Xromatografik usullar tahlil qilinayotgan moddaning qo‘zg‘almas va



Download 73,49 Kb.
Sana10.07.2022
Hajmi73,49 Kb.
#771283


JAVOBLAR:

Xromatografik usullar tahlil qilinayotgan moddaning qo‘zg‘almas va


qo‘zg‘aluvchan fazalar orasida tarqalishiga asoslangan. Bu usul lar yor damida murakkab aralashmalar tarkibidagi ayrim moddalami ajratib olish
mumkin bo‘lib, farmatsevtik tahlilda ularning qo‘llanilish imkoniyatlari
keng.
Xromatografik usullardan quyidagi maqsadlarda foydalanish mum kin:
1. Tabiiy xomashyolardan biolog ik birikmalarni ajratib olish.
2. Murakkab dori vositalari tarkibidagi ayrim komponentlarni ajra tish
va tahlil qilish.
3. Dori moddalarning chinligini aniqlash.
4. Dori moddalar tarkibidagi yot aralashmalarni aniqlash.
5. Dori moddalarini saqlash jarayoni da borishi mumkin bo‘lgan
o‘zgarishlami o‘rganish.
6. Dori moddalarning miqdoriy tahlilini bajarish va h.k.
Xromatografik usullar jarayonning mexanizmiga ko‘ra quyidagicha
tasniflanadi:
1. Ion almashinish xromatografiyasi.
2. Adsorbsion xromatografiya.
3. Cho‘ktirish xromatografiyasi.
4. Taqsimlanish xromatografiyasi.
5. Oksidlanish - qaytarilish xromatografiyasi va h.k.
Jarayonning shakliga ko‘ra xromatografik usullar quyidagilarga
bo‘linadi:
1. Kolonkali xromatografiya.
2. Kapillar xromatografiya.
3. Tekislik xromatografiyasi.
a) yupqa qatlam xromatografiyasi.
b) qog‘oz xromatografiyasi.
Shuningdek, tahlil qilinayotgan moddaning agregat holatiga qarab,
gaz, gaz- suyuqlik, suyuqlik, yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi
usullari mavjud.
Xromatografik usullarni tasniflashning boshqa turlari ham bor
(sorbentning mahkamlangan va mahkamlanmagan qatlamida boradigan
xro- matografiya, yuqoriga yo‘nalgan yoki pastga yo‘nalgan o‘zg‘aluvchan qatlam xromatografiyasi va boshqalar
Yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi suyuqlik xromatografiyasi
usulining bir ko‘rinishi bo‘lib, bunda qo‘zg‘aluvchan faza - elyuyent
kolonkadagi sorbentdan katta tezlikda yuqori bosim ostida o‘tadi. Usul yuqori
va quyi molekulali issiqlikka chidamsiz moddalarni ajratib olishga, ularning
chinligini va miqdorini aniqlashga imkon beradi.
Hozirgi zamon xromatografiyalari quyidagi qismlardan tashkil topgan:
yuqori samarali kolonka, dozator, yuqori bosimli nasos, yozuv qurilmali
detektor, mikroprotsessor (31-rasm). Xromatograflar, shuningdek namunalami
avtomatik ravishda kolonkaga yuborish, reja asosida xromatografiyalash
muhitini ushlab turish, ajratish jarayonining qulay sharoitini avtomatik tanlab
berish, tahlil qilinayotgan aralashma tarkibidagi moddalarning chinligi va
miqdorini aniqlab beruvchi moslamalar bilan ta‘minlangan.
Yuqori bosimli nasos (200—500 atm gacha) elyuyentni berilgan doimiy
tezlikda kolonkaga yetkazib beradi. Ba‘zida mikrokolonkali xromatograflarda
nisbatan past bosimli nasoslar qo‘llaniladi (1—20 atm gacha). Xromatografik
kolonkalar zanglamaydigan po‘lat (yoki shisha)dan tayyorlangan bo‘lib,
uzunligi 10-25 sm, ichki diametri 0,3—0,8 sm (ko‘pincha 0,4-0,5 sm) ga teng.
Kolonkalar diametri 5-10 mkm bo‘lgan dumaloq yoki notekis shakldagi
adsorbent bilan yuqori bosimda suspenzion usul yordamida to‘ldiriladi.
Suspenzion usul bilan to‘ldirilganda sorbent kolonkada bir tekis bo ‘lib zich
joylashadi. Mikrokolonkali xromatograflarda kolonka- larning uzunligi va ichki
diametri kichik bo‘ladi (0,1—0,2 sm va undan ham kichik).
Yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasida qo‘llaniladigan adsorbent
zarrachalari yuqori bosim ostida parchalanmasligi kerak. Zich joylashgan kichik
diametrli (5-10 mkm) adsorbent bilan to‘ldirilgan kolonkalar aralashmalami
qori samarali xromatografik taqsimlash xususiyatiga ega. Xromatografiyalash
jarayoni ketayotgan vaqtda kolonka harorati ±0,1 C aniqlikda ushlab turiladi.
Xromatografik taqsimlanish ko‘pincha 20—25 da olib boriladi.
Yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasida ko‘pincha refraktometrik
yoki flyuorimetrik, to‘lqin uzunligi o‘zgaruvchan (190—900 nm) yoki
o‘zgarmaydigan (ko‘pincha 254 nm) spektrofotometrik, shuningdek, alangaionlanish, elektro-kimyoviy, mass-spektrometrik va boshqa detektorlar
ishlatiladi.
Adsorbent sifatida ko‘pincha gidroksil guruhlar bilan qoplangan silikagel,
turli funksional guruhlar bilan ishlangan silikagel, aluminiy oksidi, polimerlar,
amaliyotda esa tayyor kolonkalar ishlatiladi. Silikagel bilan to‘ldirilgan
kolonkalar bilan ishlashda elyuyent sifatida uglevodorodlar, ba‘zida esa turli
erituvchilar yoki spirt bilan aralashtirilgan uglevo- dorodlardan foydalaniladi.
Gidrofob guruhlar bilan qoplangan silikagel bilan to‘ldirilgan kolonkalarni
yuvishda esa tarkibida quyi spirtlar yoki atsetonitril bo‘lgan suvli eritmalar
ishlatiladi. Ba‘zida erituvchilar ikki marta tozalangan bo‘lishi kerak. Tuz, kislota
va asos ko‘rinishidagi organik birikmalarni ajratishda juft-ion xromatografik
usuldan foydalaniladi. Bunda gidrofob guruhlar bilan qoplangan silikagel
adsorbenti. anion yoki kation tarkibida gidrofob guruh saqlovchi ionli birikmalar
qo‘shilgan suv-spirtli yoki suv- atsetonitrilli elyuyentlar ishlatiladi.
Organik tuzilishga ega bo‘lgan anion va kationlarni ion-almashinish
suyuqlik xromatografiyasi yordamida ajratiladi. Adsorbentlar sulfo -, karboksil
yoki aminoguruhlar bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Elyuyent sifatida ma‘lum rN
muhitga va ion kuchiga ega bo‘lgan suvli bufer eritmalar ishlatiladi.
Metal kationlari bilan kompleks hosil qiluvchi moddalarni ajratishda ligand
almashinish xromatografiyasi usulidan foydalaniladi. Taqsimlanish yoki
moddalarning ajralishi tekshirilayotgan birikmalarning koordinatsion bog‘lar
hosil qilish xususiyatlari o‘rtasidagi farqqa asoslangan bo‘lib, ko‘incha
aminokislotalarning izomerlari tahlil qilinadi. Adsorbentlar metal ionlari va
ajralayotgan modda bilan kompleks birikmalar hosil qiluvchi guruhlar bilan
qoplangan bo‘ladi.
Moddalarning ajralish darajasi xromatogrammadagi ikki qo‘shni
cho‘qqilarning balandliklari o‘rtasidagi masofa va xromatografik chizmaning
kengligi bo‘yicha aniqlanadi. Cho‘qqilar balandligi o‘rtasidagi masofa
aniqlanuvchi moddaga nisbatan adsorbentning selektivligiga, kengligi esa
adsorbentning joylashishiga va elyuyentning quyuqlik darajasiga bog ‘liq.
Yuqori samarali kolonka adsorbentning selektivligi kichik bo‘lsa hamoddalarni ajratib berish xususiyatiga ega.
Moddalar miqdorini aniqlashda xromatogramma mutlaq kalibrlash yoki
ichki standartlar (gaz xromatografiyasi usuli kabi) usullari yorda mida tahlil
qilinadi. Yot moddalar xromatogrammadagi cho‘qqilarni solishtirish bo‘yicha
aniqlanadi. Bir hil muhitda moddaning kolonkadan chiqish vaqti bir xil va
doimiy bo‘ladi va bu xususiyatdan aniqlanuvchi birikmaning chinligini
aniqlashda foydalaniladi. Miqdoriy tahlilda cho‘qqilar yuzalari hisoblanadi,
chunki cho‘qqi yuzasi moddaning miqdoriga to‘g‘ri mutanosib.



Download 73,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish