Xtmfmt va te bo’limiga qarashli umumta’lim maktabi o’qituvchisi ning


O`qituvchi mavzuni xulosalab, faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi



Download 3,18 Mb.
bet21/28
Sana16.11.2022
Hajmi3,18 Mb.
#867234
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
Bog'liq
5 sinf tarbiyaviy soat

O`qituvchi mavzuni xulosalab, faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi


MMIBDO’:___________
Sana_____________



26-MAVZU: Navro’z-mehr-oqibatni ulug’lovchi qadriyat (21 mart – Navro’z munosabati bayrami bilan);

Quyosh o‘zining yillik harakati davomida ikki marta olam ekvatorini (23 gradus 27 daqiqa burchak bilan) kesib o‘tadi. Birinchisi, 21 mart oqshomi sodir bo‘ladi va bu paytda bahorgi teng kunlik holati kechadi. Ikkinchisi esa, ya’ni, kuzgi teng kunlik 23 sentabrga to‘g‘ri keladi. Shu ikki kunda kechasi ham, kunduzi ham baravar 12 soatdan bo‘ladi.


21 mart qadimgi Sharq va O‘rta Osiyoda, turkiy tilda “yilboshi”, forsiyda esa “Navro‘z” (yangi kun) deb yuritilgan. Navro‘zni “sadi pok”, pokiza yuz ya’ni, tabiatda yuz kunlik qish sovuqlari tugadi, deb ham ataydilar.
Ma’lumki, Navro‘z ayyomida qadimgi Sharqda, jumladan, O‘rta Osiyoda, yil boshi, navro‘z, navbahor, gul sayri, qozon to‘ldi tantanalari boshlanib ketadi.
Navro‘z-forscha so‘z bo‘lib, nav-yangi, ro‘z-kun.Quyosh (shamsiya) yili hisobida yangi yil kirgan kun. Lug‘atlarda bu so‘zga ana shunday izoh beriladi.
XI asrda yashab ijod etgan shoir va faylasuf Yusuf Xos Hojib jahon adabiyotining eng go‘zal namunalaridan bo‘lgan “Qutadg‘u bilig” (“Saodatga boshlovchi bilim”) asarida bahor va Navro‘z haqida shunday yozgan edi:
Ya’ni, Quyosh kecha va kunduzning tenglik nuqtasi-olam ekvatoriga qaytib, o‘rniga keldi va Baliq(Hut) burjidan Qo‘zi(Hamal) yulduzlar turkumiga o‘tdi, degan edi.
Qo‘lyozmalarni chuqur o‘rganish va mukammal tanishishdan ayon bo‘ldiki, XIX asar Xorazm adabiy muhitining yirik siymolaridan biri, hazrat Navoiydan keyin “ko‘p va xo‘b” she’r aytgan qomusiy bilim sohibi, shoir, olim, buyuk tarjimon, davlat arbobi va zukko tarixnavis va bevosita ana shu tarixiy voqealarning shohidi bo‘lgan Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiyning “Gulshani davlat” tarixiy-badiiy asarida Navro‘z shodiyonasi yuksak badiiy mahorat bilan, ayniqsa, “bahor sultoni” ning “karam va ehson masnadida o‘ltirishi”, xazinasi eshiklarini ochishi, saxovat va himmat ko‘rsatishi behad go‘zal satrlarda quyidagicha tasvirlanadi:
Ya’ni, Hut dashtidin Hamal bo‘stonig‘a tahvil topti. Navro‘zi olamafro‘z kirib, bahor sultoni karam va ehson masnadida o‘lturub, oning farmoni bila bo‘lub, xozini xayr va saxo xazoyini eshiklarin ochti. Va lutfu ato sarpanjasi bila yer yuziga nihoyatsiz duru guharlar sochti va gulzor fazosida azhori dilrabolarining musaffo paykarig‘a zebu oro bermak uchun gulgun hullalar kiydurdi va ashjar barnolarining zebo qomatig‘a yashil to‘n va oltin tugmalar bila o‘zga yanglig‘ zebu ziynat yetkurdi. (“Gulshani davlat”, 38b 39a varoq).
Hijriy 1272 yili, Sayyid Muhammad Bahodirxon taxtga o‘tirgandan 38 kun o‘tgach, eng go‘zal va chiroyli fasl-bahor boshlandi.
Ana shu vaqtda oftobi olam chavandozi eski manzildan yangisiga almashdi. Navro‘zi olam kirib kelishi bilan bahor sultoni hukmronlik taxtiga o‘tiradi, xazinachi uning buyruhi bilan in’omu ehson xazinasi eshiklarini ochib, duru gavharlarni yer yuziga sochadi.
Asarda bahor sultonining farmoni bilan qish bo‘yi omborda saqlangan urug‘liklar olinib, orzu-umid, yaxshi niyat bilan yerga urug‘ qadalishi chiroyli o‘xshatish orqali tasvirlangan. Gulzorlardagi gul-chechaklarning musaffo jussalari yana ham zebo va go‘zal bo‘lishi uchun ularga nafis, bezakli matolardan ko‘ylaklar, yosh daraxtlarga esa qomatiga mos oltin tugmali yashil to‘nlar kiydiradi. Bu tasvirda bahor kelishi bilan dov-daraxtlarning yashil tusga kirishi, maysalarning yashil tug‘yoni, tabiatning uyg‘onishi mohirona, badiiy aks ettirilgan.



Download 3,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish