Buyuk mutaffakkir bobomiz A.Navoiyning tavalludiga
bag’ishlangan “Navoiyxonlik” kechasining tadbir dasturi
Sahnaga ikki ishtirokchi chiqadi:
1 – boshlovchi : Buyik mutafakkir, g’azal mulkining sultoni–Mir Alisher Navoiy tavalludi tantanasi bilan yig’ilgan aziz mehmonlar , assolomu alaykum!
2 – boshlovchi : “Davron elining jismida jon bo’lgan” mo’tabar ustozlar, assolomu alaykum.
1 – boshlovchi : Jondan seni ko’p sevarman, ey umri aziz,
Jondan seni ko’p sevarman, ey umri aziz,
Har seniki sevmak ondir ortiq bo’lmas,
Ondin seni ko’p sevarman, ey ey umri aziz.
2– boshlovchi : - Kamol et kasbkim olam uyidin,
Senga farz o’lmagay g’amnok chiqmoq.
Jahondin notarmon o’tmak biayniy,
Erur hammomdan nopok chiqmoq.
Chqib keladilar–uch o’quvchi Navoiy siymosiga (Navoiy qiyofasidagi o’quvchiga) yuzlanib, qalb so’zlarini izhor etadilar.
1 – o’quvchi : - Aziz bobojon! Siz betakror va boqiy siymosiz. Siz yaratgan asarlar samodek tiniq, tongdek shffof, musiqiy ohanglar bilan yo’g’irilgan asarlaringiz o’qir ekanmiz, har bir satringizdan o’z xalqingizga, insoniyatga cheksiz mehringiz, u bilan bir jon, bir tan ekanligingizni anglash qiyin emas.
Vatan tarkini bir nafas aylama,
Yana ranji g’urbat havas aylama.
2 – o’quvchi : - Aziz bobojon! Siz jozibador bayitlaringiz bilan insoniyatga so’zning sehrini, ma’nosini , saodatining eshigini ochib berayotgandaysiz. Bu gulshanda saodatning kaliti odamlarga yaxshilik qilishda ekanligini anglatdingiz.
3 – o’quvchi : - Uulug’ ustoz! Siz g’azal mulkining sultonisiz! Siz bir umr:
Odamiy ersang demagil odamiy,
Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami,
- degan shioringizga sodiq qoldingiz .
1 – boshlovchi : - Manabu yil bobomizning 573–yillik yubileylari nishonlanmoqda . Bu vaqt salkam VI asr degan gap. Alisher Navoiy atiga 60 yil umr ko’rgan xolos. Bobomiz 60 yillik umri davomida o’z davrining ijtimoiy – siyosiy voqeliklar, inson tuyg’ularini boy adabiy ilmiy merosida aks ettirdi.
2 – boshlovchi : - Navoiyning boy badiiy , ijodiy dahosi o’z davridan boshlab adabiy xayotimizda alohida bir maktab bo’lib keladi.
9 – b sinf o’quvchisi Abdukarimova Dilrabo hamda Abdusamadova Yulduzxonlar Navoiy g’zallaridan aytishdi.
1 – boshlovchi : - Navoiyga bag’ishlangan bugungi adabiy kechani ramziy ma’noda to’rt faslga bo’lamiz. Zero, Navoiy “Hazoyin ul–maoniy”da aytganidek, 3-4 yoshni “Umr fusulining navbahori” deganlar, A. Navoiy bolaligidanoq o’tkir zehinli, zierakligi va xushxulqligi bilan barchani hayratga slogan.
2 – boshlovchi : - Navoiy o’z umrining ikkinchi davrini “Yigitlik nodirliklari” deb atadi. U 7-8 yoshlarida g’azallar bitgan, 12-13 yoshidamamlakat bo’ylab shuhrat taratdi, el e’tiborini qo’zg’atdi. Navoiy yigitlik yillarida o’zi sevgan shoirlarning 50 ming dan ortiq she’larini yod bildi. Aziz qatnashchilar sizlarni Navoiyning ana shu 13 yoshli umr fasliga chorlaymiz.
Davraga 13 yoshli o’quvchi Navoiy siymosida kirib keladi, bir ajoyib rivoyatni aytadi.
1 – boshlovchi : - “Fusulning hazoni tiriklik bog’ining bargrezining nishoni” mamlakatda “Amuru kabur” yuksak orzulari-xalqqa hizmat qilish, mamlakat osoyishtaligini saqlash, hokimiyatni mustahkamlash, ilm-fan va adabiyotni ulkan ishlar qanchalik og’ir va ma’suliyatli bo’lmasin, katta mehr- muhabbat va ulug’vorlik bilan amalga oshirdi. Shu bilan birga, bir lahza ijoddan to’xtamadi.
Hozir sizlarga ko’rsatmoqchi bo’lganimiz Navoiyning ana shunday izlanishlar og’ushida ko’ramiz. (sahna ko’rinishi)
2 – boshlovchi : Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasiga panja urmoq .
Shunday qilib A. Navoiy buyuk “Hamsa”ni yaratib Nizomiy, Xisrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiyga hamqadam bo’lib buyuklar qatoridan joy oldilar .
1 – boshlovchi : - Zamoning alloma shoiri, ustozi Jomiy yuksak bahosiga musharraf bo’ldilar. Navoiyning eng yaqin do’sti Xusayn Bayqaro esa “Bu qalamga falakdin ofarinlar yog’ilsin” deya niyat bildirdilar. (chiqib ketadilar)
Yana Navoiy g’azallaridan aytishadi.
2 – boshlovchi : To’rtinchi fasl “Umr fusulini qishi” Navoiy ishq va ranjning umr oxirida ko’rsatgan natijalarini, jonni o’rtovchi kechilmalarini “Favoyid ul – kibar”da jamlangan.
1 – boshlovchi : Alisher Navoiy haqida shoirning do’sti maslakdoshi Xusayn Bayqaro o’z “Risola” sida shunday degan edi. “Mir Alisher turk tilining o’lgan jasadiga Masih nafasi bilan ruh-jon kirgizdi. U har bir she’r turi maydonida topgir otini surar ekan , o’sha mamlakatni til qilichi bilan o’ziga tobe etdi.
Uning nazmini maqtashga til nuqsonli va qalam ojizdir va bu kun nazm dunyosining ruboiy mashanida qahramon u dir va uni bu mamlakatni qo’lga kiritgansohibqiron desa bo’ladi , degan ekanlar.
2 – boshlovchi : - Olis yulduzlarning nuri ular so’ngandan keyin ham ming-ming yillar mobaynida ona yurtimizga yog’ilib turar ekan. A. Navoiy o’z davridayoq buyuk daholar safidan mustahkam o’rin olib, o’zbek nomini jahonga mashhur qilib ona xalqimiz timsoligaaylandi. Uning ummon qadar bepayon ijodidan har kim o’z istedodiga yarasha bahramand bo’ldi. Zero, Navoiyning har bayti hikmati, bir kitob deyish mumkin.
1 – boshlovchi : - Biz shunday ulug’ mutafakkir shoirimiz borligidan faxirlanamiz, iftixor qilamiz, bugungi adabiy kechamiz, Navoiyga bag’ishlangan va uning ijodiga bo’lgan ehtiromimizning bir ko’rinishidir.
2 – boshlovchi : - Barchamizga, adabiyot ahillariga she’riyat bayrami muborak bo’lsin.
1 – boshlovchi : - Kechaga yig’ilgan barcha ustozlar va o’quvchilarga katta rahmat. Shuning bilan bugungi kechamiz o’z nihoyasiga yetdi.
Birin – ketib o’tib borar, asrlarning karvonlari,
Oh , nechog’lik xatarlidir uning oshar davonlari,
Inson zoti mueodiga azal – abad etar edi.
Ushalsa gar umidvor zod Navoiyning armonlari.
Fursat keldi do’stu g’animkimligini bilay bu kun
Jami basher farzandiga saodatlar tilay bu kun,
Ko’kka boqib sahar chog’i iltijolar qilay bu kun.
Nurga to’lsin aziz bobom Navoiyning makonlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |