nggi 2 yil ichida devalvatsiyalanmasligi va 
Yevropa valyuta tizimi 
belgilagan kursdan 2.5 % lik tebranish darajasida bo’lishi kerak;
davlat byudjeti defitsiti YaIM ning 3 % dan oshmasligi lozim; 
davlat tashqi qarzi 

YaIM ning 60 % idan ortiq bo’lmasligi lozim;
Belgilangan me’yor talablari Ittifoq davlatlari o’rtasida barqaror makroiqtisodiy o’sishni 
ta’minlovchi ishonchli ko’rsatkichlar bo’lib hisoblangan. Mazkur talablarga Valyuta Ittifo
qi 
davlatlari va bu ittifoqqa kirish istagini bildirgan boshqa davlatlar ham rioya qilishlari shart 
bo’lgan.
Dastlabki davrlarda Maastrixt shartnomasi va Yevropa Valyuta Ittifoqini tashkil qilish 
rejasi o’zining kutilgan natijalarini bermadi. 1992
-1993 yillarda Yevropa Valyuta tizimi qattiq 
inqirozni boshdan o’tkazdi va natijada, Ispaniya, Portugaliya va Irlandiya davlatlarining milliy pul 
birliklari sezilarli darajada qadrsizlandi va hatto Buyuk Britaniya va Italiya davlatlari Yevropa 
Valyuta Ittifoqidan chiqishdi. Valyuta Ittifoqini saqlab qolish maqsadida 1993 yilning avgustida 
valyutalar kursi tebranish darajasini 15% gacha ko’tarish to’g’risida qaror qabul qilindi. 
Inqirozdan chiqishga faqatgina 1990 yillarning oxiriga kelibgina erishildi. Bundan tashqari 
Maastrixt shartnomasini va umuman Yevropa 
Valyuta Ittifoqini tashkil qilishni qo’llab
-quvvatlash 
darajasi pasayib ketdi: Buyuk Britaniya umuman Yevropa Valyuta Ittifoqi loyihasida 
qatnashishdan bosh tortdi, Daniyada o’tkazilgan 2 ta referendum natijalariga ko’ra Maastrixt 
shartnomasini valyuta ittifoqining bir bo’lagi sifatida qabul qilinmadi, Fransiyada shartnoma 
tarafdorlari juda kamchilikni tashkil qildi, Norvegiya esa o’tkazilgan referendumga ko’ra umuman 
Yevropa 
Ittifoqidan chiqishni afzal ko’rdi. Natijada Maastrixt shartnomasidan 5 yil o’tib davlat va 
mutasaddi tashkilotlar rahbarlarining qaytadan uchrashishiga va shartnoma shartlarini qaytadan 
ko’rib chiqishlariga to’g’ri keldi.
1994 yil yanvarida Maastrixt shartnomasining bir bo’lagi sifatida Fr
ankfurt-na-Mayn da 
Yevropa Valyuta instituti tuzildi va u keyinchalik Yevropa Markaziy bankiga aylantirildi. 
Yevropa 
Ittifoqi davlatlarining kelishuviga ko’ra Valyuta Ittifoqiga o’tish davrini YI 3 
bosqichda bosib o’tdi deyishimiz mumkin:
Tayyorgarlik bosqichi 

1996 yil 1 yanvargacha, a’zo davlatlar to’lov va kapital harakati 
bilan bog’liq bo’lgan barcha to’siqlarni olib tashlashdi va o’z davlatlari moliyaviy holatini 
barqarorlashtirishni boshlashdi. 
Tashkiliy bosqich 

1998 yil 31 dekabrgacha, davlatlar tomonidan moliyaviy barqarorlikka 
erishish jarayoni to’liq yakunlandi va valyuta ittifoqining qonuniy va institutsional bazasi 
yaratildi. 
Amalga oshirish bosqichi 

2002 yil 1 yanvargacha, avval naqdsiz yevroni va keyinchalik 
naqd pulli yevroni muomalaga k
iritish bosqichi bo’lib, bunda a’zo davlatlar o’z milliy 
valyutalarini to’liq yagona valyuta bilan almashtirishdi.


249
YVI rejalarini amalga oshirish maqsadida 1994 yil 1 yanvardan Frankfurtda ish boshlagan 
Yevropa 
Valyuta instituti, 1998 yildan e’tiboran 
Yevropa Markaziy bankiga aylantirildi. 1996 yil 
dekabrda Dublindagi sessiyada pul va valyuta siyosatiga munosabat bo’yicha aniq qaror qabul 
qilindi va unga ko’ra yevro ham har bir davlat uchun o’z milliy valyutasi bilan bir qatorda rasmiy 
statusga ega bo’ldi.
Barcha davlatlar o’z hududidagi hisob
-kitoblar, davlat aktivlari va xususiy 
aktivlarni yevroda qaytadan hisoblab chiqishdi. Yevro EKYu bilan 1:1 nisbatda muomalaga 
kiritildi va a’zo davlatlarda hisob
-kitoblardagi aniqlik uchun kursda verguldan keyin 6 ta son 
aniqligida o’rnatildi (masalan: 1 EUR = 1.955834 GEM).
Yevropa 
Valyuta Ittifoqini tashkil qilish bo’yicha qarorlarning tez qabul qilinishi natijasida 
kelib chiqqan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan 1996 yil mart oyida Turinda butun 
Yevropa 
tizimini va Maastrixt shartnomasini ko’rib chiqish uchun hukumatlararo konferensiya 
o’tkazildi. Uning natijalariga ko’ra 1997 yil iyunda Amsterdamda o’tkazilgan YI ning sammitida 
YI valyuta siyosatining asosiy elementlari va ayirboshlash kurslarining yangi mexanizmi (MOK-
2) tasdiqlandi, YI ning asosiy rivojlanish yo’nalishlarini va kelgusi asrdagi siyosatini o’zida 
ifodalovchi “Kun tartibi –
2000” dasturi va 1999 yil 1 yanvardan yevroning muomalaga kirishini 
o’zida aks ettirgan “Barqarorlik va o’sish Pakti” qabul qilindi.
1998 yil mart oyida Yevropa Ittifoqining komissiyasi davlatlarning Maastrixt shartnomasi 
talablari bo’yicha ko’rsatkichlarini o’zida ifoda etgan hujjatni tayyorladi va unga ko’ra 11 ta 
davlatning Yevropa Valyuta Ittifoqiga kirishi tavsiya etildi YIning Buyuk Britaniya, Daniya, 
Shvetsiya va Gretsiyadan boshqa barcha davlatlari). Barcha taklif qilingan davlatlar 1997 yilda 
ijobiy iqtisodiy ko’rsatkichlarga ega bo’lishdi: inflyasiya darajasining va uzoq muddatli kreditlar 
foiz stavkalari rekord darajada pasaydi 

