Xromosomalarning molekulyar tuzilishi


Yo’ldoshli akrotsentrik xromosomalar



Download 0,77 Mb.
bet3/8
Sana11.03.2023
Hajmi0,77 Mb.
#918198
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu xromasoma. Xromosomalarning molekulyar tuzilishi

6. Yo’ldoshli akrotsentrik xromosomalar. Bu tipdagi xromosomalarda ikkilamchi belbog’ uzun bo’lib xromosomaning kichik nuqtasimon bo’lagini ajratib qo’yadi. Bu qismni xromosomaning yo’ldoshi deb ataladi va u ingichka ipsimon qism orqali xromosomaning tanasiga ulangan bo’ladi rasmning 9-shakli. TSentromera (birlamchi belbog’) lar xromosomalarning muhim qismlaridan hisoblanib, ular bo’linish urchug’i iplariga ulanib, xromosomalarning hujayra bo’linishi jarayonida uning qutblariga harakatlanishlarini ta’min etadi.
Xromosomalarning strukturasi (tuzilishi).
Xromosomalar profazaning boshlang’ich davrida ingichka ikkita ipsimon xromatidalardan iborat bo’ladi. Metafaza bosqichidagi xromosomalar to’rtta ingichka ipsimon yarim xromatidalardan tuzilgan bo’ladi. Xromatidalar tarkibida xromatin moddasi bo’lib u maxsus fyolьgen deb ataluvchi kimyoviy modda ta’sirida qizg’ish-binafsha rangga bo’yaladi. Xromosomalarni shu modda bilan bo’yab mikroskopda ko’rish va tasvirlash orqali ularning tuzilishiga oid noyob dalillar olinadi. Xromosomaning har xil qismlari bir xilda bo’yalmas ekan. Ularning to’q bo’yaladigan qismini geteroxromatin deb yuritiladi. Xromosomalar faoliyati juda sust bo’ladi. Xromosomaning yaxshi bo’yalmaydigan qismlarini euxromatin deyiladi. Xromosomaning bu qismlarida aksariyat genlar joylashgan bo’lib, bu qismning spirallari nisbatan yoyilgan bo’ladi. Euxromatin faoliyat ko’rsatayotgan genlardan tashkil topgan. Geteroxromatin va euxromatin qismlarining xromosomalarda galma-gallanib joylanish tartibi har qaysi xromosoma uchun spetsifik - o’ziga xos va turg’un bo’ladi.
Xromosoma tuzilishining sxemasi.

(a - euxromatin qismlar; b - geteroxromatin qismlar):


1. ikkita xromatidalar;
2. ikkita xromonemalar;
3. xromomeralar;
4. matriks;
5. tsentromera bilan birgalikdagi
birlamchi belbog’;
6. yadrocha;
7. xromosoma yo’ldoshi.
Xromosomalarning ichki tuzilishini maxsus differentsiatsiya qiluvchi bo’yoqlar deb atalgan reaktivlar ta’sir ettirib tadqiq qilinadi. Xromosomalarning geteroxromatin va euxromatin qismlardan iboratligi, ayniqsa, politen xromosomalar deb atalgan beqiyos yirik xromosomalarda yaqqol ko’zga tashlanadi. Bunday xromosomalar 1881 yilda Ye.Balьbiani tomonidan drozofila (meva) pashshasi so’lak bezlarida topilgan. Ular oddiy xromosomalarga nisbatan 100-200 marta uzun va 1000 marta ko’p xromonemalarga ega bo’ladi. Bunday gigant xromosomalar ko’p marta takrorlanuvchi endomitoz oqibatida paydo bo’ladi.
Endomitozda xromosoma xromatidalari ko’p marta bo’linib, unga yopishgan holda qoladi, hujayra esa bo’linmaydi, natijada juda ko’p (1000 dan ortiq) xromatidadan iborat politen xromosoma hosil bo’ladi. Ulardagi geteroxromatinlari yonma-yon joylashib quyuq rangdagi disklarni hosil qiladi. Bunday xromosomalar tsitogenetik tadqiqotlar uchun g’oyat qimmatli ob’ekt hisoblanadi. Xromosomalar hayotida ikkita fiziologik – yadroning bo’linishi va interfaza – yadroning ikki marta bo’linishi orasidagi davrlar mavjud.
Yadroning bo’linish davridagi xromosomalar o’rtacha 0,2-20 mkm bo’lib dastlab bir-biriga yaqin joylashgan o’zaro o’xshash ikkita xromatidadan iborat bo’ladi. Keyinroq xromatidalar bir-biridan to’liq ajralib har qaysi biri ayrim yangi avlod xromosomasiga aylanadi. Yadroning ikki marta bo’linishi orasidagi davrda har qaysi yangi avlod xromosomasi teng bo’linib o’zaro yaqin joylashgan ikkitadan xromatidalar hosil qiladi. SHunday holatda yangi avlod xromosomalari eski yadroning bo’linishi jarayonida hosil bo’layotgan ikkita yangi yadroga, binobarin, ayrim hujayralarga o’tadi.
Xromatidalar tarkibidagi nukleoproteidlar buralib yo’g’on-lashganda (15-25 nm) ip shaklida bo’lib, uni xromonemalar deb yuritiladi. Xromonemalarda yumaloq yaxshigina ko’rinadigan va to’q bo’yaladigan qurilmalar bo’lib ular xromomeralar deb ataladi. Ular giston oqsillar atrofida DNK molekulasining zich o’ralishi natijasida hosil bo’lgan. Xromomeralar soni, o’lchami va xromonemalarda joylashish tartibi ikkala xromatidada ham bir xil bo’ladi va har qaysi xromosoma uchun nisbatan turg’un bo’ladi. Ushbu belgiga qarab ayrim xromosomalarni identifikatsiya qilish va boshqa xromosomalardan farq qilish mumkin. Bu davrda DNK molekulasi va unda joylashgan genlar aktiv bo’lmagan holatda bo’ladilar.
Xromosoma faoliyatining 2-davri interfaza yoki funktsional davr deb ataladi. U hujayraning, binobarin, yadroning bir bo’linishi bilan ikkinchi bo’linishi orasidagi davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda hujayra yadrosining keyingi bo’linishiga tayyorgarligi bilan bog’liq jarayonlar namoyon bo’ladi.

Interfaza o’z navbatida uchta ketma-ket keladigan davrlarga bo’linadi:



Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish