DIQQAT! 1972-yili Rimda Janni Rodari Xalqaro bolalar adabiyoti forumi o‘tkazadi. Ko‘p qatori borgan «Volshebnaya shapka» unga ma’qul tushadi. Asarning bir bobini tarjima qildirib, so‘zboshi yozib, mashhur «Unito» gazetasida e’lon qildiradi. So‘zboshisida shunday jumla bor: «quvnoq yumordan italyan bolalari ham bahra olsin dedim». - “Janni Rodarining vafotini eshitib bir boshqacha bo‘lib qoldim. Yaxshiliklari xayolimdan o‘tdi. Uyda dasturxon yozib, Janni akamning ruhiga bag‘ishlab xudoyi o‘tkazdim.
- Mulla «marhum qaysi tomondan xesh bo‘ladi?», deb so‘radi. «Tog‘amiz», dedim. «Ko‘rdingizmi, inim, aslida ism-shariflarimiz milliycha, bu «-ov», «-vich»lar ularni ko‘p yomon buzdi-da», dedi soddagina mulla qo‘shnim”.
Do'stlaringiz bilan baham: |