mos ravishda 1.6 va 5.9 %, byudjet tanqisligi 

2.5 %, 
to’qqizta davlat valyutalarining so’nggi ikki yildagi tebranish darajasi ±2.25 % dan oshmadi. YI 
davlatlarida inflyasiya darajasining tushishini kutilishi va davlat moliya tizimining 
sog’lomlashganligi sababli mazkur davlatlar qimmatli qog’ozlari bozor narxi bir muncha oshdi. 
Faqatgina mustasno tarzida davlat qarzining YaIM ga nisbatan ulushi 60% dan 75% ga ko’tarildi. 
Yevroning muomalaga kiritilishi asr oxiridagi asosiy iqtiso
diy voqelik bo’ldi. Yagona 
valyuta siyosatiga o’tish va milliy pul birliklarini yagona valyutaga o’tkazish o’zida iqtisodiy, 
ijtimoiy va siyosiy maqsadlarni ko’zda tutgan edi. 1998 yilning may oyida 
Yevropa kengashi 
belgilangan konvergensiya shartlarini ba
jargan 11 ta davlatni “yevro hudud”ga kirishga tayyor 
ekanligini ma’lum qildi. 
Yevropa Valyuta instituti asosida Yevropa Markaziy banki tashkil etildi 
va yevro muomalaga aynan YMB orqali chiqarildi.
1999 yil 1 yanvardan 2002 yil 1 yanvarga qadar Yevropa iqtisodiy Jamiyatining yagona 
hisob-
kitob birligi bo’lgan EKYuning yevroga almashtirish ishlari o’tkazildi. Barcha yuridik 
hujjatlarda va hisob kitoblarda EKYu o’rnini yevro egalladi va naqdsiz muomalaga 1:1 nisbatda 
kiritildi. EMB va a’zo davlatlar bankla
rida hisob-kitoblar, qayta moliyalashtirish va banklararo 
hisob-kitob operatsiyalar yevroda amalga oshirila boshlandi. Shuningdek, moliyaviy bozorlar va 
davlatning qimmatli qog’ozlar emissiyasi bilan bog’liq tarmoqlar ham to’laligicha yevroga 
o’tkazildi. B
anklarda esa naqdsiz oborotda yevro milliy valyuta bilan birgalikda ishlatildi va 
milliy pul birliklarini yevroga o’tkazish mexanizmlari ishlab chiqildi. Yevro va milliy valyutalar 
o’rtasidagi kurs murakkab hisob
-kitoblar natijasida, milliy valyutaning EKYuga nisbati, mamlakat 
makroiqtisodiy ko’rsatkichlari va kross
-kurslarni hisobga olgan holda belgilandi. Shunday qilib, 
1999 yil 1 yanvarda YMB tomonidan barcha a’zo davlatlarning milliy valyutalari va yevro 
o’rtasidagi kurs belgilab berildi va uning 2002 yil 1 yanvarga qadar o’zgarishsiz qolishi ko’zda 
tutilgandi.
Muomalada esa 2002 yil 30 iyunga qadar yevro banknotalar milliy valyuta bilan birgalikda 
amal qildi. 6 oydan keyin milliy pul birliklari rasman to’lov vositasi sifatida bekor qilingan 
bo’lsada, 
banklar tomonidan ayirboshlash maqsadida uzoq vaqt davomida qabul qilindi. 
Shuningdek, 6 oy davomida bank mijozlari tomonidan hisob-kitoblarda va tuziladigan 
shartnomalarda valyutani erkin tanlash huquqi berildi. 
2002 yil 1 iyuldan YVI ga a’zo davlatlarda
milliy valyutada bo’ladigan barcha hisob
-
kitoblar to’xtatiladi va Yevro YVIning yagona valyutasi sifatida saqlanib qoladi va hozirgi kunda 


250
19 ta davlatda 328 milliondan ortiq Yevropa 
aholisi tomonidan muomalada qo’llanilmoqda. O’z 
navbatida, yevro yuqoridagi 19 ta davlatdan tashqari 9 ta hududda rasmiy va 3 ta hududda 
norasmiy tarzda muomalada qo’llanilmoqda . 

Download 5,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   406




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish