Tavrot va Injil- Pravoslavie mazhabining asosiy muqaddas kitoblaridir. Asosan Sharqiy Yevropa va Yaqin Sharqda keng tarqalgan. Pravoslavie-olamning yaratuvchisi va boshqaruvchisi muqaddas uchlikdan(troitsa) iborat yagona Xudovand ekanligi, narigi dunyo, ajr to'g'risidagi, dastlabki gunoh tufayli azob-uqubatlarga duchor qilingan insoniyat najot topishiga imkon beruvchi Iyso Masihning haloskor faoliyati (missiyasi) haqidagi aqidalarni tan oladi. Pravoslaviening katoliylikdan farqlaridan biri shuki, pravoslavieda yagona diniy markaz, cherkovlarning yagona boshlig'i yo'q. Pravoslavie taraqqiyoti davomida Konstantinopol, Aleksandriya, Antoxiya, Quddus, Rus, Gruzin, Serb, Rumin, Bolgar, Kipr, Ellada, Alban, Polyak, Chexoslovak, Amerika cherkovlari vujudga keldi. Pravoslavie mazhabining o'ziga xos xususiyati-ikonalarga sig'inishdir. Ibodat qilish vaqtida xoch (krest), shamlar, turli idishlar, anjomlar va boshqalar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |