Xudoyberganova zarofat zahidovna xojibekova zilola shavkat qizi


Almashuv tenglamasidan pulning Miqdoriylik nazariyasi sari



Download 5,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/406
Sana15.06.2022
Hajmi5,31 Mb.
#672888
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   406
Bog'liq
УМК Пул ва банклар 2021-2022 compressed (1)

Almashuv tenglamasidan pulning Miqdoriylik nazariyasi sari 
Fisherning qisqa muddat 
ichida aylanishning doimiyligi to’g’risidagi taxmini, ya’ni V=Ṽ, ayirboshlash tenglamasidan 
pulning miqdoriy nazariyasiga kelishga imkon beradi, qaysinga ko’ra nominal daromad asosan 
pulning massasining tebranishi bilan aniqlanadi.
PxY= MxṼ
(4) 
Tenglamada M ikki marta ko’payadi MxV,shunga ko’ra PxY ham ikkilanadi. Taxmin 
qilamiz V*5, YaMM ning nominal daromadi 10 trln tashkil etadii, pul massasi 2 trln dollarni,agar 
pul massasi ikki marta oshsa 2 trlnni tashkil etib , miqdoriy naz
ariyaga ko’ra nominal daromad 
ham 2 marta oshadi(5x 4 trln dollar =20 trln dollar) 
Miqdoriylik nazariyasi va narxlar darajasi 
Klassik maktab vakillari (I. Fisherni ham 
hisobga olib) ish haqini va narxlarni absolyut egiluvchan deb hisoblashgan, umumiy tovar va 
xizmatlar ishlab chiqarish hajmi iqtisodiyotning odatiy rivojlanishda to’liq bandlikka to’g’ri 
keladi, Shuning uchun ayirboshlash tenglamasida V ni qisqa muddat ichida o’zgarmas deb 
hisoblash mumkin. Pulning miqdoriy nazariyasiga ko’ra M 2 marta oshgan
da qisqa mudat ichida P 
ham2 marta oshishi kerak chunki V va Y doimiy bizning misolda N-5,Y=5trln dollar, P=1. M ning 
2 trlnga oshishida, V va Yo’zgarmas narx darajasi 2 marta oshadi(P=2)
36
35
The economics of money, banking and financial markets / Frederick S. Mishkin, 10th Global 
edition, 2013. Page 550
36
The economics of money, banking and financial markets / Frederick S. Mishkin, 10th Global 
edition, 2013. Page 552 


178
Pul nazariyasi haqida amalga oshirilgan o’rganishlar, tahlillar nat
ijasida miqdoriy pul 
nazariyasining rivojiga sezilarli ravishda hissa qo’shgan kishilardan biri amerikalik iqtisodchi 
I.Fisher (1867 

1977) ekanligining guvohi bo’ldik. U pulning mehnat mahsuli natijasidagi qiymat 
ekanligini inkor etib, uning sotib olish qobiliyatidan kelib chiqqan holda fikr yuritadi. I.Fisher 
pulning sotib olish kuchi oltita omilga bog’liq ekanligini ta’kidladi va ularni quyidagilardan iborat 
bo’lishini asoslab berdi.


muomaladagi pul miqdori; 


pulning aylanish tezligi; 


o’rtach
a tortilgan baho; 


tovarlar hajmi; 
M1 

bank depozitlari summasi; 
V1 

depozit 

cheklarning aylanish tezligi. 
Tovarlar uchun to’lanadigan, muomaladagi pul miqdori jami tovarlar bahosini 
ko’paytirilganiga tengligini e’tiborga olib, Fisher quyidagi “ayirboshlash tengligi”ni ilgari surdi. 
MV=PQ 
Fisher chap va o’ng tomoni bir –
biriga to’g’ri proporsional bo’lgan funksional tenglikka 
asoslangan holda, tovarlarning bahosi P muomaladagi pul miqdoriga to’g’ridan –
to’g’ri 
proporsional va tovarlar miqdori Q teskari proporsionaldir degan fikrga keldi.
Fisherning funksional bog’liqligidagi tengligida kamchilik shundan iborat ediki, u tovarlar 
miqdori va muomaladagi pul miqdorini ma’lum bir davrdagi holatini shartli V va Q ning 
o’zgaruvchan darajasida e’tiborga olib, unga bog’liq bo’lgan o’zgaruvchan darajalar ikkita, ya’ni 
tovarlar hajmi va bahosini e’tibordan chetda qoldiradi. Haqiqatda esa tovarlar hajmi 
iqtisodiyotning davriyligidan kelib chiqib o’zgarib turadi va pul birligining aylanish tezligiga 
ta’sir ko’rsatadi hamda pul muomalasi va bahosining shakllanishiga bevosita ta’sir qiladi. Shu 
bilan birga, ta’kidlash joizki, tovarlarning bahosi qator omillar asosida o’zgarib turadi. Masalan, 
ishlab chiqaruvchilarning monopol mavqega egaligi, davlatning ichki va tashqi siyosati va 
boshqalar tovarlar bahosiga bevosita va bilvostia ta’sir ko’rsatadi. 
Miqdoriy pul nazariyasining “tranzaksion varianti” ta’limoti asoschilari, monetaristlar 
M.Fridman, K.Brunner, A.Meltserlar hisoblanadi. A.Marshall, L.Valrasning iqtisodiyotda 
muvozanatlik modeliga asoslangan holda, ular tovarlar bahosi va muomaladagi pul miqdori 
o’rtasidagi tenglik “nisbiy” baholarning o’zgarishi natijasida avtomatik tarzda muvozanatlashadi. 
Monetaristlar ushbu tenglikning o’zgarib turishini iqtisodiyotdagi pul massasi bilan bog’laydilar, 
shuningdek M.Fridman tovarlar miqdori va muomaladagi pul miqdori o’rtasidagi tenglikni 
ta’minlashda nafaqat naqd pullar (banknotlar va tangalar)ni, balki tijorat banklarning tranzaksion 
hisobvaraqlaridagi (talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqlar, depozit sertifikatlar 
va muddatli depozitlar) qoldiq mablag’larni ham inobatga olish zarurligini ta’kidlaydi. 
Monetaristlar zamonaviy miqdoriy pul nazariyasiga qator yangicha holatlarni kiritishdi. 
Xususan: 

birinchidan, ular pul massasi va bahoning o’zaro bir –
biriga to’g’ri proporsionalligidan 
voz kechdilar, faqat bozorga taklif etilayotgan tovarlar hajmining baholarga ta’siri haqidagi 
ta’limotni yoqladilar;

ikkinchidan, ular pul birligi aylanish tezligi
ni e’tirof etadiilar, biroq bunga jiddiy e’tibor 
qaratishmaydi; 

uchinchidan, ular I.Fisherning tovarlar hajmining o’zgarmas sharoitida muomaladagi pul 
miqdori jami tovarlar bahosini ko’paytirilganiga tengligini inkor etadiilar;

to’rtinchidan, takror 
ishlab chiqarish sharoitida turli darajadagi tebranishlarni aniqlashda 
pul massasi dinamikasi birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligiga ishonadilar, pul 

kredit 
siyosatiga esa iqtisodiyotni rivojlantirishning moliyaviy mexanizmi sifatida qaraydi. 
Kembri
j maktabi vakillarining qarashlari I. Fisher ta’limotidan farqli o’laroq, odamlarning 
qo’llarida pul ushlab turishlariga asos bo’luvchi pulning ikki xususiyatini ajratib ko’rsatishadi.
Birinchidan, pulning almashuv vositasi ekanligi. Sub’ektlar bitimlarni 
amalga oshirayotgan 
vaqtlarida pul almashuv vositasi sifatida amal qiladi. Kembrij maktabining vakillari Fisherning 


179
pulga bo’lgan talab bitimlar hajmiga bog’liq va pulning bitimlarni amalga oshirishi uchun talabi 
nominal YaIM
ga proporsional ekanligi to’g’risidagi fikriga qo’shiladilar.
Ikkinchidan, pul boylikni saqlash vositasi: Modomiki, pul boylikni saqlash vositasi ekan, 
pulga bo’lgan talab ushbu boyliklar miqdoriga ham bog’liq degan fikrni ilgari suradi. 
Boyliklarning oshishi bilan sub’ektlarda ularni har xil aktivlarga joylashtirish zaruriyati tug’iladi.
Natijada, Kembrij maktabining olimlari pulga bo’lgan talab nominal YaIMga proporsional 
degan xulosaga kelishdi va pulga bo’lgan talab funksiyasini quyidagi tenglama tarzida ifoda 
etishdi. 
M
d
=K*RY 
Ularni
ng modeliga ko’ra iste’molchilar qo’llarida qancha pul bo’lishi kerakligini o’zlari hal 
qiladi. Bu esa K 

(proporsionallik koeffitsienti)ning qisqa muddatlar ichida tebranishlarda 
bo’lishini ko’zda tutadi. Vaholanki, pullardan boyliklarni saqlash usuli si
fatida foydalanish 
to’g’risidagi qaror qabul qilish, boshqa aktivlardan kutiladigan daromadlarga bog’liq bo’ladi.
Shunday qilib, boshqa aktivlardagi xususiyatlarning o’zgarishi K ning ham o’zgarishiga olib 
kelishi mumkin. Yuqorida ko’rsatilgan farq I. Fish
erning Kembrij maktabi vakillari fikrlaridan 
farqni anglatadi. 
Jon Meynard Keyns Kembrij maktabining eng so’nggi vakillaridan bo’lib, ularning fikrlarini 
rivojlantirdi. Keynschilik nazariyasi asosan XX asrning 30 

yillarida yaxlit g’oyaviy oqim 
sifatida t
o’liq shakllandi. Uning asoschisi XX asrning eng mashhur iqtisodchilaridan biri Buyuk 
Britaniyalik olim J. M. Keyns edi. 
M.Fridman tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiya formulasi I.Fishernikidan ko’rinishi 
nuqtai nazardan farq qilib, mohiyatan pul massasi 
va baho o’rtasidagi bog’liqlikni asoslab 
berishga qaratilgan: 
M=KRU 
bu erda


pul miqdori; 
K

pul zaxirasining daromadga nisbati; 
R

baho indeksi; 
U
–o’zgarmas baholardagi milliy daromad.
Monetaristlarning miqdoriy pul nazariyasini aks ettiruvchi zamonaviy tengligidan Shunday 
xulosa qilish mumkinki, pul massasining o’zgarishi tenglikning o’ng tomonida uchta holatning 
biriga ta’sir qiladi, ya’ni baholarning oshishiga (R), real milliy daromadning ortishiga (U), pul 
zaxirasini daromadga nisbatan koeffitsienti
ni o’zgarishiga olib keladi.
Miqdoriy pul nazariyasi Angliyaning Kembrij maktabi vakillari tomonidan o’rganilgan 
bo’lib, uning vakillari sifatida A.Marshal, D.Robertson va D.Patinkinlarni keltirish mumkin.
I.Fisherning miqdoriy pul nazariyasi haqida sha
kllantirgan “tranzaksion varianti”da pul 
asosan muomala vositasi va to’lov vositasi funksiyalarini bajarishini e’tirof etgan bo’lsa, A.Pigu 
miqdoriy pul nazariyasida pulni jamg’arma vositasi funksiyasi vazifasini ham bajarishini 
ta’kidlab, unga alohida aha
miyat qaratadi.
Angliya Kembrij maktabi vakillari miqdoriy pul nazariyasi borasidagi ta’limotlarida 
I.Fisherning pul nazariyasi xususidagi ta’limotidan farqli yana bir konsepsiyani ilgari suradilar. 
Agar, I.Fisher iqtisodiyotga zarur bo’lgan pul miqdorini
uning taklifini tahlil qilish asosida 
aniqlagan bo’lsa, Kembrij maktabi vakillari iqtisodiyotga zarur bo’lgan pul miqdorini tovarlar va 
xizmatlar hajmidan kelib chiqib unga bo’lgan ehtiyoj asosida aniqlash zarurligi haqidagi 
ta’limotni ilgari suradi. 
Shu
ningdek, agar I.Fisher pulning hajmini muomalada bo’lgan miqdoriga qarab va ular 
doimiy ravishda muomalada ishtirok etishini e’tirof etgan bo’lsa, Kembrij maktabi vakillari 
muomalaga chiqarilgan pullarning barchasi doimiy ravishda muomalada ishtirok etmasligi, ular 
“kassa qoldig’i” sifatida aholining qo’lida, bank va korxona hisobvaraqlarida ma’lum muddatga 
saqlanib qolishi mumkinligi xususidagi ta’limotni asoslab berishadi.


180
I.Fisher jami ijtimoiy kapitalni va bahoning darajasini umumiy yaxlitlikda tahlil qilish 
asosida tegishli xulosalarni shakllantirgan bo’lsa, A.Pigu asosiy e’tiborni kapitalning individual 
harakati va ularning sohiblariga qaratadi.
A.Pigu miqdoriy pul nazariyasining “kassa qoldig’i” haqidagi ta’limotni ilgari surganda 
uning tarkibiga muo
maladagi naqd pulsiz va joriy hisobvaraqlardagi qoldiq summalarni, ya’ni pul 
miqdorini aniqlashda aholining qo’lidagi naqd pul qoldiqlari va korxona–
tashkilotlarning 
banklardagi hisobvaraqlarini qoldiqlarini ham inobatga oladi. 
E’tirof etish lozimki, A.Pig
uning pul nazariyasi haqidagi yondoshuvlari I.Fishernikidan farq 
qilsada, mohiyatan miqdoriy pul nazariyasi doirasidan chiqib ketolmagan edi, pul va baho 
o’rtasidagi to’g’ridan –
to’g’ri aloqa saqlanib qolgan edi. Buni A.Pigu tomonidan yaratilgan M 
=RPQ yo
ki P=M/Q tengligida ham kuzatish mumkin, chunki bu I.Fisherning “ayirboshlashni 
tenglashtirish” konsepsiyasiga yaqin bo’lib, unda:


pul massasi; 


baho darajasi; 


tovar massasi (yoki tovar aylanmasining moddiy hajmi); 


jismoniy va yuridik shaxsl
arning pul ko’rinishida saqlashi mumkin bo’lgan daromadlar.
I.Fisher va A.Piguning tengliklari o’rtasidagi farq, Fisherda pul birligining aylanish tezligi V 
foydalaniladi, ikkinchi koeffitsient K, Vga teskari ko’rsatkich bo’lib, agar Piguning tengligidagi 

almashtirilsa Fisherning formulasi kelib chiqadi.
XX asrning 50 yillarini o’rtalaridan boshlab, miqdoriy pul nazariyasining Kembrij 
ta’limotiga asoslangan neoklassik yo’nalishi vujudga keldi. Ushbu yo’nalishning asosiy 
nomoyandasi D.Patinkin hisoblanib, 
u o’zining asarlarida pul massasi va baho o’rtasida to’g’ridan 

to’g’ri proporsionalllik mavjudligidan kelib chiqdi. D.Patinkin “kassa zaxirasi”ni yuqori likvidli 
manba sifatida qaraydi, uning hisobidan qimmatli qog’ozlarga investitsiya qilish va keyinch
alik 
ushbu mablag’larni real kapitalga yo’naltirish zarurligini ta’kidlaydi.
D.Patinkin miqdoriy pul nazariyasida daromadni uchta yo’nalishga, ya’ni iste’mol, 
investitsiya va “kassa zaxirasi” sifatida joylashtirish zarurligini uqtiradi.
Xulosa qilib aytganda, pul nazariyasi va uning iqtisodiy kategoriya sifatidagi holatini 
o’rganish va tahlil qilish asosida bu xususda iqtisodchi olimlar, mutaxassislar va 
tadqiqotchilarning fikrlari turlicha bo’lsada, barchasining asosida uning ayirboshlash vositasi 
ekanligi 
va pulning mavjudligi asosida mehnat taqsimoti yotishi e’tirof etiladi. 

Download 5,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   406




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish