ta`lim sub`ektiga, amalga oshirish shartlari va yangiliklar xarakteriga munosabat
nuqtai nazaridan qarab chiqiladi.
Ishlab chiqilgan tizim bo’yicha pedagogik yangiliklar quyidagi tiplar va mayda
1. Ta`lim tizimining tuzilmaviy aloqadorligi bo’yicha yangiliklar maqsadlarda,
vazifalarda, ta`lim va tarbiyaning mazmunida, shakllarida, usullarida, o’qitish
texnologiyalarida, o’qitish va ta`lim vositalarida, diagnostika tizimida, nazoratda,
qobiliyatlarining rivojlanishi sohasida, ularning bilim, ko’nikma va malakalari,
21
3. Pedagogik qo’llanish sohasi bo’yicha: o’quv jarayonida, o’quv kursida, ta`lim
sohasida, ta`lim tizimi va darajasida, o’qitish tizimi darajasida, ta`limni boshkarishda
4. Pedagogik jarayon ishtirokchilarining o’zaro faoliyatidagi tiplar bo’yicha:
jamoaviy o’qishda, guruhli o’qishda, alohida o’qishda, repetitorlikda, oilaviy
o’qishda va boshqalarda.
5. Funksional imkoniyatlari bo’yicha: sharoitlarga yangiliklar (ta`lim muhitini,
ijtimoiy-madaniy sharoitlarni va boshqalarni yangilash), pedagogik vositalar,
loyihalar, texnologiyalar va boshqalarga yangiliklar kiritish, boshqaruvdagi
yangiliklar (ta`lim tizimi tuzilishida, boshqaruv faoliyatiga ularning faoliyatini
yaxshilashni ta`minlovchi yangi taklif va qarorlar)da.
6. Amalga oshirish (yo’lga qo’yish) usullari bo’yicha: rejali, tizimli, davriy,
stixiyali, tasodifiy.
7. Tarqalish ko’lami bo’yicha: bitta pedagog faoliyatida, pedagoglarning metodik
birlashmalari, maktab, maktablar guruhi, region, viloyatlar bo’yicha, xalqaro
darajada.
8. Ijtimoiy pedagogik ahamiyati bo’yicha: ma`lum tipdagi ta`lim muassasalarida,
pedagoglarning aniq kasbiy-tipologik guruhlari uchun.
9. Novatorlik tadbirlarning hajmi bo’yicha: tor doirada, ommaviy, global
ko’rinishda.
10. O’zgarishlar sodir bo’lishi mumkin daraja bo’yicha: korrektirovkali,
modefikatsiyalash, modernizatsiyalash, radikal, inqilobiy ko’rinishlarga ega bo’lishi
mumkin. Misol uchun o’quvchilardagi ta`limiy refleksiya bo’yicha innovatsiya
o’qitishni diagnostika qilish tizimiga munosabat nuqtai nazaridan ham, o’quvchilar
faoliyat usullarini rivojlantirish, o’quv jarayonida qo’llash ko’lami yoki usuliga ko’ra
ham, sharoitga yangilik kiritish va shu kabi boshqa jihatlardan ham tavsiflanishi
mumkin.
Demak, pedagogik innovatika metodologiyasi pedagogik yangiliklarni yaratish,
o’zlashtirish va qo’llashga aloqador bo’lgan asos va tuzilish to’g’risidagi bilimlar va
faoliyatlar tizimidir. Pedagogik innovatika metodologiyasi sohasiga bilimlar va
shunga muvofiq faoliyatlar tizimi kirib, u nazariy ta`limot uchun xarakterli bo’lgan
22
o’ziga xos printsiplar, qonuniyatlar, asosiy tushunchalar va ular o’rtasidagi
bog’liqliklar, vositalar, qo’llash sohalari va chegaralarini o’rganadi, izohlaydi va
asoslaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: